cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

QIZILTEPA.24/7

@za0162 tugʻilgan kun va tabriklar uchun.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
641
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+117 kunlar
+2130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#ASOS! 2024-yil 21-may 04-27-1126- son Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligiga, Toshkent shahar va viloyatlar maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmalariga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumiy o'rta taʼlim muassasalarida “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirining tantanali qismini o‘tkazish uchunnamunaviy ssenariy ishlab chiqildi (ilova qilinadi) . Shu munosabat bilan, Sizdan, ta’lim muassasalarida mazkur namunaviy ssenariyga belgilangan vaqtga amal qilgan holda ijodiy yondashuv asosidao‘zgartirish kiri- tish mumkinligini inobatgaolib, tadbirlarni tashkil etishingiz so‘raladi. Vazir oʻrinbosari F.Boqiyev Ijrochi: M.Nazarova
Hammasini ko'rsatish...
So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayram tadbirining tantanali qismi uchun namunaviy ssenariy (1 soat) Chorlov musiqa sadolari ostida boshlovchilar kirib keladi. 1-boshlovchi: Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, hurmatli mehmonlar! 2-boshlovchi: Assalomu alaykum qadrli ustozlar, aziz yoshlar! *** 1-boshlovchi: Bugun mamlakatimizdagi barcha umumta’lim maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari yangraydi. Bu kun bilimga chanqoq, beg‘ubor orzular qanotidagi yoshlar va mehridaryo ustozlar, farzandi kamolini ko‘rib quvonayotgan ota-onalar uchun chin ma’noda bayram. 2-boshlovchi: Shunday ekan, keling ayni damda bugungi tantananing asosiy ishtirokchilarini davramiz markaziga taklif etamiz. (Musiqa sadolari ostida bitiruvchilar kirib kelishadi) *** 1-boshlovchi: Baxtga narvon bilimga kon erur maktab, Zakovat doniga xirmon erur maktab, O‘g‘il-qizlar, o‘qing ulkan murod ko‘zlab, Ziyo topmoq uchun imkon erur maktab. O‘qing minglab ahli dono kerak yurtga Yana Bobur, ibn Sino kerak yurtga. 2-boshlovchi: Ma’rifatsiz elat maqsadda jam bo‘lmas, Ma’rifatli o‘lka yotga qaram bo‘lmas, Agar maktab quyosh ersa, ilm nurdir, Fikrsiz bosh ichra hattoki sham bo‘lmas, O‘qing, fikri yorug‘ avlod kerak yurtga Va ertangi taraqqiyot kerak yurtga. 1-boshlovchi: Assalom, ona yurt, tonglar o‘lkasi, Ta’rif-tavsifingni yo‘q nihoyasi. Senga bag‘ishlanur muqaddas qo‘shiq Bu – o‘zbek elining o‘z madhiyasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi. Barcha bayram ishtirokchilari qo‘llari ko‘ksida Davlat madhiyasini jo‘r bo‘lib kuylashadi) 1-boshlovchi: Hurmatli tadbir ishtirokchilari, bugungi kunda mamlakatimizda hurmatli Prezidentimiz tashabbuslari bilan ta’lim sifatini oshirish, yoshlarning ma’naviy dunyoqarashini kengaytirish va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha muhim islohotlar va amaliy ishlar olib borilmoqda. Ayni shu ishlar natijasida maktablarimiz yangi qiyofa kasb etib, bitiruvchilarning jamiyat hayotida munosib o‘rin egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilmoqda. 2-boshlovchi: Tadbirimizni ochib berish uchun maktab direktori (maktabga tashrif buyurgan mehmon) _____ga so‘z navbatini beramiz. *** 1-boshlovchi Iymon qayda edi, ustoz bo‘lmasa, Urfon qayda edi, ustoz bo‘lmasa. Sohibqiron qayda, Navoiy qayda, Cho‘lpon qayda edi, ustoz bo‘lmasa! 2-boshlovchi Muallim atalgan, buyuk atalgan, Ardoqlangan mudom, suyuk atalgan, Olti asr avval ko‘kka qadalgan, Narvon qayda edi, ustoz bo‘lmasa! *** 1-boshlovchi: Xabaringiz bor, bu yil ilk marotaba maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Turon” maktab teatri tanlovi o‘tkazilmoqda. Yaqinda Buxoro shahrida tanlovning Respublika bosqichi bo‘lib o‘tadi. Teatr studiyalari har bir maktabda tashkil qilindi. 2-boshlovch: Juda to‘g‘ri ta’kidladingiz, yoshlarimiz o‘z salohiyati va ist’edodlarini namoyon etishlari uchun yangi loyiha zo‘r imkon bo‘ldi. Hozir maktabimizda tashkil etilgan “Turon” teatr studiyasi a’zolariga navbat beramiz. *** 1-boshlovchi: Ayni damda, 2023-2024 o‘quv yilida fan olimpiadalari, ko‘rik tanlovlarda va sport musobaqalarida ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallagan
Hammasini ko'rsatish...
hamda o‘zining namunali xulqi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘lgan o‘quvchilar, shuningdek jonkuyar, ijodkor o‘qituvchilar maktab ma’muriyatining faxriy yorliqlari bilan taqdirlanadi. (direktor va mehmonlar tomonidan o‘quvchi va o‘qituvchilar taqdirlanadi) 2-boshlovchi: Aziz bitiruvchilar! Bugungi samimiy tilaklar, go‘zal raqslar, dilrabo kuy va qo‘shiqlar barchasi sizlarga atalgan. Shunday ekan, jajji kichkintoy singillarimizning tabrigini qabul qiling. (boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining chiqishlari) 1-boshlovchi: Bugun juda ajoyib kun, to‘g‘rimi! Qarang, ustozlar ham, o‘quvchilarning ham yuraklari shodlik va hayajonga to‘lgan. Bolalikning eng quvnoq, unutilmas, totli damlarini birga o‘tkazgan sinfdoshlar bugun uchirma qush bo‘lib, parvozga shay bo‘lib turibdi. 2-boshlovchi: Qunt ila qirq hunar olmoqqa shahd aylang Shamoldan ham shakar olmoqqa shahd aylang Zamondan-da yurib ilg‘or, bo‘lib koshif Har ilmdan samar olmoqqa shahd aylang O‘qing qudrat ila shuhrat kerak yurtga Ma’rifatga tashna millat kerak yurtga. 1-boshlovchi: Azizlar keling navbatni bitiruvchilarimizga bersak. Marhamat. (sahnaga bitiruvchi o‘quvchilar chiqib o‘zlarining dil izhorlarini aytishadi va o‘zlari tayyorlagan kuy va raqslarni namoyish etishadi) *** 1-boshlovchi: Dunyoda ota-ona uchun farzandining baxtu kamolini ko‘rishdan ortiq quvonch bo‘lmasa kerak. Hozir ana shunday tuyg‘ularni his qilayotgan ota-onalarni davramiz markaziga chorlaymiz, marhamat. Ota-onalarga so‘z beriladi. (Maktab hayotida faol ishtirok etayotgan, shuningdek, odob-axloqi, intiluvchanligi bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan o‘quvchilarning ota-onalarini “Eng faol ota”, “Jonkuyar ona”, “Mas’uliyatli ota-ona” kabi nominatsiyalari bo‘yicha tashakkurnomalar beriladi) *** Yakuniy qism 1-boshlovchi: Va nihoyat hayajonli daqiqalar. So‘nggi qo‘ng‘iroq sadolari ostida bitiruvchilarimizni kuzatib qo‘yamiz. 2-boshlovchi: Shodliklarim cheksiz biroq, ayriliqdir og‘irroq, Yuraklarga larza solar, hayhot so‘nggi qo‘ng‘iroq. Ey chalguvchi, qo‘ng‘iroqni chalaqolgin jo‘shqinroq, Qayda bo‘lsak esda bo‘lsin har on so‘nggi qo‘ng‘iroq. (So‘nggi qo‘ngiroqni chalish uchun 11-sinf o‘quvchisi va 1-sinf o‘quvchisi taklif etiladi) Qo‘ng‘iroq chalinganidan so‘ng biruvchilar “So‘nggi qo‘ng‘iroq” qo‘shig‘i sadolari ostida davraga chiqadilar. Shu bilan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiriga yakun yasaladi. (Izoh: Mazkur namunaviy ssenariyga belgilangan vaqtga amal qilgan holda ijodiy yondashuv asosida o‘zgartirish kiritish mumk
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Таъзия Таълим фидойиси Ўрал Мирзаев оламдан ўтди Узоқ йиллар давомида Қамаши тумани халқ таълими тизимида самарали фаолият юритган Мирзаев Ўрал Овлаевич 1957 йил Қамаши туманида туғилган. У фаолияти давомида таълим соҳасида самарали ишлаб, ўзининг яхши амаллари билан туман аҳли ёдида қолади. Ўрал Мирзаевнинг вафоти муносабати билан унинг оила аъзолари ва яқинларига ҳамдардлик изҳор этамиз. @QAMASHI_TV 👈 Каналга уланиш
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
📊Qashqadaryo viloyatining sanoati qanchaga o‘sdi? ✅2024- yilning yanvar-mart oylari yakunlariga ko‘ra, Qashqadaryo viloyati bo‘yicha sanoatda yaratilgan yalpi qo‘shilgan qiymat hajmi 2 558,4 mlrd. so‘mni tashkil etdi va o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 7,7 % ga o‘sdi. 👉Kanalga ulanish t.me/qashstatuz
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
#Ота_оналарга_тавсия! Фарзандингиз келажакда КАТТА АМАЛДОР бўлиши учун унга ёшлигидан амалдорга қилгандек муносабатда бўлинг "Ҳайвон, ит, эшак" деб ҳақоратланиб катта бўлган боладан, ҳеч қачон буюк инсон чиқмайди!
Hammasini ko'rsatish...
💯 2
Photo unavailableShow in Telegram
👍 12👏 2😁 1
#Биласизми
❗️ЙПХ ходими махсус тадбирлар вақтида транспорт воситаларини тўхтатиши мумкин
✅ ЙПХ ходими томонидан транспорт воситалари қуйидаги асосларга кўра тўхтатилиши мумкин: ➖ҳайдовчи томонидан йўл ҳаракати қоидаларининг бузилиши визуал кузатувда аниқланганда ёки махсус мослама ёрдамида қайд қилинганда; ➖транспорт воситаси, ҳайдовчи ёки йўловчи қидирувда эканлиги, йўл транспорт ҳодисаси ёки бошқа ҳуқуқбузарликка алоқадор эканлиги тўғрисида маълумотлар мавжуд бўлганда; ➖йўл транспорт ҳодисаси, ҳуқуқбузарлик содир этилганини кўрган ҳайдовчи ёки йўловчидан ҳодиса тафсилотига ойдинлик киритиш зарурати юзага келганда; ➖ваколатли давлат органлари ёки мансабдор шахсларнинг ҳаракатни чеклаш ёки тақиқлаш бўйича кўрсатмаларини бажариш жараёнида; ➖транспорт воситасидан қонун ҳужжатларида белгиланган тартибда фойдаланиш зарурати юзага келганда; ❕Бундан чет давлатларнинг дипломатик, консуллик ваколатхоналарига ва бошқа ваколатхоналарига, халқаро ташкилотларга тегишли бўлган транспорт воситалари ҳамда махсус мўлжалланган транспорт воситалари мустасно. ➖махсус тадбирларни ўтказиш жараёнида; ➖транспорт воситасидан фойдаланиш ва бошқариш ҳуқуқини берувчи, шунингдек, транспорт воситаси ва олиб кетилаётган юкларга оид ҳужжатлар мавжудлигини текшириш учун; ❕Бундан махсус ва ҳарбий юклар, божхона расмийлаштирувидан ўтказилиб, божхона хизмат томонидан пломбаланган юклар мустасно. ⚠️ ЙПХ ходими томонидан бошқа асосларга кўра транспорт воситаларининг тўхтатилиши тақиқланади. Каналга уланиш👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot
Hammasini ko'rsatish...
Huquqiy axborot

Қонунчиликдаги янгиликлар, норматив ҳуқуқий ҳужжатлардаги фойдали маълумотлар ва ҳуқуқий ислоҳотлар ҳақида тезкор маълумотлар тақдим этувчи канал. ▪️|Лотин алифбосида — @huquqiyaxborot_lotin ▪️|Рус тилида — @pravoinf ▪️|Инглиз тилида — @leginf

Photo unavailableShow in Telegram
02:02
Video unavailableShow in Telegram
❗️Дунёвий давлат концепцияси борасидаги ишлар бизда пайсалга солиниб келаётган бир пайтда Тожикистонда бу борада амалий ишлар фазаси жадал бошланиб кетди. Бу хақда қуйида ўқиб олишингиз мумкин.
Hammasini ko'rsatish...
👍 2