cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Fobiya va Sindromlar

• Fobiyalar... • Sindromlar... • Terminlar... • Iboralar..... • Effektlar.... • Mifologiya.... • Qiziqarli ma'lumotlar... • Admin @Jamshid_Samarqandiy

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
5 573
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-947 kunlar
-63230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Эвтаназия (ҳаётни тугатиш учун тиббий ёрдам) ва ота-она ҳуқуқи ҳақида. Канадада инсон соғлиғи туфайли ўз ҳаётини тугатиш ҳуқуқига эга. Агар инсон тузалмас касалга чалинган бўлса ва касал унинг тўлақонли яшашига имконият бермаса (масалан, саратоннинг сўнгги босқичлари, паралич, генетик касалликлар ва ҳ.к.), докторлар хулосасига кўра, ўз ҳаётини тугатиши мумкин. Руҳий касалликлар эвтаназия учун сабаб бўлолмайди. Бунинг учун бир-биридан хабардор бўлмаган икки доктор бемор тузалмас касалга чалингани, азобга олиб келаётганини тасдиқлаб, ўлимга руҳсат бериши керак. Агар докторлардан бири рози бўлиб, иккинчиси рози бўлмаса, унда учинчи доктор тайинланади (тай-брейк). Ўтган йили Калгарида 27 ёшли аёл ўз ҳаётини тиббий йўл билан тугатиш (эвтаназия)га қарор қилган. Тайинланган икки докторнинг бири бу қарорга рухсат берган, иккинчиси эса бермаган. Шундан сўнг Альберта соғлиқни сақлаш хизмати учинчи докторни тайинлаган ва у эвтаназияга рухсат берган. Аммо аёлнинг отаси судга мурожаат қилиб, ўлимни тўхтатишни сўраган. Ишни кўриб чиққан судьяга кўра, у отанинг мусибатини тушунади ва қабул қилади, аммо балоғатга етган қизининг танлови ва ўз қадр-қимматини сақлаган ҳолда ҳаётдан кўз юмиш ҳуқуқини устунроқ қўяди. Шу сабабга кўра суд ота даъвосини рад этди, аммо эвтаназия ижросини 30 кунга тўхтатиб турди. Бу муддат давомида ота юқори инстанция судга мурожаат қилиши мумкин. Бундан ташқари, эвтаназияга рухсат берган докторлар хулосаси бемордан бошқа ҳеч кимга, шу жумладан судга ҳам очиқланмайди ва улар хулосаси қайта кўриб чиқилишига йўл қўйилмайди. Қонунга кўра, бемор шуни хоҳласа ва учта доктордан иккитаси беморнинг ҳолати эвтаназия шартларини бажараётганини тасдиқласа бас. Бу кейс жамоатчилик орасида қизғин бахсларга сабаб бўлди. Уларни ўқиб, қуйидаги хулосаларни чиқардим: Биринчидан, эвтаназия учун рухсат олиш қийин. Инсон ўлишни хоҳлаши билан рухсат берилмайди. Бемор жуда қатъий талабларни бажариши шарт. Ҳар бир доктор бемор билан бир неча ой давомида ишлайди ва уни ўрганади. Шундан кейингина қарор қабул қилади. Қарорни бемор ва докторлар қабул қилади, суд ёки учинчи шахслар эмас. Иккинчидан, ота-онанинг балоғатга етган боласида қонунан ҳақи йўқ. 18 ёшдан кейин ота-она ўз фарзанди қарорларига аралаша олмайди ва суд ҳам бунга йўл қўймайди. Учинчидан, агар ўлим тўшагидаги касалларга эвтаназия қилишга рухсат берилмаса, улар азоб билан барибир ўладилар. Ëки, ундан ҳам ёмони, ўзларини-ўзлари ўлдирадилар. @zambarakning_oqi
Hammasini ko'rsatish...
👍 13😢 4 2🤔 2
Photo unavailableShow in Telegram
Kaizen Yaponlarning shaxsiy rivojlanishga oid bir qancha juda foydali tamoyillari bor. Shulardan biri - kaizen. Bu tamoyil asosida kichik va muntazam harakat orqali yuqori natijaga erishish yotadi. Ya’ni sen har kuni 100 bet kitob o’qishing shart emas, balki 10 bet o’qisang ham qoldirmay, muntazam o’qi. Shunda sen 1 kun 100 bet o’qib keyin to’xtab qolgan insondan afzalroq bo’lasan. Kaizen asosi muntazamlikka qurilgan. Ya’ni intizom bilan muntazam shug’ullanib borishing kerak. Qay darajasa ko’p mehnat qilyapsan - bu ikkinchi darajali masala. Asosiysi sen doim harakatda bo’lishing kerak. @grownroll‌‌
Hammasini ko'rsatish...
20👍 15🔥 2
Repost from The Maverick
Photo unavailableShow in Telegram
(Foto: Filmdan lavha) Bir kallaqand, uch so‘m pul “Arshin mololon” filmidagi bu ibora xalq orasida juda mashhur, yosh-u qariga birday tanish bo‘lib ketgan. Iborani ishlatamiz-u, lekin undagi kallaqand so‘zining maʼnosiga u qadar eʼtibor beravermaymiz. Xo‘sh, u nimani anglatadi? Oldin qand asosan konus shaklida ishlab chiqarilgan. Maʼlumotlarga ko‘ra, bu usul haqida ilk bor IX asr arab olimi Zubayr ibn Bakkor qayd etgan. Bu turdagi qandlar Italiyada 1470-yildan, Belgiyada 1508-yildan, Angliyada 1544-yildan, Niderlandiyada 1566-yildan ishlab chiqarila boshlagan. Milliy ensiklopediyaga ko‘ra, hozirgi O‘zbekiston hududida XX asr boshlariga qadar chetdan keltirilgan xomashyodan hunarmad-qandolatchilar aynan shunga o‘xshash qand ishlab chiqargan va u kallaqand deb atalgan. Kallaqandlar turli kattalikda bo‘lgan va 5 kilodan 15 kilogacha tosh bosgan. Chakana savdoga bo‘laklarga bo‘lingan holatda chiqarilgan. #ibora #kallaqand #uchsoʻm @aktamov_blogi
Hammasini ko'rsatish...
👍 7 4🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Skopofobiya Skopofobiya - atrofdagilarning o‘zini ustidan kuladi deb o'ylash, jamiyatda sharmanda bo‘laman deb qo‘rqish, kimlarnidir xafsalasini pir qilaman deb doimiy ehtiyot bo‘lish kasalligi skopofobiya deb ataladi. Skopofoblar hech qachon notanish odamlar bilan o‘zlari birinchi bo‘lib gapni boshlay olmaydilar. Ular savollarga uzuq-yuluq javob beradilar, ko‘zga tik qaray olmaydilar va sal narsaga qizarib ketaveradilar. Kanalga a'zo bo'lish: t.me/factuz_24
Hammasini ko'rsatish...
👍 17😢 4 2🔥 1
2️⃣-YIL 6-mart 2022-yil... 6-mart 2024 yil.....
Hammasini ko'rsatish...
Fobiya va Sindromlar

🌀Fobiya nima? Fobiya so‘zi grek tilidan olingan bo‘lib, “qo‘rquv”, “dahshat” degan ma’nolarni anglatadi. Bu tarzdagi qo‘rquvni inson boshqara olmaydi, xavotirini kamaytirishga qodir bo‘lolmaydi. Aslida esa u qo‘rqayotgan yoki haddan ziyod xavotirlanayotgan holat, voqea u o‘ylaganchalik jiddiy ahamiyatga ega bo‘lmasligi ham mumkin. Qisqacha aytganda yer yuzida mavjud insonlarning har birida biror nimadan qo‘rqish hissi bor. Ana shu qo‘rquv, xavotir hissi fobiya deb ataladi. 🌀@Fobiya_va_Sindromlar🌀

👍 16 4🔥 3👏 1
Photo unavailableShow in Telegram
Машҳур автомобиль компанияларга қачон асос солинган? Tesla: 2003-йил Lexus: 1989-йил Hyundai: 1967-йил Ferrari: 1939-йил Toyota: 1937-йил Volkswagen: 1937-йил Nissan: 1933-йил Volvo: 1927-йил Mercedes: 1926-йил Jaguar:1922-йил Mazda: 1920-йил BMW: 1916-йил Audi: 1909-йил GM: 1908-йил Ford: 1903-йил Dodge: 1900-йил Fiat: 1899-йил Renault: 1898-йил Peugeot: 1896-йил Opel: 1862-йил Ўтмишга саёҳат!
Hammasini ko'rsatish...
👍 24👏 3
Photo unavailableShow in Telegram
Dushanba-og'ir kun... 16 asr o'rtasida Moskva podshosi Ivan Grozniy (1530-1584) tomonidan Qrim xonligi bosib olingach,tatarlarni majburlab nasroniylik dinining pravoslav mazhabiga kiritish,ya'ni cho'qintirish boshlangan.Bu marosim nasroniylar uchun muqaddas kun hisoblangan yakshanba kunlari o'tkazilgan.Bundan bosh tortganlarni esa dushanba kuni qattiq kaltaklab jazolashgan.Shu tufayli "Dushanba og'ir kun" iborasi kelib chiqgan. O'zi rostdanam Dushanba-og'ir kunmi? @Fobiyalar
Hammasini ko'rsatish...
😁 13👍 6🤔 4😢 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Devorning ham qulog'i bor... "Dalalarning ko'zi,o'rmonning qulog'i bor" degan gap 13 asrda Yevropada keng tarqalgan Ushbu ibora "Devorning qulog'i bor" shaklida ilk bor ispan dramaturgi Lope de Vega (1562-1635) ning "Valensiyalik beva" (1620) va M.Servantes (1547-1616) ning "Don Kixot"(1615) asarlarida uchraydi.Ikkinchi jahon urushi davrida ko'pgina mamlakatlardagi targ'ibot plakatlarida odamlarni xushyorlikga,ko'p gapirmaslikga da'vat etuvchi shior sifatida ushbu ibora ommaviy ravishda qo'llangan. @Fobiyalar
Hammasini ko'rsatish...
😁 19👍 11🔥 2
Photo unavailableShow in Telegram
Sirenomeliya Sirenomeliya (suv parisi sindromi) - pastki ekstremitalarning termoyadroviy shaklida rivojlanish anomaliyasi. Suv parisi sindromi 100 ming chaqaloqdan birida uchrashi mumkin hamda buyraklar va siydik qopi yaxshi rivojlanmagani sababli odatda bir kundan keyin o‘limga olib keladi. Biroq bunday kasallik bilan bir necha yil yashagan bolalar ham bo‘lgan. Misol uchun, bunday nuqson bilan tug‘ilgan amerikalik Shaylo Pepin ishlaydigan buyrak, ammo ichagining bir qismi va jinsiy a’zolari yo‘q bo‘lgan holda 10 yil yashagan va 2009 yilda vafot etgan. @Fobiyalar
Hammasini ko'rsatish...
😱 15😢 10 5👍 3
Photo unavailableShow in Telegram
Baliq boshidan sasiydi.. Bu ibora ilk bor qadimgi yunon faylasufi,tarixchisi Plutarx o'zining asarlarida ishlatgan.Bu ibora haqida izoh berar ekan Plutarx shunday deydi; biror bir jamoa,jamiyatdagi qusurlarga avvalo rahbar sababchi deya ta'kidlab o'tgan.Dunyodagi ko'pgina xalqlar iborani haligacha ishlatib keladi.. @Fobiyalar
Hammasini ko'rsatish...
19👍 11🔥 3
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.