cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

💖AYOL QALBI💖

🌟PSIXOLOG SABOXAT NISHONOVA 💫INDIVIDUAL ONLAYN VA OFFLAYN KONSULTATSIYALAR UCHUN 👇 MUROJAAT 👉 @qalb_nuri_manager

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
493
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
Bir kishi Ibn Haldundan so’radi: “Farzandlarimizga qanday tarbiya beraylik?” Ibn Haldun unga shu javobni berdilar: “Farzandlaringizga tarbiya berishga harakat qilmang. Chunki ular shundoq ham sizga o’xshaydilar. O’zingizni tarbiya qiling yetarli”.
Hammasini ko'rsatish...
Insonlar bir yomon harakatingiz bilan barcha yaxshiliklaringizni unutishadi. Alloh esa bir tavbangiz bilan barcha gunohlaringizni o'chiradi. Tundalik
Hammasini ko'rsatish...
Ba'zan "jinni"ni yoqvolish qalbing kamroq og'rishiga olib keladi.
Hammasini ko'rsatish...
Ayiq o’rmonda o’tirgan doktor AY-BOLIT ni oldiga keldida, yig’ladi. - Nimaga mushukchada dum bor, uloqchada dum bor. Men esa yo’q, yetimchadek dumsizman. Iltimos menga rahmingiz kelsin, menga uzuuungina dum ulab bering. dedi. Doktor ham hop dedida, o’zida qolib ketgan boshqa har hil hayvonlarni turli dumlarini ko’rsatdi. Ayiq ham o’lib turgandek tovusni dumini tanladida o’ziga dum qilib ulatib oldi. Ana endi yurishni ko’rsangiz, butun o’rmon hayvonlari uni bu yurishini tomosha qilgani o’z uylariyu inlaridan chiqishdi. Ular ayiqni zo’rligini emas, bu ish qanday be’mani ekanligini ko’rish uchun chiqdi. Ayiq esa o’zini yettinchi osmonda his qilar edi. Shu payt miltiq ovozi eshitib qoldiku! O’rmonga ovchilar kelganligini endi bilishdi va hamma tum-taraqay qocha boshladi. Ayiq ham nima qilishini bilmay katta qurigan darahtni ichiga, g’ovakga kirib oldi. Daraxtni orasiga ayiq sig’diyu, anavi ulama dum sig’madida… Ovchilar keldi, qarasaki tovusni dumi, daraxtdan chiqib yaltirab turibdi. Dumniyam olishdi, ayiqni ham ushlashdi. Bog’lab olib ketayotgan joylarida esa, dum ulagan doktor chiqib, bir qancha haq evaziga ayiqni qutqarib qoldi. Shundan keyin ayiqqa qarab. O’zinga yarashadigan ishni qil dedi. Bu ertak, lekin ichida juda boplagan joylari borda. Ikki dona so’zni to’g’ri ayta olmay yevropacha kiyingan qizu-yigitlarni ko’rsam shu ayiq esimga tushadi. Ular ham ota-onasiga, eriga yoki yana kimigadir huddi ayiq gapirgandek: “Hamma manabunaqa kiyim kivottiku, manabunaqa telefon ishlatvotti, hozir shuanqa pricheska moda bo’lgan, manabunaqa manikyur qimoqchiman, pul bering, tizzadan 6 qarich yuqori, kindikdan bir qarich pastga tushadigan yubka kiyvotgan ekan odamlar, nima manga obermislami, men odammasmanmi, meni yaxshi ko’rmisilar” dega so’zlar bilan o’ziga joylashmagan, o’rnashmagan va hayotta yarashmaydigan narsalarni ustiga, boshiga, oyog’iga ilishdi. Nima emish, hozir zamon shunday emish, moda shunday emish, yevropada shunday emish. Qiziq… Yevropani yaltir yultirini olibmizu, nega vaqtga qattiq e’tibor berish va tartibga ama qilish odatini olmabmiz, ularni erkinligini olibmizu, nimaga tinimsiz mehnat qilishini olmabmiz, ularni ota-onasiga qilayotgan be’ma’ni, ahloqsiz odatlarini, muomilasini olibmizu, nimaga tejamkorligini olmabmiz. Hayron qolaman, MILLATIM ELIM deb jon kuydirib og’iz gupirtiradiganlarni birortasini ustida milliy narsa yo’q. Yo’q, bo’lmagan ham. Balki bo’lar, qachon? Olganida, joni chiqqandan keyin kiydirib qo’yishadiku mayitga. O’shanda do’ppi bo’ladi, o’shanda ro’mol o’raydi. Ungacha tovusni dumini ulagancha ko’chalarda yuraveradi. Davomi bor. qiziq bo’lsa 👍 bosing. Akademik. @rovitalk - Bilmadim, buni hech kim bo’lishmasa kerak.
Hammasini ko'rsatish...
Boshlanishhi manabu silkada. Davomi. Yaponlarni madaniyati, milliy kimanolariga o’lib qolasan, lekin sen uchun chopon qoloqlik belgisi. Hindlarni kinosiyu, sarisiga sajda qilasan, lekin ro’mol o’rashdan uyalasan. Anglya kostyuumlarini hatto to’yingda ham kiyasan, lekin yahtak kiygan odamni ko’rsang ustidan kulasan(shaxsan men to’yimda kostyum shim kiymaganman). Seni iymoningni o’ldirayotgan, ota-onangni quldek ishlatgan, bobolaringni itdek otib tashlaganlarni bosh kyimini ko’zinga surib kiyasan, lekin do’ppi kiygan odamni ko’rsang qitig’ing keladi. Salla kiyganni ko’rsang, darrov bu anundekelardan deb laqab qo’yasan. O’ylab qara. Sen kimsan? Seni dushmanlarga sotilmagan joying qoldimi? Endi dumni ilvogan, yuriptilar kerilib, yoyvolib, ochvolib…Hamma unga qaraydi, og’zini suvi oqadi. Shunga hursaaaand. Yettinchi osmonda, qora Gentradan bittasi menga qarab o’tib ketti, singal chaldi! 6 oy gapiradi hammaga orqasidan kimdir qaraganini. Yoki “Anu qizzi o’rab qo’ydiiiim boruuuu!” degan gaplar bilan umrida bir marta duxi yetib o’rtog’ini moshinasida kimnidir oldiga kelib gapirib qo’ygan bo’lsa, u ham maqtanib yuradi. Ana shu holatlar dum, O’sha maqtanishlar dum. Yaltiroq, ko’z-ko’z qiladigan dum. Sen kimsan? Ota-onang kim? Ota-bobobngni qo’yib tur chetga. Ular itak go’rida chala yarim qiyshayib o’tiribdi seni bu ishlaringdan. O’zinga yarashadigan ish qil. Saxnaga chiqib likillayversang, og’zinga kelgan gapni gapiraversang, hammayoqqa zelyoniy svet qivorsang zamonaviy bo’lib qolmaysan. Zamonaviylik kiyim bilan emas, balki zamonga mos ilmni o’rganish bilan bo’ladi. Sendagi yaltiroq kiyim yechilgan payt sandan nima qoladi? Salonga borsang gapirishlaring o’zgarib takkoy aksent paydo bo’lib qoladi. Yangi tufli kiysang 1 metrlik yo’lg’a sig’may qolasan. O’zing kimsan o’zi?! Deydigan odam yo’g’e… Ana undan keyin ovchi keladi. Ovchi bu bizni haridorlarimiz. Bazan ishga taklif qiladiganlar, bazan sovchilar. Ba’zan esa, o’lim farishtasi. Biz bir narsa qilib o’zimizni eplab hatolarimizni berkitamizu, bizni allaqachon karrillab qo’ygan dumlarimiz endi berkinmaydida. Ular turibti hali. Hech qayerga yo’qolmadi. Hech qayerga ketmadi. Kelgan haridorlar o’shani ko’radi va bizni kim ekanligimizni ko’rib baho beraveradi. Endi ovchini qo’lidamiz. Bu - gap so’z, odamlarni orqamizdan bildiradigan fikri. Umuman olganda biz haqimizdagi haqiqatlar. Bizga shu dumni olib bergan otamizmi, onamizmi endi bizni orqamizni yopadi. O’sha ovchidan o’ta katta haq evazida sizni oqlab olishi kerak bo’ladi. Agar bu orada or-nomusingizni “YALTIRATIB” qo’ygan bo’lsangiz, uni endi ovchidan olib bo’lmaydi. Ba’zi ota-onalar farzandlarini obro’larini nencha marta sotib oldi. Lekin “O’zinga yarashadigan ishni qil” deb bolasini ketiga yahshigina urib qo’ymadi. Nimaga? Chunki u o’zicha “Zamonaviy odamda”!!! Ha aytgancha, bu gaplarimiz hozir dum ulab yurganlarga hecham yoqmaydida… Akademik. @rovitalk - Buni faqat diyni uchun, millati uchun jon kuydirganlar, mendan hech bo’lmasa biror foyda bo’lsin deganlargina boshqalar bilan bo’lishadi.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
"Nima uchun sizni bor kuchi bilan cho'ktirishga intilayotgan ummonlarning tubida suzib yuribsiz? O'z qadringizni bilishingiz, o'zingizga munosib baho berishingiz uchun yana qancha inson tomonidan qadrsiz his qilinishingiz kerak?... O'zingizga zarracha loyiq bo'lmagan insonlarga o'zingizning aslida qanday inson ekanligingizni isbotlash uchun tuyg'ularingizni yoqmang, ularni behuda sarf qilmang. Sizdan iltimos qilib so'rayman: o'zingizni seving. Umuman olganda, chiqa olmaydigan ko'ngilsiz, noxush bir vaziyatga tushib qolsak, ushbu noxush vaziyat doimiy davom etadiganday tuyuladi. Agar hayotni bir sinov sifatida ko'radigan bo'lsangiz va bu sinovda yuksak sabr va matonat ko'rsatsangiz, ushbu sinov, albatta o'tib ketadi. Ammo bularning o'tib ketishi uchun tashlashingiz kerak bo'lgan eng kerakli qadam- ushbu sinovning o'tib ketishiga qalban ishonishdir. Yillar davomida qarshilik ko'rsatsangiz-da, shunga qaramay, noxush, ko'ngilsiz sinovlarning uzoq davr mobaynida davom etishi ularning o'tib ketishiga qalban ishonmaganligingiz tufayli sodir bo'ladi. Azoblaringizni qabul qiling... Qayg'ularingizni his qiling... Qalbingizdagi ko'ngilsizliklarni ham qabul qiling va ularni yengish uchun yeng shimaring" "Kaktuslar ham gullaydi"
Hammasini ko'rsatish...
Erkakshoda ayollar haqida... Baʼzi ayollar, erkakshoda tipiga boʻlinishadi... Xmm erkakshoda... Tipa erkakcha gapiradi, gaplashganda tars tars tars. Podxalimlar esa eeee opa qoyil qolamanda erkakcha xarakteringiz bor deb gapirishadi. Ayol esa bundan xursand... Meni qanday boʻlsam shunday sevishsin deydi erkakshoda ayol. Bilasizmi erkakshoda ayol... Sizni xechkim sevmaydi, balki xurmat qilar, balki qoʻrqar lekin sizni seva olmaydi erkak. Siz xezalaksifat erkakni seva olasizmi? Net. Uy xalatida gerdayib oʻtirgan, telefonda problemalarni yechib tashlayotgan, erni bitta gap bilan oʻtirgʻizib turgʻazadigan ayol... Sizga noziklik yarashadi asli. Boʻgʻilgan ovozda baqirib gapirishingiz emas. Toʻgʻri sizdaka ayollar erkaklar bilan tez til topishib ketishadi. Buni inkor etib boʻlmaydi. Chunki siz pryamolineyno gaplashasiz, xamma maʼsuliyatni oʻz zimmangizga olishga, hamma muammoni sizga yoqqan stilda yechishga oʻrgangansiz. Erkagingizga shans qoldirmasdan muammoni yechishni oʻz boʻyningizga olasiz. Muammo yechilgach esa gʻoliblik nashidasini surasiz. Erkaklar eplay olmagan ishni epladim men deb. Lekin... Kechalari oʻylanib, yigʻlab chiqishingizni, siz ham ayolshoda ayol boʻlishni xohlashingizni oʻylayiz. Ammo bu obraz sizning ong ostingizga shu qadar singib ketganligidan xechqachon bundan voz kecha olmaysiz. Ammo sizni sevishmaydi. Sizdan foydalanishadi, maqtab koʻklarga koʻtarishadi biroq sizda asrab avaylash kerak boʻlgan nozik xilqatni koʻrmaydi xechkim... Yana... Siz sabrsiz boʻlsangiz kerak. Eringiz ikki xaftada siz esa bir xaftada yecha oladigan muammo boʻlsa unga shans bermasdan oʻzingiz xarakat qilasiz. U esa bora bora bunga oʻrganib qoladi. Erkakshoda ayol, bora bora mentalno va tashqi koʻrinishidan ham erkakga oʻxshab ketadi. Ayollar ayolliklaricha qolgani yaxshi. Sizni erkakshoda ayolligingiz uchun emas, shunchaki ayol ekanligingiz uchun sevishsin... © A.Nurbek
Hammasini ko'rsatish...
Tu
Hammasini ko'rsatish...
Inson o'zini anglamay turib boshqani tushunolmaydi.
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.