cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi

✅ Ixtisoslashgan ta'lim muassasalari agentligi tasarrufidagi Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi rasmiy telegram kanali ❓Maktab "Zakovat" klubi: @ZakovatChortoqTIM 📚 "Mr. BBC" loyihasi: @MrBBC_ChortoqTIM Maktab kitobxonlar klubi @Adabiy_Oromgoh

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
618
Obunachilar
+124 soatlar
-67 kunlar
+2230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
#imtihon_2024 #ixtisoslashtirilgan_maktablar 📣📣📣📣📣 🔔 AGENTLIK TIZIMIDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARGA ARIZA TOPSHIRGAN TALABGORLAR DIQQATIGA! ❗️Ixtisoslashtirilgan maktablarning kirish imtihonlari joriy yilning 4-, 5-, 6-iyul kunlari 3 smenada bo‘lib o‘tadi. ➖ Ushbu maktablarga kvota doirasida kirish imtihonlari bir bosqichda, aniq fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 5-11-sinflarga, tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha 7-10-sinflarga o‘tkaziladi. ⏱ Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi. ❌ Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan (90 daqiqa) tashqari, kirish imtihonining javoblar varag‘ini belgilash uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi. ✅ Imtihon ruxsatnomasini yuklab olish uchun talabgorning arizada kiritilgan telefon raqamlariga sms-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumot ko‘rsatilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin. 📨 Shaxsiy kabinetga ushbu havola orqali kirishingiz mumkin https://ariza.piima.uz/application/cabinet Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Assalomu alaykum! Hurmatli ota-onalar! Aziz oʻgʻil-qizlarimiz! Sizlar bilan yana bir muhim xabarni boʻlishmoqchiman.
Kuni kecha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Toshkent shahrida boks va gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini tashkil etish bo‘yicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Mazkur farmonga koʻra tizimimizda Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi tashkil etildi. Hech shubhasiz, Davlatimiz rahbarining ushbu farmoni Agentligimizga boʻlgan yuksak ishonchni ifodalaydi. Shu bilan bir qatorda, bunday ulkan ishonchni oqlash, ixtisoslashtirilgan sport maktablarini zamon bilan hamnafas, eng soʻnggi ta’lim va sport metodlari hamohangligida ham bilimda ham bilakda baquvvat boʻlgan yoshlarni kamolga yetkazishdek zalvorli mas’uliyatni anglatadi. Qolaversa, Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarimiz safiga ixtisoslashtirilgan sport maktablarining qoʻshilgani zimmamizga har tomonlama salohiyatli, xalqaro talablarga mos yosh sportchilarni jahon arenalarida Vatanimiz bayrogʻini yuqori koʻtaradigan, millatimiz faxri boʻlajak yigit-qizlarimizni kashf etishdek jiddiy vazifani yuklaydi. Albatta, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda ushbu farmonda koʻrsatib oʻtilgan, oldimizda turgan oʻta mas’uliyatli va shu bilan birga sharafli boʻlgan vazifalarning ijrosini oʻz vaqtida, sifatli bajarish uchun bor kuch-gʻayratimizni sarflaymiz. Endilikda bilimli, iqtidorli, ulkan yutuqlarga erishayotgan oʻgʻil-qizlarimizdan iborat “Oltin fond”imiz Alpomishdek zabardast hamda Toʻmarisdek yovqur sportchi yoshlarimiz bilan ham yanada boyishi shubhasiz. Alisher Ubbiyev, Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👏 3
#Xushxabar #CEFR Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 9-10- sinf o'quvchilari birin-ketin ingliz tili fanidan CEFR sertifikatlarini qo'lga kiritmoqdalar. 🟢 Jumladan: ➖9-01-sinf o'quvchisi Ziyatov Abdurahmon Botirjon oʻgʻli B2; ➖9-01-sinf o'quvchisi Avazbekov Salohiddin Aʼzamjon o'g'li B2; ➖10-01- sinf oʻquvchisi Rahmatullayev Ziyodulla Neʼmatjon oʻgʻli B2; darajadagi sertifikat sohibi bo'ldilar. Yaxshi xabarlar davom etadi. Bizni kuzatishda davom eting. 👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇👇 🕊@ChortoqTIM Birgalikda yuksalamiz !
Hammasini ko'rsatish...
👍 25👏 10👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Тавсия Ёшларни таътил даврида бўш вақтларини мазмунли ташкил этиш учун ўқишга тавсия этиладиган: 📚 Топ 50 та китоблар, 📍 Бориш тавсия этиладиган топ 55 та тарихий обидалар, 🎭 Маданий ҳордиқ чиқариш учун кўриладиган топ 10 та миллий кинолар ва 10 та театр сеансларни рўйҳати. 🚀 Rasmiy kanalimiz: https://t.me/marifatli_fargona
Hammasini ko'rsatish...
👏 5
Repost from Hilola Umarova
Dunyoni bilimlilar boshqaradi, kelajakni iste’dodlilar yaratadi. Bu haqiqatni Buxoro viloyatida bo‘lib o‘tgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasi jarayonlarini kuzata turib yana bir bor teranroq his qildim. Yevropa va Osiyo qit’asidagi 18 ta davlat o‘quvchi-yoshlari ishtirok etgan ushbu bahs jarayonlari o‘tgan vaqt davomida chinakam ma’nodagi katta bilimlar bellashuviga aylanib ketdi. 120 nafarga yaqin dunyo yoshlarini bir nuqtaga jamlagan ushbu olimpiada bahslarining qizg‘in va murosasiz kechganligini ishtirokchi o‘quvchilarning taassurotlaridan ham anglash qiyin emas. Albatta, O‘rta asr sharq ilm-fani va madaniyatiga katta hissa qo‘shgan bobokalonimiz Abu Ali ibn Sino ilmiy me’rosi va katta hayot yo‘li dunyoning deyarli barcha davlatlarida hozirga qadar chuqur o‘rganib kelinadi. Va uning tabobatga doir asarlari va tavsiyalari dunyo tibbiyotida keng qo‘llaniladi. Buxoro ana shu buyuk vatandoshimiz nomi bilan ataluvchi katta bir tadbirga mezbonlik qildi. Bunda bilimlar bahs olib borsada, o‘zaro hurmat va do‘stlik yetakchilik qildi. Bu do‘stona kayfiyat ayniqsa yoshlarning Buxorodagi turli tarixiy va madaniy maskanlarga qilgan sayohatlarida yaqqol namoyon bo‘ldi, deyishimiz mumkin. Bir so‘z bilan aytganda, bugun yakunlangan ushbu xalqaro olimpiada bahslari O‘zbekiston yoshlari uchun ham bir maktab bo‘lishi qatorida, kelgusidagi muhim musobaqalar oldidan katta tayyorlov vazifasini o‘tagani aniq. Men mazkur olimpiadaning barcha ishtirokchilariga kelajakda bundanda katta omadlar tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Hammasini ko'rsatish...
👍 6
#Qabul2024 🏢 Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2024-2025-o'quv yili uchun qabul davom etmoqda. 💚💡Aniq fanlar yoʻnalishida ✅5, 6, 7, 8, 9, 10- sinflar uchun. 💉🚑Tabiiy fanlar 7, 10- sinflar 🗣Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. 📄 Qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂 Talabgorning: 🟢  tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi; 🟢  fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); 🟢ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim. ❇️ Ro'yxatdan o'tish bo'yicha video-qo'llanma: t.me/piimauz/16606 Maktab haqida qo'shimcha savollarga javob topish uchun👇 https://t.me/ChortoqTIM ustiga bosing. 🤝 Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida maktabimizda hujjatlarni topshirishga yordam berish uchun maxsus ishchi guruh o'z faoliyatini olib boradi. Maktabimizga yuqorida ko'rsatilgan hujjatlarni olib kelishingiz kifoya. 📌 Maktabimiz geojoylashuvi: 📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +998-99-922-65-00 +998-99-321-87-88 +998-94-719-76-76
Hammasini ko'rsatish...
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi

#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⚡️ HURMATLI OTA-ONALAR VA O‘QUVCHILAR! 📝 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli shu yilning 1-iyunidan – 20-iyuniga qadar davom etadi. 📺 Sizga qulaylik yaratish maqsadida, maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qo‘llanma taqdim etilmoqda. ✅ Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. ❗️Hujjatlarni topshirayotganda eʼtiborli bo‘lishingizni so‘raymiz. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal

Photo unavailableShow in Telegram
#Qabul2024 🏢 Chortoq tuman ixtisoslashtirilgan maktabi 2024-2025-o'quv yili uchun qabul boshlanganini e'lon qiladi. 🗣Hujjatlar qabuli ariza.piima.uz sayti orqali faqat ONLAYN tarzda amalga oshiriladi. 📄 Qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂 Talabgorning: 🟢  tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi; 🟢  fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); 🟢ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim. ❇️ Ro'yxatdan o'tish bo'yicha video-qo'llanma: t.me/piimauz/16606 Maktab haqida qo'shimcha savollarga javob topish uchun👇 https://t.me/ChortoqTIM ustiga bosing. 🤝 Ota-onalarga qulaylik yaratish maqsadida maktabimizda hujjatlarni topshirishga yordam berish uchun maxsus ishchi guruh o'z faoliyatini olib boradi. Maktabimizga yuqorida ko'rsatilgan hujjatlarni olib kelishingiz kifoya. 📌 Maktabimiz geojoylashuvi: 📞 Qo'shimcha ma'lumotlar uchun: +998-99-922-65-00 +998-99-321-87-88 +998-94-719-76-76
Hammasini ko'rsatish...
👏 5👍 2
E'LON !!!    DIQQAT    DIQQAT   QABUL TUGASHIGA  ATIGA   8   KUN QOLDI!!!                                                                                           Chortoq ixtisoslashtirilgan maktabiga 2024-2025 o'quv yili uchun quyidagi sinflar uchun qaqbul qilinadi:🆕 💚💡Aniq fanlar: ✅5-sinf ✅6-sinf ✅7-sinf ✅8-sinf ✅9-sinf ✅10-синф 💉🚑Tabiiy fanlar ✅7-sinf ✅10-sinf 📚Maktabimiz afzalliklari: 💚Matematika, fizika, kimyo, biologiya, ingliz tili fanlari chuqurlashtirib o’qitiladi💘 💚Zamonaviy fanlardan bepul to’garaklar💘 💚Bundan tashqari asosiy va 🌏 xalqaro olimpiadalarga yuqori 🏆 saviyada tayyorlanish imkoniyati. 💚IELTS,   SAT  kabi halqaro sertifikatlar hamda ingliz tili, ona tili va adabiyoti, tarix, geografiya, kimyo, biologiya, fizika, matematika fanidan milliy sertifikatlarga eng asosiysi    BEPUL va yuqori saviyada tayyorlanish imkoniyati. 📚Maktabimizda: Maktabda o’quvchilarga salohiyatli ustozlar taʼlim-tarbiya berishadi. Darsdan tashqari kelajak kasblariga yo’naltiruvchi to’garaklar yo’lga qo’yilgan. ✅ Zamonaviy jihozlangan fan va o’quv laboratoriya xonalari🧪 ✅malakali O’qituvchilar👨‍🏫 Topshiriladigan hujjatlar: ✅o’quvchi fotosurati 🫥 ✅o’quvchi metrikasi 📄 ✅tabel nusxasi📂 ✅otasi yoki onasining pasport kopiyasi yoki asli 📥 ✅ota va onaning telefon Raqami (bu raqam ishlayotgan bo’lishi shart). 〰️ 🔴imtihon kuni va vaqti bo’yicha SMS xabarnoma keladi. Shaxsiy kabinetdan RUXSATNOMA olinadi. 🔵hujjatlar ariza.piima.uz platformasi orqali qabul qilinmoqda HUJJATLAR 20-IYUNGA QADAR QABUL QILINADI Manzil: Namangan viloyati, Chortoq tumani, Do’stlik MFY, Ibn Sino ko’chasi 3-uy Mo’ljal Chortoq sanatoriysi yo’lidagi sobiq akademik litsey binosi o’rnida                          📞telefon raqamlarimiz: +99899 321 87 88 +99899 922 65 00 +99894 719 76 76 +99899 510 98 68 😌@ChortoqTIM
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Hammasini ko'rsatish...
CHORTOQ tuman Maʼnaviyat va maʼrifat boʻlinmasi

Chortoq tumanida ommalashib borayotgan kanaldasiz!. @Chortoq_manaviyat Habarlar yuborish: @MirzoAnvar_23

Photo unavailableShow in Telegram
🗣Диққат танлов! ▫️Республика маънавият ва маърифат маркази Косонсой тумани бўлинмаси ҳамкор ташкилотлар билан биргаликда 30 июн "Ёшлар куни" муносабати билан ёшлар учун, “Билиб қўйки сени Ватан кутади” шиори остида иншолар танловини эълон қилади. 🧍‍♂️🧍‍♀️Танлов икки 14- 18, 18-30 ёш тоифасида ўтказилади. Танлов ғолиблари 🥇1-ўрин соҳиби Республика маънавият ва маърифат маркази туман бўлинмасининг 1 даражали дипломи ҳамда 100 минг сўмлик китоблар жамланмаси; 🥈2-ўрин соҳиби Республика маънавият ва маърифат маркази туман бўлинмасининг 2 даражали дипломи ҳамда 75 минг сўмлик китоблар жамланмаси; 🥉3-ўрин соҳиби Республика маънавият ва маърифат маркази туман бўлинмасининг 3 даражали дипломи ҳамда 50 минг сўмлик китоблар жамланмаси билан тақдирланади. ✍️ Аризалар 23 июнга қадар Республика маънавият ва маърифат маркази туман бўлинмаси томонидан қабул қилинади. ☎️ Мурожаат учун тел: (93) 804-92-92
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.