cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

𝗡𝗮𝗺𝗠𝗤𝗜 | Yoshlar Ittifoqi

Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Namangan muhandislik-qurilish instituti Boshlangʻich tashkiloti yangiliklari! NamMQI yoshlarining muammolariga oid nima taklif, ariza va shikoyatlaringiz boʻlsa murojaat qilishingiz mumkin! @NamMQI_YI_Murojaat_bot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 726
Obunachilar
-324 soatlar
-1957 kunlar
-59530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

01:58
Video unavailableShow in Telegram
Yoshlar oqshomi tashkil etildi Namangan muhandislik-qurilish instituti 1-sonli Talabalar turar joyida Talabalar ligasi musobaqasining final bosqichi ishtirokchilari uchun Yoshlar oqshomi tashkil etildi. Yoshlar uchun tashkillangan koʻngilochar dasturda taqdim etilgan qiziqarli oʻyinlar, shoʻx kuy-qoʻshiqlar barchaga birdek manzur keldi. 📌Rasmiy sahifalarimiz:  Telegram|Facebook|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 2 2❤‍🔥 1🎉 1
Talabalar turar joyi "Qalqon" guruhi nazoratida... Namangan muhandislik-qurilish instituti inspektori Sirojiddin Shergʻoziyev "Qalqon" guruhi aʼzolari bilan suhbat oʻtkazib, kerakli maslahatlar va topshiriqlar berdi. Kunlik navbatchilik asosida faoliyat yuritayotgan guruh aʼzolari Talabalar turar joyidagi osoyishtalikni saqlashga katta hissa qoʻshib kelishmoqda. Ayniqsa, shu kunlarda institutda Talabalar ligasi musobaqasining final bosqichi ishtirokchilari borligini inobatga olgan holda, guruh aʼzolariga tartib-intizom qoidalariga toʻla rioya qilish, qavatlardagi holatlarni oʻrganish vazifalari yuklatildi. 📌Rasmiy sahifalarimiz:  Telegram|Facebook|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 2❤‍🔥 2 1👏 1👌 1🏆 1
04:41
Video unavailableShow in Telegram
Talabalar ligasi Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti nigohida Ayni damda boʻlib oʻtayotgan Talabalar ligasi musobaqasining voleybol boʻyicha (oʻgʻil bolalar oʻrtasida) final bosqichida Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti yetakchisi Diyorbek Soataliyev bevosita ishtirok etib, jarayondan lavha tayyorladi. Videorolik davomida musobaqa bosh hakami Farhod Alimov va ishtirokchi yoshlarning musobaqa yuzasidan fikr-mulohazalarini koʻrishingiz mumkin. 📌Rasmiy sahifalarimiz:  Telegram|Facebook|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
1❤‍🔥 1👍 1 1👏 1👌 1
00:43
Video unavailableShow in Telegram
NamMQI mehmondoʻstlik anʼanalarini qadrlaydi Talabalar ligasi musobaqasining respublika bosqichi ishtirokchilari institut vakillari tomonidan bayramona tarzda kutib olindi. Kechki ovqat vaqtida har bir hudud ishtirokchilari uchun alohida stollar bezatilib, milliy taom—osh tortiq qilindi. Hududlardan kelgan jamoalarga institutning koʻngilli yoshlaridan iborat—Volontyorlar guruhi koʻmaklashmoqda. 📌Rasmiy sahifalarimiz:  Telegram|Facebook|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 3 2❤‍🔥 1🎉 1👌 1
Photo unavailableShow in Telegram
Talabalar ligasi musobaqasining oʻgʻil bolalar oʻrtasida voleybol turi boʻyicha qurʼa natijalari
A guruh Namangan viloyati Samarqand viloyati Farg’ona viloyati
B guruh Toshkent shahri 2 Qashqadaryo viloyati Toshkent shahri 1 Buxoro viloyati
C guruh Xorazm viloyati Toshkent viloyati Qoraqalpog’iston Respublikasi Jizzax viloyati
D guruh Andijon viloyati Sirdaryo viloyati Surxondaryo viloyati Navoiy viloyati
📌Rasmiy sahifalarimiz:  Telegram|Facebook|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 2❤‍🔥 1👏 1🎉 1
00:47
Video unavailableShow in Telegram
Talabalar ligasi musobaqasining final bosqichi ishtirokchilari kutib olindi Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi voleybol boʻyicha Talabalar ligasi musobaqasining final bosqichi Namangan muhandislik-qurilish institutida boʻlib oʻtishi belgilangan. Shu munosabat bilan respublikaning barcha hududlaridan tashrif buyurgan ishtirokchilar institut vakillari tomonidan kutib olinib, Talabalar turar joyiga joylashtirildi. Batafsil 3 ta tildagi maʼlumotni Gulziyo Sotiboldiyeva va Mushtariy Toshkenbayevalarning videosi orqali bilib olishingiz mumkin. 📌Rasmiy sahifalarimiz:  Telegram|Facebook|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 3 1❤‍🔥 1 1👏 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
TAKLIFNOMA Hurmatli institut jamoasi, qadrli talabalar va shahrimiz mehmonlari! Siz azizlarni institutimizda amalga oshirilayotgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “HISOBOT KONSERTI” musiqali va ma’rifiy tadbirimizga kamoli ehtirom ila taklif etamiz! Tadbirimiz 2024-yil 22-may kuni soat 16:00 da “Afsonalar vodiysi” tematik bog‘ida boshlanadi. Marhamat, tashrif buyuring va miriqib hordiq chiqaring! Sizni davramizda ko'rishdan mamnun bo'lamiz! 📌Rasmiy sahifalarimiz:  Telegram|Facebook|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 3👏 2❤‍🔥 1 1👌 1🏆 1
Institut 45 yilligiga bagʻishlangan ilk konsert dasturi boʻlib oʻtdi Xalqaro Gullar festivali doirasida Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan iqtidorli talaba Muhammadyusuf Moʻminovning institut 45 yilligiga bagʻishlangan yakkaxon konsert dasturi boʻlib oʻtdi. Konsertni institut rektori Sharifjon Ergashev ochib berdi va oliygoh maʼnaviy-maʼrifiy hayotida olib borilayotgan amaliy ishlar hamda ularning natijalari yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirdi. Musiqiy dasturga institut rahbariyati, professor-oʻqituvchilar, talabalar, shuningdek, Namangan davlat universiteti, Namangan davlat chet tillari instituti yoshlari ham tashrif buyurishdi. Konsert davomida institut QVZ jamoasi tomonidan chiqishlar namoyish etildi. Ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar va sahna koʻrinishlari muxlislarda oʻzgacha taassurot uygʻotdi. Yakunda tashkilotchi va ishtirokchilar institut rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. 📌Rasmiy sahifalarimiz:  Telegram|Facebook|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 3👍 3 1👏 1👌 1🏆 1
Photo unavailableShow in Telegram
Muhandislik kommunikatsiyalari fakultetiga koordinator saylandi Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti Yoshlar kengashi xulosasiga koʻra, Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti 1-bosqich talabasi Jasurbek Rustamov fakultet koordinatori etib saylandi. 👨‍🎓Jasurbek Rustamov saylovga qadar: ✅Institut Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkilotining faol aʼzosi sifatida faoliyat olib borgan. Murojaat uchun: 📱+998882722722 📝@JASURBEK_272 👨🏻‍💻Murojaatlaringiz eʼtibordan chetda qolmaydi. Institutimizni birgalikda yuksak marralarga eltamiz! 🔍Rasmiy sahifalarimiz:  Telegram|Facebook|Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 7🎉 2👌 2🏆 2👏 1🤝 1
Photo unavailableShow in Telegram
🟥🟥🟥🟥🟥🟥 🎼 Konsert dasturiga marhamat! 🎙 Namangan muhandislik-qurilish institutining 45 yilligiga bagʻishlab, Xalqaro Gullar festivali doirasida Yoshlar ittifoqi Boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan iqtidorli koordinator Muhammadyusuf Moʻminovning yakkaxon konserti boʻlib oʻtadi. 💬 Konsertda koʻngilochar dasturlar, milliy raqslar va qiziqarli oʻyinlar tashkil etilishi koʻzda tutilgan. 🎼 Dastur mehmonlari: Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi viloyat boʻlimi rahbari Orifjon Ergashev, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Mehrixon Abdullayeva, qator tashkilot rahbarlari, xalq ardogʻidagi sanʼatkorlar ⏰ Konsert dasturi 21-may kuni, soat 13:30da, 5-oʻquv binosidagi faollar zalida boʻlib oʻtadi.
🗣Barchangizni konsert dasturida kutib qolamiz!
💻Rasmiy sahifalarimiz: 🚀Telegram|🔵Facebook|📷Instagram
Hammasini ko'rsatish...
👍 6 2❤‍🔥 1👏 1🎉 1👌 1🏆 1