Shaxzodning sahifasi
• huquqshunos • kitobsevar • tadqiqotchi • mutarjim ㅤㅤ◡̈⃝ contact: @shmirzayevofficialbot
Ko'proq ko'rsatish- Kanalning o'sishi
- Post qamrovi
- ER - jalb qilish nisbati
Ma'lumot yuklanmoqda...
Ma'lumot yuklanmoqda...
Hurmatli Shaxzod Mirzaev, CrossCulture dasturiga qiziqishingiz hamda arizangizga sarflagan vaqtingiz uchun tashakkur. Arizangiz diqqatga sazovor bölishiga qaramay, biz sizning nomzodligingizni körib chiqishni davom ettira olmaymiz.Xullasi kalom, gapimning asosiy qismiga kelsam, "nega bunaqa tajriba qilding?",- deb sörasangiz, shunaqa dasturlarda xato maʼlumotlar, avvalgi topshirilgan hujjatlar, eski xatlar bilan ariza topshirib muvaffaqiyatli ötib ketgan döstlarim bor. Bu dasturda ham shunaqa tasodiflar bölib qolar deb öyladim. Shu joyda Benjamin Franklinning zör bir gapi esimga tushdi: Honesty is the best policy. Shunday ekan, ğirromlik qilishga urinmang, hattoki öylamang ham! #talabalarga_maslahatlar @shmirzayevofficialblog
Do you worry about the effectiveness of your writing style? As emerging scholars, perfecting the craft of writing is an essential component of developing as graduate students, and yet resources for honing these skills are largely under utilized. Larry McEnerney, Director of the University of Chicago's Writing Program, led this session in an effort to communicate helpful rules, skills, and resources that are available to graduate students interested in further developing their writing style.
YLDP is a youth-led community aiming at equipping youth with necessary knowledge, skills and resources for self-growth.10-fevral kuni Mahorat&Management ofisida YLDP 10-avlod ishtirokchilari hamda dastur tashkilotchi, murabbiylari bilan ilk uchrashuv bölib ötdi. Guruhlarga bölindik, murabbiylar bilan, ularning ilmiy va kasbiy faoliyatdagi muvaffaqiyatlari bilan tanishdik. Asosiy ma'ruzachi Mirjalol aka böldi. Dastur taqdimotidan söng, har birimiz 1 daqiqalik tanishtiruv nutqi qilishimiz kerak edi. Lekin tanishtiruv 1 daqiqaga bormasdan tugadi (balkim ilk marta uchrashganimiz uchun hayajon, uyalish bölgandir). Shunga qaramay, ishtirokchilar anchayin iste'dodli, salohiyatli ekanligi sezilib turardi. Buning sababi kuchli raqobat natijasida saralanganligida deb öylayman. Murabbiylarga kelsak, moliya, ta'lim, axborot texnologiyalari, boshqaruv (management), atrof-muhit sohasidagi yetakchi mutaxasislardan tarkib topgan jamoa ekan. Masalan, - Feruza Rashidova ta'lim sohasida, - Xudoynazar Qurbonov moliyada, - Farhod Furqatov Axborot Texnologiyalari (IT)da, - Sadoqat Kaziyeva dizaynda, - Temur Ahmedov ekologiyada, - Mirjalol Mirsobitov ta'lim va boshqaruv (management)da ixtisoslashganlar. Men ta'lim va moliya sohasida tajribamni oshirmoqchiman. Ustiga ustak, kasb yönalishim ham shu sohalarga yaqinroq. Shu sababli ushbu ikkala sohani amaliyotim uchun tanladim. Amaliyot davomida böladigan mashğulotlar, yangiliklar, örgangan bilim va könikmalarim bilan sizlarni xabardor qilib boraman. @shmirzayevofficialblog