uz
Feedback
📊

📊

Kanalga Telegram’da o‘tish
8 362
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-1067 kun
-51830 kun
Postlar arxiv
📊
8 362
Сиз буни биласизми?! • Қуръондаги энг узун сура – ал-Бақара • Қуръондаги энг қисқа сура – ал-Кавсар • Қуръонда ишора қилинган
Сиз буни биласизми?! • Қуръондаги энг узун сура – ал-Бақара • Қуръондаги энг қисқа сура – ал-Кавсар • Қуръонда ишора қилинган энг афзал ичимлик – сут • Қуръонда ишора қилинган энг афзал таом – асал • Қуръондаги энг улуғ оят – оят ал-Курси • Қуръонда зикр қилинган энг ёқимсиз ҳалол нарса – талоқ • Қуръонда келган энг узун сўз – у ила сизларни сероб қилдик • Қуръонда ишора қилинган энг афзал кеча – Қадр кечаси • Қуръонда ишора қилинган энг афзал ой Рамазон ойи • Қуръонда ишора қилинган энг катта ҳайвон – Ҳут яъни Кит балиқ • Қуръонда ишора қилинган энг кичик ҳайвон – майда чивин • Қуръонда энг афзал сура – Фотиҳа • Қуръонда энг кўп сураларни ўз ичига олган жузъ – 30чи жузъ • Қуръонда энг кўп номи зикр қилинган мева – узум👇🏻👇🏻 ㅤㅤㅤㅤ @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал.

📊
8 362
САҲОБАЛАР ИСЛОМНИ ҚАБУЛ ҚИЛГАНЛАРИДА НЕЧА ЁШДА БЎЛИШГАНЛАР. 1. Али ибн Абу Талиб - ақлларини танибоқ🍃 2. Зубайр ибн Аввам - 8 ёш🍃 3.Арқам ибн Абу Арқам - 12 ёш🍃 4.Абдуллах ибн Масъуд - 14 ёш🍃 5. Саъд ибн Абу Ваққос - 17 ёш🍃 6. Масъуд ибн Рабиа - 17 ёш🍃 7. Абдуллоҳ ибн Мазъун - 17 ёш🍃 8. Жафар ибн Абу Толиб - 18 ёш🍃 9. Қудама ибн Мазъун - 19 ёш🍃 10. Сайд ибн Зайд - 20 ёшга етмасдан🍃 11. Сухайб Румий - 20 ёшга етмасдан🍃 12. Зайд ибн Хориса - 20 ёш атрофида🍃 13. Усмон ибн Аффан - 20 ёш атрофида🍃 14. Тулайб ибн Умар - 20 ёш атрофида 15. Хаббаб ибн Арат - 20 ёш атрофида🍃 16. Саиб ибн Мазъун - 20 ёш🍃 17. Талха ибн Убайдуллаҳ - 21 ёш🍃 18. Амир ибн Фухайра - 23 ёш🍃 19. Мусъаб ибн Умайр - 24 ёш🍃 20. Миқдад ибн Асвад - 24 ёш🍃 21. Абдуллоҳ ибн Жахш - 25 ёш🍃 22. Умар ибн Хаттоб - 26 ёш🍃 23. Абу Убайда ибн Жаррох - 27 ёш🍃 24. Утба ибн Ғазван - 27 ёш🍃 25. Абу Хузайфа ибн Утба - 30 ёш атрофида🍃 26. Билол ибн Рабоҳ - 30 ёш атрофида🍃 27. Иёш ибн Рабиа - 30 ёш атрофида🍃 28. Амир ибн Рабиа - 30 ёш атрофида🍃 29. Нуайм ибн Абдуллоҳ - 30 ёш атрофид🍃 30. Усмон ибн Мазъун - 30 ёш атрофида🍃 31. Абу Салама Абдуллоҳ ибн Абд аль-Асад Махзумий - 30 ёш🍃 32. Абдуррахман ибн Анвар - 30 ёш атрофида🍃 33. Аммор ибн Ясир - 30 ва 40 ёш орасида🍃 34. Абу Бакр Сиддиқ - 37 ёш🍃 35. Хамза ибн Абдулмутталиб - 42 ёш🍃 36. Убайда ибн Харис - 50 ёш🍃 Илм урганишнинг ёш қариси бўлмайди. @Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal

📊
8 362
Bundan keyin zikring "Hu"dir. Har qanday holatda bo'lsang ham Hu zikri vojibdir tilingga. Yunusim, oshiqning tili ko'nglidir. O'zing yolg'iz ekaningda jahriy (ovoz chiqarib), ammo xalq ichida ekaningda zinhor, mahfiy aytmog'ing kerak. Chunki xalq ichida sevgilisiga baqirgan kishini telba deydilar, hatto u valiy bo'lsa ham. @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал.

📊
8 362
Шайх Шаъровий роҳимаҳуллоҳдан сўрашди: - Ўғлингиз уйланганида унга қандай насиҳат қилгансиз? Шайх деди: - Мен ўғлимга: "Ўғлим
Шайх Шаъровий роҳимаҳуллоҳдан сўрашди: - Ўғлингиз уйланганида унга қандай насиҳат қилгансиз? Шайх деди: - Мен ўғлимга: "Ўғлим! Бу қиз отасини, онасини, акасини, синглисини ташлаб ёлғиз сеники бўлиш учун келган. Сен унга эр бўлиш билан бирга уларнинг барчаси бўл!" дедим... @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал.

📊
8 362
"Dengiz ko'pigicha bo'lsa ham." Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: "K
"Dengiz ko'pigicha bo'lsa ham." Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rosululloh sollallohu alayhi va sallam: "Kim har namoz so'ngida - 33 marta "Subhanalloh" - 33 marta "Alhamdulillah" - 33 marta "Allohu akbar" deb - yuzinchisini "Laa ilaaha illallohu vahdahuu laa sharika lah, lahul mulku va lahul hamdu va huva 'alaa kulli shay-in qodiyr", deb aytsa, gunohlari dengiz ko'pigicha bo'lsa ham kechiriladi", dedilar". Imom Muslim rivoyati. @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал.

📊
8 362
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarini bilamizmi? • Har ishni boshlasangiz «Bismillah» deng. • Niyat qilsang
Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarini bilamizmi? • Har ishni boshlasangiz «Bismillah» deng. • Niyat qilsangiz «Inshaalloh» deng. • Hayratlansangiz «Subhanalloh» deng. • Maqtasangiz «Mashaalloh» deng. • Rahmat aytsangiz «Jazakalloh» deng. • Afsuslansangiz «Astag‘firulloh» deng. • Kuzatsangiz «Fiy amaanillah» deng. • Bersangiz «Fiy sabiylillah» deng. • O‘limni eshitsangiz «Innaa lillah» deng. • Aksa ursangiz «Alhamdulillah» deng. • Qiyinchilik yetsa «Yo Alloh» deng! Abdulvohid Ibrohim @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал.

📊
8 362
#Аудио Бугун кечда шу маърузани қайта тинглаб қолдим тўғриси ўкириб-ўкириб йиғладим. Росулуллохга бўлган мухаббатим камайиб кетганини сезиб нафратланиб кетдим, Роббимиздан шунчалик узоқлашиб кибрга берилганимга чидолмай кетдим. Сиз хам бақириб йиғлай оласизми хамма эшитмасаям ўкириб дардларингизни чиқариб йиғланг. Рамазоннинг 15 кечасида бўлган маъруза эди.Бу киши Наманган шахар Хомиддин қори масжиди имоми. Мухаммад Бобур Домла ━━━━━━━ ⸙ - ⸙ ━━━━━━━ 🍃АЛБАТТА ЎЗ ЯҚИНЛАРИНГИЗГА ҲАМ ТАРҚАТИНГ!!🍃 @Sof_iibrat - Ilmiy ma'rifiy kanal

📊
8 362
Din yo'lida birinchi qon to'kkan sahoba kim?
Anonymous voting

📊
8 362
FOYDАLI MАLHАM Malhamning nomi: Bugundan boshlab siqilmang! Tarkibi: «Laa ilaaha illa Аnta Subhanaka inniy kuntu minazzolimiy
FOYDАLI MАLHАM Malhamning nomi: Bugundan boshlab siqilmang! Tarkibi: «Laa ilaaha illa Аnta Subhanaka inniy kuntu minazzolimiyn». (Sendan oʼzga Iloh yoʼq, Sen poksan, albatta, men zolimlardan boʼldim.) Qoʼllash uslubi: Sajda qilgan holda oʼqilsa, taʼsiri aʼlo boʼladi. Taʼsir darajasi: «Bas, Biz uning (duosini) ijobat qildik. Unga gʼamdan najot berdik. Moʼminlarga shunday najot berurmiz» (Аnbiyo: 88 - oyat). Xos xususiyatlari: Boshqa dorilardan farq qiladi. Qalbga xotirjamlik bagʼshlaydi. Xafachilik, qoʼrquv, tashvish, asabiylikni ketkazadi. Isteʼmol qilish vaqti: Zulm, qahr, gʼamni sezganda qoʼllaniladi, natijada qalbdan hayot mashaqqatlarini siqib chiqaradi. Davolash muddati: Toʼxtovsiz aytilsa, inson faqat va faqat foyda koʼradi. Zarari haqida gap - soʼz boʼlishi mumkin emas. Muhim Eslatma: Bu malhamni boshqalarga ham isteʼmol qilishlarini tavsiya qilingiz va ulashsangiz, oʼzingizga foydasi tegadi. @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал.

📊
8 362
Bir odam bir xabar o'qiyapti va aytyaptiki: “Subhanallah” Davomini o'qidi va “Alhamdulillah” dedi. Davomida “La ilaha illalla
Bir odam bir xabar o'qiyapti va aytyaptiki: “Subhanallah” Davomini o'qidi va “Alhamdulillah” dedi. Davomida “La ilaha illallah”, o'zini yaxshi his qildi va shu tufayli “Astag'firullah” dedi. “Astag'firullah” “Astag'firullah”... “Allohga shukur” So'ngida hazrat Muhammadni ismini o'qidi va “Sallallohu alayhi va sallam” dedi. Shu so'zlarni aytib, shu vaqt ichida shu qadar ko'p savob oldi-ki... Bu insonni kimligini bilasizmi? Bu – siz! Yaxshi koʻrgan insonlaringizga yuboring.🙂 @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал.

📊
8 362
HAQIQIY MUHABBAT Bir kuni Rasululloh sallollohu alayhi va sallam Bilol roziyallohu anhuni orqa tarafidan sezdirmasdan mahkam quchoqlab oldilar. Shunda Bilol roziyallohu anhu: — Kim bu? Abu Bakr, sizmi? Umar, yoki sizmisiz? Ha, bildim, Usmon, sizmi bu? — dedilar. Shundan so‘ng Rasululloh sallollohu alayhi vasallam: — Ey Bilol, bu men ekanligimni nahot bilmadingmi? — dedilar. Bu savolga esa Bilol roziyallohu anhu: — Yo Rasululloh sallollohu alayhi vasallam, bu siz ekanligingizni boshidayoq bilgandim, lekin biroz ko‘proq quchoqlab turishingizni xohladim, — deb javob berdilar. @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал

📊
8 362
"Astag‘firulloh" kalimasi haqida bilasizmi? — Baraka istasangiz, — Solih-soliha farzand istasangiz, — Mol-dunyo istasangiz, — Halol rizq istasangiz, — Yaxshilik istasangiz, — Xotirjamlik istasangiz, — Yomonlikdan to‘silishni istasangiz Albatta istig‘for ayting, zero u tilga yengil, savobi ko‘p kalimadir. @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал.

📊
8 362
Ey Mavlono! Charchaydigan bo‘lsang, Qiynaladigan bo‘lsang, Shikoyat qiladigan bo‘lsang, "Koshki" larga sig‘inadigan bo‘lsang,
Ey Mavlono! Charchaydigan bo‘lsang, Qiynaladigan bo‘lsang, Shikoyat qiladigan bo‘lsang, "Koshki" larga sig‘inadigan bo‘lsang, So‘zni "Balki" deya boshlaydigan bo‘lsang, Ishq yo‘liga kirma! Ishq yo‘lida "Undan" qaytish yo‘qdir! Ishq senga shunday demoqda: — Yo‘limda ekansan, yo‘llaringga boshim fido bo‘lsin! Ammo sen ham shuni yaxshi bil-ki, men ham yo‘limda boshingni istayman... Sendan menga g‘azab va injiqliklar keladigan bo‘lsa, bosh ustiga! Ammo oyog‘ingga tikon botsa yo‘limda, oh-voh qilma... Ishq bilak kuchi emas, “YURAK” ishidir! Yuraging dov bermayotgan bo‘lsa, Ishq yo‘liga tushma! — Shams Tabriziy @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал.

📊
8 362
Севинч учун сабаб қидиряпсизми?.. Соғликда-омонликда тонг оттирдик. Яна бир имкон тақдим этган Аллоҳга шукурлар бўлсин!!! @So
Севинч учун сабаб қидиряпсизми?.. Соғликда-омонликда тонг оттирдик. Яна бир имкон тақдим этган Аллоҳга шукурлар бўлсин!!! @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал.

📊
8 362
RABBIM MENI JANNATGA KIRITSA NIMA QILGAN BOʻLAR EDIM?! Usmon ibn Affon raziyallohu anhuning oldilariga borib, qanday qilib bir rakʼatda Qurʼonni xatm qilardingiz?-deb soʻragan boʻlar edim. Musʼab ibn Umayr raziyallohu anhuning oldilariga borib, qanday qilib onangizning sizga yetkazgan aziyatlariga sabr qila oldingiz?-deb soʻragan boʻlar edim. Jannat bashorati berilgan oʻnta sahobaning oldilariga borib, sizlar jannatga kirishingiz haqida xabar topganingizdan keyin qanday qilib uxlay oldingiz?-deb soʻragan boʻlar edim. Hojar onamizning oldilariga borib, qanday qilib SIZ hech qanday qoʻriqchilarsiz sahroda goʻdagingiz bilan yolgʻiz oʻzingiz qola oldingiz?- deb soʻragan boʻlar edim. Bilol raziyallohu anhuning oldilariga borib, Rasulullohga aytib bergan azoningizni menga ham aytib bering, deb soʻragan boʻlar edim. Yunus alayhissalomning oldilariga borib, qanday qilib hutning qornida shuncha vaqt qola oldingiz?- deb soʻragan boʻlar edim. Ali raziyallohu anhuning oldilariga borib, qanday qilib yosh bola boʻlgan holingizda Rasulullohning oʻrinlariga u zotning yotoqlarida qoʻrqmay yotib qoldingiz?-deb soʻragan boʻlar edim. Abu Bakr Siddiq raziyallohu anhuning oldilariga borib, qanday qilib Rasululloh sallallohu alayhi vasallam vafot etganlarida koʻnglingiz boʻsh va salga yigʻlab yuboradigan kishi boʻlishingizga qaramay odamlarning oldiga chiqib sabot bilan U zotning vafotlarini eʼlon qila oldingiz?-deb soʻragan boʻlar edim. Muso alayhissalomning oldilariga borib, qanday qilib Firʼavndek zoʻravonga qarshi kurasha oldingiz va qanday qilib qavmingiz sizga bagʻritoshlik Ila “oʻzing va xudoing borib urushaveringlar” deya oldi?- deb soʻragan boʻlar edim. Umar ibn Xattobning oldilariga borib, men sizni juda ham qattiq yaxshi koʻraman, deb aytgan va u zotdan: qanday qilib Rasulullohga ashaddiy dushman boʻlib turgan holingizda u zotning asʼhoblaridan biriga aylandingiz?-deb soʻragan boʻlar edim. Yusuf alayhissalomning oldilariga borib, SIZ haqingizdagi qissa va sizning nomingizdagi sura mening qalbimdan joy olgan suradir, degan boʻlar edim. Muhammad alayhissalomning huzurlariga borib, u zot bilan koʻp va xoʻb gaplashgan boʻlar edim. U zotgan, u dunyoda sizni koʻrish nasib qilmagan edi, Allohga hamdlar boʻlsin sizni jannatda koʻrishni nasib etdi, degan boʻlar edim. Agar Rabbim menga jamolini koʻrishni nasib etsa, bilmadim unga gapira olamanmi yoʻqmi? Allohim bizlarga oʻzimiz yaxshi koʻrgan zotlar bilan jannatda birga boʻlishni nasib et. ♻️Doʻstlaringizga ham ulashing!!! @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал.

📊
8 362
#Намоз нима? Намоз – ризқни кўпайтирадиган, соғликни сақлайдиган, азиятни кўтарадиган, дардни аритадиган, қалбни кучайтирадиган, юзни ёруғ қиладиган, руҳга шодлик улашадиган, дангасаликка барҳам берадиган, бадани тетиклаштирадиган, куч бағишлайдиган, қалбни очадиган, руҳни қувватлайдиган, қалбни нурга тўлдирадиган, неъматни муҳофаза қиладиган, адоватни йўқотадиган, барака келтирадиган, шайтондан узоқлаштирадиган, Раҳмонга яқинлаштирадиган амалдир!👇🏻👇🏻 ㅤㅤㅤㅤ @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал.

📊
8 362
Sizning koʻnglingizni sindirdilarmi? Eʼtibor bermang. Javob qaytarmang! Qadar haqli javobni berajak... Agar nohaqdan qalbingizni ogʻritgan boʻlsalar... Oʻkinmang, haqqingizga malaklar duo qilajak! Siz esa badduo ham qilmang, koʻnglingizga ham olmang... Kulimsirab qoʻying... Kechib yuboring... Kechib yuboring-ki, ular hijolat tortsin! Dunyo abadiy emas, axir... Har kim oʻladi. Kimdir tuproqqa, kimdir esa yuraklarga koʻmilgay!.. — Jaloliddin Rumiy @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал.

📊
8 362
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Ikki kalima borki, tilga yengil, tarozida og‘ir va Rahmonga seviklidir: سُبْحَانَ اللهِ وَبِحَمْدِهِ سُبْحَانَ اللهِ الْعَظِيمِ، Subhaanallohi vabihamdihi, Subhaanallohil ’aziym". (Buxoriy va Muslim rivoyati). Ma’nosi: «Allohni hamd aytish bilan va ulug‘lash bilan poklayman» @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал.

📊
8 362
Birovni sevsangiz uni Allohdan istang, chunki qalblar Allohning qo'lidadir...! — Jaloliddin Rumiy @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал.

📊
8 362
Bir kuni Payg'ambarimiz sallollohu alayhi vasallam aytdilarki: "Nafsim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, bir duo bor, uni kim o‘qisa, g‘ami bor odam o‘qisa, Albatta Alloh taolo tashvishini ketkizadi". "La ilaaha illaa anta. Subhaanaka. Inniy kuntu minaz zoolimiyn" @Sof_iibrat Илмий-маърифий канал.