cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Toshkent viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi rasmiy telegram sahifasi

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
981
Obunachilar
-224 soatlar
-157 kunlar
-10630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Tabiat qo'ynida bir kun ✅ 14-may kuni Toshkent viloyati, Bo'stonliq tumanidagi Qoronqul tog' zonasida "TABIAT QO'YNIDA BIR KUN" shiori ostida "Barkamol avlod" Respublika bolalar maktabi bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi. ✅ Tashkil etilgan tadbirda Toshkent viloyati, Chirchiq shahar, Parkent, Qibray hamda Bo'stonliq tumani "Barkamol avlod" bolalar maktablari to'garak a'zolari ishtirok etishdi. ©𝙏𝙤𝙨𝙝𝙠𝙚𝙣𝙩 𝙫𝙞𝙡𝙤𝙮𝙖𝙩𝙞 "𝘽𝙖𝙧𝙠𝙖𝙢𝙤𝙡 𝙖𝙫𝙡𝙤𝙙" 𝙗𝙤𝙡𝙖𝙡𝙖𝙧 𝙢𝙖𝙠𝙩𝙖𝙗𝙞 𝘼𝙭𝙗𝙤𝙧𝙤𝙩 𝙭𝙞𝙯𝙢𝙖𝙩𝙞.
Hammasini ko'rsatish...
👍 4🔥 1
👨‍👩‍👧‍👦 “Xalqaro oila kuni” muborak bo‘lsin, aziz yurtdoshlar! 🥳 1994-yildan buyon 15-may - “Xalqaro oila kuni” sifatida butun dunyoda nishonlab kelinmoqda. Ushbu kunning belgilanishidan maqsad oilaning ko‘plab muammolariga jamoatchilik eʼtiborini jalb qilishga qaratilgan. 🇺🇿 Yurtimizda, qolaversa, Sharq dunyosida oila qadimdan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. ⏩Oilada vatanga sadoqat, ota-onaga oqibat, oila aʼzolari o‘rtasida o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat omillari o‘sib kelayotgan yosh avlod ongiga singdirilib, oiladagi maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishga, ularning jamiyat oldidagi masʼuliyatini kuchaytirishga xizmat qiladi. 👏 Fursatdan foydalanib, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi barcha yurtdoshlarimizga sog‘lik-salomatlik, uzoq umr, oilaviy baxt va ulkan marralarni zabt etishlarini tilaydi. © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
Assalomu alaykum! Bugun 15-may, Chorshanba. ▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi! 🎊 BAYRAMLAR:🎊 🪩 Xalqaro oila kuni 🪩 Xalqaro astronomiya kuni 🪩 Xalqaro iqlim kuni 🪩 Hindistonda daraxtlar kuni 🌎 VOQEALAR:🌎 🌸 1618-yil — nemis astronomi Iogan Kepler sayyoralar harakati qonunlarini kashf etdi. 🌸 1836-yil — F. Baley “Beyli nuqtasi”ni kashf etdi. 🌸 1851-yil — Nyu-York va Buyuk ko‘lni bog‘laydigan birinchi temir yo‘l qurib bitkazildi. 🌸 1928-yil — “Plane Crazy” multfilmida ilk marotaba Mikki Mous obrazi paydo bo‘ldi. TAVALLUDLAR: 🌹 1859-yil — Pyer Kyuri — fransiyalik fizik, “Nobel” mukofoti sovrindori. 🌹 1926-yil — Muxtor Sultonov — Oʻzbekistonning atoqli davlat va jamoat arbobi, birinchi oʻzbek generallaridan biri. 🌹 1932-yil — Jon Glen — ingliz kinorejissyori va montajchi, beshta “Jeyms Bond” filmining muallifi. 🌹 1989-yil — Syunnyove Sulemdal — norvegiyalik biatlonchi, estafetalarda 6 karra jahon chempioni. © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
"Barkamol avlod" bolalar maktablarida oʻquvchilar qamrovi boʻyicha hududlar va tuman/shaharlar kesimida REYTING tuzildi 📈 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan "Barkamol avlod" bolalar maktablarida Oliy ta’lim muassasalari va maktabga tayyorlov yoʻnalishida tashkil etilgan to'garaklarga qamrab olingan oʻquvchi-yoshlar koʻrsatkichi boʻyicha joriy oʻquv yilining mart oyi holatiga koʻra REYTING belgilandi. ✅ Bundan ko'zlangan asosiy maqsad: ☝️maktabdan tashqari ta'lim tizimini yuqori bosqichga olib chiqish, ☝️toʻgaraklarda oʻquvchi-yoshlar qamrovini oshirish, ☝️hududiy “Barkamol avlod” bolalar maktablari oʻrtasida sogʻlom raqobat muhitini jonlantirish. Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining rasmiy sahifalariga ulanish:👇 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
💃14.05.2024 kuni Olmaliq shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Milliy raqs" to'garak rahbari Nosirova Zuhra rahbarligidagi "G'uncha" raqs dastasi qizlari "Zo'r" TV kanalining "Ertalabdan salom" ko'rsatuvida o'zlarining raqslari bilan ishtirok etishdi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Tajriba almashish Yangiyo'l tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabining yo'nalishlar bo'yicha uslubchilari va ITJE, MMOTTashkilotchisi  maktab direktori Saidova Muhayyo Abdulladjanovna rahbarligida Toshkent viloyati Quyichirchiq tuman "Barkamol avlod " bolalar maktabiga tajriba almashish maqsadida tashrif buyurishdi. Quyichirchiq tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi hodimlari tomonidan iliq kutib olinib, maktabning o'quv xonalari bilan tanishtirilib tajribalari bilan o'rtoqlashdilar. Hodimlar tomonidan berilgan savollarga aniq va samimiy javoblar berildi. Tajriba almashish davomida kutilgan natijaga erishilib maktablar o'rtasida do'stona hamkorlik vujudga keldi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Oila muqaddas ! Yangiyo'l tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida 15-may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan tadbir o'tkazildi. Tadbirga o'zlarining oilaviy hayotlari bilan barchaga o'rnak bo'la oladigan oilalardan Xidirov Shokir ota o'g'li Shokirov Normuxammad ota hamda Shokirova Marhamat onalar taklif etildi. Tadbir mehmonlaridan Yangiyo'l tuman Nuroniylar jamg'armasi bo'limi va Ma'naviyat ma'rifat bo'limi hodimlari ham o'z sovg'alari bilan tashrif buyurib ishtirok etishdi. Tadbirda oila haqida she'rlar, raqslar namoyish etilib qiziqarli o'yin tashkil qilindi. Davramiz mehmonlari o'zlarining hayotiy tajribalari bilan yoshlarga maslahatlar berdilar. Tadbir ko'tarinki ruhda, kuchli ma'naviy ozuqaga boy holda bo'lib o'tdi. Yangiyo'l tuman "Barkamol avlod " bolalar maktabi axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
👍👍👍 Online toʻgaraklar⚡️ 📌Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan, bugun 🕐1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣da, respublikamizdagi barcha "Barkamol avlod" bolalar maktablari uchun Facebookdagi rasmiy sahifamizda online toʻgarak tashkil etilmoqda. Yo‘nalish: "Xorijiy tillar" Mavzu: "Rus tili" 🔊Diqqat!🔊 📝Mavzuga oid bo'lgan savollarni trening tashkil etilayotgan vaqt izohlarda yozib qoldirishingiz mumkin. ✔️Savollarga Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabining ilg'or ish tajribaga ega bo'lgan mutaxassislari tomonidan javob olishingiz mumkin. ✅Mazkur online toʻgaraklardan maqsad, to'garak mashg'ulotlarining samaradorligini yanada oshirish va mavzu bo'yicha qo'shimcha ma'lumotlar berishdan iborat. Bizning internet sahifalarimizga obuna bo'ling! Bizni kuzatishda davom eting! © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Hammasini ko'rsatish...
Assalomu alaykum! Bugun 14-may, Seshanba. ▪️Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tarixda bugungi kun bilan bog‘liq bo‘lgan voqealarni siz bilan bo‘lishadi! 🎊 BAYRAMLAR:🎊 🪩 Butunjahon ko‘chmanchi qushlar kuni 🪩 Kanadada lolalar festivali kuni 🪩 Chilida muhandislar kuni 🪩 Liberiyada birdamlik kuni 🌎 VOQEALAR:🌎 🌸 1749-yil — Ingliz vrachi Edvard Jyenner birinchi bor suvchechakka qarshi emlash ishlarini o‘tkazdi. 🌸 1862-yil — Shvetsariyalik soatsoz Adolf Nikol xronograf ixtirosi chun patent oldi. 🌸 1853-yil — AQShda quyultirilgan sut ixtirosiga patent berildi. 🌸 2007-yil — “Shrek-3” multfilmi katta ekranlarda premera qilindi. TAVALLUDLAR: 🌹 1836-yil — Vilgelm Steynits — nemis shaxmatchisi, birinchi jahon chempioni. 🌹 1905-yil — Ari Shternfeld — sobiq ittifoq olimi, zamonaviy kosmonavtika “ota”laridan biri. 🌹 1905-yil — Uyg‘un — O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san'at arbobi, dramaturg. 🌹 1922-yil — Franyo Tudjman — xorvatiyalik siyosatchi va harbiy rahbar, sobiq Xorvatiya prezidenti. © Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi Axborot xizmati 🌍 Web-site 🌐Telegram 🌐Facebook 🌐Instagram 🌐YouTUBE
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
"Mental arifmetika"bõyicha Respublika ochiq olimpiyadasida Toshkent viloyati Ohangaron tumani "Barkamol avlod"bolalar maktabi tarmoq tõgaraklaridan tashkil topgan 12-maktabning iqtidorli õquvchisi Bahodirova Xonzodabegim ishtirok etdi va oliy õrinni egalladi.Bundan avvalgi tanlov musobaqalarda ham faxrli oliy,birinchi õrinlarni egallab kelmoqda. Xonzodabegim iqtidorli õquvchi sidatida namayon bõladigan qirralari juda kõp bush vaqtlarida rasm chizish,sheriyat bilan mashg'ul bõladi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 2