cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali Murojaat uchun: 📞1091 https://murojaat.istemol.uz @PotrebitelUz_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
642
Obunachilar
-124 soatlar
-47 kunlar
-530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Sud orqali iste'molchiga yetkazilgan 13 million so'm moddiy zarar undirildi Fuqaro joriy yilning mart oyida Xatirchi tuman markazidagi YaTT Azimov Farxodga tegishli ustaxonaga 33 000 000 so‘mga ko‘chma do‘kon yasatish bo‘yicha buyurtma berib, oldindan 13 000 000 so‘m to'lovni amalga oshirgan va qolgan 20 000 000 so‘mni buyurtma bitganidan keyin berishga kelishgan. Biroq buyurtma tayyorlanib yetkazib berilgach, uning o‘ta sifatsiz yasalgani va tadbirkorga ushbu kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan murojaat qilganida o‘zaro nizoga borganini ma'lum qilgan. Batafsil – https://istemol.uz/reports/1192 Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇 Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Aviachipta uchun to'langan salkam 2,5 million so'm iste'molchiga qaytarildi Fuqaro Shofirkon tuman jamiyatiga murojaat qilib, tumanda joylashgan “Mukammal ishonchli texnologiyalar” MChJga qarashli aviakassadan 2024-yilning 31-may kuni 2 340 000 soʼmga Rossiya Federatsiyasiga uchish uchun aviachipta xarid qilganligini, ammo ayrim sabablarga koʼra, uchib keta olmaganligini, aviakassa xodimlariga qilgan murojaatiga rad javobini olganligini bildirib, aviachipta pulini qaytarib olishda amaliy yordam berishni soʼragan. Batafsil – https://istemol.uz/reports/1190 Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇 Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Hammasini ko'rsatish...
👍 4🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Jamiyat aralashuvi bilan iste'molchi muammosi bartaraf etildi Fuqaro "ART EREREST 09HE" rusumli konditsionerni tumandagi “Roshidon Partnyor KM” MChJga qarashli savdo do‘konidan 2023-yilning 6-iyunida tovar qiymatini bo‘lib to‘lash to‘lash shartnomasi asosida xarid qilgan. Iste'molchi konditsionerdan foydalanish davomida bir marta servis markaziga murojaat qilganligini, lekin xonadonga tashrif buyurgan usta xizmat pulli ko‘rsatilishini ma'lum qilib, xizmat ko‘rsatmasdan ketganligini ham qo‘shimcha qilgan. Batafsil – https://istemol.uz/reports/1189 Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇 Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Hammasini ko'rsatish...
👍 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Iste'molchi foydasiga sud orqali 115 million so'm moddiy va ma'naviy zarar undirildi Fuqaro "DILUMNUR NUR STROY" MChJ tomonidan Buxoro shahrida qurilayotgan ko‘p qavatli uylardan xonadon xarid qilish maqsadida quruvchi tashkilot bilan shartnoma imzolab, to‘lovni amalga oshirgan. Ammo shartnomada belgilangan muddatda qurilish yakunlanmagan, xonadon sohiblariga topshirilmagan. Batafsil – https://istemol.uz/reports/1188 Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇 Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🔥 2
03:22
Video unavailableShow in Telegram
#OAV_biz_haqimizda #Toshkent_TV Toshkent shahridagi Mirobod dehqon bozorida jamoatchilik nazorati asosida o'rganish ishlari olib borildi Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇 Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Hammasini ko'rsatish...
bandicam 2024-07-12 12-17-45-789.mp461.66 MB
👍 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
1 yarim million so'mlik nosoz go'sht qiymalagich sifatlisiga almashtirildi Fuqaro shu yilning 5-iyulida Angor tumani tijorat bozoridagi 17/5-sonli maishiy texnika do‘konidan narxi 1 500 000 so‘m bo‘lgan go‘sht qiymalagich xarid qiladi. Qiymalagichni uyga olib borib 3 kun davomida sinab ko‘radi va undan foydalanish jarayonida bir qancha nuqsonlar kelib chiqadi. Ushbu holat haqida do‘kon sotuvchisiga xabar beradi ammo sotuvchi texnikadan noto‘g‘ri foydalanilganligini ro‘kach qilib, almashtirib berishdan bosh tortadi. Batafsil – https://istemol.uz/reports/1187 Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇 Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Hammasini ko'rsatish...
👍 4🔥 1👏 1
02:22
Video unavailableShow in Telegram
Мамлакатимизда озиқ-овқат хавфсизлигини таъминлаш ҳамда ички бозорда нарх-наво барқарорлигини сақлаш борасида тизимли ишлар олиб борилмоқда. Ijtimoiy tarmoqlar orqali bizni kuzating: ✅ TELEGRAM    ✅  Facebook ✅ Instagram     ✅  YouTube ✅ Web-site       ✅  Efirni ko'rish
Hammasini ko'rsatish...
3 OZIQ-OVQAT.mp4138.59 MB
👍 5🔥 1
AHOLINING SALOMATLIGI, TINCHLIGI HAR QANDAY (IQTISODIY) MANFAATDORLIKDAN USTUN TURISHI ZARUR! Azal-azaldan xalqimiz halollikni, poklikni, mehnatsevarlikni ulug‘lab keladi, qadrlaydi. Albatta, qonuniy faoliyat yuritishga, halol kasb qilib daromad topishga va shuning orqasidan oila boqishga nima yetsin. Dinimizda ham halol kasb qilishga targ‘ib qilingan. Tanballik va ishyoqmaslik kabi kishining o‘ziga hamda jamiyatiga zarar keltiruvchi illatlardan qaytarilgan. Ammo besh qo‘l barobar bo‘lmaganidek, ko‘proq daromad ilinjida insofiga, imoniga putur yetkazib qo‘yayotgan tadbirkorlar ham bugungi kunda kam emas. 🔸Xabaringiz bor, O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi tizimi tomonidan hududlarda aholiga umumiy ovqatlanish shahobchalari tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlar holati jamoatchilik nazorati tartibida o‘rganilmoqda. O‘rganishlar shuni ko‘rsatmoqdaki, hududlardagi aksariyat tadbirkorlar tomonidan umumiy ovqatlanish shahobchalari xizmatini tashkil etish va ko‘rsatish, mahsulotlarni tayyorlash, saqlash, sanitariya qoidalariga rioya etish, sotish (yoki realizatsiya qilish) borasidagi ishlarni, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini, iste'molchilar uchun yaratilgan sharoitlarni qoniqarli deb bo‘lmaydi. 📌Aholiga sifatli va kafolatli xizmat ko‘rsatish; aholi sog‘ligini, atrof-muhit musaffoligini avaylab asrash; sanitariya-gigiena, yong‘in xavfsizligi, shuningdek savdo va xizmat ko‘rsatish talablariga; faoliyat yo‘nalishi bo‘yicha amaldagi qonunchilik talablariga qat'iy rioya qilish – halol daromad topish, o‘z mehnati bilan jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shish masalalari aksariyat “tadbirkor”larning fikr, hayollaridan hali hanuz yiroqdaligicha qolmoqda. Bu kabi holatlardan tashvishlanmay bo‘lmaydi, albatta. Chunki aholi salomatligi, tinchligi har qanday (iqtisodiy) manfaatdorlikdan ustun turishi zarur. Bundan tashqari, amaldagi qonunchilik, tartib va me'yorlarga amal qilish har bir fuqaroning burchi hisoblanadi. Aholiga xizmat ko‘rsatuvchi soha vakillari va tegishli mutasaddilardan esa qonunga itoatkorlik (qat'iy rioya etish), inson manfaatlarini, hayoti va sog‘ligini himoya qilgan holda sifatli va kafolatli xizmat ko‘rsatish talab etiladi. "Insof sari baraka", - deydi xalqimiz. Insof bor joyda baraka ham bo‘ladi. “Noinsofga erk bersang elni talar”, degan gap ham bor... Balki, nazoratni kuchaytirish, “tadbirkor” niqobi ostida noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan, aholining sog‘ligi va hayotini xavfga qo‘yayotgan noinsoflarni jazolash choralarini ko‘rish kerakdir. O‘rganishlar davom etmoqda, aniqlangan holatlar va ularning tahlili to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot berib boriladi. Federatsiyaning rasmiy sahifalari👇 Telegram | Facebook | YouTube | Istemol.uz
Hammasini ko'rsatish...
O‘zbekiston iste'molchilar federatsiyasi

O‘zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasining rasmiy kanali Murojaat uchun: 📞1091

https://murojaat.istemol.uz

@PotrebitelUz_bot

👍 3🔥 1
😢 1
03:21
Video unavailableShow in Telegram
📹"YANGILIKLAR Aholini sifatli iste’mol tovarlari bilan ta’minlash eng muhim vazifa! #11july #qashqadaryo_trk ✔️Rasmiy telegram kanalimiz 👉https://t.me/qashqadaryo_trk
Hammasini ko'rsatish...
5.mp4111.51 MB
👍 4🔥 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.