cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sinaps – ilmiy-ommabop portal

Sinaps — zamonaviy-ilmiy video, maqola va interaktiv saytlar portali. Sayt → sinaps.uz Youtube → youtube.com/@sinapsuz Instagram → instagram.com/sinaps.uz Facebook → fb.com/sinaps.uz TikTok → tiktok.com/sinaps.uz Bogʻlanish → @sinaps_admin

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 705
Obunachilar
-124 soatlar
-167 kunlar
-7530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Sayyoradagi eng katta ofis Pentagon — AQSH Mudofaa vazirligi shtab-kvartirasi. Bino beshburchak shaklida qurilgan, maydoni — 116 000 kvadrat metr. Binoda 13 ta lift, 19 ta eskalator, 7754 ta oyna bor. Yoʻlaklarning umumiy uzunligi esa 28 kilometrni tashkil etadi. Shunga qaramay, binoning shakli tufayli uning istalgan bir nuqtasidan ikkinchisiga atigi 7 daqiqada borish mumkin. @sinapsuz
Hammasini ko'rsatish...
👍 16🔥 5🤓 5
Photo unavailableShow in Telegram
🏃 100 metrga yugurish boʻyicha rekordga 15 yil! 2009-yilning 16-avgust sanasida yengil atletika boʻyicha Berlinda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yamaykalik atlet Useyn Bolt 100 metrni 9,58 soniyada yugurib oʻtadi va dunyo rekordini yangilaydi. Mana 15 yildan beri hali hech kim bu koʻrsatkichga yaqinlasha olmadi. @sinapsuz
Hammasini ko'rsatish...
👍 19 2🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Shaxboks Inglizchada Chess Boxing — gibrid sport turi boʻlib, unda sportchilar toq raundlarda shaxmat oʻynab, juft raundlarda boksga tushadi. Shaxboks boʻyicha janglar rasman 2003-yildan beri oʻtkazib kelinadi. ✹ Mavzuga doir: Shaxmat qanday paydo boʻlgan? @sinapsuz
Hammasini ko'rsatish...
👍 12😁 10🤔 3🤯 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
🇷🇴 Rumin tili Ushbu tilda faqat unli harflardan foydalangan holda ham jumla tuzish imkoni mavjud. Masalan, “Eu iau o oaie” jumlasi “Men qoʻy olaman” deb tarjima qilinadi. ✹ Mavzuga doir: Alifboni kim oʻylab topgan? @sinapsuz
Hammasini ko'rsatish...
👍 17😁 8👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
🚪 Edisonning ajoyib eshigi Buyuk amerikalik ixtirochi Tomas Edisonning uyiga kirish eshigi juda qattiq ochilgan. Uning uyiga kelgan mehmonlar nuqul hayron boʻlar, baʼzida jahllari ham chiqardi. Uning bir doʻsti hatto “Tomas, senga oʻxshagan daho yaxshiroq eshik qurib qoʻysa boʻlardi” deb aytgan. Ixtirochi javoban “Eshik oʻz vazifasini juda yaxshi bajaradi, har safar uyimga mehmon kelib, eshikni ochganda, sisternamga 20 litr suv tortib chiqariladi” deb taʼkidlagan. ✹ Mavzuga doir: Elektrni kim kashf qilgan? @sinapsuz
Hammasini ko'rsatish...
😁 34👍 11🤓 6🐳 1
Photo unavailableShow in Telegram
🥤 Tinch okeanidagi ulkan chiqindi dogʻi Tinch okeanining shimoliy qismida okeanga tashlanadigan axlat, asosan plastik, yigiʻiladigan joy bor, u chiqindi dogʻi deb ataladi. Maʼlumotlarga koʻra, bu dogʻ 1 million 600 ming kvadrat km maydonni egallaydi, bu 3,5 ta Oʻzbekiston degani. ✹ Mavzuga doir: Okeanda qancha plastik chiqindi bor? 🎥 @sinapsuz
Hammasini ko'rsatish...
🤯 18👍 5👎 4🤔 1
Photo unavailableShow in Telegram
🚖 Aylanma chorrahalar xavfsizroq Taʼkidlanishicha, aylanma chorrahalarda oddiylariga qaraganda oʻlim bilan tugaydigan avariyalar 90 foizga kamroq roʻy beradi. @sinaps
Hammasini ko'rsatish...
👍 14👏 2💯 2
🚛 Nega baʼzi yuk mashinalari orqa gʻildiraklarini koʻtaradi? Zaxira gʻildiraklar juftligini koʻtarish va tushirishni boshqaradigan maxsus mexanizm mavjud boʻlib, u “yalqov” deb ataladi. Odatda bu gʻildiraklar mashina yuk bilan toʻliq toʻlganda kerak boʻladi, qolgan paytlari haydovchi ularni koʻtarib qoʻyadi. Buning sababi, toʻrtta gʻildirakda mashina boshqarish ancha oson, yonilgʻi sarfi ham kamroq. ✹ Bunisi ham qiziq: Avtomobilni kim ixtiro qilgan? @sinapsuz
Hammasini ko'rsatish...
👍 17🔥 3👏 1💯 1
Photo unavailableShow in Telegram
✈️ 11/09/2001 sanasida havoga koʻtarilgan samolyot 2001-yil 11-sentabrda AQSHda boʻlgan terroristik hujumlar tufayli mamlakat ustidagi havo hududi toʻliq yopilgan. Ammo faqat bitta fuqarolik samolyotiga parvoz qilishga ruxsat berilgan. U ham boʻlsa zaharli taypan iloni chaqqan odamga antidot yetkazib beruvchi samolyot edi. Unga ikkita qiruvchi samolyot hamrohlik qilgan. ✹ Bunisi ham qiziq: Sayyoradagi eng zaharli ilon @sinapsuz
Hammasini ko'rsatish...
👍 23🤯 4🔥 3👏 2🐳 2
Photo unavailableShow in Telegram
🇨🇿 Pragadagi eng tor koʻcha Chexiya poytaxti Praga shahrida ikkita uy orasida eni 70 santimetrlik tor koʻcha bor. Qizigʻi, u yerga svetofor ham oʻrnatilgan, ammo u mashinalar uchun emas, balki piyodalar uchundir. Koʻchaga ikkita odam sigʻmagani sababli, u yerdan navbatma-navbat oʻtish kerak, svetofor esa aynan shuni tartiblaydi. Qaysi tarafda yashil yonsa, oʻsha tomondagilar kiradi, qolganlar kutadi. Koʻcha Karlov koʻprigi va Kafka muzeyi oʻrtasida joylashgan. @sinapsuz
Hammasini ko'rsatish...
👍 15😁 8🔥 4🤓 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.