cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Sarishta bekalar maktabi 🌱

🌱 Sarishtalik,tartib va shaxsiy rivojni maqsad qilgan asl bekalar uchun tajriba maktabi Link va saqlab olish uchun ma'lumotlar manzili: https://t.me/sarishta_bekalar_maktabi Admin: @saodat_fayziyeva Reklama uchun: @sarishta_rektarif Link almashmaymiz!

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
1 490
Obunachilar
-324 soatlar
-257 kunlar
-2830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Namozlarni to'liq o'qidingizmi?Anonymous voting
  • Ha, alhamdulillah!
  • Hozir xuftonga ketyapman...
  • Yo'q, afsuski...
  • Namoz o'qishni bilmayman...
  • Uzrliman
0 votes
00:17
Video unavailable
#shunchaki Bir odam Allohdan so'rabdi: "Agar taqdirim oldindan yozib qo'yilgan bo'lsa, duo qilishimdan nima naf?" Alloh aytibdi: "Balki taqdir kitobingning ayrim varaqlariga "niyat qilganingdek bo'lsin", deb yozgandirman...." Doim chiroyli duo qilaylik! Saqlab olish uchun manzil: @sarishta_bekalar_maktabi SARISHTA BEKALAR MAKTABI- sizga doim eng yaxshisini ilinamiz❤️
Hammasini ko'rsatish...
3.10 MB
👍 4 1🔥 1
Photo unavailable
#bola_tarbiyasi Ha, ota-onalik og‘ir vazifa, tarbiya eng mashaqqatli burch. Bolangga faqat yaxshilikni ravo ko‘rasan, uning manfaatini o‘ylab ish qilasan ammo bu unga yoqmaydi. U gapingga kirmaydi, gap qaytaradi, isyon qiladi. Ayniqsa 10 yoshdan keyin isyonkorligi boshlanadi, nega qilishim kerak, boshqalar undoq boshqalar mundoqku deb tortishadi. Sen o‘zing uchun hech narsa talab qilmaysan. Bor yo‘g‘i darsingni qil, vaqtida namozingni o‘qi, hijobingni to‘g‘ri kiy, o‘zingdan keyin yig‘ishtirilb yur kabi oddiy yumushlarni so‘raysan ammo shu ham og‘irlik qiladi. Telfonini olib qo‘ysang yoki cheklasang eng yomon dushmaniga aylanasan. Go‘yoki dunyoda sendan yomonroq odam yo‘q. Nega meni tuqqansiz o‘zi, shunchalik yomon bo‘lsam nega tug‘dingiz, o‘lsam qutulasizmi, men bilan ishingiz yo‘q, baribir yomonmanku nima qilsam ham farqi yo‘q sizga, men uchun yaxshi yomonni siz hal qilmaysiz kabi gaplarni eshitasiz. O‘smirlar bilan kelishish juda qiyin, ulardan boshqa hamma nohaq. Ba’zan xivchinni yoki gavronni olib savalab tashlagingiz keladi. Qayerdan ham shu kompyuter, telfon,planshet va internet chiqdi ekan deb yozg‘irasiz. Ularning quloqsizligi, gap uqmasligi, isyonkorligi va yalqovligi qoningizni qaynatadi, joningizni chiqaradi. Ammo insof bilan o‘ylab ko‘ring. O‘zingiz ham shunday bo‘lgansiz. Hammamiz insonmiz,xatokormiz, noqismiz. Bizda shunday kutilma va talab bor: aytganim aytgan, deganim degan bo‘lishi kerak chunki men ota-onaman, meni hurmat qilishi va itoat etishi shart. To‘g‘ri, bolalar ota-onasiga quloq solishi va itoat etishi lozim ammo har doim 100% shunday bo‘lolmaydi. O‘zimizdan so‘raylik. Biz Alloh va Rasuli buyurgan ishlarning qanchasini qilolyapmiz? Qaytariqlarning qanchasidan qaytyapmiz? Qanchadan qancha gunohi kabiralarni qilamiz va Allohning kechirishidan umid qilamiz. Yaxshiyam Alloh Taolo jazosini darhol yubormaydi, muhlat beradi. Ammo biz bolamizni hoziroq jazolashni, ular amrimizga hoziroq bo‘ysunishini istaymiz. Yo‘q, ular ham xuddi bizdek ojiz xatokor inson. Ular sizni behurmat qilganda, g‘azabingizni qo‘ziganda o‘zingiz ham ota-onangizga hozirgacha osiylik qilib kelishingizni, eringizga itoatsizlik qilishingizni, Allohning son-sanoqsiz amrlariga bo‘ysunmasligingizni bir o‘ylab ko‘ring, shoyad shunda kechirimli bo‘lishni eslasangiz. Alloh barchamizga tavfiq bersin, farzandlarimizni O‘zi go‘zal tarbiyalab qo‘ysin, chunki U Robb- tarbiya qiluvchi Zotdir. ©YaqinOzbek
Hammasini ko'rsatish...
YAQIN

Ayollarga doir ijtimoiy, madaniy, ma'rifiy mavzularda suhbatlar. Bu manzilda ko'ngilga yaqin, lekin e'tiborimizdan uzoq mavzularda suhbatlashamiz Iroda Ahmed Aloqa va hamkorlik uchun: @Yaqin1Bot Youtube kanalimiz:

https://youtu.be/H6hvFNLLWZo

7
01:13
Video unavailable
#tavsiya #foydali Har bir ayol bilishi kerak bòlgan top 5 maslahatlar👍 Barcha ayollar uylarida aqlli, farosotli bekadirlar. Lekin ayrim paytlarda kichik narsalarga ahamiyat bermay qolishadi🤔 SARISHTA BEKALAR MAKTABI- sizga doim eng yaxshisini ilinamiz❤️
Hammasini ko'rsatish...
3.16 MB
👍 4
00:04
Video unavailable
3.61 MB
🔥 1
Namozlarni to'liq o'qidingizmi?Anonymous voting
  • Ha, alhamdulillah!
  • Hozir xuftonga ketyapman...
  • Yo'q, afsuski...
  • Namoz o'qishni bilmayman...
  • Uzrliman
0 votes
00:26
Video unavailable
#oila Hurmatli erkaklar, siz ayolingizni tushunish uchun butun umringizni sarflab o'tirmang, chunki ularni tushunib bo'lmaydi. Faqat shuni biling: ✅ Ayolni tushunish emas, shunchaki sevish kerak! Va kerak paytda o'sha sevgini ko'rsata olish ham; ✅ Ayolga senga qanday sovg'a olib beray, demang, shunchaki ichingizdan kelgan narsani olib bering; ✅ Unga atirga pul berib o'zing ol, demang, chunki u faqat siz uchun iforlanadi, atirni berib: Senday gulga mana bu hid juda yarashadi, deng; ✅ Ko'zlaring buncha horg'in demang, kun bo'yi meni kutib charchagan ko'zlaring bunchalar chiroyli,deng; ✅ Va eng muhimi, unga tez-tez sevishingizni aytib turing! Saqlab olish uchun manzil:@sarishta_bekalar_maktabi SARISHTA BEKALAR MAKTABI- sizga doim eng yaxshisini ilinamiz❤️
Hammasini ko'rsatish...
5.07 MB
🥰 4 2🔥 1
​​#pazandalik Bugun juma, demak, uydagilarni har kungidan chiroyli dasturxon bilan kutadigan kun bizda! Siz ham aynan mana shu kunni alohida kun qilishga odatlansangiz, farzandlaringizda Juma kuniga nisbatan o'zgacha mehr uyg'onadi!  Demak, bugun menyuda Giottodagidan qolishmaydigan kimdir Belgiyskiy, kimdir Venskiy deydigan Vafli! Kerakli masalliqlar: 2 ta tuxum, 150 gr shakar, 200 ml sut, 100 ml o'simlik yog'i, 200 gr un, Vanilin, 1 choy qoshiq razrixritel (1osh qoshiq kakao) . Tayyorlanishi: Tuxum bilan shakarni venchikda yaxshilab aralashtirib olamiz oppoq massa bo'lgunicha (xohlaganlar mikser ishlatishi mumkin), keyin sut, ketidan o'simlik yog'ini solib yaxshilab aralashtiramiz. Keyin un+razrixritel+ vanilinni solib aralashtiramiz. Tayyor massamiz kashasifat bo'lishi kerak. Keyin agar sizda shokovafli qilish istagi bo'lsa, massaning yarmiga kakao qo'shishingiz mumkin. Shu yerda bitta layfhack aytib ketaman, man uyda razrixritel qolmagan vaqtda o'rniga iste'mol sodasi ishlataman, hidi kelib qolmasligi uchun 1 choy qoshiq sodaga 1 osh qoshiq qaynoq suv yoki kefir qo'shib sodani o'ldirvolaman. Vafli apparat qizgunicha xamirimiz dam olib turadi. Keyin oldi- orqasi qizarguncha pishirib olamiz! Tayyor vaflilarni xohishga qarab bezatamiz. Man banan, shokolad va muzqaymoqdan foydalandim. Yoqimli ishtaha! SARISHTA BEKALAR MAKTABI- sizga doim eng yaxshisini ilinamiz❤️
Hammasini ko'rsatish...

👏 4 3
00:44
Video unavailable
#lifehack Turli xil kiyimlarni ixcham, qulay qilib taxlash usullari🔥‌‌ Albatta sinab kòring kiyimlaringiz juda ham qulay va chiroyli turadi, olganda yoki tushib ketganda ham sochilib ketmaydi👌 SARISHTA BEKALAR MAKTABI- sizga doim eng yaxshisini ilinamiz❤️
Hammasini ko'rsatish...
4.39 MB
4👍 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.