cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

NUROBOD TUMANI MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BO'LIMI

Murojaat uchun: +99897 811 8999

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
922
Obunachilar
-124 soatlar
-47 kunlar
-2130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

02:12
Video unavailableShow in Telegram
#Attestatsiya #Bayonot_27 ✅ VIDEOBAYONOT: Maktabgacha, umumiy oʻrta, maktabdan tashqari taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini malaka toifa sinovlaridan oʻtkazish jarayonlari davom etmoqda. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
📣 Joriy yilning 21-22-may kunlari kasbiy sertifikatlash sinovlari oʻtkaziladi ✅ Avval xabar berilganidek, Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 12-fevraldagi 87-son qarori bilan davlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari pedagog kadrlarini kasbiy sertifikatlash boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatishning maʼmuriy reglamenti tasdiqlangan edi. ➖ Unga koʻra, 2023-2024-oʻquv yilidan boshlab umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarida pedagog kasbiga birinchi marta ishga qabul qilingan stajyor-oʻqituvchilar kasbiy sertifikatlash sinovlariga jalb etilishi belgilangan. ✔️ Shu munosabat bilan, joriy yilning 21-22-may kunlari mazkur stajyor-oʻqituvchilar ishtirokida test sinovlari oʻtkazilishini maʼlum qilamiz. 👉 Kasbiy sertifikatlash sinovlari quyidagi manzillarda oʻtkaziladi. ➖Ushbu sinovlarda pedagogning mutaxassislik fani boʻyicha bilim darajasini aniqlash uchun 40 ta, pedagogik mahoratini baholash uchun 10 ta, jami 50 ta test beriladi. Har bir javob 2 baldan, jami 100 ball bilan baholanadi. ❗️ 56 va undan yuqori ball toʻplagan talabgor test sinovidan oʻtgan hisoblanadi va uning shaxsiy kabinetiga elektron shakldagi sertifikat yuboriladi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Prezident_maktablari #Qabul_2024 #1_iyundan_20_iyungacha 📣📣📣📣📣 ❗️PREZIDENT MAKTABLARI 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL EʼLON QILADI! ⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. 🕊PREZIDENT MAKTABLARIPrezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂 Talabgorning: ➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim; ➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan). ❗️DIQQAT 🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim. ❓Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi? ➖ Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi. 📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib boring. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
#Ota_onalar_yig‘ilishi O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024-yil 13-maydagi 04-27-1017-sonli xatini ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-18-may kunlari vazirlik tomonidan ishlab chiqilgan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida 2023-2024 o‘quv yilini yakunlash va “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar”ini keng targ‘ibot qilish maqsadida Nurobod tumanidagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida mahalla fuqarolar yig‘ini raislari bilan hamkorlikda barcha bitiruvchi sinf o‘quvchilarining ota-onalariga tushuntirish ishlari olib borildi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
22:17
Video unavailableShow in Telegram
Islohotlar amalda: Nurobod tumanida maktabgacha va maktab ta’limi hamda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar ©️ @nur_press
Hammasini ko'rsatish...
🔴Жонли мулоқот! Ҳурматли педагоглар, бугун соат 12.00 да Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligiнинг расмий саҳифасида сиз учун жонли мулоқот ташкил этилади. Унда 2023/2024 ўқув йилида Мактабгача ва мактаб таълими вазирлиги тизимидаги таълим муассасалари битирувчи синф ўқувчиларининг якуний давлат аттестациясини ташкил этиш, имтиҳон саволлари, ўтказиш тартиби, жараённи шаффоф ташкил этиш мақсадида амалга оширилаётган ишлар хусусида гаплашамиз. Ўтказиб юборманг, саволларингиз бўлса, экспертларимиз жавоб беришга тайёр. Telegram Twitter
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Jonli_efir 📣 Hurmatli pedagoglar!Ertaga — 16-may kuni soat 12:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida 2023/2024-o‘quv yilida bitiruvchi sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiyasini tashkil etish jarayonlariga bagʻishlangan jonli muloqot bo’lib o’tadi. Xususan: ➖ 9- va 11-sinf o‘quvchilarining yakuniy davlat attestatsiya imtihonlari uchun belgilangan fanlar va imtihonlarning bo‘lib o‘tish tartibi, sanalari, ➖ Imtihonlar o‘tkaziladigan fanlar ro‘yxati, imtihon savollari spesifikatsiyasining ishlab chiqish jarayonlari, ➖ Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga yakuniy attestatsiya imtihonlarida beriladigan imtiyozlar, ➖ Bitiruvchi sinf o‘quvchilariga taqdim etiladigan oltin va kumush medallarining berilish tartibi va shartlari, imtiyozlari haqida so'z yuritiladi. ❗️Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi. 🖥 Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
⚡️Bugun Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Bolalar folklori" respublika tanlovining viloyat bosqichi bo'lib o'tdi. ✅ Tanlovda Samarqand viloyatidagi "Barkamol avlod" bolalar maktablarining folklor jamoalari ishtirok etishdi. ✍Tanlov natijalariga ko'ra; 1- o'rinni Jomboy tumani 2- o'rinni Bulung'ur tumani 3-o'rinni Nurobod tumani "Barkamol avlod" bolalar maktablarining folklor jamoalari egallashdi. ♦️Tanlovda 1-o'rinni egallagan Jomboy tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi tanlovning respublika bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. 🎗G'oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. ©Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
👏 2👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Aziz yoshlar! Sizda innovatsion g‘oya yoki startap loyiha bormi? Uni amalga oshirishda moliyaviy ko‘mak qidirayabsizmi? Unda bu e’lon aynan Siz uchun! Samarqand viloyat hokimi E.O.Turdimov tashabbusi bilan respublikamizning barcha yoshlarining innovatsion g‘oyalari va startap loyihalarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Startap loyihalar tanlovi” e'lon qilinadi. Tanlovda ishtirok etish uchun joriy yilning 24-may sanasi kech soat 18:00 ga qadar quyidagi manzil orqali elektron ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkin: https://forms.gle/f7CYFfrpUkvcRu5w9 Saralash bosqichidan o‘tgan loyihalar taqdimoti 30-may kuni Samarqand viloyati Yoshlar markazida bo‘lib o‘tadi. Istiqbolli startap loyihalar moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. Murojaat uchun telefonlar: +998 90 504-88-04 (Mashrab Otamurodov) +998 97 895-85-55 (Erkin Danaboyev) ©️ @nur_press
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from Ta'lim nazorati
⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga qabul iyun oyidan boshlanadi Prezident maktablariga o‘quvchilar belgilangan yillik qabul kvotasi doirasida ikkita sinfga bir xil 12 nafardan jami 24 nafar o‘quvchi hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktablariga Agentlik tomonidan belgilangan kvota doirasida o‘quvchilar qabul qilinadi. ❗️Quyidagi hujjatlar onlayn shaklda ariza.piima.uz sayti orqali qabul qilinadi: ➖o‘quvchilarning tegishli o‘quv yili natijasiga ko‘ra baholar tabelining maktab direktori tomonidan tasdiqlangan nusxasi; ➖imtihon ruxsatnomasini shakllantirish jarayonida foydalanish uchun o‘quvchilarning oxirgi 2 oy davomida tushgan fotosurati; ➖o‘quvchilarning tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ularning ota-onasi (qonuniy vakili) fuqarolik pasporti ma’lumotlari, bog‘lanish uchun mobil telefon raqamlari. 📝 O‘quvchilar Prezident maktabi hamda ixtisoslashtirilgan maktablariga hujjat topshirish jarayonida ularga ixtiyoriy ravishda o‘z hududidagi ixtisoslashtirilgan maktablaridan birini qo‘shimcha tanlash imkoniyati beriladi. 📌 Bunda, Prezident maktabi kirish imtihonining 2-bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, o‘qishga kira olmagan o‘quvchilar hududdagi o‘zi tanlagan ixtisoslashtirilgan maktabiga belgilangan kvota doirasida, to‘plagan ballari ketma-ketligi bo‘yicha imtihonsiz qabul qilinadi. Bunda kvota doirasidan oshib ketsa imtiyoz qo‘llanilmaydi. Batafsil: 👉 https://talimxabarlari.uz/4677/Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
👍 1