cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Muvaffaqiyat Sirlari

Shaxsiy rivojlanishga doir foydali ma'lumotlar! Aloqa uchun : @Xoldarov_off

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
8 357
Obunachilar
-3424 soatlar
-2297 kunlar
-1 12530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Ulg'ayish payti keldi Avvallari eshikni taqqillatib gazdan, svetdan kelishardi. Bizga qarab: Uyda kattalar bormi? Kattalarni chaqir deyishardi. Chunki bilishardi, yosh bola bilan hech nimani hal qilib bo'lmaydi. Maktabda ayb ish qilsa, ota-onasi chaqirtirilardi. Bilishardi, yosh bola qilgan ishiga o'zi javob berolmaydi. 18 yoshdan mashina haydashga, turmush qurishga, chet elga mustaqil chiqishga ruxsat berishadi. Bu yosh huquqiy kattalik holos. Hamma har hil katta bo'ladi. Hayotda kimdir 30 yoshda ham yosh bola ekanligini, kimdir esa 15 yoshida ulg'ayganini ko'ramiz. Katta bo'ldikmi yoki yo'qmi qayerdan bilamiz? Bolalar muammoga duch kelganda ota-onasiga yuguradi. Kattalar o'zlari hal qiladi. Bolalik belgisi - yoqmagan narsadan shikoyat qilishda. Kattalik belgisi - nolimaslikda. Muammoni jim hal qilishda.
Hammasini ko'rsatish...
Ular baribir boshqacha edi Yoshligimda bog'chaga borishni umuman xohlamaganman. U yer men uchun yolg'izlik edi. Nazarimda, meni hech kim yoqtirmas, o'z oralariga qo'shgisi kelmasdi. Xohlamasligim sababi ham aynan shu bo'lgan bo'lsa kerak. Onam ishga ketayotkanlarida meni bu yerlarga tashlab ketmang deya rosa yig'laganim esimda. Onam esa meni yupatish uchun marmeladlar (ustiga shakar sepilgan rangli qandlar) berardi. Shular bilan ovungancha kunimni o'tkazar edim. Hayotda ba'zan shunday kunlar bo'ladi. O'zingni yolg'iz, hech kimga kerak emasdek his qilasan. Atrofingizdagilar seni yoqtirmayotganga, ishlaring va o'qishlaring ko'ngildagidek bo'lmayotganga o'xshaydi. Sen esa, o'zingni ovutish uchun ijtimoiy tarmoqlarga, o'yinlarga va turli xil keraksiz narsalarga vaqt sarflaysan. Bular seni go'yo muammolardan uzoqlashtirgandek tuyuladi. Ammo seni vaqtingni, diqqatingni oladi va tushkunlikka tushiradi. Bular bilan o'tmishdagi marmeladlar kabi o'zingni ovutma. Ular baribir boshqacha edi. Sayr qil. Muloqot qil. Zikr qil. Butunlay o'zgarishga birdaniga harakat qilma. Kechagidan yaxshiroq bo'l. Shuni o'zi senga muvaffaqiyat olib keladi. @muvaffaqiyat_sirlari_tg
Hammasini ko'rsatish...
Meni tushunishmaydi Ichingizdagini tushuntiryapsiz. Tushunishmayapti. Ota-onangiz, do’stingiz, xodimingiz. Ayb ularda deb o’ylaysiz. Odamlar meni tushunmaydi deysiz. Ayb ularda emas. Ayb sizda. Bilimi har xil odamlarning suhbatini kishi va bolaning suhbatiga o’xshataman. Bola kattaning darajasiga chiqa olmaydi. Vaqt kerak. Katta esa tusha oladi. Sodda misollar kerak. O’qituvchining mahorati bilishda emas. Sodda qilib tushuntira olishda. Bilmagan narsasini tushunishi uchun mehnat qilishini kutmang. Siz bilgan narsangizni soddalashtirish uchun mehnat qiling. Soddalashtira olmayapsizmi? Unda hali o’zingiz ham yaxshi tushunmabsiz. @muvaffaqiyat_sirlari_tg
Hammasini ko'rsatish...
Ular doim biz bilan Boy bo‘lmoqchisan, avtomoykaga ishga kirding. Umrida pul topmagan, otasi olib bergan mashinada kelgan bittasi, senga past nazar bilan qaradi. Avtomoyka egasi esa, maqsadingdan motivatsiya oldi. Sayohat qilib, dunyo kezmoqchisan. Sayohatni qo‘shni viloyatingdan avtobusda boshlading. Atrofingdagi odamlar uchun bu kulgili tuyildi. Avtobusda Yevropalik turist bilan tanishding. U Madagaskarga qilgan sayohati rasmlarini ko‘rsatdi. Zo‘r mutaxassis bo‘lmoqchisan, chet tilini o‘rganishni boshlading. "Choyxonadan ustunmi" shu deyishdi. Ikki yildan so‘ng Germaniyada o'zbeklar bilan choyxonadasan. Ular sening hikoyalaringni maroq bilan tinglashmoqda. O‘zi biror natijaga erishmaganlar doim negativ fikr beradi. Niyyatimiz xolis va harakatimiz chin dildan ekanligini ko‘rganlar va natijaga erishganlar doim biz bilan. Maslahat beradi, yo‘l ko‘rsatadi, o‘z davralariga taklif qilib ishonch bildirishadi. @muvaffaqiyat_sirlari_tg
Hammasini ko'rsatish...
Endi ahamiyatsiz Maktabga kirasan. Va o‘sha paytdan boshlab yoningdagi hammani sen haqingdagi fikrlari sen uchun muhim bo‘lib qoladi. Odamlarga yoqishga harakat qilasan. Ular uchun o‘zing istamagan ishlarni qilasan. Keraksiz harajatlar qilasan. Odamlarga yoqishga urinish bu - hayotingdagi xatolarning boshlanishidir. Yolg‘on gapirasan, maqtanasan ya‘ni riyo qilasan, o‘zing qiziqqan ishni emas, balki status (yaxshi ko‘rinish) uchun boshqa narsa qilasan. Eng qizig‘i, odamlarga yoqishga harakat qilmaydiganlarni odamlar yaxshi ko‘raveradi. Samimiylik uchun bo‘lsa kerak. Ulg'aygach barchaga birdek yoqib bo‘lmasiligini anglab yetasan, o‘zi yoqish shart ham emasligini tushunasan. Sen uchun muhim odamlar yaxshi ko‘rsa bo‘ldi. Endi ahamiyati yo‘q. Yaxshi ko‘rganni - sen ham yoqtirasan, yoqtirmaganga qo‘l siltaysan. Buni qancha erta tushunib yetsang, shuncha yaxshi. Ancha vaqting va puling tejaladi. @muvaffaqiyat_sirlari_tg
Hammasini ko'rsatish...
Kanalimizning faol kuzativchilari uchun savolim bor edi. E'tibor bergan bo'lsangiz, kanaldagi postlar ko'rinish va mazmun jihatidan biroz o'zgargan. Turli xil emojilarsiz, rasmlarsiz va videolarsiz. Asoson matn ko'rinishida matn joylayapmiz. Matnlarda o'zim o'qib o'rgangan, hayotiy voqealar bilan solishtirgan tajribalarim aks etgan. Siz uchun qay biri o'qishga qulayroq va ta'sirliroq: 1. Matn (emoji, rasm, videolarsiz) 2. Aralash
Hammasini ko'rsatish...
Hammasi yaxshi bo‘ladi Ba'zi narsalar sen istagandek bo'lmaydi. Hamma kunlar ham rejadagidek ketmaydi.Ba'zan faqatgina yotging keladi. O‘zingni yomon his qilasan. Yomon his qilganing sababli hech nima qilmaysan. Hech nima qilmaganing uchun o‘zingni yanada yomonroq his qilasan. Dars qilishing kerak qilmaysan. Ishlaring ko‘p, hech birini qilging kelmaydi. Ba'zan, insonlardan uzoqroqda bo‘lging keladi. Insonlar murakkab. Tuyg‘ular, aql, nafs, shayton, mikroorganizmlar yig‘indisimiz biz.Hamma kunimiz ham ideal bo‘lolmaydi. Ba'zida yomon his qilishing tabiiy holat. Hammasi yaxshi bo‘ladi. Zikr, uyqu, yurish. Sinab ko‘r. Ertasiga ko‘rmagandek bo‘lasan. @muvaffaqiyat_sirlari_tg
Hammasini ko'rsatish...
Hammasini ko'rsatish...
Muvaffaqiyat Sirlari

Shaxsiy rivojlanishga doir foydali ma'lumotlar! Aloqa uchun : @Xoldarov_off

Gapir Nimadir gapirish kerak, aytmasang bo’lmaydi Lekin gapirmaysan O'zi tushunib yetar deb o’ylaysan Yoki fikrimni o’qib oladi deysan O’zi shundoq ham bilsa kerak deb o’ylaysan Vaqtim yo’q-ku, ko’rmayaptimi? Oyligimni oshirmaydimi, ahvolimni biladiku Qo’pol-ku juda, nahotki sezmasa? Oddiy narsa-ku bilmaydimi? Yo’q, bilmaydi. Sen uchun oddiy bo’lgan narsa kim uchundir yangi Amerika Seni ahvolingni ham bilmaydi Odamlarni o’z dardi yetarli Odamlar yomon emas, shunchaki bilmaydi yoki unutib qo’ygan Shuning uchun Kimdir yoqib qoldimi, oldiga bor, ayt Hamkasbing noto’g’ri ish qildimi, ayt Bajara olmaysanmi, ayt Qiynalyapsanmi, ayt Yoqmayaptimi, ayt Odamlar fikrlarni o’qiy oladigan darajaga chiqmadi hali (ba’zilar ishoralarni ham tushunmaydi) Gapirmasang bilishmaydi @muvaffaqiyat_sirlari_tg
Hammasini ko'rsatish...
Odamlar sizni yoqtirib qoladi Yo‘lovchi mashinada edim. Mashinada 3 kishi edik: haydovchi, men va yana bir odam. Men orqa o‘rindiqda oldida boyagi odam o‘tirgandi. Haydovchi gap boshladi " Futbolga qiziqasizmi?" Yonidagi sherigidan so‘radi. U odamning kayfiyati yo‘qmidi ? Yoki boshqa sababmi? Gapirmadi, boshini "Yo‘q" degandek qimirlatdi. Haydovchi davom etdi "Men O'zbekiston futboliga qiziqaman. Ayni vaqtda zo‘r o‘ynashyapti. Bugun final...". Yana jimjitlik. Haydovchini yonidagi odam bir og‘iz gapirmadi. Bir ozdan so‘ng, haydovchi mashina olishi kerakligi haqida gap boshladi. E'tiborli jihati boyagi inson o‘z-o‘zidan gap boshladi. Mashina deysizmi aka? Qandayini olmoqchisiz? Kredit qilib olasizmi yoki naqdgami? Hozirgi kunda shu kabi mashina olganingiz yaxshi... Manzilga yetgunicha u odam tinmay mashina haqida gapirib ketdi. Mashinalar haqida o'zida qanday bilimi bo‘lsa barchasini aytib berdi... Manzilga yetganida "zo‘r odam ekansiz, gaplashib mazza qildim", deya xursand tushib ketdi... Biz odamlar shundaymiz. Bizning tabiatimiz shunday. O‘zimiz yoqtirgan narsalar haqida gapirishni xohlaymiz. Insonlarning qiziqishlari haqida gapiring. Ular xohlagan mavzularida suhbat quring. Fikrlariga munosabat bildiring. Ular sizni eng zo‘r suhbatdosh deb bilishadi. Garchi siz faqatgina tinglagan bo‘lsangiz ham. Ko‘p gapirgandan ko‘ra, ko‘proq tinglash, sizga muvaffaqiyat olib keladi. Odamlar sizni yoqtirib qoladi. @muvaffaqiyat_sirlari_tg
Hammasini ko'rsatish...