sho’ttaman
Kanalga Telegram’da o‘tish
Love life•Forgiveness•Hungry for life•Love @copy_atelier
Ko'proq ko'rsatish986
Obunachilar
+4824 soatlar
+1637 kun
+21330 kun
Postlar arxiv
986
+8
Sentabr gʻalati oy. Boshqacha tuygʻu bilan keladi, hayotni butunlay oʻzgartiradigandek his qildiradi. Lekin juda tez tugab qoladi, koʻz ochib yumguncha.
986
Mana masalan, kecha bitta narsadan rosa xafa boʻldim, hamma ishimni yigʻishtirib yomgʻirda aylanishga chiqib kettim, soatlab aylandim. Yigʻladim. Uyga qaytdim, hamma ishlarim qoldi. Bugun esa ishxonamizda korporativ bor, shu kayfiyatda qolganim uchun bormayapman. Oʻtgan yili ham shu bayramga borolmaganman. Lekin hozir kimdir majburlab tepamda tursa ham borolmayman)
986
Shu xarakterimni juda yomon koʻraman. Agar qaysidir voqeadan yoki biror kimdan xafa boʻlsam, eng eng oxirgi soniyasigacha xafa boʻlib beraman. Hech nima qilmay qoʻyaman. Hammasini gaplashib olgan boʻlsam ham, joyida deb tursam ham ich-ichimdan baribir hech nima qilolmayman. Bu oʻzimga zararga ishlashini ham bilaman, lekin baribir hali bu xarakterimni yengadigan darajaga kelolmadim.
986
Hayot ajoyib. Kecha yomgʻirda yigʻladim, soatlab piyoda yurib keldim. Endi ertalab soat 4:00 dan beri progrev yozyapman
986
Hozir birdan xayolimga keldi: dunyoda gullamaydigan gullar ham bormikan? Keyin qidirdim. Ma’lum bo‘lishicha, gullaydigan o‘simliklarning har birining o‘z gullash vaqti bor ekan. Qaysidir gul doimiy gullab turadi, ba’zilari har faslda, ayrimlari esa yiliga bir marta yoki bir necha yilda bir marta gullaydi. Va bilasizmi nima? Mavjudligi davomida faqat bir martagina gullaydigan gul turlari ham bor ekan. Tasavvur qildingizmi? Yaraladi. Bir marta gullaydi. Va shu bilan hayot siklini tugatadi.
Insonlar ham shunaqa. Har bir insonning o‘z gullaydigan vaqti bor. Kimdir tashqi ko‘rinishida gullaydi, kimdir muvaffaqiyatida, kimdir sevgida, yana kimningdir qalbi gullaydi. Qachondir. Qishda, yozda, balki kuz yoki bahorda. Kimdir har faslda gullaydi. Kimdir yiliga bir marta. Yana kimdir esa butun umri davomida faqat bir marta gullaydi. Lekin juda chiroyli…
Hammamiz, albatta gullaymiz, bir marta boʻlsa ham, @kitobqalbli
986
Har safar ketayotgan joyimizda bir boʻlagimizni qoldiramiz.
Masalan, maktabdan keyin Universitetga boramiz, lekin yuragimizni bir boʻlagi shu maktabda qoladi. Bir ish joyidan boshqasiga oʻtamiz, yana yuragimizni bir boʻlagi qoladi avvalgisida. Ba’zan esa, turli sabablar bilan yashash shahrimiz yoki uyimizni o‘zgartiramiz va har safar u joylar bizdan bir bo‘lak olib qoladi.
Hech qachon muqim qola olmaymiz, har doim qayergadir ketish, nimadandir voz kechish, kim bilandir aloqani uzishga toʻgʻri keladi. Jarayon qanday kechishidan qat’i nazar, bu o‘z xohishimiz bilan bo‘ladimi yoki majburan, chiroyli xayrlashuvmi yoki nizo bilan, farqi yo‘q. Baribir, ketgan joyimizda bir parchamiz qoladi.
Natijada esa, tugab qolganimizni ham sezmay qolamiz.
@kitobqalbli
