cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Ya_Sabran...🕊️

بِسْـــــــــــــمِ اللهِ الرَّحْمَنِ الرَّحِـــــــــــــيم. "Сизда қайсики неъмат бўлса, Аллоҳдандир". Наҳл:53.

Ko'proq ko'rsatish
Mamlakat belgilanmaganTil belgilanmaganToif belgilanmagan
Reklama postlari
179
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Ba'zida qattiq bezovtalik, kuchli sog'inch sizni qamrab oladi. Lekin siz buning sababini bila olmaysiz. • Shunchaki, o'sha lahzada dunyodagi barcha narsadan voz kechib, ana o'sha qalb talpingan maskan tomon yo'l olgisi keladi kishi. • Bu Jannat sog'inchidir! • Bu - inson Jannatdan tushganiga, va uning asl vatani Robbisi huzuriligining yana bir alomatidir. ••• Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy alayhissalom dedilar: "Alloh Taolo dedi: "Solih bandalarimga ko‘z ko‘rmagan, quloq eshitmagan, biror insonning ko‘ngliga kelmagan narsalarni tayyorlab qo‘yganman". [Buxoriy va Muslim rivoyati] @Ya_Sabrannn🕊 @Muhabbatim_Allohim_uchun_1🕊
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Layli va Majnun • Xoy, Majnun, koʻrmadingmi, namoz oʻqiyapman. Nega oldimdan oʻtyapsan.? • Uzr. Lekin men Laylining ishqida seni koʻrmay qoldim, sen Allohning ishqida, meni qanday koʻrding.? © Alisher Navoiy ... @Ya_Sabrannn🕊 @Muhabbatim_Allohim_uchun_1🕊
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Movlono Jaloliddin Rumiy uylarida yeyishga hech vaqo qolmaganini xabari bergan ayollaridan qayta- qayta so'rayveribdilar: - Hech narsa qolmadimi? -Yo'q. - Og'izga oladigan hech vaqo yuqmi? -Yo'q - Rostanmi?! Hazrati Movlono shodliklaridan yuzlari gul- gul yonib, qo'llarini duoga ochdi: - Allohim, senga hamdu sanolar bo'lsinki, uyim Rosululloh sallallohu alayhi vassallamning xonadoniga o'xshadi! ittaqilIah @Ya_Sabrannn🕊 @Muhabbatim_Allohim_uchun_1🕊
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
To’rt narsa borki, u insonda jam bo’lsa bugun savobga erishadi. Bulardan bittasiga erishgan bo’lsa jamiyatning solih insonlaridan biri bo’ladi. Bular: - to’g’ri yo’l ko’rsatuvchi din; - haqiqatni aytuvchi aql; - boriga qanoat; - uni boshqaruvchi ibo-hayo. Imom Hasan al-Basriy Hikmatlar @Ya_Sabrannn🕊 @Muhabbatim_Allohim_uchun_1🕊
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
- Robbim, agar meni Sendan uzoqlashgan holatda ko'rsang, meni go'zal qaytish ila O'zingga qaytar)🤲🏻 @Ya_Sabrannn🕊 @Muhabbatim_Allohim_uchun_1🕊
Hammasini ko'rsatish...
Sabrning Ahamiyati Payg‘ambarimiz (s.a.v.) marhamat etadilar; «Uch narsada sabr etgan kishi yuksak darajalarga yetadi: Nafsining istaklariga sabrli bo‘lganning jannatda har nafasiga Alloh uch yuz daraja beradi. Kim ibodat iztiroblariga sabr etsa, Alloh taolo o‘sha kishining sabri uchun olti yuz daraja ehson etadi. Falokat qarshisida sabr etganga Alloh yetti yuz daraja ehson aylaydi!» Muso (a.s.) Alloh taologa shunday dedilar: «Allohim! Bandangga bir falokat yoki achchiq bir xabar kelsa, o‘sha quling: «inna lillaha va inna ilayhi rojiun», deya sabr ko‘rsatsa, buning uchun unga nima ehson etasan?» Alloh marhamat etdi: «Ey, Muso! Men o‘sha qulimning har nafasiga qiyinchiligi ketguncha uch yuz daraja beraman. O’sha falokatning ustiga yana bir falokat kelsa, qulim yana sabr qilsa, yana shunday darajalarni ato etaman!» Falokat, balo va musibatlarga sabr etish kerak. Bu haqda Payg‘ambarimiz (s.a.v.) shunday deganlar: «Alloh taolo bir kishining molu joniga, farzandiga bir falokat bersa, o‘sha kishi bundan shikoyatchi bo‘lmay, Alloh taologa shukr etishda davom qilsa va ahvolidan birovga shikoyatda bo‘lmasa, Men o‘sha qulimni mahshargohda azoblashdan hayo qilaman!» Kishi o‘zi uchun nima xayrli ekanini bilolmaydigan holga tushishi, hayot va o‘lim orasida qolib, birini tanlashi kerak bo’lganida shunday deyishi lozim: «Allohim! Men uchun yashamoq xayrli bo‘lsa, sog‘lik va ofiyat ber. O’lmoq xayrli bo‘lsa jonimni ol. Mening har qanday holimni eng yaxshi bilguvchi o‘zingsan!» Yashab, yurib turganda o‘limni orzu qilish to‘g‘ri emas. Hamda Allohdan har doim xayr-yaxshilik so‘rashi lozim. O’limdan qochib qutilish mumkin emas. O’lmaslik uchun chiranish yoki o‘limni yoqimsiz ko‘rsatish foyda emas, zararlidir. Janoza xizmatida bo‘lib, dafn paytida qabrga Alloh rizosi uchun loaqal bir kurak tuproq tashlash kerak. Bir valiy zot shunday rivoyat qiladi: «Bir kishi avvalroq o‘lgan bir kishini tushida ko‘rdi. Ahvolini so‘radi. Marhum shunday dedi: «Mezon (tarozu)da savobimni tortdilar, jud yengil keldi. Shunda bir kishi kelib, savob pallamga bir kosa qo‘ydi, savob tarafi og‘irlashdi. Shundan so‘ng Alloh taolo gunohlarimni afv etdi. Men o‘sha kosa nimaligini u yerdagi farishtalardan so‘radim. Farishtalar shunday javob berdilar. «Sen bir kun bir qabrga bir kurak tuproq tashlading, O’sha xizmatingni Alloh huzurida qabul qildi. Otgan bir kurak tuproq savobi tarozining savob pallasiga qo‘yildi va savob tarafi og‘ir kelishini ta’minladi». Imom Gʻazzoliy ( Ey farzand) @Ya_Sabrannn🕊 @Muhabbatim_Allohim_uchun_1🕊
Hammasini ko'rsatish...
Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Menga juma kuni ko’p salavot aytinglar. Chunki menga har juma ummatimning menga aytgan salavoti ko’rsatiladi. Kim menga ko’p salavot aytgan bo’lsa, (qiyomatda) menga eng yaqinlardan bo’ladi” deganlar☺️ Allohumma solli a'la Sayyidina Muhammad📿😊 Allohumma solli a'la Sayyidina Muhammad📿😊 Allohumma solli a'la Sayyidina Muhammad📿😊 Allohumma solli a'la Sayyidina Muhammad📿😊 Allohumma solli a'la Sayyidina Muhammad📿😊 Allohumma solli a'la Sayyidina Muhammad📿😊 Allohumma solli a'la Sayyidina Muhammad📿😊 Allohumma solli a'la Sayyidina Muhammad📿😊 Allohumma solli a'la Sayyidina Muhammad📿😊 Allohumma solli a'la Sayyidina Muhammad📿😊 @Ya_Sabrannn🦋 @Muhabbatim_Allohim_uchun_1🦋
Hammasini ko'rsatish...
Zikr 🌿 بِسْــــــــــــمِ ﷲِالرَّحْمٰنِ الرَّحِيم Бахтли яшамоқчимисиз?! 😊 Унда сизни бахтли қиладиган зотни эслаб туринг... ㅤ ㅤ @ILMNURI_9Anonymous voting
  • Subhanollohu va bihamdihi
  • Subhanollohal aziym
  • Subhanolloh
  • Alhamdulillah
  • Allohu Akbar
  • Allohumma solli ala sayyidina Muhammad
  • La havla vala quvvata illi billah
  • Astağfirulloh
  • Astağfirulloh va attuba illayih
  • Astağfirullohil azim va attuba illayih
0 votes
Photo unavailableShow in Telegram
Alloh O‘zining muborak kalomi Qur’oni karimda biz bandalariga Nabiy sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishimiz ta’limotini berib, shunday xitob qiladi: “Albatta, Alloh va Uning farishtalari Payg‘ambarga salovat ayturlar. Ey, mo‘’minlar! (sizlar ham) unga salovat va salom ayting!” (Ahzob, 56) ✨Allohumma solli a'la sayyidina va habıbına Muhammad✨ @Ya_Sabrannn🕊 @Muhabbatim_Allohim_uchun_1
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Hakim zotdan so‘radilar: - Hayotingizda o‘qigan eng go‘zal hikmat nima? Hakim zot javob berdi: - Yetmish yildirki o‘qiyman, biroq Ibn Javziyning hikmatidan go‘zalroq hikmatni o‘qimadim: •••••••••••••••••••••••••••••••••••• "Ibodatning mashaqqati ketadi, ammo savobi qoladi. Gunohning lazzati ketadi, ammo jazosi qoladi". @Ya_Sabrannn🕊 @Muhabbatim_Allohim_uchun_1🕊
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.