cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Jamshid Babajanov

Тошкент вилояти ҳокимининг туризм, маданият, маданий мерос, оммавий коммуникациялар ва кинематография масалалари бўйича ўринбосари facebook - https://www.facebook.com/jamshid.babajanov Instagram - https://www.instagram.com/p/CbuRvMEAQJL/?utm_medium

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganYangiliklar & Media30 833
Reklama postlari
367
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-27 kunlar
-630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

03:23
Video unavailableShow in Telegram
#Натижа Мурожаат жойига бориб ўрганилди Бўка тумани "Янгибоғ" маҳалласида истиқомат қилувчи Исроил Боиров ижтимоий тармоқ орқали мурожаат йўллаган. Унинг мурожаатини шахсан жойига бориб ўргандик. Фуқаро маҳаллада ПҚ-408-сонли қарор бўйича ишлар якунига етказилмаганини билдирган эди. Ҳолат жойига бориб ўрганилганда, ҳақиқатданам ушбу мурожаат асосли экани маълум бўлди. Маҳалла аҳли, тегишли мутасаддилар иштирокида вазият таҳлил қилинди. Энг биринчи навбатда, бугундан бошлаб кўчадаги 145 та хонадонда яшовчи 400 дан ортиқ аҳоли тоза ичимлик суви билан таъминланиши белгиланди. Маҳаллага сув иншооти ўрнатилиб, қувурлар тортилган, бироқ, айрим техник ишлар якунига етказилмай қолгани маълум бўлди. Бу ҳолатга биз ниҳоятда муросасиз бўламиз ва шу муносабат билан, Бўка тумани мутасаддиларига тегишли тартибда огоҳлантиришлар берилди.
Hammasini ko'rsatish...
👍 3 1
#ЎртаЧирчиқ Президентимизнинг видеоселектор йиғилишида вилоят, туман ҳокимларига берган топшириқлар ижросини таъминлаш мақсадида бугун Оққўрғон тумани Маданият бўлимида вилоят ҳокимининг ўринбосари Ж.Бобожонов, вилоят Маданият бошқармаси бошлиғи А.Шомуродов, туман ҳокими ўринбосари Ж.Джаникуловлар ҳамда бўлим ва 25-сонли Болалар мусиқа ва санъат мактаби ходимлари иштирокида йиғилиш бўлиб ўтди. Ушбу йиғилишда маданият бўлими қошида ташкил этилган "Тўрғай", "Наврўзи ажам" фольклор-этнографик халқ жамоалари ҳамда "Қувонч" ва "Ёдгор" болалар рақс дастаси жамоаларининг келгусидаги олиб бориладиган ишлари режаси, бажарилиш лозим бўлган вазифалар бўйича топшириқлар берилиб, керакли қарорлар қабул қилинди. Telegram | Instagram Facebook | Youtube
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
#UNWTOGA25 #Samarkand2023 Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasi tadbirlari doirasida ko‘plab uchrashuvlar, kelishuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Xususan, Toshkent viloyatining turizm sohasini yanada rivojlantirish, butun dunyo mamlakatlaridan sayyohlarni viloyatimizga jalb qilishni yo‘lga qo‘yish maqsadida xorijlik investorlar, soha vakillari bilan hamkorlik rishtalari bog‘landi, bitimlar imzolandi. Katta doiradagi tadbirning uchinchi kunida ham bir qator masalalar yuzasidan yirik loyihalar ustida ish olib borilishi kutilmoqda. ➡️@Dj_Babajanov
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#UNWTO #Sessiya Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh Assambleyasining 25-sessiyasi O‘zbekistonda o‘tkaziladi Azim Samarqand ushbu yirik tadbirga mezbonlik qilmoqda. Mazkur global yig‘inga esa dunyo mamlakatlaridan mehmonlar tashrif buyurishmoqda. 130 dan ortiq davlat vakillari qatnashishi kutilayotgan mazkur tadbirga Shveysariya moliyaviy masalalar bo‘yicha davlat kotibiyatining reklama faoliyati direksiyasi rahbari Erik Yakob ham yetib keldi. Ma’lumot uchun: 16–20-oktyabr kunlari Samarqanddagi “Silk Road Samarkand” sayyohlik majmuasida o‘tkaziladigan sessiyaning avvalgisi 2021-yilda Ispaniyada boʻlib, UNWTO Bosh assambleyasida Oʻzbekiston nomzodi Portugaliya va Misr mamlakatlari bilan raqobatda gʻolib boʻlgan. ➡️@Dj_Babajanov
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#Tatariston #Qozon #forum "Oʻzbekiston – Rossiya hududlararo hamkorlik boʻyicha III forumi" da mamlakatimizning boshqa hududlari qatori Toshkent viloyati ham ishtirok etmoqda. Tatariston respublikasining poytaxti Qozon shahrida o‘tkazilayotgan mazkur tadbirda viloyat hokimi Zoir Mirzayev boshchiligidagi delegatsiya ham qatnashib, forum doirasidagi “Turistik marshrutlar: Rossiya va O‘zbekistonni kashf qilish” panel sessiyada “Toshkent viloyatining turizm salohiyati va viloyatning imkoniyatlari” mavzusida maruzalar qilinmoqda. ➡️@Dj_Babajanov
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#marafon #sport #yugurish Keng jamoatchilik va yoshlar orasida sportni rivojlashtirish, aholi salomatligini mustahkamlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, shuningdek ularning e’tiborini Orol dengizi atrofidagi ekologik muammoga va Orolbo‘yi mintaqasini qayta tiklashga qaratilgan tadbirlardan biri Toshkent viloyati Olmaliq shahrida o‘tkazildi. 6 ming nafarga yaqin marafonda qatnashuvchilar orasida nuroniylar, korxona-tashkilot xodimlari, keng jamoatchilik yoshlar qatorida marraga intilib, jami 3 kilometrdan ortiq masofada yugurishdi. Tadbir so‘nggida nominatsiya g‘oliblari va sovrindorlar viloyat hokimligi tomonidan munosib rag‘batlantirildi. ➡️@Dj_Babajanov
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#festival Bugun Qo‘qon shahrida Ikkinchi Xalqaro hunarmandchilik festivali dunyoning 70 dan ortiq mamlakatlaridan kelgan hunarmandlar,mehmonlardan tashkil etilayotgan festival, ishtirokchilarning tantanali yurishi bilan start oldi. Qizg‘in tus olgan festivalda yurtimizning boshqa hududlari qatorida Toshkent viloyatining stendi ham qad rosladi. 3 kun davom etadigan mazkur tadbirda viloyatimizning madaniyat, faklor, milliy va estrada qo‘shiqchilik san’ati vakillari o‘z chiqishlari bilan ishtrok etishmoqda. Shuningdek, 40 ga yaqin hunarmand va shogirtlar 3 mingdan oshiq mahsulotlari bilan qatnashmoqdalar. Tadbirni 200 nafarga yaqin xorijiy, respublika va mahalliy OAV vakillari yoritib bormoqda. ➡️@Dj_Babajanov
Hammasini ko'rsatish...
#ezgu_tashabbus #qardoshlik Zilzilada talofat koʻrgan turklar Oʻzbekistonda sogʻlomlashtirilmoqda 🌐BATAFSIL 🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Hammasini ko'rsatish...
1
Po'stilar arxiv