cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Nurbuloq yoshlari

Izlan, intil, o‘rgan, isbotla...!

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
236
Obunachilar
+124 soatlar
+27 kunlar
-330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Bugun Nurobod tumani hokimligida tuman adliya bo‘limi boshlig‘i N.Safarov va mas’ullar ishtirokida 2024-yilning birinchi choragida bo‘lim tomonidan amalga oshirilgan ishlar mavzusida matbuot anjumani otkazildi. N.Safarovning ta’kidlashicha, bugungi kunda adliya bo‘limining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatimizning tegishli hujjatlari, shuningdek Adliya vazirligi va adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan belgilab berilgan vazifa va topshiriqlardan kelib chiqqan holda “Fuqarolar bizdan rozi bo‘lishi kerak”, -degan ezgu tamoyili asosida olib borilmoqda. Bo‘limga I chorak davomida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 62 ta murojaat kelib tushgan bo‘lib, ularning 50 tasi, ya’ni 80,1 foizi qanoatlantirildi, 12 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi. Bunda murojaatlarning turlari bo‘yicha asosiy qismini davlat organlari va tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan xodimlarning ish haqlari va unga qo‘shimcha - ustamalarni undirish, xodimlarni ishga tiklash, asossiz soliq qarzdorligi hisoblanishi bilan bog‘liq murojaatlar tashkil qildi. Murojaatlarni ko‘rib chiqish natijasida aniqlangan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan 18 ta taqdimnomalar kiritilgan bo‘lsa, fuqarolik va ma’muriy sudlarga fuqarolarning huquqiy himoyasini amalda ta’minlash bo‘yicha 8 ta da’vo arizalar kiritildi. Joriy yilning birinchi choragida adliya bo‘limi tomonidan OAV orqali 184 marotaba huquqiy targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilgan bo‘lib, shundan 7 marta televideniye, 22 marotaba radio, gazeta va ijtimoiy tarmoqlar orqali chiqishlar qilingan. Tuman adliya bo‘limi o‘z oldiga qo‘ygan vazifa va funksiyalarning amalga oshirilishida boshqa davlat organlari va tashkilotlari bilan dooim hamkorlikka tayyor ekanligini bildirgan holda kelgusidagi faoliyatimizni “Inson qadrini ulug‘lash” g‘oyasi va barcha sohada qonun ustuvorligi tamoyili asosida davom ettiramiz. Anjuman yakunida ishtirokchilarni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha yo‘llangan savollarga N.Safarov tomonidan batafsil javoblar berildi. ©️ @nur_press
Hammasini ko'rsatish...
Tayinlov 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Boboyev Sarvar Boltayevich tayinlandi. Tayinlovga qadar Sarvar Boboyev Yoshlar ishlari agentligi Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.
🤝Yoshlar ishlari agentligi jamoasi nomidan Sarvar Boboyevni yangi mas’uliyatli vazifa bilan tabriklab, kelgusi ishlariga omad tilaymiz!
#tayinlov Bizning sahifalarimiz: 🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Nurbuloq MFY 41-umumta‘lim maktabida Besh tashabbus olimpiadasi doirasida Zakovat intelliktual uyini mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Hammasini ko'rsatish...
Yangi tayinlov O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi direktorining tegishli buyrug’i bilan Boboyev Sarvar Boltayevich O’zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Samarqand viloyati yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig’i lavozimiga tayinlandi. ————————— Новое назначение Соответствующим приказом директора Агентства по делам молодежи Республики Узбекистан Бобоев Сарвар Болтаевич назначен на должность начальника Самаркандского областного управления по делам молодежи Агентства по делам молодежи Республики Узбекистан.
Hammasini ko'rsatish...
❗️Самарқанд вилояти кўчалари бўйлаб пиёда ва велосипедчилар иштирокида содир этилаётган ЙТҲларнинг олдини олиш учун улар билан тарғибот тадбирлари олиб борилиб, қоидабузар пиёда ва велосипедчиларга нисбатан қонуний тартибда чоралар кўрилмоқда. (Бошқа хабарлар) 👉 https://t.me/+snDpTveHhnpmMmRi
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Bunda boshqa mahallalar qatnashmaydimi
Hammasini ko'rsatish...
🗣O'zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tashabbusi bilan 1-iyun Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida respublikamizning barcha tuman, shaharlarining har biriga bittadan sport maydonchasi qurib berish bo'yicha tanlov o'tkazilmoqda. 🗣Sport maydonchalari ovoz berish yo'li bilan g'olib bo'lgan mahallalarga qurib beriladi. ❗️Ovozlar joriy yilning 10-mayidan tashabbus.sport.uz saytida qabul qilinmoqda. ✅ Loyihamizda faol ishtirok eting va mahallangiz hududida farzandlaringiz uchun sport maydonchasi yutib oling! Ma'lumot uchun:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-iyuldagi “Mahallalarda sport infratuzilmasini rivojlantirish va sport maydonchalaridan samarali foydalanishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–245-son qarori bilan “Sport maydonchalarini 2030-yilga qadar tashkil qilishning umumiy parametrlari” tasdiqlandi. Buning natijasida 2022-2023 yillar davomida jami 969 ta sport maydonchalari qurilib, mahalla aholisi ixtiyoriga topshirildi.
Boshqarmaning rasmiy sahifalari: 📝Telegram | 📝Facebook | 💻 Instagram|🎞Youtube
Hammasini ko'rsatish...
Munosabat Hurmatli fuqarolar! So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda Nurobod tumani hududida bola o‘g‘rilari aniqlangani to'g'risidagi xabarlar keng tarqalmoqda. Shuni ma’lum qilamizki, voqea yuzasidan Nurobod tumani hokimligi va tuman ichki ishlar bo‘limi hamkorligida ishchi-guruhi tashkil etilib, o'rganish ishlari olib borildi. O‘rganishlar natijasida ushbu xabarlar asossiz va haqiqatdan butkul yiroq ekanligi o’z tasdig‘ini topdi. Fuqarolardan vahima va sarosimaga tushmasliklarini hamda ishonchsiz, tekshirilmagan ma’lumotlarni tarqatmasliklarini so'raymiz. Unutmang, ijtimoiy tarmoqlar orqali asossiz va yolg‘on xabarlar tarqatish O‘zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi! Nurobod tumani hokimligi axborot xizmati ©️ @nur_press
Hammasini ko'rsatish...