cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Qashqadaryo hokim yordamchilari

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
779
Obunachilar
+124 soatlar
-47 kunlar
-2230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi tomonidan tadbirkorlarga xizmatlar ipotekasi, kapitalga ulush kiritish, kompensatsiya va kafillik kabi moliyaviy xizmatlar kо‘rsatiladi. ✅ Xizmatlar ipotekasi: - Foydalanuvchi - о‘rta tadbirkor; - Yordam miqdori - 10 mlrd sо‘mgacha; - Foiz stavkasi - 18 foiz; - Yordam muddati - 84 oy; ✅ Kapitalga ulush kiritish: - Foydalanuvchi - о‘rta tadbirkor; - Yordam miqdori - 3 mlrd sо‘mgacha; - Ulush miqdori (chegara) - 15 foiz; - Yordam muddati - 84 oy; ✅ Kompensatsiya tо‘lovi: - Foydalanuvchi - kichik tadbirkor; - Yordam beriladigan kredit miqdori - 3-5 mlrd sо‘mgacha; - Qoplanadigan foiz tо‘lovi - kredit foizining 18 foizdan yuqori qismi 5,6 foizgacha; - Yordam muddati - 36 oy; ✅ Kafillik kо‘rsatish: - Foydalanuvchi - о‘zini-о‘zi band qilganlar, kichik va о‘rta tadbirkor; - Yordam beriladigan kredit miqdori - 5 mlrd sо‘mgacha; - Kafillik miqdori - kreditning 50 foizigacha qismi; - Yordam muddati - Kredit muddatiga mos ravishda. Batafsil: ☎️ tel: 71 238-69-07
Hammasini ko'rsatish...
00:35
Video unavailableShow in Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев рафиқаси билан бирга Анқара шаҳрига расмий ташриф билан келди Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
IMG_3754.MP412.21 MB
1
▶️ Tadbirkor ayollar bilan ochiq muloqot Xotin-qizlarning tadbirkorlik va biznes faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilayotgan alohida e’tibor sabab bugun ishbilarmon ayollar safi yildan yilga ortmoqda. Qarshi shahridagi Odina majmuasida "Ayollar biznesini qo‘llab-quvvatlash" mavzusida tadbirkor xotin-qizlar bilan ochiq muloqot tashkil etildi. Shahar hokimi Normo‘min Xolboyev ishtirok etgan ochiq muloqotda o‘z biznesini kengaytirish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan xotin-qizlar murojaatlari va takliflari tinglandi hamda ularning tadbirkorlik tashabbuslari har tomonlama qo‘llab-quvvatlandi. Faol va tashabbuskor tadbirkor xotin-qizlar shahar hokimligi tomonidan Tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
# Oyiga 1000 dollargacha ish haqi 🇺🇿🇷🇺Qarshi shahar hokimligi hamda Rossiya Federatsiyasi Ryazanskaya viloyatining “Prostori polesya” korxonasi taxtaga ishlov berish boyicha mutaxassislarni ishga taklif etadi. Talabgorlar rus tilini bilishi va 18-35 yosh toifasida bo’lishlari shart. Oylik maosh 700$ dan 1000$ gacha to’lanadi. Manzil: Rossiya Federatsiyasi Ryazanskaya viloyati. Shoshiling, bo’sh o’rinlar soni cheklangan. Qabul 7-iyun kuni soat 14:00da Qarshi shahridagi IT PARK binosida bo'lib o'tadi. Mo'ljal viloyat teatri. ☎️ +(998 90)-428-22-90. https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Qashqadaryoda yil yakuniga qadar xorijiy sayyohlar oqimini 500 mingga, mahalliy turistlarni 4 millionga, turizm xizmatlari eksporti 100 mln dollarga yetkaziladi BATAFSIL https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
Hammasini ko'rsatish...
Tadbirkor Quyi Beshkent MFYda “Okean” turizm-dam olish markazini ishga tushirdi Qarshi tumani Quyi Beshkent mahallasida joylashgan «Okean» turizm-dam olish maskani o‘z faoliyatini boshladi. Tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi Murotjon Azimov ishtirok etib, majmuani ochib berdi. "Oktam's Fish" MJCH tomonidan eko turizm bo‘yicha loyiha qiymati 2 mlrd. so‘m evaziga barpo etilgan katta sig‘imga ega ushbu turistik majmua 1 gektarga yaqin maydonni o‘z ichiga oladi. Majmuaga 100 metr chuqurlikdan 4 ta artezian quduqlarda suv chiqariladi. Dam olish maskani sun’iy sharshara, volleybol, mini futbol, suv havzasi, ovqatlanish shaxobchalari hamda kafe-barlarni o‘z ichiga oladi. Bu orqali 15 yangi ishchi o‘rni yaratiladi. Ma’lumot uchun, "Oktam's Fish" MJCH 2018 yildan buyon faoliyat yuritib, bugungi kunda korxonada 12 ta sun’iy havzalarda intensiv usulda 3-4 tonnaga yaqin baliq yetishtiriladi. https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
Hammasini ko'rsatish...
Muborak tumanidagi "Yoshlik" mahallasida joylashgan "Istirohat bog‘i"da bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Ushbu yarmarkada viloyati hokimi o‘rinbosari Anvar Qobilov, viloyat Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi boshligʻi Faxriddin Muhammadiyev, Muborak tumani hokimi Muxtor Xayitmuradov, shuningdek, sektor va tashkilot rahbarlari hamda vaqtinchalik ishsiz xotin-qizlar, yoshlar, yaqinda migratsiyadan qaytgan fuqarolar ishtirok etdi. Mazkur mehnat yarmarkasida tumandagi 46 ta tashkilot/korxonalar o‘zlaridagi mavjud 176 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, shu yerning oʻzida 25 nafarga yaqin fuqaro ishga joylashdi. 15 nafar xotin-qizlar tikuvchilik yo‘nalishida kasbga o‘qitish kursiga jalb etildi. Shuningdek, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va kengaytirish istagida bo‘lgan fuqarolarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi. https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
Hammasini ko'rsatish...
02:09
Video unavailableShow in Telegram
Tadbirkorlik. Bandlik. Murojaat va yechim Qarshi tumanida tadbirkorlik faoliyatini yo’lga qo’ygan Sayitqulova Serdora hozirda tozalash va yuvish vositalari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Hozirgi kunda 5 nafar fuqaroni doimiy ish bilan band qilgan. Tayyorlagan mahsulotlari tumanning barcha hududlarida xaridorgir hisoblanib, oyiga daromadi 50 mln so’mdan ziyodni tashkil qilmoqda. Tadbirkor ishlab chiqarishni yanada kengaytirish hamda yangi ish o‘rinlarini ochish istagida ekanligini ma’lum qilib, ishlab chiqarishda zarur bo‘ladigan tehnikalar xaridi uchun amaliy yordam so‘radi. Qashqadaryo viloyati Kambag'allikni qisqartirish va bandlik bosh boshqarmasi rahbari F.Muxammadiyev, PQ 306-sonli qarorga asosan, 130 million so'm miqdoridagi imtiyozli kredit ajratilishida boshqarma tomonidan amaliy ko’mak berilishini ma’lum qildi. https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
Hammasini ko'rsatish...
111111111.mp423.19 MB
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Жаҳон савдо ташкилоти (ЖСТ) бош директори доктор Нгози Оконжо-Ивеалани қабул қилди. — Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял генерального директора Всемирной торговой организации (ВТО) доктора Нгози Оконджо-Ивеалу. #Mirziyoyev #qabul #JST #hamkorlik Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
01:52
Video unavailableShow in Telegram
Biznes Portal | Dastur asosida ajratiladigan kreditlar haqida ma’lumotlar Ushbu videolavhada PQ-306-sonli qaror bо‘yicha ajratiladigan 100 mln sо‘mgacha garovsiz imtiyozli kreditlardan tortib, 1.5 mlrd sо‘mgacha bо‘lgan kreditlar haqida tо‘liq ma’lumot berilgan. Ma’lumot uchun ushbu kreditlar ayni paytda yillik 18% stavkada ajratilmoqda. https://t.me/qashqadaryo_hokim_yordamchilari
Hammasini ko'rsatish...
Biznes_Portal_Dastur_asosida_ajratiladigan_kreditlar_haqida_ma'lumotlar.mp45.21 MB