cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Bilimni baholash agentligi

🇺🇿 Bilim va malakalarni baholash agentligi 📞 1195 📧 [email protected] 🌐 www.uzbmb.uz 📍 100084, Toshkent sh., Bog‘ishamol 12. Biz ijtimoiy tarmoqlarda: • facebook.com/dtmuzbinstagram.com/dtmuzbyoutube.com/@BaholashUz

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
272
Obunachilar
-124 soatlar
-47 kunlar
-930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

⚡️“Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha malaka oshirish kursi 📆 2023-yil 13-20-dekabr kunlari “Chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash” bo‘yicha 36 soatga mo‘ljallangan malaka oshirish kursi bo‘lib o‘tadi. 🖥 Malaka oshirish kursi onlayn tarzda tashkil etilib, tinglovchilarga chet tilidan yozish va gapirish ko‘nikmalarini baholash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg‘ulotlar (o‘zbek tilida) o‘tkaziladi. 👩‍🏫 Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan talabgorlar (portfolio va chet tilidan C1 darajadagi sertifikat talab qilinadi) shartnoma asosida Bilimni baholash agentligiga ekspert sifatida jalb etilishi mumkin. 📱 Malaka oshirish kursida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar 11-dekabr kuniga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin. ☎️ Murojaat uchun telefon: (95) 515-68-68, (95) 507-70-72. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️ 2024-yilning 1-yarmida bo‘lib o‘tadigan milliy sertifikat imtihonlari ✅ 2024-yilning 1-yarmida ona (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) tili va adabiyot, fizika, matematika, kimyo, biologiya, tarix va geografiya fanlaridan milliy sertifikat imtihonlari tashkil etiladi. 👨🏻‍💻 Test sinovida ishtirok etish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti (“Milliy sertifikat” bo‘limi) orqali onlayn tarzda amalga oshiriladi. 📍 Ro‘yxatdan o‘tishda talabgorlar o‘zlariga qulay bo‘lgan hududni tanlagan holda mazkur hududda test sinovlarida ishtirok etishlari mumkin. 📆 Test sinovlari qaysi fanlardan o‘tkazilishi, ro‘yxatga olish muddatlari va test sinovi o‘tkaziladigan sanalar yuqoridagi rasmda keltirilgan. ❕ Izoh: hukumat topshiriqlari va talabgorlar sonidan kelib chiqqan holda test sinovi o‘tkaziladigan sanalarga o‘zgarishlar kiritilishi mumkin. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari o‘tkazildi ✅ 2023-yil 4-5-dekabr kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tdi. 🗺 Mazkur test sinovi talabgorlarga qulaylik yaratish maqsadida ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 4 ta hududida tashkil etildi. 📚 Test sinovida talabgorlarga mutaxassislik fanlaridan 50 ta test topshirig‘i (har bir to‘g‘ri javob uchun 2 ball) va ularni ishlash uchun 100 daqiqa vaqt berildi. 🖥 Test sinovi maxsus ishlab chiqilgan dastur orqali elektron shaklda o‘tkazildi va talabgorlar test sinovi yakunlanishi bilan o‘z natijalarini bilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. ✅ Test natijalariga ko‘ra 56 va undan yuqori ball to‘plagan talabgorlarning xorijiy davlatda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlari tan olinadi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
O‘zbek tili va adabiyot fanidan apellatsiya natijalari talabgorlarning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi 📣 2023-yil 29-oktabr kuni o‘zbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihoni o‘tkazilib, 21-noyabr kuni imtihon natijalari e’lon qilingan edi. 📥 Natijalar e’lon qilingandan so‘ng, besh ish kuni davomida natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlarning apellatsiya arizalari qabul qilindi. 📱 Arizalar Apellatsiya komissiyasi tomonidan ko‘rib chiqilib, Apellatsiya komissiyasining qarori 4-dekabr kuni talabgorning shaxsiy kabinetiga joylashtirildi. 👨🏻‍💻 Apellatsiya arizasi bergan talabgorlar my.uzbmb.uz saytining “Milliy sertifikat” bo‘limidan Apellatsiya komissiyasining qarori bilan tanishishi mumkin. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
⚡️ Diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi Bilimni baholash agentligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari formatidagi namunaviy test topshiriqlari asosida diagnostik test sinovlari yo‘lga qo‘yildi. 📚 Diagnostik test sinovlari orqali abituriyentlar o‘z bilimlarini sinab ko‘rishlari va test materiallari (test topshiriqlari kitobi va javoblar varaqasi) bilan ishlash ko‘nikmasiga ega bo‘lishlari mumkin. 📍 Diagnostik test materiallari har hafta barcha hududlarga yetkaziladi va talabgorlar test materiallarini agentlikning hududiy bo‘limlaridan olib ketishlari mumkin bo‘ladi. 👨🏻‍💻 Mazkur xizmatdan foydalanish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali diagnostik test materiallariga buyurtma berishlari mumkin. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi 🇺🇿 2023-yil 3-dekabr kuni barcha hududlarda fizika va tarix fanlaridan milliy sertifikat imtihoni bo‘lib o‘tdi. 📍 Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. ✅ Unda jami 4,6 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 5 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi. 📆 Test sinovi natijalari yigirma ish kuni ichida hisoblanib, e’lon qilinadi va eng yuqori ballning kamida 60 foizini to‘plagan talabgorlarga elektron sertifikat beriladi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
⚡️ Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 4-5-dekabr kunlari o‘tkaziladi 📆 2023-yil 4-5-dekabr kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi. ✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali). ✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 4 ta hududida tashkil etiladi. 📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-12-01 ❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim. 👉 @NostrifikatsiyaBBA 👈
Hammasini ko'rsatish...
Nostrifikatsiya - 4-5-dekabr 2023-yil - talabgorlar.pdf9.23 KB
⚡️ Nostrifikatsiya bo‘yicha navbatdagi test sinovlari 4-5-dekabr kunlari o‘tkaziladi 📆 2023-yil 4-5-dekabr kunlari xorijiy davlatda oliy ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish (nostrifikatsiya qilish) bo‘yicha navbatdagi test sinovlari bo‘lib o‘tadi. ✍️ Test sinovida ishtirok etishi belgilangan talabgorlar ro‘yxati, test topshiriladigan fanlar va test topshirish hududi bilan yuqoridagi pdf faylda tanishish mumkin (my.gov.uz sayti yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali ro‘yxatdan o‘tishda topshirgan ariza raqami orqali). ✅ Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun ularning doimiy yashash hududiga yaqin bo‘lgan respublikaning 4 ta hududida tashkil etiladi. 📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar: https://telegra.ph/Nostrifikatsiya-12-01 ❗️ Talabgorlar imtihon o‘tkaziladigan binoga belgilangan vaqtdan kechikmagan holda shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari lozim. 👉 @NostrifikatsiyaBBA 👈
Hammasini ko'rsatish...
Nostrifikatsiya - 4-5-dekabr 2023-yil - talabgorlar.pdf9.23 KB
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyalariga talabgorlar uchun test sinovlari 🔰 Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida” 2008-yil 13-oktabrdagi 226-son qarorining ikkinchi va uchinchi ilovalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar test sinovi topshirishi belgilangan. 📆 Shu maqsadda 2023-yil 29-noyabr kuni Bilimni baholash agentligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasiga talabgorlar uchun test sinovi tashkil etildi. 🎓 Test sinovida oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat va magistratura bosqichlarida tahsil olayotgan 233 nafar talabgorning 230 nafari ishtirok etdi. ✅ Unda talabgorlarning chet tillari (ingliz, nemis, fransuz), axborot texnologiyalari va O‘zbekiston tarixi fanlari bo‘yicha bilimi sinovdan o‘tkazildi. 📤 Test natijalari hisoblanishi bilan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etiladi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi ✅ 2023-yil 25-26-noyabr kunlari chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi. 📍 Test sinovlari talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun barcha hududlarda, jumladan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi. 👨🏻‍🎓 Unda jami 14,5 ming nafardan ziyod talabgor ishtirok etdi va 25 nafar talabgor tartib-qoidani buzgani uchun test sinovidan chetlatildi. 🎤 Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 27-noyabr – 7-dekabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Izoh: Test sinovi natijalari Vazirlar Mahkamasining qaroriga muvofiq imtihonlar yakunlangandan so‘ng bir haftada e’lon qilinadi. Agentlikning rasmiy sahifalari: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.