cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

ТТА Урганч филиали Иқтидорли талабалари

Иқтидорли талабаларнинг илмий тадқиқот фаолиятини ташкил этиш сектори 2-қават, 240-хонада жойлашган. Республика ва халқаро Олимпиада ва Анжуманларда қатнашиш истагидаги талабалар учун.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
375
Obunachilar
+324 soatlar
-27 kunlar
-1630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
2024-2025 o‘quv yili uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va nomli davlat (Islom Karimov, Ibn Sino, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi) stipendiyalari tanlovining birinchi filial bosqichi e'lon qilindi.
Hammasini ko'rsatish...
3👍 1
🟥🟥🟥 🟥🟥🟥 ⚡️“El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi “El-yurt umidi” jamg‘armasi xorijiy davlatlarning nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarida bakalavriat, magistratura va doktoranturada ta’lim olish uchun 500 o‘ringa mo‘ljallangan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovini e’lon qildi. Bunda: ➖ bakalavriat ta’lim dasturi uchun 100 o‘rin, ➖ magistratura ta’lim dasturi uchun 250 o‘rin, ➖ doktorantura ta’lim dasturi uchun 150 o‘rin ajratilgan. Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 25-iyundan 25-iyulga qadar onlayn qabul qilinadi. Saralash tanlovi jarayonlarini o‘tkazish, jumladan nomzodlarning intellektual, tahlil qilish va ijodiy qobiliyatlari darajasini aniqlashga qaratilgan qo‘shimcha test sinovlari hamda nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalari darajasini aniqlashga qaratilgan davlat tilida suhbat o‘tkazish joriy yilning 25-iyuldan 24-avgustga qadar davom etadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉 http://admission.eyuf.uz Batafsil ma’lumot uchun havola: 👉 https://eyuf.uz/site/event?id=79 Qo‘shimcha savollarga javoblarni +99 871 203 00 47, +99 871 203 00 48, +99 871 203 00 53 telefon raqamlaridan yoki [email protected] elektron pochta manzili orqali olishingiz mumkin.
Hammasini ko'rsatish...
EYUF Admission

El-yurt umidi jamg'armasining elektron hujjat topshirish tizimi.

👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
TTA Urganch filialining 5 nafar talabasi Xorazm viloyati hokimi stipendiyasiga loyiq ko`rildi 👏 ⏺Xiva shahrida bo`lib o`tgan “Hokim va yoshlar uchrashuvi”da viloyatdagi oliy ta`lim muassasalari talabalari orasida saralangan eng iqtidorli va faol yoshlar “Viloyat hokimi stipendiyasi” bilan taqdirlanishdi. 🌟Sovrindorlar orasida 5 nafar TTA Urganch filiali talabalarining borligi barchamizni quvontiradi. Buning sababi, bugungi kunda filialda yetuk salohiyatli qadrlarni tayyorlashga alohida e`tibor qaratilayotganligidir. Mana shunday e`tiroflar bu so`zimizning yaqqol isboti. 🎉Talaba-yoshlarimizga e`tiroflar muborak bo`lsin. Kelgusida yanada yuqori natijalarni kutib qolamiz 🥳 TTA Urganch filiali matbuot xizmati 🏫 @TTAUF | RASMIY KANALI
Hammasini ko'rsatish...
👍 5 1🎉 1
✅✅✅✅✅✅ 💠TTA Urganch filialidan “Viloyat hokimi stipendiyasi” sohibi bo'lgan quyidagi talabalari tabriklaymiz!!! 1. Urganch tumanidan - Kamilova Dilrabo 2. Shovot tumanidan - Iskandarova Adiba 3. Qo'shko'pir tumanidan-Xasanov Sharifbobo 4. Bog'ot tumanidan-Polvonova Bonu 5. Honqa tumanidan- Hasanova Jumagul
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 7👏 4👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
✅✅✅✅✅✅ 💠 “Viloyat hokimi stipendiyasi” g’oliblari aniqlandi! ✅Xorazm viloyatidagi iqtidorli o‘quvchi, talaba va yoshlarni rag‘batlantirish maqsadida “Viloyat hokimi stipendiyasi”ga tavsiya etilgan nomzodlarning o‘qishdagi muvaffaqiyatlari, ijtimoiy faolligi va iste’dodlarini ko’rsatib beruvchi hujjatlar Viloyat komissiyasi ishchi guruhi tomonidan to‘liq tarkibda shaffof, oshkorolik prinsiplari va nizom talablari bo‘yicha ko‘rib chiqildi. 📝Viloyat komissiyasi tomonidan o’rganilgan hujjatlarning natijalari Xorazm viloyati hokimining o’rinbosari, viloyat komissiyasi raisi tomonidan tasdiqlandi. ➡️ G’oliblar ro’yhati ushbu havolada ▶️ https://teletype.in/@xorazm.yoshlari/MpHWs4_QV2y 🇺🇿 Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyati boshqarmasi Axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Diqqat e'lon Filial rahbariyati tomonidan Iqtidorli talabalarni yanada qo'llab-quvatlash maqsadida, 2024-yil yillik yakuni bo'yicha Respublika va Xalqaro (Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 11-yanvardagi 16-buyrug'i hamda 2024-yil 20-martdagi 76-buyrug'iga kiritilgan) ilmiy yutuqlar - fan olimpiadalari, konferensiyalar, tanlovlardagi sovrinli o'rinlar  (nominatsiyalar va nodavlat tashkilotlari tanlovlari bundan mustasno) bo'yicha tasdiqlovchi asoslarni taqdim etishingizni so'raymiz. Hujjatlar 2024-yil 12-iyun da "ITITFTEB"da (2-qavat, 240-xonada) 9:00 dan 14:00 gacha qabul qilinadi. Bunda har bir talaba 1,2,3-o'rinli diplomning asli,  rangli qog'oz nusxasini (diplom muqovasi ortiga Ilmiy rahbar F.I.SH. va imzosi bilan) hamda sifatli elektron pdf shaklini hamda (dastur, fani va yo'nalishi, registratsiya tastig'i,  taqdirlash marosimidan foto),  bilan birga taqdim etishi shart! Murojaat uchun: @sabo2019
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
Raximberganov Sanjarbek Rustam o‘g‘li Davolash fakulteti 5-bosqich talabasi 🔹2023-2024-o‘quv yili uchun Ibn Sino nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori. 🔹Oliygohimizda a’lo baholarga o‘zlashtirishdan tashqari fan olimpiadalari va ilmiy tanlovlarda 18 karra g‘olib sifatida e’tirof etilgan. 🔹80dan ortiq ilmiy ishlari mahalliy va xorijiy jurnal hamda to‘plamlarda, Amerika, Belgiya, Portugaliya, Rossiya, Buyuk Britaniya kabi davlatlarlarda e’lon qilingan. 🔹Uslubiy qo‘llanmalari Londonda nashr qilinib, amazon.com sayti orqali dunyoning 20dan ortiq davlatlarida sotuvga qo‘yilgan. 📚Raximberganov Sanjarbek Rustam o‘g‘li hozirgi kunda o'zining ilmiy rahbari "Fiziologiya patologik fiziologiya" kafedrasi katta o'qituvchisi, PhD Qalandarova Umida Arslonovna bilan ilmiy izlanishlari davom ettirmoqda. #talaba_yutuqlari TTA Urganch filiali iqtidorli talabalar rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 14 3
Repost from Grantlar.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Malaysia International Scholarship: Malayziyada magistratura yoki doktoranturada oʻqish uchun toʻliq grant! Malayziya hukumati xorijlik talabgorlarga Malayziya universitetlarida magistratura va doktorantura bosqichini oʻqish uchun toʻliq grantlarni taklif qilmoqda. Grantlar deyarli barcha soha uchun ajratiladi. Taʼlim ingliz tilida olib boriladi. Moddiy imtiyozlar: – Grant sohiblari kontrakt toʻlovidan ozod qilinadi – 320 dollar oylik stipendiya beriladi Arizalar 2024-yil 30-iyungacha qabul qilinadi. Batafsil👇 https://grantlar.uz/malaysia-international-scholarship/ @grantlar
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Filial iqtidorli talabalari “Mirzo Ulug’bek vorislari” Respublika tanlovining viloyat bosqichida g’olib bo’lishdi 🎉 Innovatsion g`oyaga ega yoshlarni qo`llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilgan "Mirzo Ulug`bek vorislari" Respublika ko`rik tanlovida TTA Urganch filiali talaba-yoshlari ham o`zlarining innovatsion g`oya va loyihalari bilan faol ishtirok etib, viloyat bosqichida g`oliblikni qo`lga kiritib, tanlovning respublika bosqichiga yo`llanmani qo`lga kiritishdi. TTA Urganch filiali matbuot xizmati 🏫 @TTAUF | RASMIY KANALI
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from Yoshlar Akademiyasi
03:35
Video unavailableShow in Telegram
#Mirzo_Ulugbek_vorislari_2024 #FINAL Mirzo Ulug'bek vorislari ko'rik tanlovi yakuniga yetdi Ushbu tanlovda jami 100nafar ishtirokchi g'olib deb topildi. G'olib bo'lgan yigit-qizlar pul mukofoti bilan taqdirlanishdi. 📽Yoshlarning hayajonlari quyidagi videorolikda Yoshlar akademiyasi — Ilm-fan sohasiga o‘z hissangni qo‘sh
Hammasini ko'rsatish...
Ulug'bek Vorislari.mp455.82 MB
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.