cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Dilnur Kamilov blogi

Қадрли дўстлар! Ушбу телеграм-каналим орқали жамиятимизда рўй бераётган турли сиёсий-диний, ижтимоий-иқтисодий воқеа-хабарларга ўз шахсий муносабатимни билдириб бораман. Баъзи-баъзида Аброр Мухтор тўғрисида хабарлар бериб қолсам хапаўмесилар))))

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 676
Obunachilar
-124 soatlar
-227 kunlar
-3230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Abdulloh domlani gumon haqidagi ma'ruzasi bor. Shuni erim eshitgan va xuddi shu mazmunda men bilan janjal bo'ldi. Meni telefonimni detalizatsiya qildirib, undagi hamma nomerlarga telefon qilib chiqdi, san manga xiyonat qilgansan deydi,bu juda kulgili. Hatto firmadan changyutgich sotadiganlar telefon qilgan ekan manga, ularga ham telefon qilib chiqdi. Kafedradagi yaqinda bakalavrni tugatgan laborant bolaga ham tel qilib nimaga mani xotinimga tel qilib 8 mart bayramiga taklif qilgansan dedi. Bularni kulib yozayapmanu, lekin mani bular haliyam larzaga soladi. Hamma qarindoshlarga kiygan kiyimi deb, yangalarini qo'l uzatib ko'rishgani deb, yosh qiz jiyanlarni pomada surgani deb, qishlog'ida qo'shni ayollarni ko'chada o'tirishini erlariga aytib, tanbeh berib chiqdi. U ayollar qishloq sharoitida park, xiyobon yo'q, darvozasini oldida suhbatlashib o'tiradida, bu ularni shaxsiy ishi, shularga ham aralashib, eriga xotiningga gaping o'tmaydimi deb gap qilgan. Man bu gaplarni eshitib ayolga nisbatan qanaqa cheklovlar qo'yayotgani, ayollarga tazyiq o'tkazayotganini ko'rib tamom bo'layapman. Yana bir jihat - ayol ijtimoiy tarmoqlarda o'tirmasligi kerak emish. Lekin o'zi hamma ijtimoiy tarmoqlarda bor. Aktiv post qo'yadi. Ko'p safar qiladi, har biri haqida o'z sahifasiga joylashtiradi. Lekin meni bunga haqqim yo'q deb hisoblaydi. Ayol kishi tarmoqlarda er izlarkan faqat. Kulgilisi men mana shu Feysbukda anchadan beri borman, buni bilib qolsa erim mani o'ldirsa kerak, qo'lidan keladi, lekin hali birorta erkak bilan ishqiy yozishmalarim yo'q. Bunaqa bema'ni narsalarga sarflab o'tiradigan vaqtim ham yo'q. Meni bu yerga kirishga undaydigan narsa ijtimoiy fikrni bilish, yangiliklarni bilish. Bu avval meni kasbim edi, shunaqa ishda ishlaganman, bundan shunaqa professional privichka qolgan manda. Xullas, shariat erkakni mana shunaqa quturtirib yuborarkan. Dinga berilgan odam ayolga nisbatan adolatli bo'la olmas ekan hech qachon. Men buni faqat erimdan xulosa qilib aytmayapman. Erimni o'rtoqlarini orasida shunaqalar bor. Ularni xotinlari ham dindor bo'lishsa ham eridan norozigarchiligi kuchli Dunyoviy erkaklarni esa ayollari nisbatan erkin, nisbatan xotirjam. Chunki dunyoviy erkak xotinini o'zi bilan teng ko'radi. Dindor esa mendan pastsan, kerak bo'lsa sajda qilasan deydi, ha, aynan shu haqdagi hadisni bukvalno qabul qiladi bular. Dindor er mani chizgan chizig'imdan chiqmaysan deydi. Rashk qilmasam, dayus bo'laman, dayusga Alloh hatto qaramas ekan deydi. Men aytib berayotgan narsalar ratsional fikrlaydigan odamga g'alati tuyuladi, lekin dindorlarni miyasi aynan shunday ishlaydi. Men buni bitta odamni ko'rib xulosa qilmadim. Qayniukalarim, erimni dindor o'rtoqlarida shuni kuzatayapman.
Hammasini ko'rsatish...
😢 50👍 20💯 20🤔 4🤣 3🔥 2 1
Фэйсбукдаги кузатувчиларимиздан бири йўллаган хатни эътиборингизга ҳавола қиламан. Ўртола, инсон қанча диндорлашса, пропорционал равишда ваҳшийлашади ва жоҳиллашади! »»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»»» Men doim shariat biz uchun nomaqbul ekanligini tarmoqlarda yozib, ayniqsa ayollar uchun bu tizimning adolatsizligini ayollar guruhlarida ham targ'ib qilib kelaman. Chunki men o'z hayotimda shundan aziyat chekaman. Meni erim 2017 yildan boshlab dinga qattiq berila boshladi. Boshida bu uning shaxsiy tanlovi dedim. Keyin u dinga berilib mendan ham shariat asosida yashashni talab qila boshladi. 1-talabi to'satdan hijob o'ramasang ajrashaman bo'ldi. Men shuncha yildan beri tinch totuv yashab birdaniga bunaqa shart qo'yilganidan dovdirab, nima qilishimni bilmay qoldim. Bolalarimni o'ylab, faqat ular uchun ko'ndim noiloj. Undan keyin meni ruxsatimsiz ko'chaga chiqmaysan degan talab bo'ldi. Bunga chidasa bo'ladi deb o'yladim. Yana bir talablaridan biri meni uyimga men yoqtirmagan odamlarni kiritishing nojoyiz dedi. Yoqtirmagan odamlari hozircha mani ikkita singlim bo'lib turibdi. U shayxni Baxtiyor oila kitobiga asoslanib aytishicha, men uni ruxsatisiz hatto o'zimni ota-onam bo'lsa ham uyga kirita olmasmishman. Albatta men bilaman bu uyni yarmida meniyam haqqim borligini, men ham istagan odamimni taklif qila olishimni bilaman. Lekin ba'zida shu sabab janjal bo'lib turadi. Xullas, uni hamma talablariga shariatda asos bor, u dalilni topib keltiradi, men oilada rahbarman deydi. Lekin o'zini aqldan ozgan, rahbarlikni suiste'mol qilgan rahbar ekanligini anglamaydi. Eng kulgilisi biz yosh emasmiz, erim 44, men 43 yoshman. 2 ta farzandim bor, o'g'lim 15 yosh, qizim 8 yosh. 2023 yil kuzida tayanch doktoranturaga kirdim. shunga kirish uchun ham erim bilan 2-3 yil kurashdim. Oxiri stipendiya to'layotganini eshitib mayli dedi. Endi o'qishga borishimga qarshilik ko'rsatayapti, rashk qilarmish, rashk qilmasa dayus bo'larmish. O'qishga, kafedra majlisi, ilmiy bo'lim va prorektorlar yig'ilishlarga chaqirsa bormaysan deb turib oladi, man borishim kerak desam janjal bo'layapti. Bir narsa deb pretenziya qilsam, man o'zim borib gaplashaman kattasi bilan deydi. Erim oliy ma'lumotli magistr, organda ishlab pensiyaga chiqqan, yana hozir davlat xizmatiga ishga kirgan. Agar erim davlat xizmatida karyerasi ko'tarilib, vazir, bosh vazir yoki prezident bo'lib qolsa hammayoqni rasvosini chiqaradi deb o'ylayman. Rostdan ham shunaqa odamlar ko'p, kafedrada ham yosh o'qituvchilarni ko'rayapman, islom davlatlariga xayrihoh, bular ertaga qanaqadir lavozimlarni egallab qo'liga vlast tushsa, qanday yo'l tutadi deb o'ylayman. Xullas, man ajrashishga qaror qila omadim. Bir tomondan hammasiga tupurib ketvoray deyman, lekin bir tomondan shuncha yillik turmushim. O'zimni uy-joyim yo'qligi ham mani yo'ldan qaytaradi, 43 yoshli ayol ota-onasini uyiga borib olishini o'zimga ep ko'rmayman. Yana bir tomoni, shuncha yil qo'l ko'tarmagan erim dinga berilgandan keyin aynan qo'l ko'taradigan bo'lgan, uje 2-3 marta shunday bo'ldi. Yoshligimda 1 marta qo'l ko'tarsa agar yashamayman deb o'ylardim. Lekin unday qila olmadim. Erim mullalarni gapi bilan xotinini telefoni, telegram yozishmalarini tekshirib turishim kerak deb biladi. To'g'risi har gal erim bilan shunaqa tortishib qolganda uni talablari, iddaolari absurd deyman. Battar jahli chiqadi, san o'zingcha aqlliman deysanda deydi. Men magistrman, davlat xizmatida ishlaganman. Uyda o'tirib qolganimda ham vaqtida ishlaganim uchun pensiyam bor. Eng asosiysi mani o'z shaxsiy fikrim, dunyoqarshim bor. Birov bir narsa desa ergashib ketavermayman. Mana shu narsalar uni battar jahlini chiqaradi. Uni aytishicha ayol kishidan yaxshi gumon qilib bo'lmas ekan. Buni Abdulloh domla ma'ruzalaridan eshitib olgan. Tinmasdan diniy ma'ruzalar eshitadi, juda amal qiladi ularga. 5 vaqt qoldirmasdan o'qiydi. Ayniqsa, ma'ruzalarni ayollarga oid jihatlariga yanayam qattiqroq amal qiladi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 28😢 20😱 7🔥 3😁 2 1🤬 1
03:02
Video unavailableShow in Telegram
Биологиядаги турларнинг эволюцион ривожланиши назарияси - бу ФАН. Вассалом.
Hammasini ko'rsatish...
35.46 MB
👍 37💯 6🤣 4🤬 2
Photo unavailableShow in Telegram
😁 47💯 25👍 12🤣 7😢 3🤬 2
Карбалода мусулмон мусулмонни сўйгани хақидаги тарихий воқеаларни Аброр очиқ айтиб чиққан эди, Термизий ҳам маъруза қилибди. 4-5 йилдан бери бу мудҳиш тарихий воқеалар хақида ёзиб келганмиз ва зомбакларнинг виртуал снарядларига рўбарў бўлардик. Мўҳтарам муллаларимиз Оиша нега Алига қарши жанг қилгани, Фотиманинг ўлимига Умар сабабчи экани, Зубайр, Талҳо каби саҳобийлар ҳалифа Алига қарши бош кўтариб уруш эълон қилгани, Саҳоба Муовия Алига қилич кўтаргани, Усмонни мусулмонлар тутиб калласидан сўйишгани, Умарга орқадан ханжар урганни эмас, заказщиги хақидаги хақиқатларни, Қутайба Марказий Осиёда қонларни дарё қилиб оқизгани, бешикдаги чақалоқнинг қорнини ёриб, қарияларни 20 -40 км масофа узунликда дарахтларга осиб чиққани хақидаги хақиқатларни ҳам ёритиб қолишар деган умиддамиз! Амир Темур Шомга бориб Муовиянинг ўғли Язиднинг қабрини очтириб аскарларига сийдириб суякларини тахқирлаб ташлаганини Аброр Мухтор яқинда маъруза қилиб берувди. Хуллас калом, муллаларимизнинг кўзи очиляпдими? Одатда бу мавзуларни яширишарди. Мен ҳайрон😳😳😳
Hammasini ko'rsatish...
👍 60🔥 11 9😁 9😱 3😢 1
00:38
Video unavailableShow in Telegram
Термизий домла хақиқатларни айтиб ташлади
Hammasini ko'rsatish...
3.26 MB
👍 34😢 4 1💯 1
00:15
Video unavailableShow in Telegram
Шу кунларда Толибон мансабдорлар делегацияси Россиянинг Қозон шаҳрига ташрифи-қудум айлаб, таълим соҳасида тажриба алмашаётган экан. Россиялик ярамас негатипчилар: “Россиянинг таълим системасику один йух тодибларга асқотмайди, омалекин толибларнинг 10 ёшдан қиз болаларга таълим олишни тақиқлаш тажрибаси Россияга етмай турибди, шу тажрибани татбиқ қиволишса тўлиқ бахтли бўлиб кетамиз” - деб умид боғлашмоқда)))))
Hammasini ko'rsatish...
2.85 MB
😁 42👍 5😱 2💯 2
00:51
Video unavailableShow in Telegram
Ҳар йили қарийб 100 минг мусулмон диндан юз ўгирмоқда. Бу очиқ ошкор воз кечаётганлари. Яна қанчаси яширин воз кечиб бўлган, бу ёғи валлоҳу аълам. Ўзи соф мусулмонлар Эронда, Покистонда, Афғонистонда ва Ўзбекистонда қолди шекилли. Шариатчи шалапайларга икки оғиз луқма: газзини босларинг рижоллар, одамларни диндан чиқаришда хизматларинг беқиёс!
Hammasini ko'rsatish...
9.21 MB
👍 32💯 27😁 8😢 4🤔 2🤬 1
01:09
Video unavailableShow in Telegram
Фуқарога мушт туширишга, қўлида гўдаги бор аёлга қўл кўтаришга ким ваколат бериб қўйди мана бу чмо мелисага? Ичкарига олиб кириб олса фуқарони ўлдирадими шулар? Мансаб ваколатини суистеъмол қилгани учун, сабабсиз қўпол куч ишлатгани учун бу ходимга жиноят иши қўзғатиладими?
Hammasini ko'rsatish...
2.48 MB
🤬 72👍 11💯 4😁 2😱 2
Жамият ҳаёти ва ривожида аёлларнинг муҳим ўрни..... https://youtu.be/r6d2wCW9trY?si=6LupR-_U09ocOPoQ
Hammasini ko'rsatish...
MASHVARAT MEDIA: Аёлларнинг жамият ҳаётидаги беқиёс ўрни……

👍 22 6💯 5