cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Muhammad Solih

She'rlar, tarjimalar, parchalar. Murojaat uchun: @Muhammad_Solih_bot *** Orzu etmakdaman: hisob kunida Rabbim ko‘rar ekan mening ishimni, menga "qulim Solih" deyish o‘rniga "solih qulim" deya saslanishini.. 2003

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
430
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-57 kunlar
+4430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Bugungi sheʼriyat mushohada ekspressivligini talab qiladi. Ekspressiya tushunchasi oddiy "xatlab oʻtish" degan gap emas, balki, oʻsha xatlab oʻtilgan masofani yoʻl-yoʻlakay tasvirlab ketishga ulgurishdir. Muhammad Solih
Hammasini ko'rsatish...
Muhammad Solih

She'rlar, tarjimalar, parchalar. Murojaat uchun: @Muhammad_Solih_bot *** Orzu etmakdaman: hisob kunida Rabbim ko‘rar ekan mening ishimni, menga "qulim Solih" deyish o‘rniga "solih qulim" deya saslanishini.. 2003

👍 3 1
GARCHAND Yoʻq, oddim otmasman ortiq siz tomon, Endi oʻzga erur mendagi ixlos. Garchand, izlaganim izsizdir tamom Garchand, erishganim erishdir, holos. Maqtana olmayman, garchand, men bunda Lekin husnbuzar emas bu - chandiq. Oqib borayotgan, garchand, Jayhunda Tohirmas, oʻn asr solingan sandiq. Garchand, men suyangan kitob - burdadir Va ming teshigi bor yopinganimning, Garchand, erishganim yerda - murdadir, Poyi osmondadir topinganimning. 1985 Muhammad Solih
Hammasini ko'rsatish...
Muhammad Solih

She'rlar, tarjimalar, parchalar. Murojaat uchun: @Muhammad_Solih_bot *** Orzu etmakdaman: hisob kunida Rabbim ko‘rar ekan mening ishimni, menga "qulim Solih" deyish o‘rniga "solih qulim" deya saslanishini.. 2003

👍 6
IKKI SEVGI Erkak ikki sevgi uchun jonliqdir - Biri ayol, biri vatanidir - bas. Ayol uchun oʻlmoq qahramonlikdir, Vatan uchun oʻlmoq esa - farz. 1986 Muhammad Solih
Hammasini ko'rsatish...
Muhammad Solih

She'rlar, tarjimalar, parchalar. Murojaat uchun: @Muhammad_Solih_bot *** Orzu etmakdaman: hisob kunida Rabbim ko‘rar ekan mening ishimni, menga "qulim Solih" deyish o‘rniga "solih qulim" deya saslanishini.. 2003

14👍 6
AFSUN "Yoʻqolsin zulm!" dedik, Zulm darrov yoʻqoldi. "Yashasin hurriyat!" dedik, Hurriyat yashadi. "Yoʻqolsin boylar!" dedik, Yoʻqoldi boylar. "Yashasin yoʻqsullar!" dedik, Yashayapti yoʻqsullar. 1987 Muhammad Solih
Hammasini ko'rsatish...
Muhammad Solih

She'rlar, tarjimalar, parchalar. Murojaat uchun: @Muhammad_Solih_bot *** Orzu etmakdaman: hisob kunida Rabbim ko‘rar ekan mening ishimni, menga "qulim Solih" deyish o‘rniga "solih qulim" deya saslanishini.. 2003

😢 5👍 4 2
Photo unavailableShow in Telegram
Sanʼatga, adabiyotga yaqin boʻlgan har bir odamning boshi shaharda muqarrar qolib ketaverdi. Muhammad Solih
Hammasini ko'rsatish...
7😢 4👍 3
*** "Mana bu odamga yoqadi toʻrva, Yoqar hurofotning udumi. Qachon qarasang, u kuzni sevar Va chirik yaproqlar hidini. Yana u xursanddir, koʻziga qarang, Koʻzida shubhali iftixor - Nega faqat kuzni sevishi kerak, Nega unga yoqmas, biz sevgan bahor?" Uyatdan chilparchin boʻlar jasorat, Bir soʻz deyolmayman botinib - Meni goʻyo kimdir qilar haqorat Sevmaganim uchun uning xotinin... 1981 Muhammad Solih
Hammasini ko'rsatish...
Muhammad Solih

She'rlar, tarjimalar, parchalar. Murojaat uchun: @Muhammad_Solih_bot *** Orzu etmakdaman: hisob kunida Rabbim ko‘rar ekan mening ishimni, menga "qulim Solih" deyish o‘rniga "solih qulim" deya saslanishini.. 2003

👍 10 4
HAYOT Nihoyatda ogʻir, juda ham qiyin, Har onni yashamoq soʻnggi on kabi Va oʻzingni his etmoq doim Namozga kechikyotgan bir inson kabi! Muhammad Solih
Hammasini ko'rsatish...
Muhammad Solih

She'rlar, tarjimalar, parchalar. Murojaat uchun: @Muhammad_Solih_bot *** Orzu etmakdaman: hisob kunida Rabbim ko‘rar ekan mening ishimni, menga "qulim Solih" deyish o‘rniga "solih qulim" deya saslanishini.. 2003

😢 9 3👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
OYDINGA Oriqqinam mening, goʻzal ninachim, Urishqonim mening, ahilim mening. Tovushqonim mening, tezkor ginachim, Kamalak singari har xilim mening. Sen mening oyimsan, goʻzal moʻjizam, Oy kabi hech qachon tutilmaganim. Sen yolgʻiz kuchlimsan, yolgʻiz ojizam, Dafʼatanim mening kutilmaganim. Tilimga hech qachon chiqmaydi chipqon, Sen haqda gapirsam, mening moʻjizam. Sen uchun yashasam, uzoq yashayman, Mening kerakkinam, mening bejizam. Masrur majnuntolim, nuli toʻronqil, Oydinginam mening — yarim qorongʻum... 1979 Muhammad Solih
Hammasini ko'rsatish...
18
OЙДИНХОНИМ ЎЛИМ ТЎШАГИДА ЁТАРКАН ТЎКИЛГАН САТРЛАР “Ўлаяпман, алвидо» дединг… Йўқ, аслида мен ўлаяпман! Чунки сен дунём эдинг — мен дунёмдан айрилаяпман! 4 ноябр 2014 Муҳаммад Солиҳ
Hammasini ko'rsatish...
Muhammad Solih

She'rlar, tarjimalar, parchalar. Murojaat uchun: @Muhammad_Solih_bot *** Orzu etmakdaman: hisob kunida Rabbim ko‘rar ekan mening ishimni, menga "qulim Solih" deyish o‘rniga "solih qulim" deya saslanishini.. 2003

😢 17 5
Sizlarni vatan uchun oʻlishga chaqirayotganim yoʻq, vatan uchun yashashga daʼvat qilyapman. Vatan uchun yashamoq - uning uchun oʻlmoqdan qoʻrqmaslikdir. Muhammad Solih
Hammasini ko'rsatish...
Muhammad Solih

She'rlar, tarjimalar, parchalar. Murojaat uchun: @Muhammad_Solih_bot *** Orzu etmakdaman: hisob kunida Rabbim ko‘rar ekan mening ishimni, menga "qulim Solih" deyish o‘rniga "solih qulim" deya saslanishini.. 2003

12👍 7😢 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.