uz
Feedback
"UNIVERSAL" o'quv markazi

"UNIVERSAL" o'quv markazi

Kanalga Telegram’da o‘tish

"UNIVERSAL" o'quv markazi rasmiy kanali

Ko'proq ko'rsatish
293
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-27 kunlar
+1030 kunlar
Postlar arxiv
Testda savollarning qiyinlik darajasi qanday bo‘ladi? #abituriyent Joriy yilgi test sinovlarida ham avvalgi yillardagi kabi savollarning qiyinlik darajasi quyidagicha taqsimlanadi: 15-25% birinchi darajali savol (oson); 50-70% ikkinchi darajali savol (o‘rtacha): 15-25% uchinchi darajali savol (qiyin). Misol uchun, mutaxassislik fanidan 30 ta savol berilsa, shundan: 5-8 ta oson; 15-21 ta o‘rtacha; 5-8 ta qiyin savollar bo‘ladi. 👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#10. Prezident maktablariga o'qishga kirish istagida bo'lgan talabgorlar uchun MATEMATIKA fanidan onlayn darslar. ❗️Unda mazkur maktablarga kirish imtihonlarining namunaviy savollari asosida misollar ishlash o'rgatiladi. (manba: @piimauz) 👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#эълон "UNIVERSAL" ўқув марказида инглиз тилидан янги гуруҳ шакллантирилмоқда. Ўқув курслари душанба, чоршанба ва жума кунлар
#эълон "UNIVERSAL" ўқув марказида инглиз тилидан янги гуруҳ шакллантирилмоқда. Ўқув курслари душанба, чоршанба ва жума кунлари соат 15:00 дан 17:00 гача давом этади. Янги гурухга 3-4-5-6-синф ўқувчилари қабул қилинади. Ҳозирда 5 нафар ўқувчи қабул қилинди яна 10 нафар ўқувчи олинади холос. Ўқитувчи: Сотиволдиев Маъруфхон 👉 Батафсил: https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1 📞Тел:+998905999532 Манзил:Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ. 🎯Мўлжал:собиқ КОММУНАДАГИ АКАДЕМИК ЛИЦЕЙ биноси рўпарасида

#Мотивация ✍ Мақсад ортидан ҳаракатни бошланг ва албатта мақсад билан бирга ишонч, яъни «қила оламан» деган фикр бўлсин, ана
#Мотивация ✍ Мақсад ортидан ҳаракатни бошланг ва албатта мақсад билан бирга ишонч, яъни «қила оламан» деган фикр бўлсин, ана ўшанда сиз йўлни ярмини босиб ўтган бўласиз. 👉https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

🎓 Президент ва ихтисослаштирилган мактабларга тайёрланаётган ўқувчилар учун "UNIVERSAL" ўқув марказида навбатдаги ТЕСТ СИНОВ
🎓 Президент ва ихтисослаштирилган мактабларга тайёрланаётган ўқувчилар учун "UNIVERSAL" ўқув марказида навбатдаги ТЕСТ СИНОВИ! 🏫 Унутманг! ТАЪЛИМДА БИРГАМИЗПрезидент ва ихтисослаштирилган мактабларга тайёрланаётган АНИҚ ФАНЛАР бўйича 3-4-5-6-синфлар ва ТАБИИЙ ФАНЛАР бўйича 5-6-синф ўқувчилари учун ҳар ойда икки маротаба якшанба кунлари ТЕСТ СИНОВИ ташкил этилмоқди. 🕥КУТИЛАЁТГАН НАТИЖА ✅ Ўқувчиларни тайёргарлик ва реал билим даражасини аниқлаш, шунингдек ҳар бир фан бўйича таҳлил натижаларини чиқариб бериш. ✅ Ўқувчиларни асосий имтихонларга тайёрлаб бориш ҳамда ўқувчиларда кўникма ва амалиёт ҳосил килиш. ✅ Тест синовларида юқори натижага эришган ўқувчиларни тақдирлаш ва соғлом рақобатни ташкил этиш. ⚡️Диққат, навбатдаги ТЕСТ СИНОВИ 2023 йил 4-июн ЯКШАНБА куни соат 9:00 да бошланади! 🙋‍♂️Барча ўқувчиларни ТЕСТ СИНОВИГА ТАКЛИФ ЭТАМИЗ! 👉 Батафсил: https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1 📞Тел:+998905999532 Манзил:Косонсой туман, Боғибаланд МФЙ. 🎯Мўлжал:собиқ КОММУНАДАГИ АКАДЕМИК ЛИЦЕЙ биноси рўпарасида

Farzandiga kasb tanlashda yordam berishni istaydigan ota-onalarga 5⃣ maslahat 1⃣. Bolada mustaqillikni tarbiyalang Afsuski, bu bilan bitiruvga bir-ikki yil qolganida shug‘g‘ullanish biroz kech. Mustaqil bolani tug‘ilganidan boshlab tarbiyalash kerak. Biroq buni boshlashning kechi yo‘q. Kasbga yo‘naltirishning asosiy qoidasi oddiy: Bola kasbni o‘zi tanlashi lozim. Har bir odam o‘ziga nima kerakligini o‘zi yaxshi biladi. Aynan shu yo‘l orqali nimadir ko‘nglidagidek bo‘lmasa, ota-onasini ayblamaydi yoki o‘z imkoniyatini qo‘ldan boy berilgan, deb o‘ylamaydi. 2⃣. Qaysi kasblarga talab borligini o‘rganing Faqat “obro‘li” emas, haqiqatan ham talab katta bo‘lganlarini bilish kerak. Buni tushunish uchun reytinglarni o‘qish shart emas. Ish topishda yordam beradigan saytlarni ochib, vakansiyalarni diqqat bilan kuzatish lozim. Vakansiyalarni ko‘zdan kechirish kasbning mashhurligini, kutilayotgan maoshni va ishlash istagida bo‘lganlarga qo‘yiladigan talablarni baholashda yordam beradi. Balki orzudagi yo‘nalishda o‘qish uchun oliy ma’lumotning o‘zi kamlik qilar: parallel ravishda xorijiy tilni o‘rganish va qandaydir kurslarga borish kerak bo‘ladi. 3⃣. Kasbni ichidan ko‘rsating Kattalar turli kasb egalari bo‘lgan ko‘plab tanishlarga ega. Do‘stlaringizdan bolangizga u ishda nima bilan shug‘ullanishini gapirib berishini so‘rang. Kundalik odatiy ishlar haqida eshitish muhim. 4⃣. Boshqa shahar va mamlakatlarda o‘qish imkoniyatlarini toping Ko‘pincha qayerda va kim bo‘lib ishlash mumkinligi, mamlakatning boshqa qismi u yerda tursin, qo‘shni shaharlardagi oliy ta’lim muassasalarida qanday mutaxassisliklar mavjudligini bilmaymiz. Biroq bu shunga arziydi, gap butun umrlik kasb haqida ketyapti. 5⃣.Oliy ta’lim muassasasiga zudlik bilan topshirishga majbur qilmang Agar bola hali kim bo‘lishni aniqlamagan bo‘lsa, unga buni o‘ylab ko‘rishga vaqt va imkoniyat bering. Maktabdan keyin haqiqiy hayot bilan tanishish, vaqtni kurslar va o‘zini izlashga sarflash, balki ishlab ko‘rishiga hech narsa xalaqit qilmaydi. 👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

Худо хохласа бугун ДТМ синови натижалари эълон килинади...

#9. Prezident maktablariga o'qishga kirish istagida bo'lgan talabgorlar uchun MATEMATIKA fanidan onlayn darslar. ❗️Unda mazkur maktablarga kirish imtihonlarining namunaviy savollari asosida misollar ishlash o'rgatiladi. (manba: @piimauz) 👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#Сана 🗓 Бугун, 1 июнь - Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни! ▫️Расман 1950 йил Халқаро демократик конгресс ҳаракати ва талаби
#Сана 🗓 Бугун, 1 июнь - Халқаро болаларни ҳимоя қилиш куни! ▫️Расман 1950 йил Халқаро демократик конгресс ҳаракати ва талаби натижасида айнан шу санада болалар ҳуқуқи ва ҳимояси учун алоҳида қонун ишлаб чиқилган. 1989 йил Нью-Йорк шаҳридаги БМТ бош Ассамблеясининг 1989 йил 20 ноябрдаги қарори билан болалар тўғрисидаги 54 моддани ўз ичига олган Конвенция қабул қилинган. У болалар ҳуқуқларининг қонуний кафолати бўлиб, бутун дунё мамлакатлари учун болалар ҳуқуқларини ҳар томонлама ҳимоя қилиш таъминланган. Юртимиз ҳам мазкур конвенцияга 1992 йилда қўшилган. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2019 йил 22 апрелда «Бола ҳуқуқлари кафолатларини янада кучайтиришга оид қўшимча чора-тадбирлар тўғрисида»ги қарори қабул қилинди ва бунда болаларга ҳар томонлама ғамхўрлик қилиш, уларнинг ҳуқуқий манфаатларини ҳимоялаш кафолатланган. ✅ Кўзларимиз қувончи, қалбларимиз баҳори - азиз ва беғубор болажонларимизнинг борига шукур! 🔰 Ҳаёт сиз билан гўзал, азиз болажонлар!!! 👉https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#Prezident_maktabi #Qabul_2023 #10_iyundan_30_iyungacha 📢 DIQQAT E'LON! ❗️PRЕZIDЕNT MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QA
#Prezident_maktabi #Qabul_2023 #10_iyundan_30_iyungacha 📢 DIQQAT E'LON! ❗️PRЕZIDЕNT MAKTABLARI 2023-2024-O'QUV YILI UCHUN QABUL E'LON QILADI! ⚡️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2023/2024-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 10-iyundan – 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂 Talabgorning: ➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim; ➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan). ❗️DIQQAT 🔖 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (a'lo) bo'lishi lozim. ❓Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi? ➖ 2023-2024-o'quv yilida Andijon, Buxoro, Guliston, Jizzax, Qarshi, Navoiy, Namangan, Nukus, Nurafshon, Samarqand, Farg‘ona, Xiva, Termiz va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi. 📌 Qabul jarayoniga oid yangiliklarni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz orqali kuzatib borishingiz mumkin. Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish: Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

Абитуриент хотин-қизлар учун тавсиянома олишга аризалар қабул қилиш бошланди Эҳтиёжманд оилалардаги 2 минг нафар хотин-қизлар
Абитуриент хотин-қизлар учун тавсиянома олишга аризалар қабул қилиш бошланди Эҳтиёжманд оилалардаги 2 минг нафар хотин-қизларга қўшимча қабул кўрсаткичлари доирасида ажратиладиган тавсияномалар бериш учун аризалар қабули бошланди. Аризалар 8 июнга қадар xotin-qizlar.uz платформаси орқали электрон шаклда қабул қилинади. Аризалар 10 июнга қадар туман (шаҳар) Ишчи гуруҳлари томонидан ўрнатилган тартибда кўриб чиқилади. Тавсиянома электрон шаклда 15 июнга қадар ўрнатилган тартибда ўз эгаларига етказилади. 👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

Prezident maktablariga hujjatlar qabuli 10-iyundan 30-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂 Talabgorning: ➖ tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ ota-onasi yoki uning o‘rnini bosuvchi shaxsning pasport ma’lumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim; ➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan). ❗️ Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (a'lo) bo'lishi lozim. Prezident maktablariga 5-sinfga qabul qilinadi. 👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

❗️Qabul-2023: Abituriyentlarni qanday yangiliklari kutmoqda? ✅ Bilim va malakalarni baholash agentligi rahbari Majid Karimov bu yilgi qabul jarayonlari haqida quyidagi ma'lumotlarni berdi: ✅ Bu yilgi test sinovlariga 30 mingga yaqin testlar tayyorlandi. ✅ Sertifikatlar masalasi ilgari 10 minga yaqin edi bu yil bu ko'rsatkich 70 mingga yaqin ko'rsatkichni ko'rsatmoqda. (7 barobar oshgan) ✅ Bu yil test sinovlari 92 ta yopiq binoda o'tkaziladi. Binolar mahalliy hokimliklar tomonidan sovutgichlar bilan ta'minlanadi. ✅ 1-smenada 45 mingga yaqin, 1 kunda 90 mingdan ortiq abituriyent imtihon topshiradi. ✅ Har bir abituriyentning natijasi 24 soatda e'lon qilinadi. Abituriyent shaxsiy kabineti orqali bilib olishi mumkin. ✅ Bugungi kunda 48 ta Imtiyoz turlari mavjud. Sayt orqali imtiyozlar turlari haqida ma'lumotga ega bo'lishi mumkin. ❤️‍🔥 Yangilik: Ilgari abituriyent 5 ta yo'nalishni tanlar edi, bu yil esa ta'lim shakli va ta'lim yo'nalishini tanlashi mumkin bo'ladi. Sirtqi, kechki, kunduzgi va masofaviy ta'lim. ✅ Kasbiy ijodiy imtihon topshiruvchi abituriyentlar 10-iyulgacha hujjatini topshirib bo'lishi kerak. ✅ 1-fani xorijiy til ijodiy imtihoni bo'lgan ta'lim yo'nalishlariga hujjat topshirgan abituriyentlar Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o'tkaziladigan 4 ta ko'nikma bo'yicha imtihon topshiradi. ✅ Bu yilgi imtihon savollarida murakkab testlar 50%ga kamaytirilgan. (Ilgari 4 ta edi hozir murakkab savollar 50% ga kamaytirilgan). ✅ Matematika, fizika va kimyo fanlaridagi murakkab masala testlar olib tashlangan. https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

Бир ота қизига "Ўқишни тугатдинг, бу мен бироз олдин сотиб олган машинам... Бир неча йил бўлди. Лекин уни сенга беришимдан олдин уни шаҳардаги автосалонга олиб бор ва сотаман деб айт. Улар қанча таклиф қилишини кўр." Қиз отасининг олдига қайтиб келди ва деди: "Улар 1000 евро таклиф қилишди, чунки у жуда эски дейишди." Ота деди: Уни сотма ва 2-қўл машина сотувчисига олиб бор. Қиз отасининг олдига қайтиб: "Улар 100 евро таклиф қилди, чунки бу жуда эски машина ва уни қайта ҳайдаш учун кўп сармоя керак", - дейди. Ота қизидан мутахассислар иштирокидаги иштиёқмандлар автоклубига қўшилишни ва уларга машинани кўрсатишни сўради. Қиз машинани иштиёқмандлар автоклубга олиб борди, ўгирилиб, отасига деди: "Клубдаги баъзи одамлар менга 100 000 евро таклиф қилишди, чунки бу яхши ҳолатда, ажойиб имкониятларга эга ва топиш жуда қийин бўлган ноёб машина." Шунда отаси: "Aгар тўғри жойда бўлмасанг, ҳеч нарсага арзимаслигингни билдирмоқчи эдим", деди. Aгар сени қадрлашмаса, ғазабланма, бу сенинг нотўғри жойда эканлигингни англатади. "Қимматингни ҳеч ким кўрмайдиган жойда қолма". Қиссадан-ҳисса шуки сизу бизга ҳамиша қадрли бўлиб юришлик насиб этсин! 👉https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

😊 Matematikadan navbatdagi foydali video... 😀 30tadan 30ta to'g'ri ishlay oladigan do'stimizga yuborib qo'yamiz! 🧐 Qani bu yil matematiklarimizning necha %i GRANT bilan Talaba bo'lar ekan? 😉 Matematiklarimiz, aktiv bo'lamiz! 👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

Prezident maktablari, ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar hamda ijod maktablariga hujjatlar iyun oyida onlayn qabul qilinadi; imtihonlar iyul-avgust oylarida katta sig‘imli 58 ta yopiq pavilyonlarda bo‘ladi. Prezident maktablariga kirish imtihonlari har doimgidek Cambridge Assesment Admissions Testing tashkiloti (Buyuk Britaniya) tomonidan tuzilgan nazorat materiallari asosida ushbu tashkilot bilan hamkorlikda o‘tkaziladi. Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda 14 ta Prezident maktablariga 5-sinfdan, 169 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internetlarga 5,7-sinfdan (yangi ochilganlariga 5-11-sinfdan), 9 ta ijod maktabiga esa 7-sinfdan o‘quvchilar saralab olinadi. 👉 https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

​​​​ОТА-ОНА БИЛАН МУОМАЛА ҚИЛИШДАГИ ЎТТИЗ БЕШ ОДОБ: 1) Ҳузурларида қўл телефонларини ўчириб қўйиш. 2) Гапираётганларида жим туриш. 3) Раъйларини қайтармаслик. 4) Гапларини маъқуллаб туриш. 5) Уларга ўзини ҳокисор тутиб қараш. 6) Уларга доим мақтов,мадҳ айтиб туриш. 7)Уларга ҳурсандчилик хабарларини улашиш. 8) Ёмон хабарларни олдиларида гапирмаслик. 9)Улар яхши кўрган кишиларни ва дўстларини мақташ. 10) Эришган ютуқларини доим эслатиб туриш. 11) Агар қайта-қайта гапирсалар ҳам гапларини тасдиқлаб кўнгилларини кўтариб туриш. 12) Ўтмишдаги аламли ўринларни зикр қилмаслик. 13) Отиқча гаплардан четланиш. 14) Олдиларида ҳурмат сақлаб ўтириш. 15) Фикрларини паст ва ноқис санамаслик. 16) Гапларини тугатмасларидан олдин эшитмасдан туриб кетмаслик. 17) Ёшларини ҳурмат қилиш ва набиралари билан уларни безовта қилмаслик. 18) Олдиларида набираларини жазоламаслик. 19) Ҳамма насиҳату- фикрларини қабул қилиш. 20) Ҳузурларида уларга эҳтиром кўрсатиш. 21) Уларга овозни кўтармаслик. 22) Улардан олдин ёки олдиларидан юрмаслик. 23) Таомга улардан олдин қўл узатмаслик. 24) Уларга тикилиб қарамаслик. 25) Улар билан фахрланишлик,агар улар шунга лойиқ иш қилишмаган бўлса ҳам. 26) Олдиларида оёқ узатмаслик ёки уларга орқа қилмаслик. 27) Сўкилишларига сабаб бўлмаслик. 28) Ҳар доим уларни ҳақларига дуо хайр қилиш. 29) Олдиларида чарчоқ ва хафаликни зоҳир қилмаслик. 30) Улардан содир бўлган хатоларга кулмаслик. 31) Ўзлари талаб қилишларидан олдин хизматларини бажариш. 32) Доимий равишда уларни зиёрат қилиб туриш ва уларга ғазаб қилмаслик. 33) Улар билан гаплашганда чиройли сўзларни танлаб ишлатиш. 34) Ўзларига ёқадиган исмлар билан мурожаат қилиш. 35) Уларни ҳамма нарсадан ва ҳамма одамлардан устун қўйиш. https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

Muvaffaqiyatga erishgan liderda ushbu ikkita xislat bor… 😊 Muhammad Ali Eshonqulov To’liq trening: https://youtu.be/c4qMnj9X2I4 👉https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1

#8. Prezident maktablariga o'qishga kirish istagida bo'lgan talabgorlar uchun MATEMATIKA fanidan onlayn darslar. ❗️Unda mazkur maktablarga kirish imtihonlarining namunaviy savollari asosida misollar ishlash o'rgatiladi. (manba: @piimauz) 👉https://t.me/UNIVERSAL_knowledge1