cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Aqoid asoslari

Ushbu darslardan faqat ilm yo‘lida foydalanishga ruxsat beriladi. Alloh taolo hammamizga foydali ilm bersin! Alohida savollar uchun: t.me/Aqoid_asoslari_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 757
Obunachilar
-424 soatlar
-77 kunlar
-1730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Mulohaza Kofirlar Islomga qarshi fikriy, g‘oyaviy va ilmiy bahs-munozara qilolmagach g‘irromlik va pastkashlik yo‘liga o‘tganlar. Masalan, Rasululloh sallolohu alayhi va sallamga suiqasd, tuhmat, bo‘hton, turli xil laqablar qo‘yish va qurolli jang... Bu pastkashlik Qiyomatga qadar davom etadi. Islom ulamolari doimo ilmiy bahs-munozaraga hoziru-nozirlar. Taajjub va taassuf Avvalgi kofir va mushriklar(Abu Lahab, Abu Jahl va boshqalar) dushmalik qilsa ham erkak edilar. Hech qachon ayollar va bolalarga, or-nomuslarga qo‘l va til uzatmaganlar. Bugunimiz Abu Jahllari esa birinchi birinchi or-nomuslarga tajovuzdan boshlaydilar. Johiliyat davridan ko‘ra pastkashroq kimsalar bilan Islom haqida mujodala qilishga to‘g‘ri keladi. Alloh taolo Islom va musulmonlarni aziz qilsin! @aqoid_asoslari
Hammasini ko'rsatish...
👍 19 2
#Oxirzamon_ilmi Umumiy ma‘noda kelgan hadislar "Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bizning oramizda turib, ana shu o‘rinlarida Qiyomatga qadar bo‘ladigan biron narsani qoldirmay aytib berdilar. Uni yodlagan yodladi, unutgan unutdi... ." (Huzayfa roziyallohu anhudan Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud, Ibn Hibbon(rohimahumulloh) va boshqalar rivoyat qilishgan) "Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bizning oramizda turib, yaratilmishlarning boshlanishi haqida, jannat ahli o‘z manzillariga va do‘zax ahli o‘z manzillariga kirguniga qadar bo‘lgan ishlarni aytib berdilar. Buni yodlagan yodladi, unutgan unutdi... ." (Umar roziyallohu anhudan Imom Buxoriy, Tabaroniy, Ibn Manda va Abu Nuaym (rohimahumulloh)lar rivoyat qilishgan)) "Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) bizlarga bomdod namozini o‘qib bergach minbarga ko‘tarildilar va Peshin namozigacha bizga xutba qildilar. So‘ngra tushib namoz o‘qidilar so‘ng minbarga chiqdilar va Asr namozigacha bizga xutba qildilar. So‘ngra tushib namoz o‘qidilar so‘ng minbarga chiqdilar va Quyosh botgunigacha bizga xutba qildilar. Bo‘lgan va bo‘ladigan ishlar haqida bizga xabar berdilar. Eng yaxshi biladiganimiz yodlab qoluvchirog‘imizdir." (Amr ibn Axtab roziyallohu anhudan Imom Muslim, Ahmad, Ibn Hibbon rohimahumulloh va boshqalar rivoyat qilishgan) "Rasululloh (sallolohu alayhi va sallam) tez orada mendan keyin hanot* bo‘ladi, hanot bo‘ladi va hanot bo‘ladi", dedilar. (Arfaja ibn Shurayh roziyallohu anhudan Imom Muslim, Abu Dovud, Nasoiy, Ibn Hibbon (rohimahumulloh) va boshqalar rivoyat qilishgan) *Hanot – hodisalar, fitnalar, yomonlik va fasod. Umumiy xulosa va ibratlar: 1. Habibimiz Rasululloh (sallolohu alayhi va sallam) sahobalar roziyallohu anhumga qanday mehribon, muhabbatli va jonkuyar bo‘lsalar, Qiyomatga qadar keladigan barcha ummatlariga shunday qayg‘urganlar va yaxshi ko‘rganlar... 2. Payg‘ambarimiz Muhammad (sollallohu alayhi va sallam) ogohlantirgan va xabar bergan zamon va voqealarning qaysi birida ekanimizni o‘qib o‘rgansak, Islom, Iymon va Ehson ilmiga to‘g‘ri va munosib amal qila olamiz. 3. Rasululloh (sallolohu alayhi va sallam) Alloh taoloning haqiqiy rostgo‘y payg‘ambari ekanlariga bo‘lgan iymonimiz yanada quvvatlanib, muhabbatimiz ham ortib boradi. Alloh taolo foydali ilm bersin! @aqoid_asoslari
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 5
#Mutolaa_ochilishi Ko‘p takrorlanadigan savollardan biri: Mutolaani qanday ochish mumkin?! Arab tilidagi "قرأ" so‘zi o‘qish degan ma‘noni bildirsa, "طالع" so‘zi tushunib, diqqat bilan o‘qishni anglatadi. Demak, "mutolaasi ochilgan" degan iboraning ma'nosi – matnni tushunib va to‘g‘ri o‘qiy olish malakasidir. Masalan, talaba boshlang‘ich sarf va nahvni o‘rganib, shu saviyadagi arabcha matnni o‘qib tarjima qilish va tushunishga kuchi yetsa, shu miqdorda mutolaasi ochilgan hisoblanadi. Keyingi bosqichlar ham shu zayldadir. Mutolaa ochilishi uchun nima qilishim kerak? Ayrim uslub va tajribalar: 1. Lug‘at boyligini orttirish(sinonim va antonimlarga, lug‘atlarning asli va o‘zaro farqlariga e‘tibor bergan holda). 2. Sodda matnlardan boshlab yozma tarjima qilish. 3. Sodda matnlarni yozma tarkib qilish. Jumlalarni murakkablashtirib borasiz. 4. O‘z saviyangizdagi matnlarni mutolaasi ochilgan, malakali insonga o‘qib berasiz. Xato va kamchiliklaringizni tuzatib, sarf va nahvdagi qoidalarni tatbiq qilasiz. 5. Quyidagi malakalarni bir xil rivojlantirish: 5.1. Insho(fikrlab yozish); 5.2. Eshitib tushunish; 5.3. Gapirish; 5.4. Qoida; 5.5. Tarjima(arab tilidan o‘zbek tiliga va aksincha). Ko‘pchililigimiz bu tajribalarni biladi. Lekin, qanday va nimalardan boshlashni bilmaydi... Siz qanday fikrdasiz? @aqoid_asoslari
Hammasini ko'rsatish...
👍 13 3
Mulohaza بسم الله الرحمن الرحيم Kofirlar*ning e‘tiqodlari turlicha bo‘lsa-da, havoi nafslariga zid bo‘lgan Islomni batamom yo‘q qilish degan maqsadda birlashib, hujum qilmoqdalar. Binobarin kufr yagona millatdir. Biz musulmonlarning e‘tiqod va maqsadimiz bir bo‘lsa-da, millatchilik va tarafkashlik** ila himoyalanyabmiz. Aslida, millatimizni aziz va sharafli qilgan Islomimiz edi. Kofirlarning eng qo‘rqadigan narsalaridan biri ham millat va davlatlarimiz bilan emas Islom va iymonimiz ila faxlanishimiz va Unga amal qilishimizdir. (*Kofirlar – ahli kitob bo‘lgan yahudiy va nasroniylar, ilohiy kitobi bo‘lmagan buddist, hinduiy, ateist, mulhid, zindiq va boshqalar.) (**Bunisi arab, boshqasi turk, kurd, o‘zbek va hokazo.) @aqoid_asoslari
Hammasini ko'rsatish...
👍 8
Sir Asrlar davomida darslik va mutolaa kitobi bo‘ladigan kitoblarning ikkita siri bor: 1. Muallifning ixlos va muhabbati; 2. Puxtalik. @aqoid_asoslari
Hammasini ko'rsatish...
👍 20
Sir Rivojlanish siri: 1. Maqsadni belgilash; 2. Unga olib boradigan reja va tartib tuzish; 3. Har qanday holat(dangasalig-u erinchoqlik, oliyhimmatli-yu shavq-u zavq)da tartib va rejaga qat‘iy amal qilish. @aqoid_asoslari
Hammasini ko'rsatish...
👍 21🤝 1
Noor_Book_com_نبوءات_الرسول_صلى_الله_عليه_وسلم_دروس_وعبر_2_.pdf42.12 MB
👍 8
O‘n bitta fasl(bob)da keltirilgan 163ta mavzuning barchasi. Har biri bilan qisqacha tanishib boramiz in shaa Alloh. Alloh taolo ushbu ishimizni xayrli qilsin va oxiriga yetishini ham nasib etsin! @aqoid_asoslari
Hammasini ko'rsatish...
👍 19
👍 6
👍 5
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.