uz
Feedback
Abdukhalil- filtrsiz :)

Abdukhalil- filtrsiz :)

Kanalga Telegram’da o‘tish

Fikrlarimiz bir xil bo’lmasa - tabiiy holat! YouTube kanal: https://youtube.com/@abdukhalil Instagram: https://instagram.com/abdukhalilreal

Ko'proq ko'rsatish
976
Obunachilar
-224 soatlar
-47 kunlar
-1430 kunlar
Postlar arxiv
Bucket list - sözini oldin körgan bölsez kerak. Ma’nosi inson ölishdan oldin erishmoqchi bölgan maqsadlari. Masalan biror manzilga sayohat, yoki biror ekstremal ish (parashutdan sakrash 🪂) bölishi mumkin. Meni Bucket Listimdagi ayrim ishlar va joylar haqida postlar qilib boraman. Sizni bucket listizda qanday ish yoki manzillar bor? @abdukhalilreal

Menimcha, Subyektiv ham ban (taqiq) oladi bu ketishda. Oxirgi ko’rsatuvini 2 so’z bilan nomlash kerak bo’lsa, “ibodat erkinligi”, bir so’z bilan “tolerantlik” degan bo’lar edim.. @abdukhalilreal

Video montaj kuchi 😂 Suiiii… Internetda Ko’rgan hamma narsangizga ham ishonavermaslik uchun kichik misol. @abdukhalilreal

Ertalabdan beri Telegramimni “vzlom”, urishga harakat qilishyapti. Juda ko’pchilikni akkauntiga xujumlar bo’lyapti ekan. 2ta
+1
Ertalabdan beri Telegramimni “vzlom”, urishga harakat qilishyapti. Juda ko’pchilikni akkauntiga xujumlar bo’lyapti ekan. 2ta tavsiya: 1) Hech qanday begona linkka bosmanglar, tanishizdan kelsa ham. 2) Two-step-verification funksiyasini telegramda albatta faollashtirib qo’ying. Aks holda, har qanday chatlaringizga buzib kirsa bo’lar ekan. Bilganga eslatma, bilmaganga foydasi tegar.

Qiziq bir zakovat & marketing savolini eshitdim: Tamaki sotuvchi kompaniyalar ma’lum bir oyda reklama & Marketing uchun keskin ko’p xarajat qilarkan. Bu qaysi oy va nega? Ozroq o’ylab ko’rib keyin kommentda javobini o’qisez bo’ladi :) @abdukhalilreal

“Yangi yildan o’zgaraman” deganimizgayam 11 oy bo’libti, haha :) @abdukhalilreal

Kecha, OpenAI (ochiq sun’iy intelekt) CEOsi Sam Altman o’zi asos solgan kompaniyadan xaydaldi. Keyin uni o’z kompaniyasiga yana qayta ishga olishmoqchi bo’lishdi. Lekin, …. Darhol, Microsoft kompaniyasi uni Sun’iy Intelekt bo’yicha maxsus loyihaga CEO sifatida ishga olishga ulgirgan edi. 2ta katta xulosa: 1) Hech narsa o’zingniki emas. Hamma narsa Vaqtinchalik. 2) Ayrim vaziyatlarni juda tez hal qilish kerak. Microsoft kabi gigant kompaniyalar doim vaziyatni yutib ketadi. @abdukhalilreal

+1

Berlinda Aktivistlar proyektrlar yordamida diqqatga sazovor binolar ustida namoyish qilishdi. Ma’lumot o’rnida, nemis hukumat
+1
Berlinda Aktivistlar proyektrlar yordamida diqqatga sazovor binolar ustida namoyish qilishdi. Ma’lumot o’rnida, nemis hukumati tarixda Adolf Hitler yahudiylarni ommaviy qatl qilgani uchun Isroil davlati oldida o’zini “qarzdor” hisoblaydi. Ya’ni Isroilga majburiy “muhabbat”i bor. Aktivistlar 💪 #freepalastine @abdukhalilreal

Jamoa. Kreativ. Tajriba. @abdukhalilreal

Berlin-Brandenburg va Abu Dhabi aeroportiga qönishda keskin farqli ikki xil manzaraga guvoh böldim. Ikkisi ham xayratlanarli,
+1
Berlin-Brandenburg va Abu Dhabi aeroportiga qönishda keskin farqli ikki xil manzaraga guvoh böldim. Ikkisi ham xayratlanarli, tög’rimi? ) @abdukhalilreal

Özbekistondalik paytim Eng köp berilayotgan savollar: - Qachon qaytasan endi Germaniyaga? (birinchi kelgan kunim söralgan, g’alatimasmi? hahaha) - Rivojlanishda qancha orqadamiz? (3 xonalik yil bölsa kerak :)) - U taraflarda pul topish zör bölsa kerak-a? (Ishonselar, Rossiya qishda gaz bermagan payti, pul yoqib isindik) - Baribir özimizi ovqatlar boshqacha-a? (Bunga no comment!) - Özbeklar köpmi uyoqdayam? (“Köp” degani qancha özi asli?) - UZBga qaytasizmi yoki yöqmi? (Bu savol UZBda söralyapti, bu ham g’alatimasmi? haha) @abdukhalilreal

​​​​Bugun safar bilan Kanadaning Toronto shahridaman. Shahar juda zo’r, ko’rkam va chiroyli. Lekin men uchun Torontoni alohida muhimligi bor. Maktabni bitirib universitetlarga topshirish paytida - Toronto Universiteti (University of Toronto) meni orzudagi oliygohim bo’lgan. Omadim kelib shu universitet meni matematika fakultetiga, St George kampusiga qabul qilgan edi. Ulardan xat kelganida xursandchiligim ichimga sig’may rosa sakraganman, akamni quchoqlaganman. Hamma narsa xuddi orzularimdagidek bo’lgan - eng xohlagan universitetimga kirganman, shu bilan universitet katta stipendiya ham bergan. Xursandchiligim ichimga sig’magan. Aynan qaysi yotoqxonada (kollej deb ataladi u yerda) turishimni bilib ham xursand bo’lgan edim. Xullas, hammasi zo’r bo’lgan. Lekin o’qishga uch hafta qolganda Kanada elchixonasidan xat kelgan: talabalik vizasini rad etishgan, sababi: o’qishni bitirgandan so’ng Kanadani tark etishimga viza beruvchilar ishonishmagan ekan. Vizadan javob olishni yetti hafta kutgan edim. Avgust bo’lgani uchun barcha boshqa meni qabul qilgan universitetlarga xatlar yozdim. Lekin deyarli barchasi “endi kech bo’ldi, keyingi yili gaplashaylik” degan javob berishgan. Lekin bitta universitetdan tashqari - Singapurdagi Nanyang Texnologiyalar Universiteti. U yerda o’qishga akam jo’nab ketgan edi, ular bir necha kunda kelsam - o’qishni boshlay olishimni aytishdi. Javob olishim bilan samoletga o’tirib jo’nab ketdim. Hozirgi hayotimni katta qismi ham, tabiiyki o’qigan universitetimga bog’liq. Toronto men uchun boshqacha ekanligini sababi shundaki - universitetni kezar ekanman, hayolimdan kechayotgani: agar o’sha paytda men shu yerda matematika o’qiganimda hayotim qanday bo’lar edi degan g’oya. Albatta hayotda “counterfactual” - alternativ taqdir qanday bo’lishi haqida fikr qilish qiyin. Bugun ilmiy konferensiyada o’z ilmiy ishimni taqdimot qilishga keldim, bu universitet professorlarini endi meni hamkasblarim deb ham chaqira olaman. Shunchaki bugun hayolimdan o’tgan o’ylar bilan bo’lishmoqdaman. Balki meni tajribam kimdirga yaqin ko’rinar. Rizqiz bitmagan joy baribir boshqa - qanchalik yaqin kelgan bo’lsangiz ham.

Shaxsiy chegara haqada! O’zbekistonda 10 kundan beri yuribman. Bu safar bir holat har doimgidan ko’proq bezor qildi. Yangi UZ
+1
Shaxsiy chegara haqada! O’zbekistonda 10 kundan beri yuribman. Bu safar bir holat har doimgidan ko’proq bezor qildi. Yangi UZB nomer olgandim, har kuni kamida bir marta, qaysidur xizmatni tavsiya qilib SMS xabar keladi. Meni nomerimni kompaniya “katta xolasi”ni nomeriday, hech qanday ruxsatsiz tarqatib yotibti ekan, keyin bilsam. Germaniyada shunaqa harakat uchun jinoiy javobgarlik mavjud. Ahir meni nomerimni, xattoki tug’ilgan oy kunimni bemalol yetti yot begonaga pullaydigan kompaniyalardan xafa bo’lib tursam, shunaqa holatga qarshi tashabbus qilishi kerak bo’lgan UZB Axborot Agentligi direktori, yurist, blogger odamni bugungi reklamasidan keyin …. Eski gap, birovni shaxsiy chegarasi boshlangan joyda, boshqaniki tugaydi! Ma’lumotlarni ochiqcha pullash hozircha ish beradi. Huquqiy savodxonlik oshishiga umidvorman. @abdukhalilreal

Emotional demage - siqilish time, haha
Emotional demage - siqilish time, haha

3000$+ 🤯 “Hech qanday nolog ham to’lanmaydi” degan joylarini kesib yubordim, og’ir botdi :) “Loxotron” - odamlarni aldab pulini olish degani. Xullas, xushyorlik davr talabi. @abdukhalilreal

Puling bölsa xaltada… Hamkorbank rasmiy telegram kanalida, InfinBank reklamasi ketyapti. Info: Telegramga tög’ridan tög’ri pu
Puling bölsa xaltada… Hamkorbank rasmiy telegram kanalida, InfinBank reklamasi ketyapti. Info: Telegramga tög’ridan tög’ri pul tölab, har qanday kanalda, kanal egasi roziligisiz ham reklama joylashiz mumkin. @abdukhalilreal

16 kunlik intensive sayohat yakunlandi. 🇩🇪 🇧🇪 🇳🇱 🇫🇷 🇨🇿 🇮🇹 🇸🇦🇦🇪🇺🇿 Mana shu yo’nalishda bo’ldi. Hamma bayroqlar tanishmi? 👍 - ha 👎 - yo’q @abdukhalilreal