cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

G'uzor tumani olimpiya va milliy sport turlari bo'yicha davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati

G‘uzor tumani OvaMSTBDIMI matbuot xizmatinining rasmiy kanallari. Telegram.https://t.me/Guzorsportmaktab https://www.facebook.com/groups/391050896542614/?ref=share

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
230
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
+27 kunlar
-230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from OlympicUz
MOQ raisi oʻrinbosari Fransiyaga yoʻl olayotgan dzyudochilarimiz bilan uchrashdi Ertaga dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlariga tayyorgarlikning soʻnggi bosqichini olib borish uchun Fransiyaga yoʻl oladi. Safar oldidan MOQ raisi oʻrinbosari, mamlakat dzyudo federatsiyasi raisi Azizjon Kamilov terma jamoa aʼzolari bilan uchrashib, ularga omad tiladi. Rejaga koʻra, dzyudochilarimiz Normandiya hududida tayyorgarlikning yakuniy bosqichini olib borishadi. Yigʻin davomida sportchilarimiz maxsus texnik harakatlarni shakllantirishga katta ahamiyat qaratishadi. Uchrashuv davomida Azizjon Yakubjanovich Olimpiadada kurashadigan terma jamoaning har bir aʼzosi bilan alohida gaplashib, ularning holati, ijtimoiy ahvoli haqida suhbatlashdi. Shuningdek, boʻlajak musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etishlari uchun hukumatimiz tomonidan barcha sharoitlar yaratib berilishi, buning uchun ulardan faqat va faqat Olimpiada medali sari bor imkoniyatlarini ishga solishlarini taʼkidladi. Eslatib oʻtamiz, ushbu sport turidagi bahslar 27-iyul – 3-avgust kunlari boʻlib oʻtadi. Dzyudochilarimiz Parij-2024 yozgi Olimpiya oʻyinlarida jamoa tarixida eng koʻp 13 ta yoʻllanmaga sazovor boʻlishgan. ____ Заместитель председателя НОК Узбекистана встретился с дзюдоистами, которые отправляются во Францию Завтра представители сборной Узбекистана по дзюдо в рамках завершающего этапа подготовки к летним Олимпийским играм Париж-2024 отправятся во Францию. Заместитель председателя НОК, руководитель Федерации дзюдо Узбекистана Азизжон Камилов провёл встречу перед их отбытием и пожелал удачи. По плану, отечественные дзюдоисты финальную подготовку проведут на территории Нормандии. Во время тренировок будут уделяться особое внимание отработке специальных технических приёмов. Во время встречи А.Камилов лично побеседовал с каждым спортсменом, поинтересовался их физическим и социальным состоянием. Также, руководитель упомянул что со стороны правительства будут созданы все необходимые условия для достойного участия всех атлетов на Олимпийских играх и в ответ на это, им надо максимально использовать свои силы и завоевать призовые места. Напомним, соревнования по дзюдо в рамках Олимпиады пройдут 27 июля - 3 августа. Впервые в своей истории сборная Узбекистана по дзюдо завоевала 13 лицензий на Олимпийские игры.
Hammasini ko'rsatish...
Repost from OlympicUz
Photo unavailableShow in Telegram
👍 Parij-2024 XXXIII yozgi Olimpiya oʻyinlari ochilishiga 1️⃣3️⃣ kun qoldi. ☝️ Oʻzbekiston delegatsiyasining ishtirokiga oid #fakt ___ 👍 До открытия летних Олимпийских игр Париж-2024 осталось 1️⃣3️⃣ дней ☝️#Факт о делегации Узбекистана #Paris2024
Hammasini ko'rsatish...
Repost from OlympicUz
00:47
Video unavailableShow in Telegram
😊😊😊😊😊 🏆 👍 Parij-2024 litsenziatlari: Oʻzbekistonlik birinchi “Brilliant liga” gʻolibi Safina Sadullayeva Safina Sadullayeva oʻzbek yengil atletikasining bugungi kundagi yorqin namoyondalaridan biri boʻlib turibdi. Tokio-2020 yozgi Olimpiya oʻyinlarida oltinchi natijani qayd etgan yurtdoshimiz Parij-2024 da yanada baland marralarni koʻzlagan. 🏆 👍 Лицензиаты Париж-2024: первая победительница "Бриллиантовой лиги" из Узбекистана Сафина Садуллаева Сафина Садуллаева является одной из ярких представительниц узбекской лёгкой атлетики. Наша соотечественница, занявшая шестое место на летних Олимпийских играх Токио-2020, будет стремиться к ещё более высоким результатам на французской арене. #Paris2024
Hammasini ko'rsatish...
IMG_6314.MOV33.98 MB
Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning muvofiqlashtiruvchi Kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi G‘uzor tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlarning tumanda qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish, jinoyatchilik hamda huquqbuzarliklarning oldini olish borasida 2024 yilning o‘tgan 6 oylik faoliyati muhokama qilindi. Yig‘ilishda tuman hokimi B.Suyunov, tuman prokurori R.Sayfiyev, tuman IIB boshlig‘i S.Qalandarov, hokim o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari, iqtisodiy jinoyatchilikka qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi tuman bo‘limi boshliqlari, mahalla raislari va tashkilot rahbarlari ishtirok etdi. Tanqidiy-tahliliy ruxda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan masʼullarga nisbatan chora ko‘rilishi va 2024 yil yakunidagi vazifalar belgilab olindi. Kanalga ulanish 👉@guzorpress
Hammasini ko'rsatish...
Repost from N/a
#og‘ir_atletika_markazi ⚡️SPORT VAZIRI O‘RINBOSARI QARSHI SHAHRIDAGI OG‘IR ATLETIKA MARKAZIDA BO‘LDI. Ayni damda Sport vaziri o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov Qarshi shahrida yangi qurilgan Og‘ir atletika markazida bo‘lib, olib borilayotgan qurilish ishlari, sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoit va qulayliklar bilan tanishdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 🌐Telegram I Instagram I Facebook I You tube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from N/a
#sayyor_qabul 🇺🇿OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORT VAZIRINING OʻRINBOSARI SHAHRULLO MAHMUDOV QASHQADARYO VILOYATIDA BO‘LIB, SPORT SOHASIGA OID MASALALAR YUZASIDAN SAYYOR QABUL O‘TKAZDI.
Fuqarolar tomonidan kelib tushgan murojaatlar, bildirilgan taklif va tashabbuslar, yangi sport inshootlarini tashkil etish, sport turlari bo‘yicha o‘quv qo‘llanmalari, zarur sport jihozlari bilan ta'minlash kabi masalalar ko‘rib chiqilib, mas'ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Hammasini ko'rsatish...
Repost from N/a
#sayyor_qabul 🔴LIVE. SPORT VAZIRINING OʻRINBOSARI SHAHRULLO MAHMUDOV QASHQADARYO VILOYATIDA OʻRGANISH ISHLARINI AMALGA OSHIRMOQDA 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri oʻrinbosari Sh.Mahmudov sport obyektlarida olib borilayotgan qurilish-ta'mirlash jarayoni bilan tanishish maqsadida Qashqadaryo viloyatida xizmat safarida boʻlib turibdi. Oʻrganish mobaynida Qarshi shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida qoʻshimcha qurulish jarayonini koʻzdan kechirib, sport obyektlarini bunyod etishda ahamiyat qaratish muhim bo‘lgan jihatlar eslatib o‘tildi. Bundan tashqari vazir o‘rinbosari yangi tashkil etilayotgan kurash mahorat maktabini ham ko‘zdan kechirdi. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring: 🌐Telegram I Instagram I Facebook I You tube
Hammasini ko'rsatish...
Po'stilar arxiv
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.