cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

🌊✨:La Rahata Fid_dunya💦

#Bismillah☺️😊 ." Bu dunyo hayoti aldamchi matohdan o'zga narsa emas " ( Oli Imron 185-oyat )🙂 . . . Kanalimiz @Dunyayemsen_99 Ikkinchi sahifam @qalbim_nomasii Guruhimiz @Mahzun_b6Ima ☎️ Fikr-mulohaza va takliflar u-n @IaTahzan_bot

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
150
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

2:47:30
Video unavailableShow in Telegram
🎥 Allohnig elchisi Muhammad (S.A.V) 📹 Sifati: HD 480p 📆 Yil: 2015 🎞 Janr: Diniy, Hayotiy, Tarixiy, Drama 🇺🇸 Davlat: Eron 🇺🇿 Tarjima: O'zbek tilida PS: Film kesilmagan orginal holda
Hammasini ko'rsatish...
Ey erkak! Ayol seni nazaringda kim bilasanmi? Kalta ko’ylak kiysa likillagan, Hijob o’rasa kimlargadir qo’shilib qolgan yoki er topolmagan. Sen bilan yursa suyuq oyoq, yurmasa osmon. Kulsa tarbiyasiz, kulmasa sovuq. Ayol aslida sen uchun Onadir! Ayol aslida sen uchun Farzanddir! Ayol aslida sen uchun Singildir! Sen bilan turmush qurgach, sen uchun uyini, familiyasini va oilasini o’zgartiradi. Eng buyuk xazinasi bo’lgan nomusini sen uchun fido qiladi. Yetmaydi, sen uchun turli xil azoblarga chidab, farzand dunyoga keltiradi. Yetmaydi, oilangga va senga tinimsiz xizmat qiladi. Vaqti kelib, xiyonatingga xam, kaltagingga xam chidaydi. Sabr qiladi. Erim deydi, farzandim deydi, oilam deydi. Ovozini yuksaltirib, bir so’z xam aytolmaydi. Lekin sen! Onasining erkasi! Senga bular xam kam. Sen shularning evaziga, nima bera olasan Ayolga? Ro’zg’ormi? Uy joymi? Faqatgina shularmi? Ayol sendan faqat boylik kutadimi? Ayol menga zor deb o’ylama! Ayol oyoqqa tursa, barcha erkaklarni yiqita oladi. Shuni bilib qo’y, sendan yana yuz ta bo’lsa, bir Ayolchalik bo’la olmaydi. Va shuni xam bil, sen Ayolsiz xech kimsan! Ayol sensiz yashay oladi, lekin sen Ayolsiz, Ayollarsiz yashay olmaysan. Ayol inson, sen esa inson bolasi. Ayol Allah’ning omonatidir. Omonat degani, xurmat qilish degani. Omonat degani, e’tibor berish degani. Omonat degani, qadrini bilish degani. Omonat degani, asrab - avaylash degani. Lekin sen omonatni qayerdan xam bilarding? Sen omonatni bilganingda edi, Ayoling, Onang, Opang, Singling musofir yurtlarda xor bo’lmas edi. Sen omonatni bilganingda, Ayollar sen kabilar tufayli o’lmas edi. Sen nafsingga qul bo’lmaganingda, Ayollar iffatini va nomusini ximoya qila olgan bo’lar edi. Sen Ayolga yolg’on doston yozmaganingda, u senga ishonmagan bo’lar edi. Allah erkakga kuchini, Ayoliga yordamchi bo’lsin, unga xizmat qilsin, uni charchatib qo’ymasin deb berdi. Uni oyoq ostiga olib, xor qilishi uchun emas! Mayli, sen o’zingni oqlayver. Lekin shuni bilib qo’y! Omonatga qilgan xiyonating sabab, Maxshar kuni Allah albat loyig’ingni beradi. Qancha Ayolning haqqiga kirgan bo’lsang, o’sha haqning birgina zarrasini xam qoldirmaydi.
Hammasini ko'rsatish...
01:00
Video unavailableShow in Telegram
Агар ота боласига намоз ўқишни ўргатмаса, қиёматда бола, отам жаханнамга кирмагунча ман хам кирмайман деб турволаркан...
Hammasini ko'rsatish...
Soddaroq bo'lishga ko'nikinglar 🎙Abdulloh_domla
Hammasini ko'rsatish...
00:52
Video unavailableShow in Telegram
Ota-onani duosini olishga shoshilin.... Shoshilaylik brodarlar....🥺 Abdulloh domla 🍃
Hammasini ko'rsatish...
بِسْــــــــــــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمَنِ الرَّحِيمِ Assalamu alaykum va rohmatullohi va barokatuh jannat yuzlik yaqin birodarlarim yaxshimisizlar Robbim qilayotgan barcha ibodatilarni o'zi qabul qilsin ajrini Ziyoda qilib bersin😊🤲 Hayirli tong mehribonlarim bugungi kun hayri fayzi va barakasi sizlarga boʻlsin
Hammasini ko'rsatish...
— Vaqtida tavba qilib qolaylik.. | 🫀
Hammasini ko'rsatish...
• Ijobat bo'ladi... 💫🤍 | 🫀
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Дуо қилинса ижобати тезроқ бўладиган вақтлар: 1. Азон айтилган вақтда. 2. Қуръон ўқилган вақтда. 3. Каъабани кўрган вақтда. 4. Ёмғир ёғаётганда. 5. Душманга йўлиққанда. 6.Зулм кўрганда. 7.Дуони бардавом ва ихлос ила қилинганда. 8. Фарз намозини тугатганда. 9. Дуо вақтида Аллоҳнинг номларини қўшишликда. 10. Пайшанбадан Жумага ўтар кечаси ва Жума кунида. 11. Ражаб ойининг биринчи кечаси. 12.Шаъбон ойининг 15 - кечаси. 13.Арафа кунида. 14. Рамазоннинг кеча ва кундузида. 15. Ифтор вақтида.👇
Hammasini ko'rsatish...
УЧ ЎҒИЛ Учта ўғли бор эди унинг, Уч ўғилнинг - Учта хотини. Икки варақ дори рўйхати: Қай бирига айтсин ботиниб?.. Ҳар бирида икки-уч бола, Ҳар бирида «рўзғор» деган ғор, Мактаб, боғча - кунда юз чиқим, Ундан бошқа минг ташвиши бор... Ҳар бир дори - отнинг калласи, Пенса ўлгур урвоқ бўлмайди. Оғир келди шу қиш чилласи, Чидай, деса, оғриқ қўймайди... «Ётмасангиз бўлмайди, хола!» - Доктор йигит жиддий чайқар бош. «Хўп, хўп» - дейди. «Тез ёрдам» кетгач, То тонггача дардга берар дош. «Қўнғироқ қил, ўғлингни чақир!» - Хуноб бўлар ота дарғазаб. «Қўйинг, ўзи кепқолар ахир...» Умид қилар Эшикка қараб... «Нима бўлса, фақат сизгами? Шундоқ ҳам бир дунё қарздасиз! Пули яхши, дарди бизгами? Эҳ, дадаси... Бунча соддасиз?!» «Оббо, ўзи пул йўқлигида, Яна дори, касалхонами? Ана, олиб борсин акангиз, Онангиз бир сизга онами?!» «Пешонага ёзгани бўлар! Бандасининг қилгани бекор. Шунча олиб бордингиз, етар, Ана, икки акангиз ҳам бор!» Борган сари умиди сўниб, Она ичга ютар додини... Учта ЎҒЛИ бор эди унинг, Уч ўғлининг - Учта хотини... Юрди, юрди... Йиқилди охир, Ётиб қолди она муштипар. «Боришгандир...» «Боргандир...» - дея, Бирор ўғил олмади хабар... Фақат бирдек дард чекарди чол, Ҳис қилмасди очми, тўқлигин, Биринчи бор ва охирги бор Алам қилди Қизи йўқлиги... Азоб, оғриқ. Иситма. Титроқ. «Оҳ» - деди-ю, кўз юмди. Тинди. Жиринглади ахир қўнғироқ, «Онанг ўлди! Келарсан энди?!» «Қайтар дунё, қайтар албат!» - деб Айтолмади биров ботиниб, Йиғлар эди «онам», «онам» деб, Уч ўғлининг учта хотини. Хўрсинарди ота мунғайиб... Ҳол сўрмоққа кимнинг бор ҳадди? Бир чеккада ётар сарғайиб, Икки варақ дори рўйхати.. Учта ЎҒЛИ бор эди, Унинг... 🏜
Hammasini ko'rsatish...