cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

𝐴𝑌𝐷𝐼𝑁 𝐻𝐼𝐾𝑂𝑌𝐴𝐿𝐴𝑅𝐼

Assalomu alaykum. Sana: 23.12.2022.

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
727
Obunachilar
+224 soatlar
+17 kunlar
-330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Kelin... Chamadonimni sudragancha ogʻir qadamlar bilan chipta olishga yoʻl oldim. Qovoqlarim yigʻidanmi, ogʻirlashib ketayotgandek. Shuncha koʻz yosh qayerdan keladi hayronman. Hali ham seldek toʻxtamayabdi. Bu esa atrofni yaxshi koʻrishimga halaqit berayabdi. Umidlari puchga chiqqan, qanoti singan qushga oʻxshayman goʻyo. Umar uchun hatto sevgan sochlarimdan voz kechdima. Allambalo rangga boʻyab olganimnichi... ʼʼSizga shu yarashadiʼʼ desa, indamay kunib ketaveribman. Jinnilarcha ʼʼUmar meni yoqtirib qoladiʼʼ deb oʻylabman. Ahmoqman, ahmoq. Uni yoqtirgani borligi haqida unutib qoʻygan ahmoqman... Shu ahmoqligim sabab hozir shunchalar ilojsiz holatdamanki... Men hatto oʻzimdan nafratlanib ketayotganim uchun Umarga jahl qila olmayabman. -- Hilola... Begona yurtda oʻz ismingni aytib chaqirishsa, gʻalati boʻlar ekansan. Hatto birinchi marttasida qulogʻimga chalindi deya yoʻlimda toʻxtamadim. Oʻz hayotlarim band edim, desam toʻgʻriroq boʻladi. Lekin yana bir bor ismimni eshitganimda va bu ovoz tanish tuyulganida joyimda haykaldek qotib qoldim. Yuragim goʻyo endi oʻrishni boshlagandek sado bera boshladi. Telba boʻlib qolgan boʻlmay, deya ming azob bilan ortimga oʻgirildim. Ha bu tush emasdi. Koʻzlarim aldamayotgan edi. Qarshimda men kutgan insonim, havotir toʻla nigohlari bilan mendan koʻz uzmagan koʻyi, bir necha qadam uzoqdan tikilib turar edi... Men hammasini bir pastda unutdim. U haqida biroz oldin surgan hayollarimni, qilgan qarorimni... Hatto butun dunyoni unutib, andishani bir chetga uloqtirib, Umarni boʻyniga osildim.
Hammasini ko'rsatish...
50🥰 16👍 9❤‍🔥 8 4💘 1
#Kelin... Ayni damda meni nima ich-ichimdan tomom qilayotganini tushuna olmasdim. Bir chaqalik qadrim yoʻqligimi, yoki endi nima qilishimmi? Ahvolim tushuntirib bera olmaydigan darajada yomon edi. Umarning kelmagani kamdek, ahmoqligim sabab endi hech kimga qoʻngʻiroq qila olmayman. Koshki, raqamlarni yoddan bilganimda ham... Holsiz oʻrindiqlarning biriga oʻtirdim. Oʻzimni qancha qoʻlga olishga harakat qilmay boʻlmayabdi. Yigʻidan toʻxtay olmayabman. Aksincha hurligim kelib, battar ahvolga tushayabman. Onda-sonda men tilini tushunmaydigan insonlar holimni koʻrib nimadirlar deyishyabdi. Rahmi kelishyabdi chogʻi, yoki yordam berishmoqchi. Lekin men faqat koʻz yosh toʻkishdan boshqasiga oʻtmayabman. Soʻng ular ham ketishyabdi... Qancha vaqt shu alfozda turdim bilmayman. Birdan miyyamga vatanimga qaytib ketish keldi. Umida opam ishlatishim uchun qanchadir pul bergani yodimga tushdi. Balki chiptaga yetar deb oʻylab qoldim. Yordam soʻrasam, balki tilimni ham tushunadigan chiqib qolar. Faqat yurtimga qaytib olsam boʻlgani edi... Shunda hammasini toʻxtatar edim. Oilamdagilar va butun qishlogʻim nima deyishidan qatʼiy nazar ajrashishga ariza berar edim. Men uchun Umar bilan bogʻliq hamma narsa tugadi. Aslida hech nima ham yoʻq edikuya... Endi butunlayga tugadi. Oʻzimcha undan voz kechib tashlab ketmoqchi boʻlyabmanu, haqiqatda esa hech qachon u boʻlmaganini mana endi aqlim tushunib yetyabdi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 47❤‍🔥 25 13 4🔥 2🥰 1
#Kelin... Parvoz tugab yerga qoʻnganimizda, men shu darajada hursand boʻlib ketdimki, hatto yonimdagilarni ham unutib tinimsiz jilmaya boshladim. Qoʻyib bersa, yerni ham oʻpib berardimu, ammo andisha sabab oʻzimni bosdim. Endi bor umidim Umardan. Meni olib ketsa boʻlgani va men bunga umid qilaman. -- Yoʻlak ohirida meni kutib turgan boʻlishi kerak... Omma bilan birgalikda chiqish joyiga borar ekanman, oʻz-oʻzimga pichirladim. -- Ha yana unga qoʻngʻiroq qilishim kerak edi. Umida opamni soʻzlari yodimga tushib, tezda qoʻl telefonimni sumkachamdan qidira boshladim. Lekin negadir u yoʻq edi. Topilib qoladigandek qayta-qayta izladim, ammo qani edi foyda bersa... Biroz oldin yerga eson-omon qoʻnib olganim uchun tinmay jilmayayotgan yuzimda, endi daxshat aks etib turardi. ʼʼQanaqasiga yoʻqotishim mumkin? Ohirgi marotaba uni shu yerga solgandimkuʼʼ degan soʻzlar tinmay miyyamda aylanar, oʻzim esa yoʻlakda toshdek qotib qolgandim. Yoʻq, yoʻq men mana endi oʻzimga ham ishona olmayabman. Aniq solganimga gumonim ham bor. Meni fikru xayolim parvozda edi. Umuman telefonimni qayerda ekanligini tekshirmadim. Shunchalar ham ahmoq boʻlamanmi? Yaqinlarimni topish uchun yagona matoh edi-ku u... Dagʻ-dagʻ qaltiragancha yigʻlagudek boʻlib, oldinga qadam tashladim. Deyarli yoʻlak ohiriga kelib qolgan edim chunki. Mana hozir shu yerdan chiqamanu, meni kesatishga shay turgan Umar bilan koʻrishaman. Telefonimni topa olmayotganimni aytsam, tanbeh ham berar... Yo Alloh, mendek bir ahmoq bandangga oʻzing yordam ber... Odamlar koʻp. Hamma oʻz-oʻzi bilan ovora. Yuz tuzilishi umuman bizdan farq qiladigan har xil millat insonlarini bu yerda koʻrish mumkin. Yoʻlovchilarni kutib olayotganlar ham anchagina... Lekin negadir uni koʻrmayabman. Har tomonga koʻzimdan sizib chiqayotgan yoshlarni artgancha hadik ila qarar ekanman, butun vujudim muzlab qolayotgandek tuyilayabdi. Majolsiz oyoqlarimni sudrab tinmay uni qidira boshladim. Hatto bir necha bor ismini aytib chaqirdim. Qani endi yoʻlimdan chiqa qolsa... qani edi... U kelmagan. Kelmagan u... Meni begona yurtda yolgʻiz qoldirishni avzal koʻrgan... Shunchalar mendan nafratlanadimi? Uning uchun hayotidan chiqib ketmayotgan zulukdirman yoki... Ha aynan shunday. Lekin nima boʻlgan taqdirda ham u menga bunday qilmasligi kerak edi. Nahotki ozgina rahmi kelmagan boʻlsa?... Zigʻircha ham uning uchun qadrim yoʻqmi?... Ich-ichimdan shu qadar ogʻriq turdiki, bu har qanday tana ogʻrigʻidan kuchliroq edi nazarimda. Oʻzimni hechvaqoga yaramaydigan noshuddek his qilyabman... Nega ham keldim oʻzi? Nimani kutgan edim? Quchoq ochib kutib olishinimi? ʼʼBormaymanʼʼ deb turib olganimda Umida opam ham majbur qila olmas ediku. Hamma ayb oʻzimda. Hayotim balki yaxshi tomonga oʻzgarar deb oʻylagan edim. Mana senga hayot Hilola. Mana senga baxt.
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 73😢 39👍 14💔 13 7 4🔥 3🥰 2💯 2😡 2😁 1
#Kelin... Birinchi notanishni soʻzlariga tushunmay angrayib qoldim. Soʻng meni chaqmoq oʻrgandek miyyam ishlab ketdi. Shoshib qoʻlimga qarab, u hazil qilmaganini guvohi boʻlgach, tezda qoʻlimni tortib oldim. -- Bbuu... bbehosdan... meni kechirasiz... qoʻrquvdan shekilli... Dedim, dovdiragancha. Lov etib yuzim yona boshladi. Rostdan ham juda uyatli holatda qolgandim. Qanday qilib buni sezmadim hayronman. Shunchalik ahmoq boʻlamanmi? Yana bidirlab gapirishimga balo bormidi? Qani endi yer yorilsayu, yerga kirib ketsam. Aksiga olib berkinish uchun oʻrnimdan turib ham keta olmayman. Kishanlangan mahbusdek joyimda oʻtirishga majburman. Hozirgina izza boʻlgan odamim yonida. -- Hechqisi yoʻq. Boʻlib turadi. -- Rostdan ham sezmay qolibman, kechirasiz... -- Hijolat boʻlmang. Uzr soʻrashga hojat yoʻq.... Gapirgan kuyi biroz oʻylanib turdi-da, soʻng yana qoʻshimcha qilib qoʻydi. -- Balki uzr soʻrashni oʻrniga ismingizni aytsangiz ozgina mulozamat koʻrsatgan boʻlarsiz... Notoʻgʻri tushunmang, hurmat yuzasidan soʻrayabman. Mana endi u nishonga aniq olgandi. Yigitlar qizlarga har xil usullarda gap otadi. Bu kimsani ham oʻz-oʻzidan menga gap qoʻshgani yoqmagan edi. Lekin bunga oʻzim sababchi boʻlganimni bilgach... -- Hilola... Izza boʻlganim uchungina ismimni aytib deraza tomonga oʻgirilib oldim. Aslida bunday qilmasligim kerakligi haqida kech oʻylar ekanman, oʻzimni rosa koyidim. Ammo ʼʼUni yana koʻrib oʻtiribmanmi? U shunchaki bir yoʻlovchi boʻlsa, bor yoʻgʻi ismimni shunchaki soʻradi. Shunga ham vahima qilishim gʻirt ahmoqlik.ʼʼ degan hayollar meni tinchlantirdi. -- Chiroyli ism. Hilola bu... yangi oy deganimi? Yaʼni, oydek goʻzal qiz... -- Himmm, shunaqa shekilli. Qaramasdan javob berdim. Soʻng suxbat yoqmayotganini yana bir bor eslatib qoʻyish uchun ogʻiz juftladim. Nima endi, qoʻlini ushlab olibman deb dildan suhbat quraymi? Oilali ayolga shu yarashadimi? Jin ursin, ismimni ham bekor aytdim. Yoki boshqa ism aytsam bular edi. Bilib oʻtiribmidi. Tovba, huddi oʻzimni Umarga hiyonat qilgandek sezayabman. Eeyy Alloh, hali Umar ham bor. Nima boʻlgan taqdirda ham meni kutib olishga chiqsinda. Xotini sifatida koʻrmasa ham, oddiy inson sifatida menga yaxshilik qilsin. -- Men oila ayolman. Qarmoq tashlagani oʻzingizga boshqasini toping. Endi mumkin boʻlsa, menga ortiq gapirmasangiz... -- Meni notoʻgʻri tushundingiz va men baliqchi ham emasman. Dedi, u mendan koʻz uzmagan koʻyi. Tikilib qarashidan asabim mingga chiqa boshladi. Uni yonidan hozircha keta olmasligim esa battar qonimni qaynatar edi. Nahotki u sezmayabdi, jahlimni chiqarayotganini? -- Yosh qizcha ʼʼoilalimanʼʼ desa gʻalati eshitilar ekan. Hech boʻlmasa ʼʼyigitim borʼʼ deganingizda ham mantiqqa toʻgʻri kelar edi... Qoʻrquvingizni yengishga yordam berish maqsadida sizni suxbatga tortib chalgʻitmoqchi edim. Menimcha buni uddasidan chiqdim ham. Bezor qilganim uchun kechirasiz miss. U ortiq gapirmadi. Shunchaki quloqchinni qulogʻiga taqqancha koʻzini yumib oldi. Huddi hafa boʻlgandek. Ammo uni gapida jon bor edi. Rostdan qoʻrqqanim yodimdan ham chiqib ketgan edi. Ortiqcha gapirib yoʻborganimni sezib oʻzimni aybladim. Menimcha bunga koʻp asabiylashganim sabab... Qoyilee, oʻzimni yana vijdon azobida qoldirdiya...
Hammasini ko'rsatish...
👍 83❤‍🔥 24 18🔥 13👏 4 3😍 2 1💯 1
#Kelin... -- Birinchi parvozda men ham qattiq qoʻrqqanman. Hozir esa men uchun bu oddiy holat. Siz ham oʻrganib ketasiz... -- Yyyaaxshii... Oʻlay agar bu notanishni gaplari menga yoqayotgan boʻlsa. Ichimda ʼʼsenga nima?" deyabmanu, lekin tilimga buni chiqara olmayabman. Maslahat berishdan oson ish bor ekanmi? Meni holatimni faqat boshidan oʻtkazgangina tushuna oladi. Huddi bir daqiqani ichida ming oʻlib tirilyotganga oʻxshayman. -- Ismingiz nima? -- Nimaa?... -- Ismingiz nima? Meniki Jasur. Siznikichi? Samolyot tinimsiz silkinayotgani uchun yuragim taka-puka boʻlib ketyabdiku, bu ahmoqni bergan savolini qarang. Unga jahl bilan nigoh tashlab qoʻydimda, koʻzlarimni mahkam yumib olib ichimda kalimani qaytara boshladim. Menga nimadir boʻlsa uvolimga qolasan Umar. Garchi bu seni parvoyingga ham kelmasligi meni battar vahimaga solsada. -- Oz qoldi. Hozir toʻxtaydi va siz oʻzingizni jannatga tushib qolgandek his qilasiz... Vaysaqi, yana gapiradiya. Shu vaziyatda asabimga tegib turishi yetmay turgandi oʻzi. Portlashga shay turgan vulqondek endi otilmoqchi edim, biroq u aytganidek samolyot silkinishdan toʻxtab, huddi harakatsiz qolgandek sokin boʻlib qoldi. -- Toʻxtab qoldik... Oʻz-oʻzidan lablarim pichirladi. Bu esa hamrohimni kulishiga sabab boʻldi. -- Yoʻq, aksincha. Haqiqiy parvoz endi boshlandi. Mana endi goʻzallikdan bahra olishingiz mumkin. Notanish samolyotning derazasiga ishora qilgani uchun boshimni u tomonga burdim. Ha bu rostdan tengsiz goʻzallik edi. Biz oppoq bulutlar oʻstidan parvoz qilayotgan edik. Buni soʻz bilan taʼriflab berishni imkoni yoʻq. Shu qadar goʻzal manzaraki... Mana endi biroz oldin nega ʼʼjannatʼʼ soʻzini ishlatganiga tushunyabman. -- Moʻjiza... -- Fikringizga qoʻshilaman. Bu haqiqiy moʻjiza. Huddi men soʻragandek, gapimni tasdiqladi. Buncha koʻp gapirmasa. Yigit kishi ham shunchalik gapdon boʻladimi?. -- Sizga hurmatsizlik boʻlmasin deb indamayabman. Lekin haddan ziyod koʻp gapirib yoʻborganizni sezmayabsiz. Qoʻrquvim ancha bosilib tilim botirlashib qolgandek tezda chaqib oldim. Zora shu bilan boʻldi qilsa... Menga biroz tikilib qolgan notanish bu gapimdan soʻng yana kulib yoʻbordi. -- Siz boʻlsa... Kulgancha gap boshladi u. -- Siz boʻlsa, parvoz boshlanganidan buyon qoʻlimni mahkam ushlab olganizni sezmayabsiz goʻzal qiz.
Hammasini ko'rsatish...
🤣 103🔥 24😁 13👍 10💯 7 4💋 2❤‍🔥 1 1
#Kelin... Umida opamni gapi menga zigʻircha ham taʼsir qilmay, battar yigʻlab yoʻbordim. Oʻzimni huddi suyilish uchun qassobxonaga olib ketilayotgan qoʻzichoqdek his qilyabman. Toʻgʻri, opam uchun yolgʻiz oʻzga yurtga ketish odatiy holatdir, lekin men uchun... Ketishim juda tez boʻlib ketgani uchun, hamda men faqat Umida opamni qolishimga kundirish bilan band boʻlganim uchun uydagilarimga ketayotganimni ayta olmadim. Mana hozir samolyotning deraza yonidagi oʻrindigʻida oʻtirar ekanman bu haqida oʻylab qoldim. Eshitsa hayron qolishlari aniq. Chunki hech bu haqida ogʻiz ochmaganman... Hayotimda kutilmagan ishlar koʻp boʻlyabdi. Hozirda Allohdan faqat Umar meni kutib olishini soʻrayman halos. Mayli qancha kesatib, masxara qilsa ham chidayman. Hatto hech bir soʻz demasligim mumkin. Faqat, faqat begona yurtda oʻlib ketmasam boʻlgani. Ayni damda miyyam shunchalik chayqaldimi bilmadim. Oʻz vatanida oʻlish ham baxt ekanligini anglayabman.... Samolyot uchishga tayyor ekanini aytishgani, hayollarimni har yonga toʻzgʻitib yoʻbordi. Koʻzlarim naq kosasidan chiqib ketay dediya oʻzi ham. Oldingi qoʻrquvlarim holva ekan. Oʻrindiq tutqichini mahkam ushlab olar ekanman, butun hayotim koʻz oldimdan oʻta boshladi. Aytishlaricha inson oʻlimi oldidan shunaqa boʻlar ekan. Nahotki, bir yaramasga yoqaman deb oʻn toʻqqizga kirmasdan oʻlib ketsam? Agar shu parvozdan yuragim yorilib oʻlmay tirik qolsamu, u kutib olishga chiqmasa, oʻzim uni burda-burda qilib tashleyman... -- Birinchi parvozingiz shekilli? Lekin bunchalik qoʻrqishga hojat yoʻq. Hammasi yaxshi boʻladi. Faqat bir maromga tushib olguncha ozgina silkinish boʻladi halos. Hamrohim yigit kishiligini, hatto uni borligini uning gaplaridan soʻng angladim. Sekin boshimni u tomonga burar ekanman notanish soʻzida davom etdi. -- Qoʻrqinchli hayollarni miyyangizdan chiqarib tashlang. Yaxshi narsalar haqida oʻylang. Tez-tez emas, bir miyorda sekin va chuqur-chuqur nafas olishga harakat qiling. Bu ancha yordam beradi. -- Rrrr....rah....maatt...
Hammasini ko'rsatish...
75🔥 17👍 12😁 7 6🥰 5❤‍🔥 2👏 2🏆 2💯 1
Davomi 😍 chiq men keldim Me qayerga keldiz 😍 xolangni uyiga Me eeeee😏 😍 darvozani och Me onam yonimdala darvozani yonida qòyib keting🤭 😍 òzing chiwib olasan tezlash shaharga qaytishim kerak yana Me qoyib keting 🥺 😍chiqasan òzingga beraman Me hozir kichkina eshikchadan keling 😍 tezroq Me bering raxmat kottakon 😍 hozir shu yerda yeysan yonimda Me ibi ertaga yeyman qornim tòq 😍 hozir yeysan man sanga aytdim ertaga olib boraman deb hozir yeyishim keldi dedingmi shu yerda yeysan keyin uyga kirasan Me qoshnilar kòrib qoladi uyate uyalmaysizmi 😃 😍menga qiziq emas korsa kòraversin Me 🥺 onamni quloqlariga yetib borsa kelganiz onam meni uydan quvib soladila 😍yur mashinani ichida yeysan Me mashinada suv yoqku 😍kola bn sok bor bahona qilma yur Me sovuqda hammasi 😍issiqqina kel dedim Me xay P/s yarim kechqurun qaytib biron nima yeyman demayman qitmirligimni qurboni boldim😂🤭
Hammasini ko'rsatish...
🥰 21🤣 17👍 8😁 3🐳 3❤‍🔥 1🔥 1🤓 1
Suhbatcha Me assalomu aleykum yaxshimisiz 😍 vaalekòm assalom yaxshi mani tushingda korib telefon qildingmi yarim kechqurun Me ha negadir xayolimdan ketmayapsiz 😍 menmi qanday zòr Me meni shikalad wulupnay banan yeyishim kelyapti olib keling 😍 yarim kechasi soat 12 yarim man qaysi xolangni uyqusidan uyģotib sanga aytgan narsalaringni olib kelaman uxla ertalab olib borishadi uydagilar Me mani xolalarimni magazini yoqku😜 yoq men hozir yeyman 😍shahardaman ey inson qanday olib boraman Me jalka qilyapsizmi istasayiz topib olib kelasiz faqat olib kelishni xoxlamayapszda😢 ha mayli nima ham derdim 😔 😍 uxla ertaga olib borishadi uydagilar Me shart emas hozir yeyishim kelgandida😢 Soat 2 da aytgan narsalarim keldi 🙊
Hammasini ko'rsatish...
16👍 6❤‍🔥 4
Salom kim uyģoq Hamma qishda kasal bolsa man yozda bolaman antiqa qizmanda 😜 Kasal bolsam hamma etibor menda bòladi keyin men ham qitmirliklarni boshlayman😂 kasal bòlgan kunim mani gapim gapda😌 Yarim kechasi uyģonib ketdim tomoģim oģrib uyqu sevgan yorini oldiga qochib ketdi😒
Hammasini ko'rsatish...
😁 16👍 5❤‍🔥 2
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.