uz
Feedback
Hakim Shoshiy

Hakim Shoshiy

Kanalga Telegram’da o‘tish

O'qi, olim bo'l! Tolibi ilm sahifasi @tarjima_mahorati

Ko'proq ko'rsatish
6 424
Obunachilar
+3824 soatlar
+1287 kunlar
+20830 kunlar
Postlar arxiv
So’raganlarga: - Loyihada qatnashish bepul, doim shunday bo’lgan. Shu sababli o’quvchi soni ham cheklangan. Ba’zan 300 ta olsak, ba’zida hozirgi kabi 70 ta. - Talab bo’layotgan bo’lsa loyiha davom etaveradi, tez-tez ochiladi.

Diqqat, "Yuz hadis 6.0” loyihasiga qo'shilmoqchi bo'lganlar: Eslatma: - Loyihaga qabul bo'lish uchun eng kamida "Durusul lug'ah" 1-kitob darslarini o'qigan yoki shu darajadagi bilimda bo'lish talab etiladi. - Guruhga qo'shilish sharti, profilida ismi yozilgan bo'lishi. Nuqta vergul, gulchalar qabul qilinmaydi. - Erkaklar uchun guruh - Ayollar uchun guruh

"Yodlashga yuz hadis" loyihasi 6.0 Buxoriy va Muslimdagi yodlashga oson 100 hadis jamlangan bir risola bor. Istaganlar bilan har kuni yoki kun ora o'sha risoladan bittadan hadis o'rganamiz. Bunda: ▪️Hadis yodlanadi; ▪️ Tarjima qilinadi; ▪️ Ma'nosi tushuniladi; ▪️ Hadisdan foydalar olinadi. - Loyihaga qabul bo'lish uchun eng kamida "Durusul lug'ah" 1-kitob darslarini o'qigan yoki shu darajadagi bilimda bo'lish talab etiladi. - Qabul uchun havola juma (03.07.26) kuni tashlanadi; Telegram | YouTube

وَكَانَ أَبُوهُمَا صَالِحًا Ota-onasi solih kishilar edi... [oyat]
Kishi bolasiga qiladigan eng katta yaxshiligi - o'zi solih, yaxshi inson bo'lib berishidir. Kahf surasida, ikki yetim bolaning hikoyasi keladi. Ularning ota-onasi erta vafot etib ketishgan, biroq solih insonlar bo'lganligidan, u ikki yetimning xizmatiga Alloh taolo o'zining buyuk payg'ambarlarini yuborib qo'yadi. Muso va Xizr alayhimussalomlar yetimlarning nurab qolgan devorini borib ta'mirlab kelishadi. Subhanalloh... Siz o'lib ketgan bo'lsangiz ham bolangizga yaxshiligingiz yetib turishini istaysizmi, solih bo'ling! Yo'lda mashina orqasidagi "Vaka:na abu:huma soliha" so'zini ko'rib, zehnga kelgan fikrlar... Telegram | YouTube

من طلب العلم ليجاري به العلماء، أو ليماري به السفهاء، أو يصرف به وجوه الناس إليه، أدخله الله النار رواه الترمذي [صحيح لغيره]
Kimniki ilm olishdan maqsadi: - Olimlar bilan bahslashish; - Yoki johillar bilan talashish; - Yoki odamlarni o'ziga qaratish bo'lsa, Alloh uni do'zaxga kiritadi. [Hadis] Telegram | YouTube

G’amni ketkazish duosi [qoradagisi]:
ما قال عبدٌ قطُّ إذا أصابه هَمٌّ أو حُزْنٌ : اللَّهمَّ إنِّي عبدُكَ ابنُ عبدِكَ ابنُ أَمَتِكَ ناصِيَتي بيدِكَ ماضٍ فيَّ حُكْمُكَ عَدْلٌ فيَّ قضاؤُكَ أسأَلُكَ بكلِّ اسمٍ هو لكَ سمَّيْتَ به نفسَكَ أو أنزَلْتَه في كتابِكَ أو علَّمْتَه أحَدًا مِن خَلْقِكَ أوِ استأثَرْتَ به في عِلمِ الغيبِ عندَكَ أنْ تجعَلَ القُرآنَ ربيعَ قلبي ونورَ بصَري وجِلاءَ حُزْني وذَهابَ همِّي إلَّا أذهَب اللهُ همَّه وأبدَله مكانَ حُزْنِه فرَحًا ) قالوا : يا رسولَ اللهِ ينبغي لنا أنْ نتعلَّمَ هذه الكلماتِ ؟ قال : ( أجَلْ، ينبغي لِمَن سمِعهنَّ أنْ يتعلَّمَهنَّ )
Ma'nosi: "Qaysi bir banda g'am yoki qayg'u chekkan paytida: 'Allohim, men Sening bandangman, bandangning o'g'liman, cho'ringning o'g'liman. Peshona sochim Sening qo'lingda, hukming menga nofiz, qazoing menga adolatli. Sendan o'zing nomlagan, yoki kitobingda tushirgan, yoki maxluqlaringdan biriga o'rgatgan, yoki o'zing g'ayb ilmingda saqlab qo'ygan har bir isming haqi ila so'rayman: Qur'onni qalbimning bahori, ko'zimning nuri, g'amimning tarqatuvchisi va tashvishimning ketkazuvchisi qilgin' — deb duo qilsa, Alloh albatta uning g'amini ketkazadi va o'rniga sevinch beradi." Sahobalar: "Yo Rosululloh, biz bu so'zlarni o'rganishimiz kerak ekanda?", deyishdi. U zot: "Ha, eshitgan har bir kishi uni o'rganishi lozim" — dedilar. [Ahmad rivoyati] Duoni arabchasini o'qishni bilmaydiganlar izohlar qismidan topishadi.

G’amni ketkazish duosi [qoradagisi]:
ما قال عبدٌ قطُّ إذا أصابه هَمٌّ أو حُزْنٌ : اللَّهمَّ إنِّي عبدُكَ ابنُ عبدِكَ ابنُ أَمَتِكَ ناصِيَتي بيدِكَ ماضٍ فيَّ حُكْمُكَ عَدْلٌ فيَّ قضاؤُكَ أسأَلُكَ بكلِّ اسمٍ هو لكَ سمَّيْتَ به نفسَكَ أو أنزَلْتَه في كتابِكَ أو علَّمْتَه أحَدًا مِن خَلْقِكَ أوِ استأثَرْتَ به في عِلمِ الغيبِ عندَكَ أنْ تجعَلَ القُرآنَ ربيعَ قلبي ونورَ بصَري وجِلاءَ حُزْني وذَهابَ همِّي إلَّا أذهَب اللهُ همَّه وأبدَله مكانَ حُزْنِه فرَحًا ) قالوا : يا رسولَ اللهِ ينبغي لنا أنْ نتعلَّمَ هذه الكلماتِ ؟ قال : ( أجَلْ، ينبغي لِمَن سمِعهنَّ أنْ يتعلَّمَهنَّ )
Ma'nosi: "Qaysi bir banda g'am yoki qayg'u chekkan paytida: 'Allohim, men Sening bandangman, bandangning o'g'liman, cho'ringning o'g'liman. Peshona sochim Sening qo'lingda, hukming menga nofiz, qazoing menga adolatli. Sendan o'zing nomlagan, yoki kitobingda tushirgan, yoki maxluqlaringdan biriga o'rgatgan, yoki o'zing g'ayb ilmingda saqlab qo'ygan har bir isming haqi ila so'rayman: Qur'onni qalbimning bahori, ko'zimning nuri, g'amimning tarqatuvchisi va tashvishimning ketkazuvchisi qilgin' — deb duo qilsa, Alloh albatta uning g'amini ketkazadi va o'rniga sevinch beradi." Sahobalar: "Yo Rosululloh, biz bu so'zlarni o'rganishimiz kerak ekanda?", deyishdi. U zot: "Ha, eshitgan har bir kishi uni o'rganishi lozim" — dedilar. [Ahmad rivoyati] Duoni arabchasini o'qishni bilmaydiganlar izohlar qismidan topishadi.

Kitobimni suniy intellektga o’qitishibti shogirdlar. Baraka topishsin. Kamchiliklari bor albatta. O’sish ham bor.

Payg’ambarlar qissalarini o’rganishda eng muhim foydalardan biri - boshingizga qanday musibat tushsa, xuddi shunday musibat payg’ambarlardan biriga ham tushganini bilasiz. Payg’ambarlar ichida farzandidan ayrilganlari ham bor. Yetim o’sganlari ham bor. Bolasi noqobil chiqqani ham, otasi uyidan quvgani ham, kasalga mubtalo bo’lgani ham, qamoqda yillab qolgani ham bor. Bizdan faqat u qissalarni o’qish va o’rnida esga olish.
Batahqiq ularning qissalarida aql egalari uchun ibratlar bor edi. [12:111]

Qurbon hayiti muborak bo’lsin! 🎊🥳🎉

Nabiy ﷺ dan arafa kunining ro’zasi haqida so’raldi va u zot: “O’tgan va kelasi yilgi [gunohlarga] kafforat bo’ladi” Muslim ri
Nabiy ﷺ dan arafa kunining ro’zasi haqida so’raldi va u zot: “O’tgan va kelasi yilgi [gunohlarga] kafforat bo’ladi” Muslim rivoyati, 1162-hadis.

Nabiy ﷺ dan arafa kunining ro’zasi haqida so’raldi va u zot: “O’tgan va kelasi yilgi [gunohlarga] kafforat bo’ladi” Muslim ri
Nabiy ﷺ dan arafa kunining ro’zasi haqida so’raldi va u zot: “O’tgan va kelasi yilgi [gunohlarga] kafforat bo’ladi” Muslim rivoyati, 1162-hadis.

- Alloh gunohlaringni satr qilayotgani gunohda bardavom bo’lishingga aldab qo’ymasin. - Iching tashingdan yaxshiroq bo’lsin. Yaxshiroqmi?

#Muhim kunlar kelyabti #Zulhijjaning avvalgi o'n kuni Mo'minlar solih amal qilishga yanada shoshiladigan kunlar. Chunki bu kunlarda qilingan solih amal Robbimizga boshqa kunlarda qilingan amaldan mahbubroqdir. Quyidagi hadisga qarang!
عن ابن عباس رضي الله عنهما، عن النبي صلى الله عليه وسلم قال: مَا مِنْ أَيَّامٍ الْعَمَلُ الصَّالِحُ فِيهَا أَحَبُّ إِلَى اللَّهِ مِنْ هَذِهِ الْأَيَّامِ يَعْنِي أَيَّامَ الْعَشْرِ ، قالوا يا رسول الله: ولا الجهاد في سبيل الله؟ قال: وَلَا الْجِهَادُ فِي سَبِيلِ اللَّهِ، إِلَّا رَجُلٌ خَرَجَ بِنَفْسِهِ وَمَالِهِ فَلَمْ يَرْجِعْ مِنْ ذَلِكَ بِشَيْءٍ رواه البخاري (969)، وأبو داود (2438) – واللفظ له –، والترمذي (757)، وابن ماجة (1727).
Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Bu kunda solih amallar Allohga mahbub bo’lganichalik boshqa biror kun yo’qdir, ya’ni Zulhijjaning avvalgi o’n kunichalik”, dedilar. Ular: “Ey Allohning Rosuli Alloh yo’lidagi jihoddan ham (afzalmi)?” deyishdi. U zot: “Alloh yo’lidagi jihoddan ham afzal, magar joni-yu moli bilan chiqib shularning hech biri bilan qaytmasa bundan mustasno. (Ya’ni o’n kundagi amal mana shu turdagi jihoddangina afzal bo’lolmaydi) Modomiki ushbu kunlardagi yaxshi amallar Robbimizga suyukliroq ekan, amallarni ko'proq qilib qolaylik: - Duo - Namoz - Ro'za - Sadaqa - Urushganlarni yarashtirib qo'yish Xossatan, butun dunyodagi mazlumlarga najot so'rab duo qilishni ko'paytiraylik. Zero, bu (duoyimiz) ularga dunyoda olovdan najot bo'lsa, oxiratda biz uchun olovdan najot bo'lishi mumkin. Telegram | YouTube

Voqe’likni tahlil qilib kelajakda nima bo’lishini “doim” topib beradigan insonlar bor. Aslida ular shunchalik ko’p gaplarni gapirib tashlashganki tekshirib ko’rilsa gaplarining aksari to’g’ri chiqmaydi. Biroq hech kim tekshirmaydida. O’sha yuztadan bitta to’g’ri topgan gapiga ergashib ketadi. Bular huddi Nabiy ﷺ qaytargan kohinlarga o’xshaydi-ki, ular ham jinlarda eshitib olgan osmon xabrlarini ko’pirtirib, yoniga yuzta yolg’onni qo’shib gapirishardi. Osmondan kelgan bitta xabarni to’g’ri chiqqanini ko’rib, qolgan yuzta yolg’oniga ham ishonib ketishardi. [Buxoriy, 4701] Masalan bugun chiqib turib “dollar qulaydi” desam, ertaga chiqib turib “dollar mustahkam” desam. Aniqki bitta gapim to’g’ri chiqadi. G’ofillar esa meni daho deb o’ylaydi. Shundaylardan biri Professor Jiang. Bugungi bo’layotgan ishlar haqida 5-6 yil avvalgi videolarida gapirib qo’ygan ekan. Boshida qoyil qolgandim. Keyin qiziqsam gapirmagan gapi yo’q ekan u insonni. Muhammad ﷺ ni ham “yahudiylar proyekti” bo’lgan debti. Yana qiziqsam aslida professor ham emas ekan) Xullas shunaqa. Kimning gapi ko’p bo’lsa xatosi ko’p bo’ladi. Professor Jianglar esa kam emas.

عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ نَحْوَهُ. يَعْنِي " لَوْلَا بَنُو إِسْرَائِيلَ لَمْ يَخْنَزِ اللَّحْمُ، وَلَوْلَا حَوَّاءُ لَمْ تَخُنْ أُنْثَى زَوْجَهَا ". متفق عليه
Banu Isroil bo’lmaganida go’sht aynimasdi. Havvo bo’lmaganida ayol eriga xiyonat qilmasdi. [Hadis]
Sharh: Banu Isroil o’zining osiyligi tufayli qirq yil dashtu sahroda sargardon bo’lib yurgan. O’sha asnoda ular Muso alayhissalomdan: “Duo qil, Alloh osmondan taom tushirib bersin”, deb talab qilishgan. Shunda Alloh taolo osmondan bedana tushirgan hamda ularga har kunlik rizqlari berilishini va’da qilgan va: “Hech kim ovqatni saqlamasin”, deb amr qilgan. Ammo Banu Isroil osiylik qilgan va go’shtni ertangi kun uchun g’amlab qo’ygan. Shunda alloh taolo ularga iqob o’laroq go’shtni ayniydigan qilib qo’ygan. Bundan avval go’shtda aynish xususiyati bo’lmagan. Hadisda anashu hodisaga ishora qilinmoqda. Havvo onamiz esa Odam alayhissalomni man qilingan daraxtdan yeyishga undaganlar. Bu yerda Havvo onamizning o’zlari ham adashib, Odam alayhissalomni ham gunohga boshlaganlari u kishiga nisbatan xiyonat deb baholanmoqda. Hadisdan olinadigan foyda: Insonlarning solihligi yoki fosidligi nafaqat o’ziga balki o’zidan keyingilarga ham ta’siri bor ekani. Biroq bu ta’sir kishini o’sha xato ishga majburlamaydi. O’sha xatoni qilgan odamni javobgarlikdan ham qutiltirmaydi. Balki hamma o’z qilmishiga javob beradi. O’g’ri odam “Bu mening qonimda bor. Shu sabab bu ishni qilib qo’ydim. O’z ixtiyorim bilan qilmadim. Menda ayb yo’q” degan gapi o’tmaydi. Avvalgilarning qilmishi keyingilarga ta’siri bo’lsada lekin majbur qilmaydi.
Telegram | YouTube

Idealiga harakat qilaverish ishlarni orqaga suradi.
طلب الأكمل يؤخر الأمور

#Imlo Qachon ٱ vasliy hamza أ qat’iy hamzaga aylanadi? 1. So’zimiz fe’ldan atoqli otga aylansa:
- “Ek” buyruq fe’li (ٱزْرَعْ) - Inson yoki joy nomi (إزْرَعْ)
2. Ma’rifani bildiruvchi alif-lom yakka o’zi alohida aytilgan payt:
- So’zimizga “أل" kirsa ma’rifa bo’ladi.
3.Agar “الله" lafzidan oldin nido kelib qolsa:
يا ألله - Ey Alloh
Telegram | YouTube

عَنْ أَبِي أَيُّوبَ الْأَنْصَارِيِّ رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ، أَنَّهُ حَدَّثَهُ، أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ : " مَنْ صَامَ رَمَضَانَ، ثُمَّ أَتْبَعَهُ سِتًّا مِنْ شَوَّالٍ، كَانَ كَصِيَامِ الدَّهْرِ ".
Rosululloh ﷺ aytdilar: “Kim ramazon ro’zasini tutsayu, so’ngra shavvolning olti kunini ergashtirsa butun umr ro’za tutgandek bo’ladi. [Muslim rivoyati] Alloh taolo gar qanday amalni 10 barobar ko’paytirib berishini aytgan [6:160]. Ramazondagi 30 kun ro’zani ajri 300 kunlik qilib ko’paytirilsa, undan keyingi 6 kun shavvol ro’zasi 60 kun bo’lsa, 300+60=360 bo’ladi. Qamariy yil esa 354 kundan iborat. Demak yil bo’yi tutilgan ro’za ajriga ega bo’linadi. Ulamolar shu hadisga ko’ra shavvol oyi ham ramazondek ajrga ega ekanini aytishadi.

Savol: Qaysi nafl ibodatga huddi farz amalning savobidek savob beriladi?