cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

𝐇𝐈𝐊𝐎𝐘𝐀𝐋𝐀𝐑 𝐃𝐔𝐍𝐘𝐀𝐒𝐈 | rasmiy

Bu aşkın adresi, bir çıkmaz sokak!!🎧🤍 Kişisel sayfamiz: @kongilsahifamm🪼🩵

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
318
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-47 kunlar
-1230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Shuning uchun shahdam qadamlar bilan tez-tez yura boshladim va uyga joʻnadim. HAZAL AKKAYA -Nima? Bu nima deganing? -Ha, sen keyingi nishonsan. Shuning uchun suratga tushishni toʻxtatishingni istagandim. Agar rasmlaring chiqsa, keyingi nishon sen boʻlasan va biz qotilni ushlashimiz mumkin boʻladi, lekin sening joning xatarda qoladi. Oldiniga seni oʻlja qilib qotilni tutishni oʻyladim, ammo keyin aytishga qaror qildim. Shuning uchun rasming afishalarda chiqmasin. Diqqatli boʻl, iltimos. Birinchi marta iltimos deb chin dildan aytgandi. U meni oʻylayotgandi. Balki qotilni tutishga ularga yordam bera olarman. -Sizlarga yordamim tegadimi? -Hozircha yoʻq. -Hozirning oʻzida afishalarga rasmlar chiqa boshlagani aniq-dedim unga qarab. -Nega unday deyapsan? -Ortinga qara-dedim. U oʻgirilib qaradi. Biz mashina yoniga kelgandik. Bizdan taxminan 4-5 metr uzoqlikda afishalarda rasmimni yopishtirishayotgandi. -Yoʻq, bunday boʻlishi mumkin emas-dedi u va oʻsha tomonga yura boshladi. Katta yoʻlga qarab ketayotgandi. -Evren, toʻxta-uning bilagidan ushlab toʻxtatdim. Menga oʻgirilib qaradi. -Sizga yordam berishni xohlayman. -Nima deding? -Eshitganing. Qotilni tutishda sizga koʻmaklashaman. Hech narsa topmadingizmi? -Topdik, aslida-dedi va choʻntagidan bir toʻgʻnogʻich chiqardi. -Bu nima? -Qotillik joyidan topilgan toʻgʻnogʻich. Qotilga tegishli. -Yaʼni qotil ayol kishimi? -Xuddi mendek fikrlayapsan-deb menga qarab kula boshladi. Men hech narsaga tushunmay unga qarab turaverdim. Keyin esa yana jiddiy qiyofasiga oʻtdi. -Ha, ayol kishi. Ishon buni men ham kutmayotgandim, lekin hamma narsa toʻgʻri kelyapti. Uning qotillik yoʻli ham boshqacha, ishon. Sen rostan ham xavf ostidasan. Bu ishga aralashmaganing maʼqul. -Qani, berchi-dedim uning gaplariga eʼtibor bermay. Toʻgʻnogʻichni qoʻlidan oldim. Moychechak shaklidagi kumushrang toʻgʻnogʻich edi. -Unday qilishing shart emas, rostan-dedi menga qarab va toʻgʻnogʻichni olish qoʻlimga yopishdi. Men ham tezlik bilan qoʻlimni ortimga qadadim. -Buni rasmga olishim kerak. -Nega? -Kerak boʻladi-dedim unga qarab. -Mayli, lekin bu ishga aralashmaysan. -Men allaqachon bu ishning ichidaman, Evren Tekindör-dedim unga qarab. -Nega bunday qilyapsan? -Nima qilibman? -Oʻzingga bir buyumdek munosabatda boʻlishni bas qil. Oʻzingni qadrla biroz. Boshqalarga yordam beraman deb oʻz joningni xatarga qoʻyyapsan. Bunday qilma, iltimos. -Sen nega bu qadar oʻzimni sevishim uchun harakat qilyapsan? Bergan savolimni, albatta, kutmayotgandi. Biroz yuzimga qarab toʻxtab qoldi va birdan mashinasiga qarab yura boshladi. -Kel, yalmogʻiz-dedi. -Savolimga javob bermading-dedim. -Kel deyapman-dedi. Yoniga bordim. Mashinaning eshigini ochdi va meni rulga oʻtqazdi. -Mashina haydashni bilasanmi?-dedi. -Nima? Shu ham savolmi? -Unda ketdik-dedi va mening eshigilni yopib yonimdagi oʻrindiqqa mindi. Eshikni yopganidan soʻng mashinani oʻt oldirdim va haydadim. Ustimdagi koʻylaklar rosa noqulay boʻlayotgandi. U ham buni angladi, shekilli. -Oldin bir doʻkon yonida toʻxtat. Shu ustingdagilarni almashtiraylik. Sen yalmogʻiz boʻlsang, bunaqa chiroyli koʻylaklar senga yarashmaydi-dedi. -Nega menga yalmogʻiz deysan? -Chunki yalmogʻizga oʻxshaysan. -Ha, shunaqa de. Adashmadingmi? -Yoʻq nega? -Chunki mendan chiroyli qizni hech qayerdan topolmaysan-dedim unga hazl qilib. Ichidan bir nimalar deb mingʻilladi. Nima deganini eshitolmadim. -Nima deding?-dedim. -Toʻgʻri deyapman, sendan boshqa yalmogʻizni qayerdan ham topardim, sen yagona yalmogʻizsan. -Hop, hop. Boʻldi. Boshqa hech narsa demayman-dedim. Mashinani bir chetda doʻkon yonida toʻxtatdim. Uning nima qilganini endi tushungandim. Mashina tezligiga qaradim. Men haydaydigan tezlikdan ancha yuqori edi va u mening mashinalardan qoʻrqishimni bilardi. Shuning uchun men bilan hazl qilib eʼtiborimni jalb qildi va qoʻrquvimni unutishimga yordam berdi. Eng qizigʻi, bu usuli ish bergandi. Men mashinani ilk marotaba qoʻrqmasdan haydadim. Ha, ilk marta. Mashinadan tushdik va doʻkonga kirdik. Har xil koʻylaklarni kiyib koʻrdim. Evren esa divanda oʻtirib baho berardi.
Hammasini ko'rsatish...
Bir koʻylak kiyib chiqdim. Oʻzi uzun, qora. Lekin yenglari oq. Toʻgʻri tekis tushgan. Tizzamdan ham pastda edi. Kiyib chiqdim. Chiqqan zahotim Evren yoʻq deb boshini qimirlatdi. Ufff degancha ichkariga yana bir koʻylak bilan kirib ketdim. Bu koʻylak ham oq-qora edi. Bel qismigacha oq, keyin qora va etagi yana oq edi. Yoʻq, bu ham boʻlmadi. Yana ichkariga kirib ketdim. Bu safar boʻyni boʻgʻiq bir qora koʻylak kiydim. -Yetar-dedi Evren birdan. -Nega faqat oq-qora kiyaverasan? Boshqa ranglarni ham tanla. Masalan, mening sevimli rangim yashil. Yashil koʻylak kiy. Ha, yashil-dedi birdan. Nima boʻlganini tushunmay qoldim. Keyin qoʻlimga bir koʻylakni tutqazib ichkariga itarib yubordi. Bu koʻylak ristan ham chiroyli edi. Uni kiyib chiqdim. Evren joyidan turib atrofimni aylana boshladi. Oʻzimni boshqacha his qila boshladim. Keyin qarshimda turdi va qoʻllarini zoʻr degandek harakatlantirdi. Unga jilmaydim. Keyin chiqib toʻgʻri uyga bordik. Uyim eshigigacha kuzatib bordi. Ichkariga kirdim. -Kech boʻldi, mayli xayr-dedim. Albatta, uni ketadi deb oʻylagandim. -Ha, kech boʻldi. Nima, meni ichkariga kirgizmoqchi emasmisan? -Nima? -Ha, bugun shu yerda qolaman. -Nima? Bu yerda qolaman deganing nimasi? -Nima ortiq yaqin doʻst boʻlib qoldik, shundaymi? Seni qoʻriqlash esa ham doʻsting sifatida, ham politsiyachi sifatida mening burchim. -Kerak e... -Koʻp gapirasan, yalmogʻiz. Qanchalik rad etishga urinmay, oʻzim ham qoʻrqayotgandim. Nima boʻlganda ham ortiq afishalarda rasmim bor edi va meni bugun oʻldirishga kelishlari mumkin edi. Unga kirishiga ruxsat berdim. Birga ovqatlandik. Bu rostdan ham ahmoqonadek tuyildi. Oshxonada paytim eshikning ochilganini eshitdim. Evren esa mehmonxonada oʻtirgandi. Hamma joy qop-qorongʻu edi. Ichkariga biri kirib keldi. Yuzi koʻrinmasa ham ayol kishi ekani koʻrinib turardi. Yoʻq, u boʻlishi mumkin emas...... Davomi bor...... @Hikoyalar_dunyasi🦋
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
🥀Oʻzgalar uchun🥀 13-qism. #QotilOrtidan.... -Unda nega bu yoqimsiz qizning yonidasan? -Seni ogohlantirish uchun. -Nimadan? -Bugundan boshlab ortingda bir qotil bor!!! ..... BERIL DALKIRAN Hamma narsa oʻylaganimdek ketayotgandi. Ikki haftadan beri Serkanning yalinishlari toʻxtamaydi. Hammasi rejadagiday. Lekin negadir oʻzimni yomon his qilyapman. Shu paytgacha qancha odamni aldagan boʻlsam ham bunday holatga tushmagandim. Negadir vijdonim qiynalyotgandek. Nima, menda vijdon degan narsa bormidi? Nima boʻlganda ham, nima boʻlganda ham. Sen jasur qizsan Beril. Oʻzinga kel. Nega bunday qilyapsan? Sen qachondan beri insonlarga joning achiydigan boʻlib qoldi? Beril, oʻzinga kel. Oʻzinga kel. Shuncha odamni qoʻlingda oʻynatding, qaysi biriga achinding. Serkan ham shulardan biri. Shu xayollar bilan yoʻlakning oxiriga kelganimni bilmay qolibman. Yana yarim qadamcha bossam, devorga borib urilardim, lekin urilmadim. Peshonam bilan devorning orasida kaftlarni his qildim. Issiqqina kaftlar. Boshimni koʻtarib yon tomonimga qaradim. Boshlandi. Serkan, ha, u. Meni xayollarim bilan biroz tinch qoʻysa boʻlmaydimi? Darsdan chiqishim bilan ahmoqday yugurib bir joylardan chiqib kelaveradi. Hozir ham yuzimga qarab tirjayib turibdi. -Darslaring tugadimi?-dedi menga qaragancha. -Senga nima?-dedim men ham. Unga osonglikcha oʻlja boʻlish niyatim yoʻq edi. Toʻxtang, toʻxtang. Yanglish ayttim, uni osonlikcha oʻlja qilib olish niyatim yoʻq edi!!! Ahmoq, eh, ahmoq. Ilojim boʻlsa, yoniga ham yaqinlashmas edim. -Qachon bu qoʻpol muomalangni toʻxtatasan, meni xafa qilyapsan. Men senga nima yomonlik qildim? Eh, asl yomonlikni men qilmoqchiman-ku, bu ahmoq hali ham oʻzini ayblayapti. -Hech narsa qilmading. Shunchaki, bunday yurishingni xohlamayman-dedim sal yumshab. -Men sen uchun ha.. -Bilaman, sen men uchun hamma narsaga tayyorsan. Bu gapni bir haftadan beri eshitaman. -Lekin haligacha anglay olmabsan-dedi. Yuzi soʻldi. -Nega yosh bolalarcha qiliqlar qilaverasan? -Yosh bolaman chunki. -Qoʻysangchi. Hazilkashsan, juda-dedim tabassum qilib. -Oxirida kuldira oldim. Sening bu lablaring qoʻpol gaplardan tashqari kulishni ham bilar ekan-da. -Judayam yaxshi-dedim va ahmoqlik qilganimni tushunib jiddiylashdim va burilib yura boshladim. -Senga nima desam ekan?-dedi chaynalgancha. -Choʻzib oʻtirma, ayt-da qutul. -Hop, unday boʻlsa, bugun men bilan kinoga borasanmi? Yangi film chiqibdi. -Nima?-ortimga oʻgirilgancha unga ilk bergan savolim shu boʻldi. -Hech nima. Shunchaki kinoga borishni taklif qildim. -Yoʻq. -Ha de. -Yoʻq. -Ha deb ayt. -Yoʻq. -Ha. -Yoʻq. -Yoʻq. -Ha-birdan soʻz talashishda ogʻzimdan chiqib ketgan bu gapdan soʻng oʻzimni yomon his qila boshladim. -Ana. Oxirida baribir ha deding. -Srn meni chalkashtirding. Ham, men bormasam ha deganimning nima foydasi bor. -Vaʼdang esingdami? -Men senga qachon vaʼda beribman?-dedim qoʻlimni belimga joylashtirib. -Sening va mening kursimiz qoʻshilgan paytimizda, oʻyin oʻynaganimizda, jasorat deganding. Men esa maʼqul paytda shartimni senga aytishimni aytgandim. -Fursatdan foydalanyapsan. -Yoʻq. Buni aqllilik deydilar, munchoqkoʻz. Ha, bugun aytish esimdan chiqibdi, koʻzlaring juda chiroyli. Bu gapni ham toʻxtamay aytganidan charchagandim, indamay qoʻya qoldim. -U holda, bugun oqshomga yaqin seni olishga boraman. Senga xabar yozaman. -Raqamimni qayerdan olding? -Oʻhhoʻ, rostan ham shuncha gapimdan soʻng ilk gapirganing shumi? -Javob ber. -Men hamma narsani topa olaman va sening raqamingni topish men uchun qiyin ish emas edi, ishon. -Men borma.... -Eʼtirozlar qabul qilinmaydi. Oqshom seni olishga boraman. Ha, uyingni ham bilaman. Yolgʻiz yashashingni ham, shuning uchun oilam deb bahona qilma. Yuragim. Yuragim ogʻriyapti. Oilang deyapti. Men haqimda shuncha narsani surishtiribdi-yu, oilam yoʻqligini bila olmabdimi? Toʻgʻri, hammasi ham yoʻq emas. Oʻsha ablaxdan boshqasi oʻlgan. Uni oilam deyishga ham jirkanaman. Nima boʻlsa ham. Serkanning yonida yigʻlay olmayman. Jimgina yonidan oʻtib ketdim. Orqamda hali ham menga qarab turganini his qilayotgandim.
Hammasini ko'rsatish...
Bugun yangi qism oʻqishni xohlaydiganlar bormi?😜
Hammasini ko'rsatish...
20:00 gacha top
Hammasini ko'rsatish...
Reaksiya🥺🥺🥺
Hammasini ko'rsatish...
Ishga kiyib borgan kiyimi va suratga olish jarayonidagi kiyimi.... Qanday? Yaxshi tanlanmanmi?
Hammasini ko'rsatish...
Uzuuuuuuuuun qism boʻldi. Endi esa oʻzimni kanalimdagi hikoyamni yozishim kerak. Bugun dam olish kuni deb hikoya yozish bilan kun oʻtkazyapman😜
Hammasini ko'rsatish...
-Yetar!!! Nima qilishimga oʻzim qaror beraman. Mashinani toʻxtat-dedim unga baqirib. Meni tushunmasdi. Bir sohil chetida mashinani toʻxtatdi. Men poshnalarimni qoʻlimga oldim va yalangoyoq sohilda yura boshladim. Borib koʻylakga eʼtibor bermay qumlar ustida oʻtirdim. Bir necha daqiqadan keyin yonimga biri kelib oʻtirganini sezdim va oʻsha tomonga qaradim. Evren yonimga kelib oʻtirgandi va jimgina sohilga qarayotgandi. Boyagi gʻazabidan asar ham yoʻq edi. -Nega yoʻq demading?-dedi menga oʻgirilib. -Chunki dadam shuni istadi. Men uchun har bir qilgan ishi uchun undan qarzdorman. -U sening dadang. -Sen shunday deb bil. U boshqa dadalarga oʻxshamaydi. -Nega? -Uning har bir qilgan ishi uchun minnat tuygʻusini tuyishim kerak. Toʻgʻri, dadalardan qarz boʻlinmaydi, lekin men undan qarzdorman, bir marta menga ishongani uchun. Bir marta oʻsha xotinining asl yuzini koʻrgani uchun men qarzdorman. -Oʻzingga bunday qilishni bas qil. U shunday deb oʻrnidan turdi va menga qoʻlini uzatdi. Unga qaradim va qoʻlimni uzatishning oʻrniga oʻzim oʻrnimdan turdim. -Yalmogʻiz-dedi yana. -Nima? -Yalmogʻizga oʻxshaysan. -Nega? -Shunchaki, shunga oʻxshab yoqimsizsan. -Unda nega bu yoqimsiz qizning yonidasan? -Seni ogohlantirish uchun. -Nimadan? -Bugundan boshlab ortingda bir qotil bor!!! ........ Davomi bor...... @Hikoyalar_dunyasi🦋
Hammasini ko'rsatish...
😱 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.