cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sherbek Almatov

🇺🇿 Sherbek Shokirbekovich Almatovning telegram kanali. • Reklama yo'q) ⏳23.04.22-yil. 💎"Oliy Maqsad Sari" "Kechagi Odam Emasman" va "Ajoyib Imkon" loyihalari asoschisi. @SherbekAlmatov Manfaatli bo'lsa : Ota-Onam haqlariga duo qilib qo'ying!

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
391
Obunachilar
+224 soatlar
-27 kunlar
-2130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

"Tilla Amal" 12/90-kun "Iqtibosni sharhlaymiz" Nafsni nimaligini, qay darajada katta kuchga ega ekanligini, yaxshi bilasiz. Bilsangiz ham, bilmasangiz ham men sizni tabriklayman. Sababi, shu postni o'qiyapsiz. Tabrik, chiqib ketsam Sherbek xafa bo'lib qoladida, deydiganlar uchun emas. Saviyali, kitobxon, ziyoli insonlarni yig'ishni eng samarali usuli, yozma kontentlar. Post o'qishga erinadi. Kitobxonman deb keriladi:) * * * * Bu post boshqa, katta mavzuni yoritish uchun boshlangandi. Fikrlarimni jamlab, bitta iqtibos qildim. Hamma o'zi izohda sharhlashi uchun. Iqtibos by me:
"Nafsiga xo'jayinlarni, nafsiga qullar - qul qilmoqchi bo'lishadi".
Toshkent sh. Yunusobod t @Sherbek_Almatov_Blog
Hammasini ko'rsatish...
🏆 3👍 1 1💯 1
"Tilla Amal" 11/90-kun "Avval yo'l quriladi" 4 yildan beri 99% vaqtim, Toshkent shahrida o'tyapti. Katta shahar. Minglab aholi yashaydi. Imkoniyati cheklangan nogironlarni deyarli ko'rmaysiz. Nahotki yo'q bo'lsa?! Ko'rmayapmiz degani, yo'q degani emas. O'ylab ko'rdim. Nega? Ko'rishim uchun: Yo'lida turishim yoki yo'lida yurishim kerak. Yo'lini izladim. Yo'l yo'q. Hech qayerda. Metroda, katta yo'l chetlarida, yer osti va yer usti yo'laklarda, Ular uchun yo'l yo'q.
Yo'lida tursangiz yoki yo'lida yursangiz, ko'rasiz.
Ko'rish - natija. Yo'lga chiqish - sababini qilish. Yo'l qurish - niyat. Barcha vaziyatlarda ishlaydigan universal formula: 1. Yo'l quriladi. 2. Yo'lga chiqiladi. 3. Ko'riladi. Toshkent sh. Yashnabod t @Sherbek_Almatov_Blog
Hammasini ko'rsatish...
🔥 8💯 1
"Tilla Amal" 10/90-kun "Shovqin chiqsa, yurgimiz keladi" O'zimni eslolmayman. Ukalarimni endi qadam tashlab boshlagani yodimda. Har tashlagan bitta qadam uchun bitta qarsak chalardik. Qadam tashlanganda ovoz chiqaradigan oyoq kiyim olganmiz. Ovoziga qiziqib, tezroq yurishi uchun. Maktabdagi shovqin: 5 baho. Maqtov va faxriy yorliqlar. Tadbirlarga qatnashish. Universitetdagi shovqin: Maktabdagi shovqinlar davom etadi. Kattaroq qamrovda. Hayot shovqini: Eng zo'r mashina olish. Toshkent Citydan uy olish. 10+ ta yigit ololmagan qizga uylanish(Qiz muhim emas. Oqim muhim). Mansabga saylanish. Bular shovqin chiqargani uchun qilinadi. Yoshligimizdan miyaga singdirishadi. Ilk qadamda. Ilk so'zda. Ilk yutuqlarda. Shovqinga o'rganib qolamiz. Yana eshitgimiz keladi. Yangiliklar qilishga intilamiz. Katta oqim intilyotgani uchun. Qayergaligi muhim emas. Dalada yolg'iz bitta xonadon yashashadi. Oddiy uy va hayot. Baxtli. Atrofiga insonlar ko'chib kelib boshladi. O'ylar va uylar butkul o'zgardi. Tashqi shovqinlarga quloq solib, harakat qilish charchatadi. Shovqinlarga to'ymaysiz. To'g'ri yo'lni ko'rmaysiz) To'g'ri shovqin kerak. Shovqinsiz harakat yo'q. Faqat boshqa - ichki shovqin kerak. Ichki shovqin qalbni poklaydi. Halovat beradi. Gunohlardan uzoqlashtiradi. Valiy zotlar ichki shovqinga quloq solishgan. Umar ibn Xattob r.a ni ko'rish uchun kelgan mehmon oddiy kiyimda, oddiy xalq bilan yerda uxlab yotgan Xalifani ko'rib, aqldan ozgan. Har bir yurishida, qarorida ichki shovqinga quloq solgan. Batafsil, kitobi va kinosida. Sovrin yutish hamisha va har kimga yoqimli! Ammo, bajarayotgan ishlarimizda "nimadir berisharmikan" degan hayol emas, bu ishim bilan "nimadir bera olarmikinman" degan savol bizni qiynashi kerak! Toshkent sh. Yunusobod t @Sherbek_Almatov_Blog
Hammasini ko'rsatish...
5 2🏆 2
"Tilla Amal" 9/90 kun "Qayerdan? Qanday?" Sir emas. Qiynalib o’zimiz topgan pulni, eng muhimlariga sarflaymiz. Sarflashiga qarab, qanday topganini bilish qiyin emas. Xato yo’lda yurganlar, qayerdan kelishganini bilishmaydi. Natijaga xato tashxislar, jarayonni bilmaslikdan. Kichkina ariqdagi suvni iflos deymiz. Bosh ariqdagi suv ifloslangan bo’ladi. Qayerdan? Qanday? = Tarix Ota-ona, vatan, din va qadriyatlarga muhabbatsizlik – tarixni yaxshi bilmaslikdan. Tarixni yaxshi bilsak, qurish va buzish osonlashadi. Qayerdan, qanday kelganini bilgan, Qayerga, qanday ketishida adashmaydi. Tarixni bilish – adolatli qadrlash yoki qadrsizlashni ta'minlaydi. Toshkent sh. Yunusobod t @Sherbek_Almatov_Blog
Hammasini ko'rsatish...
🔥 11👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
FAKULTETIMIZ IQTIDORLARI
📝Tanishing: Almatov Sherbek Avtomobil yoʻllari muhandisligi fakulteti bakalavr bosqichi bitiruvchi 🔹“Avtomobil yo’larini qidiruv va loyihalash” kafedrasida lobaranti 🔹 “Yosh Loyihachi” to‘garagi faol a’zosi va koordinatori 🔹“Yosh loyihachilar” zakovat jamoasi asoschisi va sardori. 🔹Universitetimizning Liderlar klubi a’zosi 🔹“Talaba_Fest” innovatsion ishlanmalar ko‘rgazmasi Toshkent shahar bosqichi ishtirokchisi. 🔹“Oliy Maqsad Sari”, “Kechagi Odam Emasman” “Rivojlanish” va “Ajoyib Imkon” kabi bir nechta manfaatli ijtimoiy loyihalar asoschisi. 🔹Yosh blogger. ✔️Biz siz bilan faxrlanamiz. Kelgusidagi faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar yor boʻlsin 🤲 Biz bir oilamiz va birgalikda yuksalamiz Telegram      Instagram
Hammasini ko'rsatish...
🔥 12❤‍🔥 3👍 2 2🏆 1
"Tilla Amal" 8/90-kun "Esingizni qachon tanigansiz? Yoxud Barcha tengdir" Do‘st baribir boshqachada. Ko‘p vaqtimiz do‘stlar bilan o‘tadi. Xohlasak ham, xohlamasak ham. Sezsak ham, sezmasak ham. Ota-onamiz, ustozlarimiz va qarindoshlar bilan nisbatan kam. Ko‘p vaqt birga bo'lish, ko‘p narsani bilish. Xonadonimizni haqiqiy do‘sti, yaqin qo‘shnimiz. Yaqinda bir do‘stim bilan suhbatlashdim. Savol berdi: Necha yoshingizdan boshlab namoz o‘qiysiz? Men: … yoshimdan beri. … yil bo‘libdi, dedim. Do‘stim; Xato javob berdingiz. Boshqa bunday javob bermang. “Esimni taniganimdan beri” deng. Eng to‘g’ri javob. Yil, yoshni aytish, kibrni chaqiradi. Siz boshqalar bilan boshqalar siz bilan, solishtirish boshlanadi. Suhbat tugadi. O‘ylab ko‘rdim. 4, 5 yoshimda esimni taniganman deb yurardim. Juda kech es kiribdida. Siz ham o‘zingiz uchun bilib qo‘ying. Men qilgan xatoni qilmang. Necha yoshingizda esingizni tanigansiz? Javob berishga eng qiynaladigan, mavzuyim edi. Eng go‘zal javobni topdim. Boshlagan vaqtingiz, boshqalarga mavhum. Sizga aniq. Qabuli sizga ham noaniq. Barchamizga mavhum. Demak, TENGLIK. Toshkent sh. Mirobod t @Sherbek_Almatov_Blog
Hammasini ko'rsatish...
💯 4🏆 2 1
"Tilla Amal" 8/90-kun "Esingizni qachon tanigansiz? Yoxud Barcha tengdir" Do‘st baribir boshqachada. Ko‘p vaqtimiz do‘stlar bilan o‘tadi. Xohlasak ham, xohlamasak ham. Sezsak ham, sezmasak ham. Ota-onamiz, ustozlarimiz va qarindoshlar bilan nisbatan kam. Ko‘p vaqt birga bo'lish, ko‘p narsani bilish. Xonadonimizni haqiqiy do‘sti, yaqin qo‘shnimiz. Yaqinda bir do‘stim bilan suhbatlashdim. Savol berdi: Necha yoshingizdan boshlab namoz o‘qiysiz? Men: … yoshimdan beri. … yil bo‘libdi, dedim. Do‘stim; Xato javob berdingiz. Boshqa bunday javob bermang. “Esimni taniganimdan beri” deng. Eng to‘g’ri javob. Yil, yoshni aytish, kibrni chaqiradi. Siz boshqalar bilan boshqalar siz bilan, solishtirish boshlanadi. Suhbat tugadi. O‘ylab ko‘rdim. 4, 5 yoshimda esimni taniganman deb yurardim. Juda kech es kiribdida. Siz ham o‘zingiz uchun bilib qo‘ying. Men qilgan xatoni qilmang. Necha yoshingizda esingizni tanigansiz? Javob berishga eng qiynaladigan, mavzuyim edi. Eng go‘zal javobni topdim. Boshqalarga mavhum. Sizga aniq. Qabuli sizga ham noaniq. Barchamizga mavhum. Demak, TENGLIK. Toshkent sh. Mirobod t @Sherbek_Almatov_Blog
Hammasini ko'rsatish...
"Tilla Amal" 7-kun "Comment yozish kerak" Blogim orqali topgan do‘stlarim, comment yozishgan. Blogi borlar bilan ham comment yozib tanishganmiz. Blog orqali topilgan do'stlar boshqacha bo'ladi. Bir kunlik emas. Comment bilan commentni farqi bor. Bema’ni va saviyali comment. Bema’ni commentlar, saviyali commentlarga to‘siq bo‘ladi. Bema’ni comment: Men1, men2… Zo‘r kanal, tez qo‘shilib oling. Postga aloqasiz, gap so‘zlar. Blog kuzatuvchilari, commentdagi insonlarning fikrlariga qarab, blogga baho berishadi. Post muallifi bilan comment muallifilarining maqsadi va ma’sulyati bir xil. Saviyali comment yozing. Blog egasi va blogdagi saviyali insonlarni nazariga tushasiz. Toshkent sh. Mirobod t @Sherbek_Almatov_Blog
Hammasini ko'rsatish...
🔥 4👍 2🏆 2
"Tilla Amal" 6-kun "Imkoniyat o'z qo'limizda" Umar ibn Xattob r.a ning hayotiga bag'ishlangan 30 qismli serialni ko'rib tugatdim. Oltinga teng ilmlarni oldim. Ulashishga ko'plik qiladi. Umumiy xulosam. Har bir inson ko'rishi shart. Tamom. Post yozishdan maqsadim boshqa. You tubeda shu kabi foydali kinolarni izohida: • Nega TVga chiqarishmaydi? • Hozirgi rasvo seriallarni o'rniga, shu seriallarni qo'yishsa bo'lmaydimi? Kabi commentlarni o'qiyman. Hozirgi You tubedagi kontentlarni, ko'rishlar sonini qarang. Deyarli hammada telefon bor. Bu yaxshi. TV ko'rishga hojat qoldimikan? TV ko'rmaslik kerak deganlar, tarafdoriman. Qo'yib berganini, indamay ko'ravermasdan, bunday aqlni ishlatib, foydalilarini saralab ko'raylik. Oilamizga, do'stlarga tavsiya qilaylik. Ta'sirli qilib tasvirlab beraylik. Albatta, ko'rishadi. Imkoniyatlarni atrofdan kutsak, boshimiz muammodan chiqmaydi. O'zimizdan kutsak, imkoniyatdan. Toshkent sh. Mirobod t. @Sherbek_Almatov_Blog
Hammasini ko'rsatish...
💯 10
Kichik e'lon O'zimga challenge boshlagandim. Blogimga 90 kun, kuniga kamida 1 ta manfaatli post yozish. 1-kun, 17-iyun kunidan boshlangandi. Bugun 6-kun. 90 kun, yozaman. Sizlar bilan birga o'zim ham o'sish va pasayishni kuzatib boraman. Buyurtma asosida yozmayman. Yoza olmasam ham kerak. Demak, har postni yuqori qismida nechanchi kunligini va pastki qismida qayerda yozilganini, yozib ketaman. 90 kunlik challengeni nomini "Tilla Amal" deb nomladim. * Men bilan birga "Tilla Amal" challenjini, boshlamoqchi bo'lganlar, izohda tashlab boraverasiz. Yoki blogingizda. @Sherbek_Almatov_Blog
Hammasini ko'rsatish...
🏆 11👍 5 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.