cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

GLOBUS

Globus-Bu kanalda geografik bilimlar olish imkoniyati bor va shu bilimlarni qoʻldan chiqarmaslik lozim Maʼlumot Bizning kanalda 📓📗📘 kitoblar 📽️🎥 video darslar va qiziqarli maʼlumotlar mavjud

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
188
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-67 kunlar
-1330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha tavsiyalar. MMTV ning 2024-yil 13-may kungi 04-27-1017-sonli xati
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Quyi Amudaryo iqtisodiy geografik rayoni Maydoni:172,7 ming km² Aholisi:3,9 mln kishi Quyi Amudaryo iqtisodiy rayoni O‘zbekistonning shimoli g‘arbida joylashgan. Bu rayon Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidan iborat. Aholisi. Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonining obikor yerlari qadimdan aholi zich yashab kelgan vohalardandir. Xorazm vohasida qadim zamonlardan buyon dehqonchilik bilan shug‘ullanib kelingan. Aholi rayon hududida notekis joylashgan. Tabiiy tafovutlar aholining joylashuviga ta’sir etgan. Aholi Orol dengiziga tomon kamayib boradi. Nukus, Chimboy, Urganch, Mo‘ynoq, Taxiatosh, Xo‘jayli shaharlarining o‘sishi hamda qishloqlarda kichik biznes va tadbirkorlikning rivojlanishi hisobiga shaharchalarning vujudga kelishi natijasida shahar aholisi tobora ko‘payib bormoqda.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Janubiy iqtisodiy rayon Maydoni:48,7 ming km² Aholisi:6,4 mln kishi Jаnubiy iqtisоdiy rаyоn mаmlаkаtimizning jаnubiy qismidа jоylаshgаn bo‘lib, Qаshqаdаryo vа Surхоndаryo vilоyatlаridаn tаshkil tоpgаn. Rаyоn uchtа dаvlаt – Аfg‘оnistоn, Turkmаnistоn vа Tоjikistоn bilаn, shimоldа esа Zаrаfshоn iqtisоdiy rаyоni bilаn chеgаrаlаnаdi. Маydоni qаriyb O‘zbеkistоn mаydоnining 1/10 qismigа tеng bo‘lib, bu hududdа mаmlаkаt аhоlisining hаr yеttitаsidаn biri yashаydi. Iqtisоdiy rаyоn mаmlаkаtimizning jаnubiy dаrvоzаsi hisоblаnаdi. Аmudаryodа qurilgаn аvtоmоbil vа tеmiryo‘l ko‘prigi rаyоnning iqtisоdiy gеоgrаfik o‘rnini хаlqаrо miqyosgа ko‘tаrgаn. Iqtisоdiy rаyоndа cho‘l vа tоg‘ yaylоvlаrini o‘zlаshtirilishi bilаn tаbiiy yaylоvlаr tоbоrа qisqаrib bоrmоqdа. Bundаn qоrаko‘lchilik zаrаr ko‘rmаsligi uchun cho‘llаrdа fitоmеliоrаtiv tаdbirlаr ko‘rilmоqdа. Iqtisоdiy rаyоndа yoqilg‘i-enеrgеtikа bоyliklаri nihоyatgа ko‘p. Sho‘rtаn gаzi Sirdаryo IESni, hаttо Аngrеn IESni hаm yoqilg‘i bilаn tа’minlаydi.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Zarafshon iqtisodiy rayoni Maydoni:168,1 ming km² Aholisi:7,1 mln kishiBu iqtisodiy rayon Samarqand, Buxoro va Navoiy viloyatlari hududidan iborat. Maydonining kattaligi jihatidan Quyi Amudaryo iqtisodiy rayonidan keyinda turadi. Maydonining asosiy qismi tekislik (Qizilqum cho‘li)dan iborat. U qorako‘lchilik uchun ahamiyatlidir. Tekislik markazida Tomditog‘ (eng baland cho‘qqisi 922 m), Bo‘kantog‘, Ovminzatog‘, Quljuqtog‘ qad ko‘tarib turadi.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Farg`ona iqtisodiy rayoni Maydoni:18,3 ming km² Aholisi:10,7 mln kishi Farg‘ona iqtisodiy rayoni ma’muriy jihatdan Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlaridan tashkil topgan. Bu iqtisodiy rayon respublika hududining 4 foizidan sal ortiqroq qismini egallasa-da, unda O‘zbekiston aholisining 1/3 qismi yashamoqda. Rayon hududi hamma tomondan tog‘lar bilan o‘ralgan. Foydali qazilmalarning asosiy qismi tog‘larda to‘plangan. Tog‘ oralarida Shohimardon, Nanay, G‘ovasoy va Kosonsoy kabi xushmanzara vohalar bor. Bu yerlarda dam olish uylari, sanatoriyalar va boshqa istirohat maskanlari barpo qilingan. Iqtisodiy rayonning eng past yeridan Sirdaryo oqib o‘tadi. Aholining ming yillardan beri obikor dehqonchilik bilan shug‘ullanishi orqasida tuproq va o‘simlik dunyosi madaniylashgan. Uning hududida neft, gaz, oltingugurt, qalayi, oltin, o‘tga chidamli gil, turli xil binokorlik materiallari, shifobaxsh suvlar topilgan. Konlarni ishga solish qulay. XIX asrda dastlabki temiryo‘l qurildi.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Mirzacho`l iqtisodiy geografik rayoni Maydoni:25,5 ming kv² Aholisi:2,4 mln kishi Mirzacho‘l iqtisodiy geografik rayoni Sirdaryo bilan Jizzax viloyatlaridan tarkib topgan. Rayon hududi taraqqiy etgan Toshkent va Samarqand iqtisodiy geografik rayonlariga tutashib turadi. Rayonning iqtisodiy geografi k o‘rnini qulay deyish mumkin. Iqtisodiy geografik o‘rnining qulayligi rayonning transport-geografik holatida ham yaqqol ko‘zga tashlanadi. Rayonni, asosan, Sirdaryo, Sangzor hamda Zomin daryolari suv bilan ta’minlaydi. Tekislik zamonaviy transport va irrigatsiya inshootlari bilan zichqoplangan. Rayonda aniqlangan volfram, qo‘rg‘oshin, rux, mis, boksit va oltin konlari sanoat ahamiyatiga ega. Qurilishbop shag‘al, qum, gips va ohak ko‘p. Ko‘pincha sovuq Arktika havosi shimoldan rayon hududiga kirib kelib, ba’zan sovuq –25°C ga yetadi. Shunda mevali daraxtlar jiddiy shikastlanadi. Farg‘ona vodiysidan esuvchi kuchli shamoldan esa tuproqning nami qochib, ekinlar qovjiraydi va hosildorlik pasayadi.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Toshkent iqtisodiy rayoni Maydoni:15 735 km² Aholisi:5,9 mln kishi Iqtisodiy rayon Ozbekistonning shimoli sharqida joylashgan. Iqtisodiy rayonga Toshkent viloyati va Toshkent shahari kiradi. Toshkent shahri 1930 yildan buyon Ozbekiston respublikasining poytaxti. Toshkent iqtisodiy rayonini Ozbekistonning darvozasi ham deb atashadi. Sababi u uchta tomondan chet davlatlar bilan chegaradosh. Shimoli-g’arbdan va shimoldan Qozog’iston, Shimoli-sharqdan va janubdan Qirg’iziston bilan qisman janubda Tojikiston bilan qoshni. Sharqdan Farg’ona iqtisodiy rayoni Namangan viloyati bilan, janubi-g’arbdan Mirzachol iqtisodiy rayoni, Sirdaryo viloyati bilan qoshni. Namangandan Qurama tog’i, Sirdaryo viloyatidan Sirdaryo daryosi ajralib turadi.
Hammasini ko'rsatish...
⚡️OLIMPIADA NATIJALARI USTAMA OLISHNING ASOSIY KALITI. Asosiy fan olimpiadasining tuman (shahar) bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni egallagan o‘quvchilarning o‘qituvchilariga Vazirlar Mahkamasining 823-sonli nizom talabi bo‘yicha baholash mezoni asosida maksimal 30 ball beriladi. Ushbu bo’lim uchun o’qituvchidan asoslovchi hujjat talab etiladi. Ya’niy 1-2-3-o’rinni olganligi haqida diplom, sertifikat va boshqa. Biroq, fan olimpiadasida 4 va undan keyingi o‘rinlarni egallagan o‘quvchilar 50 balldan past natija qayd etgan bo‘lsa-chi? Masalan 10, 12, 15, 22 ball to‘plagan bo‘lsa. Baholash mezoni bo‘yicha ularga ustama olish uchun o‘qituvchilarga 20, 10 ball berishda quyidagilarga eʼtibor berishingiz tavsiya etiladi. ⚠️Demak!!! Diqqat bilan eʼtibor bering! Fan olimpiadasida masalan 9-sinf ona tili fanidan  "eng quyi" yaʼni 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi misol uchun 22 ball Undan keyingi o‘rindagi o‘quvchining to‘plagan balli 16 ball bo‘lsa Birinchi amal   “16:22=0,72” Demak, bu yerda "16" ball  to‘plagan; "22" ball 3-o‘rin egallagan o‘quvchining natijasi;  Ikkinchi amal  0,72*100=72,7 Demak, bu yerda  o‘quvchi to‘plagan 16 ball, 3-o‘rinni egallagan o‘quvchining 22 balliga bo‘linadi. Chiqqan  natija yaʼni 0,72*100 ko‘paytirilganda 72,7 % qayd etildi. Baholash mezonida  yaʼni Eng quyi g‘olib ko‘rsatkichi 55% dan yuqori natija ko‘rsatganda  fan o‘qituvchilariga 10 ball; 70% foizdan yuqori natija ko‘rsatgan bo‘lsa 20 ball bilan baholanishi belgilangan. Yuqoridagi natijalardan kelib chiqib, 9-sinf o‘quvchisi ona tili fanidan to‘plagan balli uchun  fan o‘qituvchisiga 72,7 foiz natija qayd etganligi sababli, ushbu fan o‘qituvchisiga baholash mezoni asosida ishchi guruh tomonidan  20 ball bilan baholashi mumkin. Ushbu band uchun o’qituvchi tomonidan ishchi guruhga asoslovchi hujjat taqdim etiladi. Asosiy fan olimpiadasi hakamlar hay’ati qaroridan ko’chirma. ⚠️Eslatma: Turli xil online olimpiada va nodavlat muassasalar tomonidan o’tkazilgan olimpiadalar ustamaga asos bo’lmaydi. Shuni ham unutmaslik kerakki, ko’p hollarda ustama fayliga olimpiada uchun asos qilib faxriy yorliqlar solib qo’yiladi. Faxriy yorliqda ro’yxatga olish raqami bo’lishi kerak. Agar ro’yxatga olish raqami bo’lmasa, ushbu faxriy yorliq inobatga olinmasligi mumkin. Ushbu olimpiada tuman, shahar miqyosida o’tkazilgan bo’lishi kerak. Maktab miqyosidagi olimpiada ustama uchun inobatga olinmaydi.
Hammasini ko'rsatish...
1-IYUNDAN PREZIDENT MAKTABLARIDA 2024/2025-OʻQUV YILI UCHUN QABUL BOSHLANADI! Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjatlar qabuli 1-iyundan – 20-iyunga qadar ONLAYN shaklda ariza.piima.uz sayti orqali amalga oshiriladi. ❓ Prezident maktablariga qanday hujjatlar talab etiladi? 🗂 Talabgorning: ➖ tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnomasi; ➖ fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); ➖ ota-onasi yoki uning oʻrnini bosuvchi shaxsning pasport maʼlumotlari va telefon raqamlari (doimiy ishlab turgan telefon raqamlari) aniq va bexato kiritilishi lozim; ➖ baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan). ❗️ DIQQAT 🗂 Talabgorning baholar tabelidagi matematika va tabiatshunoslik fanlaridan 4-sinfdagi yillik baholari "5" baho (aʼlo) boʻlishi lozim. ❓ Prezident maktablariga nechanchi sinfdan qabul qilinadi? ➖ Prezident maktablariga 4-sinfni tugatgan oʻquvchilar 5-sinfga qabul qilinadi.
Hammasini ko'rsatish...
​​⚡️Maktab xodimlariga necha kun mehnat ta’tili (otpusk) beriladi? Barcha xodimlarga, shu jumladan o‘rindoshlik asosida ishlayotgan xodimlarga, dam olish va ish qobiliyatini tiklash uchun ish joyi va o‘rtacha ish haqi saqlangan holda yillik mehnat ta’tillari beriladi. ✅ Xususan, ta’lim muassasalarida faoliyat yurituvchi xodimlarga quyidagi ish kuni miqdorida mehnat ta’tili beriladi: ➖ Dierktor, O’IBDO’, MMIBDO’, CHQBT rahbari va o’qituvchilar = 56 kun ➖ Psixolog = 42 kun ➖ Xo’jalik mudiri, kutubxonachi, labarant, kadrlar bo’yicha menejr = 27 kun ➖ Farrosh, xovli supuruvchi, qorovul, bog’bon, bino xizmatchisi = 21 kun https://t.me/globus_guldu
Hammasini ko'rsatish...