cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Qalbimdagi sokin sadolar.......

Sardor Yo´ldosh ijodiy kanaliga xush kelibsiz ! 𝗞𝗔𝗡𝗔𝗟 15.02.2022 𝗬𝗶𝗹 𝘆𝗮𝗿𝗮𝘁𝗶𝗹𝗱𝗶 ! Murojaat uchun : @Yolgizlik0636

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
189
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-57 kunlar
-1030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

" QICHQIRIQ...." Bir tush ko´rdim.... G´ira - shira tush.... " - Uvvos solar tunda goh kimdir.... Bo´lar ko´nglim bexuzur , nohush - talvasadan ich - etim jimir...." Oy - osmonda yotar chalqancha , Aylanadi teskari dunyo . Bot - bot zimdan o´ylab qolaman - " bu... tush emas , o´ngimmikin yo ?! " G´ing demaydi daraxt shoxlari , Oynalar bor.... chilpar - chin , siniq . Kimlarningdir faryod , ohlari.... Allayoqdan kelar - QICHQIRIQ.... Qadoq - qadoq boshim g´ovlanar , Pitirlaydi mushtimdek bu - jon . Tomirlarim - lovsiz tovlanar , Jimir - jimir qaynayverar qon . Tanam ketgan lavaday qizib , Chiqarolmos ichda xilqatin . Qo´rquv ketdi yurakga chizib - " Edvard Munch " ning mungli sur´atin.... To´xtamaydi.... tong ham otmaydi , Qo´rqinch - olgan vujudim qoplab . Tovba - tovba bu tush oldida , G´am o´tolmas ostona hatlab . Ketolmayman.... Tark etolmayman.... Uyqu - olgan ko´zim torttirib . Quloqlarim yo yopolmayman - U ham shovqin solar - qichqirib.... Go´yo bo´lgan oyoq qo´lim lanj , So´zlolmayman bermoq - chun habar . Ohh , bu - tovush.... naqadar - jinkanch , Qilay deydi : qulog´imni kar.... " - BO´LDI QILING ! " " - QICHQIRMANG ! " " - YETAR ! " - deyman.... lekin , boqmas xech qiyo . ....xo´p g´alati , ....xis va tuyg´ular , ....tugab borayotganday dunyo....! Bu - ne savdo ?! Bu - ne g´alayon ?! Buncha achchiq bu - tushning ta´mi . ....tovba - tovba bormi Xudojon - " Edvard Munch " ning menda alami.... ....ko´z oldimdan ketmaydi sira , Yo keldimi jonim olgani . Alloh , Alloh hidoyating - la , Tonga yetib olsam bo´lgani.... Muallif : Sardor Yo´ldosh ✍
Hammasini ko'rsatish...

4👍 3🔥 1
00:05
Video unavailableShow in Telegram
yana bir kun o´tdi tinch va osuda , Yana ko´rsatmoqda to´lin oy yuzin . Diydor ko´rishamiz.... Ertaga Alloh , Tonglarga yetmoqni bersa gar izn ! Bugun ham tugadi , bugun ham o´tdi , Yaratib umrimiz hikoyasini . Tun osmonga oy va yulduzin sochib , Yoritib bermoqda nihoyasini.... Men uchun qadrli insonsiz sizlar , Sog´ bo´ling ! Xech narsa sizdan so´ramam . Hammangiz Allohga omonatsizlar , Sizni Alloh uchun yaxshi ko´raman ! Hammaga xayrli tun ! Sizlarni Alloh uchun yaxshi ko´raman ! Tuningiz osuda o´tsin ! Xurmat va ehtirom bilan , Sardor Yo´ldosh ✍
Hammasini ko'rsatish...
animation.gif.mp41.19 KB
🥰 5👍 3 1🙏 1
Photo unavailableShow in Telegram
#Iftorlik_vaqti Yana biroz qoldi iftor vaqtiga , Yuribsizmi omon - do´stim , charchamay ? Keling , mehmonimiz bo´ling siz uchun , Shirin , yog´liqqina bitta osh damlay....! ...ko´nglingiz nimani tusaydi , ayting , Kabob qilayinmi yoki olovga . Ey , do´stim iftorlik qilmoqlik uchun , Nima yetsin ayting tansiq polovga...! Alloh roziligi uchun tutgan ro´zagiz Alloh dargohida qabul bo´lsin !!! Xurmat bilan : Sardor Yo´ldosh ✍
Hammasini ko'rsatish...
👍 2🥰 2 1👏 1😢 1
Uzoq kutulgan tanaffusdan so´ng biz yana ijodga qaytdik...☺️🌚 **** Gulim , ketasanmi birga men bilan , Chap berib beo´xshov taqdir o´yniga . Bu dunyo - berahim , Bu dunyo - sovuq , Yaxshisi boramiz baxtning qo´yniga.... Bilaman.... yo´l - olis , manzil - noma´lum , Toliqib , yumulay deydi ko´zimiz.... Menda " baxt " uyining xaritasi yo´q - Yaxshisi.... tuzamiz - uni o´zimiz . Bizga qismat qilar ba´zan dag´ - dag´a , Odamlar - sarmastlar , biz - la ishi yo´q.... Ishqining - yig´isi yo´q , otar qah - qaha , Ishqning - bahori bor , ishqning - qishi yo´q....! ....osmon bu zaminning avzoyi buzuq , Qaylarga bormayin sershovqin , notinch . Shunchaki sababsiz , shunchaki quruq , Qiynaydi charx urib - istirob , sog´inch.... Seni ko´rmoq uchun sahrolar kezdim , Taftingsiz ming yillar o´tdi chamasi . Senla " baxt " neligin ilk bora sezdim , Sen bilan yo´qoldi dardning ta´masi.... ....bilmam , tushunmayman o´zimni - o´zim , Sensiz kunlarimda ro´shnoligim yo´q . Nega dardlar bilan tashvishim bor - u , Mening baxt bilan xech oshnoligim yo´q !? Muallif : Sardor Yo´ldosh ✍
Hammasini ko'rsatish...

5🥰 3🤩 1
Uzoq kutulgan tanaffusdan so´ng biz yana ijodga qaytdik...☺️🌚 **** Gulim , ketasanmi birga men bilan , Chap berib beo´xshov taqdir o´yniga . Bu dunyo - berahim , Bu dunyo - sovuq , Yaxshisi boramiz baxtning qo´yniga.... Bilaman.... yo´l - olis , manzil - noma´lum , Toliqib , yumulay deydi ko´zimiz.... Menda " baxt " uyining xaritasi yo´q - Yaxshisi.... tuzamiz - uni o´zimiz . Bizga qismat qilar ba´zan dag´ - dag´a , Odamlar - sarmastlar , biz - la ishi yo´q.... Ishqining - yig´isi yo´q , otar qah - qaha , Ishqning - bahori bor , ishqning - qishi yo´q....! ....osmon bu zaminning avzoyi buzuq , Qaylarga bormayin sershovqin , notinch . Shunchaki sababsiz , shunchaki quruq , Qiynaydi charx urib - istirob , sog´inch.... Seni ko´rmoq uchun sahrolar kezdim , Taftingsiz ming yillar o´tdi chamasi . Senla " baxt " neligin ilk bora sezdim , Sen bilan yo´qoldi dardning ta´masi.... ....bilmam , tushunmayman o´zimni - o´zim , Sensiz kunlarimda ro´shnoligim yo´q . Nega dardlar bilan tashvishim bor - u , Mening baxt bilan xech oshnoligim yo´q !? Muallif : Sardor Yo´ldosh ✍
Hammasini ko'rsatish...

O'zbekistonning har qanday fuqarosi Telegram premium-ni bepul olishi mumkin! http://gg.gg/19hcst
Hammasini ko'rsatish...
Ming shukur uyg´ondik , go´zal tong otdi , Allohim rizqimiz qilmasin kanda . ...ta´zim aylagancha deya " - Assalom ! " Keldi quchoq ochib , aziz seshanba !!! ....kimlar uyg´onmadi , yana kimlar sog´ , Tonglari otmoqda kimning bexuzur ?! Yelkamizdan yengil ag´darilib tog´ , Tinchgina uyg´ondik , Allohga shukur ! Sinov , mashaqqatlar bari bekormi , Shukur qilmoq kerak har bir onimiz . Ayting , nolimoqqa haqqimiz bormi ?! To´kin - sochin bo´lsa , dasturxonimiz... " - Charchadim , ishim ko´p " demang xech , aslo , Ishingiz borligi baxtdir aslida.... Kimlardir ishlaydi tinmayin hatto , Bir burda yegulik topmoq dastida...! ....yig´lagim keladi ko´zlarim yoshlab , " - ONAAA " deb sog´ingan yetim ko´yiga . " DOD " deysan hattoki ketganda tashlab , Goh ota - onasin " QARIYA UYI " ga . ....qarang solamatsiz , biram ajoyib , Boshqa ne alam bor , yana qanday dard ?! Kunda bir bo´lsa ham qo´ying jilmayib , Bilsangiz , tabassum qilmoqlik - sunnat....! Qo´ying tashvishlanmang , chekavermang " - oh " " Taqdir " degani bor , " peshona - qismat.... " Biling , rizqingizni berguvchi Alloh , Bersa bir xayr bor , bermasa hikmat ! Muallif : Sardor Yo´ldosh ✍
Hammasini ko'rsatish...

👍 5👏 2😢 2 1🔥 1
Qog´ozga termulib o´tmoqda umrim , Yuragim qalbimga qilmaydi roya . Xuddi shu alpozda tugaydi kunim , Yo kelay demaydi biron bir g´oya.... Yozaman.... Yirtaman.... Qilaman g´ijim , Asabim lanj bo´lar berolmayin dosh . Oxx urib , lovillab yonadi ichim , Shu laxta dardimni qilolmayin fosh . Yuragim zarb urib - qiladi isyon , So´ng , terang tortilib yumuladi ko´z . Xuddiki , ahvolim bo´lganday ayon , Xuddiki , yozmoqqa tugaganday so´z.... " - ....bas " deyman , yozmoqni boshlayman zimdan , Qalbim va dildagi so´zlarim bita . Va keyin , isxorlar bitgan she´rimga , Yakun yasagancha qo´yaman nuqta....! ....kim ham xohlamaydi , baxtga to´lmoqni , Tugamas dunyoning g´am - u , tashvishi . Men o´ylab topmadim shoir bo´lmoqni , Bu - Xudo xohishi , ko´nglimning ishi ! Muallif : Sardor Yo´ldosh ✍
Hammasini ko'rsatish...

👍 5 2❤‍🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Tong ham otar , bot - bot erinib , Uqalaydi quyosh yuzuni . Assalom - u , Alaykum do´stim , Saharlikga uyg´ondingizmi ? Niyyat qiling har otgan tongda , Yaratgandan va ezgu tilak.... Mo´tabar oy , bu Ramazonning - Sakkizinchi kuni muborak ! Xar otgan tong , har o´tgan kunni , Ezgu ishga qiling sarxisob . Ro´za tuting ! bir ro´zadorning - Beriladi rizqi bexisob ! Omonmisiz ? Joningiz sog´mi , Kimlargadir bu on armondur.... Saharlikga quyosh chiqmasdan , Uyg´on do´stim , g´aflat yomondur ! Xar boshlagan hayrli ishda , Iltijoyim : toping muruvvat . O´zingizni ehtiyot qiling , Alloh sizga bersin kuch , quvvat ! Assalomu Alaykum moxi Ramazonning sakkizinchi kuni muborak bo´lsin ! Alloh hammangizga kuch - quvvat bersin ! Xurmat ila : Sardor Yo´ldosh ✍ @qalbimdagisokinsadolar
Hammasini ko'rsatish...
🥰 4 2👏 2❤‍🔥 1
02:57
Video unavailableShow in Telegram
6.91 MB
👏 6❤‍🔥 2 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.