cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

O'qituvchiga imkoniyatlar!

-Ta'lim sohasidagi eng so'ngi yangiliklar♻️ -Onlayin darslar✈ -Zavuch maslaxati!🤝 -Murojaatlar uchun: @Sherzodsaparov_bot -Reklama uchun: https://t.me/oqituvchigaimkoniyatlarr -Guvohnoma № "0001405480" 📃 Hamkor🤝 https://t.me/togaraklarr

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
3 601
Obunachilar
-624 soatlar
+187 kunlar
-11930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

O'qishni ko'chirish qachon boshlanadi? Amaldagi qonunchilikka ko'ra, 15-iyul shanba kunidan rasman o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi va 5-avgust kuniga qadar davom etadi. Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi: transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga; my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga. https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
Hammasini ko'rsatish...

👍 1
Xotin-qizlarga berilgan tavsiyanomalar nega saytda ko’rinmayapti? Ko‘plab abituriyentlar xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanomalar my.uzbmb.uz saytida ko‘rinmayapti-ku, deb so’rashmoqda. Chunki Oila va xotin-qizlar qo’mitasi hozircha tavsiyanoma berilganlar ro’yxatini tegishli reestrga kiritmagan. Shu sababli saytda ko’rinmayapti. ❓Tavsiyanoma chiqmasa, o’zim qo’lda kiritsam bo’ladimi? Yo’q, hech bir imtiyoz qo’lda kiritilmaydi. Hammasi avtomatik o’zi chiqadi. Faqat bittagina chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi hujjat, masalan IELTS sertifikati qo’lda kiritiladi xolos, qolgan hammasi avtomatik ko’rinadi. Agar sizda xotin-qizlar uchun berilgan tavsiyanoma bo’lsa-yu, lekin u saytda ko’rinmayotgan bo’lsa, bundan xavotir olmang. Tavsiyanomalar 25-iyunga qadar Bilimlarni baholash agentligi bazasiga kiritiladi. Va imtiyoz ko’rinmayotgan bo’lsa ham, fanlar majmuasini tanlab qo’ysangiz bo’laveradi. Hozir tanlasam, keyin imtiyoz qo’shilmay qoladi, deb xavotir olmang. Agar siz tavsiyanoma olish uchun ariza yuborgan bo’lsangiz-u, lekin haligacha javobi chiqmagan bo’lsa, ya’ni na qanoatlantirilgani, na rad etilganini aniqlay olmayotgan bo’lsangiz, unda Oila va xotin-qizlar qo’mitasiga murojaat qiling. https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
Hammasini ko'rsatish...
O'qituvchiga imkoniyatlar!

-Ta'lim sohasidagi eng so'ngi yangiliklar♻️ -Onlayin darslar✈ -Zavuch maslaxati!🤝 -Murojaatlar uchun: @Sherzodsaparov_bot -Reklama uchun:

https://t.me/oqituvchigaimkoniyatlarr

-Guvohnoma № "0001405480" 📃 Hamkor🤝

https://t.me/togaraklarr

Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Жорий йил мактаб битирувчилари электрон шаҳодатномаларини бепул юклаб олиши мумкин. Бунинг учун: 1. Ягона интерактив давлат хизматлари (my.gov.uz) порталидаги Умумий ўрта таълим тўғрисида шаҳодатнома маълумотини олиш давлат хизмати орқали. 2. Электрон шаҳодатнома ахборот тизимига шахсий маълумотларини киритиш орқали. ❗️ Маълумот учун, 11-синф мактаб битирувчиларининг шаҳодатнома маълумотлари "Билим ва малакаларни баҳолаш агентлиги" (собиқ ДТМ)нинг ОТМ қабул бўйича электрон платформасига интеграция қилинган. Шу боис, олий таълим муассасаларига электрон ҳужжат топшириш жараёнида битирувчининг шаҳодатнома маълумотлари автоматик тарзда тақдим этилади. Битирувчилар шаҳодатномаларини шахсан тақдим этишларига эҳтиёж йўқ. https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Мактабларда 1-синфга қабул 20 июньдан бошланади Бу йил 1-синфга 2017 йилнинг 1 январидан 31 декабригача туғилган болалар қабул қилинади. 1-синфга қабул жараёнлари қуйидаги 2 босқичда амалга оширилади: 👉 1-босқич: микро-ҳудуд доирасида (20 июньдан 31 июльгача); 👉 2-босқич: микро-ҳудуддан ташқарида (1-15-август). Юқоридаги рўйхатда номи келтирилган 43 та туман (шаҳар)да 1-синфга қабул жараёнлари электрон шаклда давлат хизматлари орқали амалга оширилади. Ота-оналар 20 июньдан бошлаб my.maktab.uz электрон платформаси орқали рўйхатдан ўтиб, ариза топширишлари мумкин. Қолган туманларда анъанавий шаклда, яъни бевосита мактаб томонидан қабул қилиниб, 1-синфга қабул қилинган ўқувчилар вазирлик электрон тизими (adm.maktab.uz)га киритилади ва назорат қилиб борилади.
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
Bugun ishga chiqqan xodimlar 1 soat vaqtli ketishi kerak! Mehnat kodeksining 187-moddasiga ko‘ra, bayram kunlari arafasida har kunlik ishning (smenaning) davomiyligi barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi. Ertaga, 16-iyun — Qurbon hayitining birinchi kuni, ishlanmaydigan bayram kuni. Demak, bugun, 15-iyun kuni rasman ishga chiqqanlar, xususan 6 kunlik ish haftasida ishlovchi barcha xodimlar 1 soat vaqtliroq uyiga ketishiga qonuniy haqqi bor. Eslatib o’taman, bayramdan oldingi kuni ishning (smenaning) davomiyligini qisqartirish imkoni bo‘lmagan uzluksiz ishlaydigan tashkilotlarda va ayrim turdagi ishlarda ortiqcha ishlaganlik xodimga qo‘shimcha dam olish vaqti berish yoki xodimning roziligi bilan ish vaqtidan tashqari ish uchun belgilangan normalar bo‘yicha haq to‘lash orqali kompensatsiya qilinadi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Меҳнат таътили пули қачон тўланиши керак? Меҳнат кодексининг 233-моддасига аосан Ҳар йилги меҳнат таътили вақти учун ҳақ тўлаш жамоа шартномасида, ички ҳужжатларда ёхуд меҳнат шартномасида белгиланган муддатларда, бироқ таътил бошлангунига қадар охирги иш кунидан кечиктирмай амалга оширилади. Кечикса компенсация тўланадими? Албатта тўланиши керак. Меҳнат кодексининг 333-моддасига асосан Иш берувчи иш ҳақини, таътил тўловларини, меҳнат шартномаси бекор қилингандаги тўловларни ва (ёки) ходимга тўланиши лозим бўлган бошқа тўловларни тўлаш муддатини бузган тақдирда, уларни тўлов муддатидан кейинги кундан эътиборан то ҳақиқатда ҳисоб-китоб қилинган кунни ўз ичига олган муддатгача ҳар бир кечиктирилган кун учун Ўзбекистон Республикаси Марказий банкининг ўша вақтда амалда бўлган қайта молиялаштириш ставкасидан келиб чиққан ҳолда фоизлар (пулли компенсация) билан бирга тўлаши шарт. https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
Hammasini ko'rsatish...
O'qituvchiga imkoniyatlar!

-Ta'lim sohasidagi eng so'ngi yangiliklar♻️ -Onlayin darslar✈ -Zavuch maslaxati!🤝 -Murojaatlar uchun: @Sherzodsaparov_bot -Reklama uchun:

https://t.me/oqituvchigaimkoniyatlarr

-Guvohnoma № "0001405480" 📃 Hamkor🤝

https://t.me/togaraklarr

👍 3👏 1
Endilikda texnikumlarning muvaffaqiyatli bitiruvchilari OTM larga ikkinchi kursdan o‘qishga kirishi uchun belgilangan kreditni to‘plashi kerak Hukumatining tegishli (11.01.2022-yildagi 17-son) qarori bilan texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga suhbat asosida o‘qishga qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi. Joriy yilgi qabulda ham ushbu nizomdagidek, texnikumdagi butun o‘qish davrida o‘quv semestrlari yakuniga ko‘ra o‘zlashtirish baholari 5 (a’lo) va 4 (yaxshi), biroq o‘zlashtirish baholarining kamida 50 foizi (tibbiyot oliy ta’lim muassasalari uchun kamida 85 foizi) 5 (a’lo) bo‘lganlar muvaffaqiyatli tamomlaganlar bitiruvchilar hisoblanadi. Shunday yoshlar tegishli ta’lim yo‘nalishiga suhbat asosida o‘qishga qabul qilinadi. Asosiy o‘zgarishlardan biri, texnikumlarda ham 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab kredit-modul tizimi joriy etilganligidir. Endi talabalar OTM larga suhbat asosida ikkinchi kursdan o‘qishga kirishlari uchun belgilangan darajadagi kreditni yig‘ishi kerak bo‘ladi. Yetarlicha kreditni to‘plagan, faol bitiruvchilargina suhbat bosqichiga o‘tadi. Ikkinchi bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tganlar tegishli (texnikumda tahsil olgan) yo‘nalish doirasida OTM larga to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi. Ushbu yangi tartib 2023/2024-o‘quv yilida texnikumga qabul qilinganlarning o‘qishni tugatadigan yilidan boshlab kuchga kiradi. https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
Hammasini ko'rsatish...

👍 3
Электрон шаҳодатнома бўйича эслатмалар: ✅Шаҳодатномага ўқув фанлари таълим ташкилотлари учун мўлжалланган ўқув дастури ва режадаги фанлар асосида киритилади ✅Ҳар йили 15 июнга қадар таълим ташкилотининг педагогик кенгаши битирувчиларга шаҳодатнома бериш тўғрисида қарор қабул қилади ✅ Ҳар йили 20 июнга қадар якуний аттестация натижалари, педагогик кенгаш қарори ва синф журналлари (электрон журнал) асосида масъул шахслар электрон платформага ўқув фанларидан якуний баҳоларни киритади ва ушбу маълумотлар таълим ташкилоти директори томонидан электрон платформа орқали тасдиқланади ✅Шаҳодатномаларни битирувчиларга ҳар йили 20 июнга қадар берилади ✅Шаҳодатномаларни шакллантириш жараёнида хатоликларга йўл қўйган масъул шахсларга нисбатан интизомий жазо чоралари кўрилади ✅Электрон платформага маълумотларнинг тўғри киритилиши, жумладан, битирувчиларнинг баҳолари ҳаққоний қўйилиши бўйича жавобгарлик шахсан таълим ташкилоти директорига юкланади https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
Hammasini ko'rsatish...
O'qituvchiga imkoniyatlar!

-Ta'lim sohasidagi eng so'ngi yangiliklar♻️ -Onlayin darslar✈ -Zavuch maslaxati!🤝 -Murojaatlar uchun: @Sherzodsaparov_bot -Reklama uchun:

https://t.me/oqituvchigaimkoniyatlarr

-Guvohnoma № "0001405480" 📃 Hamkor🤝

https://t.me/togaraklarr

👍 4
❗️2024-2025 O‘QUV YILIGA MO‘LJALLANGAN TAYANCH O‘QUV REJASIDA QANDAY O‘ZGARISHLAR BO‘LDI? MMTV ning 2024-yil 26-martdagi 94-sonli buyrug‘i bilan 2024-2025 o‘quv yiliga mo‘ljallangan tayanch o‘quv rejasi tasdiqlandi. Ushbu o‘quv rejada avvalgisidan farqli o‘laroq quyidagi o‘zgarishlar mavjud. ✅ Chet tili fani 1-sinflar uchun haftasiga 1 soat, 5-6-sinflarda haftasiga 4 soat, 11-sinflarda haftasiga 2 soat etib belgilandi. 1-2-sinflarda informatika va axborot texnalogiyalari fani haftasiga 1 soat o‘qitiladi. 5-sinflarda biologiya va geografiya fanlari o‘rniga tabiy fan haftasiga 2 soatdan o‘tiladi. 2-sinflarda tabiy fan haftasiga 1soat o‘tiladi. https://t.me/Oqituvchigaimkoniyatlar
Hammasini ko'rsatish...

👍 2
Joriy yilda maktabning 11-sinfini bitiganlar kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tishda attestatni kutishlari kerakmi?my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tishda tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlarini kiritish lozim. Lekin joriy yil bitiruvchilari (umumta’lim maktablari, kasb-hunar maktablari va akademik litseylarning joriy yil bitiruvchilari) mazkur ma’lumotni to‘ldirmaydi. Joriy yil bitiruvchilarining tugatgan ta’lim muassasasi ma’lumotlari tegishli vazirliklarning axborot tizimidan integratsiya orqali olinadi. Bunda joriy yil bitiruvchilari attestat berilishini kutmasdan, my.uzbmb.uz sayti orqali oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul uchun ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Hammasini ko'rsatish...
👍 2