cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Oila va xotin-qizlar boshqarmasi | Rasmiy

Xorazm viloyati Oila va xotin-qizlar boshqarmasining rasmiy telegram kanali

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 008
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-17 kunlar
+530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Xonqa tumanida viloyat oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i N. Qutlimurotova tuman ayollari bilan uchrashdi. Muloqotlar davomida ayollarining turli masalalar yuzasidan murojaatlari mutasaddi idoralar ishtirokida birma-bir ko‘rib chiqildi. Murojaatlarning ijobiy hal etilishiga alohida eʼtibor qaratilib, qo‘shimcha o‘rganish uchun ijroga olingan murojaatlar yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi va ijrosi nazoratga olindi. Mutasaddi xotin-qizlar bandligini taʼminlash, ularni qo‘shimcha kasbga o‘qitish bo‘yicha monomarkazlarga jalb etish, o‘z-o‘zini band qilish borasida qilinishi zarur bo‘lgan ishlar haqida to‘xtaldi 🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating Xonqa.uz |Facebook| Instagram| X |Youtube
Hammasini ko'rsatish...
👍 2👏 1
01:24
Video unavailableShow in Telegram
#Homilador_ayollar_salomatligi
HOMILADOR AYOLGA SOG‘LOM TAOMNOMA MOS
Homiladorlik davrida to‘g‘ri ovqatlanish juda muhim. Chunki bo‘lajak onaning muvozanatli ratsioni chaqaloqning sog‘lom rivojlanishi uchun zarur komponentlarning manbalaridan biridir. Homilador ayol uchun "ikki kishi uchun ovqatlanish "degani "ikki barobar ko‘p ovqatlanishni" emas, balki "ikki barobar yaxshiroq ovqatlanish"ni anglatishi kerak!
Yuqoridagi viderolikda aynan ushbu mavzu yuzasidan muhim ma'lumotlar haqida so‘z yuritiladi 👆.
http://t.me/xorazmssb
Hammasini ko'rsatish...
Ҳомиладор_онага_соғлом_таомнома_мос_1.mp451.96 MB
01:26
Video unavailableShow in Telegram
#Ona_sutining_ahamiyati
ONA SUTI — GO‘DAKNING RIZQI
Chaqaloqlarning har tomonlama sog‘lom  bo‘lib ulg‘ayishida ona suti bilan oziqlantirishning ahamiyati nihoyatda katta. Shu ma'noda ona suti bolaning yaxshi rivojlanishi uchun muhim ozuqa hisoblanadi. Uning tarkibida 100 dan ziyod mikroelеmеntlar mavjud. Ushbu mikroelеmеntlar bolaning to‘yib oziqlanishi uchun yеtarli bo'lib, hatto suv o‘rnini ham bosa oladi. Shuningdеk, ona suti immun tizimini ham mustahkamlab, bolani turli infеksiyalardan himoya qiladi. 
Yuqorida namoyish etilayotgan videorolikda ham ona sutining ahamiyati haqida so‘z boradi ☝️.
Aziz yurtdoshlar! Jajji chaqaloqlarimizni ona suti bilan oziqlantirish masalasiga alohida e'tibor qarataylik! http://t.me/xorazmssb
Hammasini ko'rsatish...
Она сути гўдакнинг рисқи_1.mp454.48 MB
Add a comment
Photo unavailableShow in Telegram
Tazyiq va zo‘ravonlikka uchragan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari hududiy reabilitatsiya va moslashtirish markazlariga qay tarzda joylashtiriladi? Yangi qabul qilingan Reglamentga muvofiq: ✅ Profilaktika inspektori tomonidan xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtiriladi; ✅ Xotin-qizlar birlamchi ko‘mak xonalarida kasalliklar mavjudligini aniqlash yuzasidan tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi; ✅ “Inson” markazi bir ish kuni ichida hududiy markazda bo‘sh o‘rin mavjudligini aniqlaydi; ✅ “Inson” markazi xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari uchun zarur bo‘lgan hujjatlarni shakllantiradi; ✅ Hududiy markazlar xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarini qabul qilib oladi, xotin-qizlar bilan ijtimoiy xizmat ko‘rsatish shartnomasi tuziladi; ✅ Xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlarining holati kompleks baholanadi va ijtimoiy reabilitatsiya dasturi ishlab chiqiladi; ✅ Hududiy markazlar tomonidan 6 oy muddatgacha vaqtinchalik boshpana (shelter), ijtimoiy reabilitatsiya, huquqiy, psixologik va boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatiladi. Hududiy markazlarga joylashtirish uchun xotin-qizlarga himoya orderi rasmiylashtirilgan bo‘lishi lozim. 📝 telegram 💻 instagram 📝 facebook 🐧 xcom 🎞 youtube 🎖 ihma.uz
Hammasini ko'rsatish...
Add a comment
01:55
Video unavailableShow in Telegram
Хорижда қаровсиз қолган болалар олиб келинди Россия Федерациясининг Санкт-Петербург шаҳрида хизмат сафарида бўлган Оила ва хотин-қизлар қўмитаси раиси Озода Парпибоева бошчилигидаги турли масъул ташкилотлар масъулларидан иборат делегация бугун Тошкентга қайтиб келди. Ташриф жараёнида қатор фирма ва ташкилотларда меҳнат қилаётган 300 дан хотин-қизларнинг меҳнат шароитлари ўрганилди ва улар билан яқиндан суҳбатлашилди. Оғир вазиятга тушиб қолган 10 дан ортиқ хотин-қизларнинг мамлакатимизга қайтишига кўмаклашиш бўйича чора-тадбирлар белгиланди. 📌 Улар томонидан Россия Федерациясининг “Вояга етмаганларга ижтимоий-ҳуқуқий ёрдам кўрсатиш марказлари”да сақланаётган, ота-онаси томонидан қаровсиз ёки назорациз қолдириб кетилган вояга етмаган болалар Ўзбекистонга олиб келинди. Тегишли марказга жойлаштирилди. Улар ота-онаси ёки уларнинг ўрнини босувчи шахсларга топширилади. https://t.me/saodatboymirzayeva
Hammasini ko'rsatish...
IMG_9689.MP441.08 MB
👍 1
Add a comment
👍 1
ПАТРОНАЖ ДОЯЛАР ИШТИРОКИДА ЎҚУВ СЕМИНАРИ ТАШКИЛ ЭТИЛДИ Бугун Республика ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходимлари малакасини ошириш ва уларни ихтисослаштириш маркази Урганч филиалида "Тазйиқ ва зўравонликка учраган ҳомиладорлар ва туғиш ёшидаги аёлларни олиб бориш алгоритми" мавзуида ўқув семинари ташкил этилди. Унда Хоразм вилояти Соғлиқни сақлаш бошқармаси масъуллари, вилоят Оила ва хотин-қизлар бошқармасининг мутахассислари, тегишли ташкилотлар вакиллари, шунингдек, барча туман, шаҳарларда фаолият кўрсатиб келаётган патронаж доялар иштирок этди. Ўқув семинарининг очилишида вилоят Соғлиқни сақлаш бошқармаси бошлиғининг оналик ва болаликни муҳофаза қилиш бўйича ўринбосари Гулибика Аллаберганова, Хоразм вилояти Оила ва хотин-қизлар бошқармаси масъул ходими Муқаддас Машарипова сўзга чиқиб, маҳалла хотин-қизлар фаоллари ҳамда патронаж доялар фаолиятидаги ҳамкорликни янада мустаҳкамлаш, тазйиқ ва зўравонликдан жабр кўриб келаётган ҳомиладорлар ҳамда туғиш ёшидаги аёлларга тиббий, психологик, ва барча амалий ёрдамларни кўрсатиш, бу каби ноҳуш ҳолатларнинг олдини олиш ҳамда бартараф этиш бўйича бир қатор кўрсатмалар бердилар. Шунингдек, семинарда Республика ўрта тиббиёт ва фармацевтика ходимлари малакасини ошириш ва уларни ихтисослаштириш маркази Урганч филиали директори Муяссар Жуманиёзова иштирок этиб, ўтган тўрт ой давомида патронаж доялар иштирокида 144 соатлик малака ошириш дарслари олиб борилганлиги, бунинг натижасида дояларнинг назарий, амалий билим ва кўникмалари янада  мустаҳкамланиб, ўтказилаётган ўқувларнинг самарадорлиги ортиб бораётгани хусусида сўз юритди. Патронаж ҳамширалар иштирокида бўлиб ўтган ўқув семинари давомида мавзу юзасидан атрофлича фикр-мулоҳазалар алмашилди. Семинар якунида тегишли ташкилотлар ҳамкорлигида "Соғлом оила" хоналари иш-фаолиятини тўғри ташкил этиш бўйича патронаж дояларга муҳим тавсиялар берилди.
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
#tanishing Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, «Ashxobod» mahallasi faoli Fazilat Raximboyevaning 📍mahallada ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish; 📍xotin-qizlar o‘rtasida ajrim va jinoyatchiliklarning oldini olish; 📍notinch va nizoli oilalardagi muammolarni tinch va yarashtirish yo‘li orqali bartaraf etishning to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi; 📍ehtiyojmand xotin-qizlarning muammolarini hal etish; 📍 ishsiz xotin-qizlarning reja asosida manzilli bandligini ta’minlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash; 📍xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolliklarini yanada oshirish bo‘yicha olib borayotgan ishlari viloyat miqyosida o‘tkazilgan "Ma’naviy-ma’rifiy ishlar to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilgan eng namunali mahalla" tanlovida faxrli 1-o‘ringa munosib deb topilib, Abu-Dabi va Dubay shaharlariga 10 kunlik yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
Hammasini ko'rsatish...
👏 2
Add a comment
"RAHBAR VA YOSHLAR" UCHRASHUVI
Viloyat ma'naviyat va ma'rifat markazi kichik majlislar zalida Viloyat hokimi o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Nigora Qutlimuratova tomonidan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi tashkil etildi.
 "Yoshlar va biznesni qoʻllab- quvvatlash yili”da amalga oshirilishi lozim bo‘lgan bir qator vazifalar ijrosini ta'minlash hamda 30-iyun — “Yoshlar kuni”ni keng nishonlash, yoshlarning gʻoya va tashabbuslarini yanada qoʻllab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilgan uchrashuvda vohamizning barcha shahar va tumanlaridan kelgan yoshlar vakillari, shuningdek, bir qator tegishli tashkilotlarning mas'ul xodimlari qatnashdi. Uchrashuv bahs-munozaralarga boy boʻldi. Yoshlarga tegishli masalalar yuzasidan huquqiy maslahatlar, muhim ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. Viloyat hokimi o‘rinbosarining o‘ziga biriktirilgan yoshlar bilan o'tkazgan uchrashuvida ularning takliflari o‘rganilib, amaliy yordam bеrish chora-tadbirlari ishlab chiqildi.
Kanalga ulanish
@Xorazm_xotin_qizlari
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.