cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

🇺🇿Uchqo'rg'on tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi

🇺🇿Uchqo'rg'on tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi! Admin: 👉 @Yusupjonoff

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
363
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-27 kunlar
-930 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Umumtaʼlim maktablarida noqonuniy pul mablag'lari yig'ilishi, “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish yuzasidan viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati, xodimlari tomonidan shahar va tumanlardagi 718 ta ta’lim muassasalari direktorlari ishtirokida yig’ilish o‘tkazildi Unda maktab direktorlariga Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan umumtaʼlim muassasalarida 2023-2024-oʻquv yilini yakunlash va “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish boʻyicha ishlab chiqilgan tavsiyalar birma - bir tushintirildi. “Soʻnggi qoʻngʻiroq” tadbirlarini oʻtkazish davomida turli restoran va kafelar, xonadonlarda “Bitiruv oqshomlari”ni oʻtkazish, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestasiyalarini oʻtkazishda, taʼlim muassasalarini yangi oʻquv yiliga tayyorlash borasida oʻquvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablagʻlarini yigʻish, bitiruv tadbirlarida oʻquvchilardan qimmatbaho sovgʻalar uchun pul yigʻish, bitiruv kechalariga atab qimmat kiyimlar olish, yengil avtomashinalarda sayr tashkil etish, shuningdek, maktablardagi sinf xonalarini ta'mirlash, jihozlash uchun pul yig'ish qat’iyan taqiqlanganligi yana bir bor ta’kidlandi. Tadbirni tartibli oʻtishini taʼminlash maqsadida mahalla faollari, ota-onalar va huquqni muhofaza qilish idoralari vakillari bilan hamkorlikda maktabning hovlisi, bogʻida yoki soya-salqin ochiq maydonlarida oʻtkazish hamda maktab hududiga texnika vositalari va begona shaxslarning kiritilmasligini taʼminlash, tadbirlar oʻtkaziladigan joylarni talab darajasida jihozlash, gigiyena, tozalikka e’tibor qaratish, yongʻin va texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilgan holda oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash borasidagi vazifalar belgilab olindi. Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
#9_may #Xotira_va_qadrlash ✅ Uchqoʻrgʻon tumani 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻquvchilari va ustozlari bilan "Motamsaro ONA haykali xotira maydoni"ga tashrif buyurishdi. ✳️ Tashrif davomida ushbu maydondagi askarlar nomlari yozilgan daftarlar ko'zdan kechirildi. Xotira bor ekan, tirikdir millat, Tirikdir iftixor, tirikdir gʼurur. Xotira — elni xalq etguvchi qudrat, Xotira — ertani yoritguvchi nur.
Hammasini ko'rsatish...
👍 6👏 2
✅ 9-May — "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida erta tongdan kirish yo'laklari bo‘ylab o'qituvchilar hamda faxriy ustozlarga sharaf lentalarini tarqatishdi. ✅ “Xotira aziz -qadr muqaddas” shiori ostida tashkil etilgan ushbu loyiha maktab o'qituvchilari va oʻquvchilari hamda faxriy ustozlarga yuqori kayfiyat ulashdilar.
Hammasini ko'rsatish...
👍 3👏 2
🏢 Uchqoʻrgʻon tumani 1-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami mustaqil O‘zbekistonda asrlar davomida qahramona, vatanimizni himoya qilgan, uning erkinligi, mustaqilligi va xalqining tinchligi uchun kurashgan vatandoshlar xotirasiga bag‘ishlangan "Xotira-aziz, qadr muqaddas" maʼnaviy tadbir o‘tkazildi. ✅ Tadbirda maktab direktori O.Ismatullayev, faxriy ustozlardan A.Usmonov hamda M.Akbarovalar o‘tganlar ruhini yod etish, tiriklarga mehr-oqibat ko‘rsatish qadriyat, qolaversa, har bir kishining insoniylik burchi deb bejiz aytilmaganni tadirda oʻquvchilarga yana bir bor tushuntirdilar.
Hammasini ko'rsatish...
👍 4👏 1
01:32
Video unavailableShow in Telegram
🎗 Uchqo'rg'on tumani 🎗 Xotira — abadiy, qadr — muqaddas! “Yorqin hayot” MFY hududida joylashgan 1-sonli Umumiy o’rta ta’lim maktabida 9-may Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 4👏 1
4-g sinf oʻquvchilarining "Xotira-aziz, qadr muqaddas" deb nomlangan badiiy kechasidan lavhalar! sinf rahbari: Abdullayeva Dilrabo
Hammasini ko'rsatish...
👍 5👏 1
Хотира муқаддас - қадр абадий Учқўрғон туманидаги 38-ДИУМда "Хотира муқаддас - қадр абадий" мавзусида мактаб жамоаси ва мактабнинг барча ўқувчилар томонидан тайёрланган мўъжаз тадбир ташкилланди. Тадбирда шу мактабда кўп йиллар турли вазифаларда фаолият кўрсатиб вафот этган устозларнинг оила аъзолари ва ҳозирги кунда нафақада, набиралар қучоғида вақтини ўтказаётган фахрий устозлар таклиф этилди. Меҳмонларимизни хотира муқаддаслигини англатувчи шеърлар ва куй- қўшиқлардан иборат бадиий кеча ўтказиш билан қарши олинди
Hammasini ko'rsatish...
🎗ИНСОН ҚАДРИ УЛУҒ - ХОТИРА МУҚАДДАСДИР! Аждодлар руҳига ҳурмат халқимизнинг энг олий фазилатларидан биридир. Ўзбек халқи ватани, халқининг фаровонлиги, тинчлиги йўлида жонини фидо этган фарзандларини ҳеч қачон унутмайди. Бугун Учқўрғон туманидаги 17-сонли сонли умумтаълим мактабида “Эслаб эслаб” номли маънавий-маърифий тадбир бўлиб ўтди. Унда шу мактаб жамоасида ишлаган марҳум устозларнинг оила аъзолари, халқ таълими тизимида фаолият юритган устозлар  ҳамда ўқувчи ёшлар иштирок этишди.  Тадбир давомида ўтган устозларимиз хотирланди,  кексалик гаштини сураётган фахрий устозларимиз қадрланди ва ўз-ўзидан ўқувчи ёшларга ибрат кўрсатилди. Ёш устозлар тайёрланган қўшиқ, рақс ва саҳна кўринишлар томошабинлар қалбидан чуқур жой эгаллади.
Hammasini ko'rsatish...
Po'stilar arxiv