cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

ᴘᴇʀғᴇᴄᴛ ᴄᴏᴅᴇʀs

🔸Perfect Coders 🔶 Zamonaviy kasblarni birga o'rganamiz Savol, takliflar uchun 👇 @i_am_a_programmer

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
196
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kunlar
Ma'lumot yo'q30 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#bilasizmi #hardware #operatsion_tizim HDD va SSD farqlari, afzalliklari. Kimga qaysi biri kerak? 🤔 Dastlab qaysi biri qanday tuzilgan va qay tariqa ishlashini ko‘rib chiqamiz: HDD (Hard Disk Drive) – ma’lumot saqlashda elektrga bog‘liq bo‘lmagan qattiq (жесткий) disk. U bir necha metal disklardan tashkil topgan bo‘lib, ushbu metal disklar aylanishi hisobiga diskdan ma’lumotlar o‘qiladi. SSD (Solid State Drive) – ma’lumot saqlashda elektrga bog‘liq bo‘lmagan qattiq (твердотельное устройство) qurilma yoki disk. U asosan mikrosxemadan tashkil topgan bo‘lib, ma’lumotlarni HDD kabi metall disklarda emas, balki flesh xotiralarda saqlaydi. Ishlash prinsipi bo‘yicha fleshkani eslatib yuborsa-da, biroq undan tezroq va ishonchliroqdir. ↔️ Endi ularning farqlari haqida to‘xtalib o‘tamiz: 📌 Tezlik. SSD qurilmasi HDD'ga qaraganda tezroq ishlaydi, chunki u yerda mexanik aylanishlar bo‘lmaydi, barchasi mikrosxemalarda bajariladi. 📌 Narx. HDD arzonroq, lekin SSD'larning ham narxlari tushib bormoqda. 📌 Ishonchlilik. HDD'larda biror mexanik vaziyat (tushib ketish, biror nimaga urib olish) sodir bo‘lsa, ishdan chiqish ehtimoli juda katta (o‘z tajribamizda bo‘lgan vaziyat), SSD disklar ham jaaa buldozer 🚜 emas, ular ham buziladi, lekin HDD'larda mavjud bo‘lgan mexanik disklar va ularni o‘quvchi kallaklar (головки) SSD'larda bo‘lmagani evaziga biroz ishonchliroqdir. 📌 Shovqin. HDD disklarda metall distlar aylanganligi sababli shovqinli hisoblanadi, yuklama tushganda disklar aylanayotganini eshitishingiz ham mumkin. 📌 Quvvat. SSD disklar kam quvvat talab qiladi, HDD disklarda esa metall disklarni katta tezlikda aylantirish uchun yaxshigina quvvat zarur. 📌 Hajm. Hajm bo‘yicha ikkalasida ham muammo yoq desa ham bo‘ladi, turli xil variantlari bor, lekin shunday bo‘lsa-da, HDD'larda bu borada variant ko‘proq. 📌 Form faktor (tashqi ko‘rinishi). SSD disklar HDD'ga qaraganda o‘lcham jihatidan kichikroq, yengilroq va olib yurish uchun ham qulaydir. 📌 Ishlash davomiyligi. HDD disklar qandaydir mexanik ta’sirlar bo‘lmasa anchagacha ishlashi mumkin. SSD disklarga ma’lum bir marotabagacha yozish va o‘qish chegaralari bor, bu chegaralar uy kompyuteringizdagi SSD disklar uchun unchalik ahamiyatsiz, bu chegara asosan serverlar uchun muhimroqdir. 📊 Asosiy farqlari shu, endi kimga qaysi birini tanlash kerakligiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak: ✅ Geymerlar, ma’lumotlar bazasi bilan ishlovchilar, dasturchilar, video va foto montajchilar va albatta o‘z kompyuterida tezkor ishlashni xohlovchilar uchun – SSD yaxshi variant. ✅ Katta hajmdagi video fayllarni saqlovchilar, arxiv ma’lumotlari bilan ishlovchilar, videokuzatuv ma’lumotlarini saqlovchilar, asosan ofis ishlari bilan shug‘ullanuvchlar uchun ma’lumot saqlashda – HDD'dan foydalanish mumkin. ✅ Optimal variant – aralash qilib ishlatish. Tizim tezroq yonishi uchun, uni SSD'ga o‘rnatib, ma’lumotlarni saqlash uchun HDD'dan foydalansa bo'ladi yoki montaj ishlari uchun SSD'ni tayinlab, qolgan dasturlarni HDD'ga o‘rnatish mumkin, bular endi o‘zingizdagi fantaziya, ish sharoiti va albatta moddiy imkoniyatlar bilan bog‘liq. 🦅 SSD tezligini tasavvur qilishingiz uchun misol: SSD disk orqali Windows'ni yuklasangiz HDD'ga nisbatan tizimingiz 5, 6 marotaba tezroq yuklanadi. ☝️Kimga qaysi biri kerak degan savol nisbiy berilgan, mablag‘ bo‘lsa istalgan odam uchun SSD qulay. Bunda bitta farq – ma’lumotlar bazasi bilan (serverlarda) ishlashda tanlov ustida shoshmagan ma’qul, chunki yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, SSD disklarda yozish chegarasi mavjud.
Hammasini ko'rsatish...

Yangi yilga tayyorgarlik😁.... Sizda qanaqa bòlyapti... Hammaga yangi yil oldi yaxshi kayfiyat tilayman.
Hammasini ko'rsatish...
Victoria — bu Windows operatsion tizimidagi qattiq disklar, SSD disklar, xotira kartalari va boshqa disklarni diagnostika qilish, tekshirish, sinovdan o'tkazish va tuzatish uchun samarali dastur. USHBU VERSIYA HAQIDA 📁 Turkum: #xotira 🆚 Versiya: v5.37 🖥 OT: Windows x86/x64 🇬🇧 Interfeys tili: rus 🔑 Aktivatsiya: shart emas @web_dasturlash_it_uzb — IT dasturlar!
Hammasini ko'rsatish...
Yangi yilga 8 kun qoldi azizalar...
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#ingliztili Ingliz tili darslari o'zbek tilida sodda va lo'nda qilib tushuntirilgan ajoyib sayt. Ushbu saytda har bir mavzudan keyin mustahkamlash uchun qiziqarli mashqlar va testlar berilgan bo'lib, o'rgangan bilimlaringizni mustahkamlash uchun juda ham qo'l keladi. LINK 👉 https://hasanboy.uz/ingliz-tili/darslar/
Hammasini ko'rsatish...
Easy Duplicate Finder
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Easy Duplicate Finder — Kompyuterdagi xotirani band qilib turgan nusxalangan fayllarni topish uchun ishlatiladigan dastur. — Sayti: www.easyduplicatefinder.com @web_dasturlash_it_uzb
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#foydali Ishlaringiz chalkash va tartibsizmi, hamma ishlar aniq qilingan yoki qilinmagan ekanligini eslay olmayapsizmi, unda ushbu ilova sizga yordam beradi. LINK 👉 t.me/foydali_iIova/204 @web_dasturlash_it_uzb
Hammasini ko'rsatish...
Bir tishlam motivatsiya! Seni kecha budilnik qo'yishga majbur qilgan narsa nima? Seni ulkan orzular qilishga majbur qilayotgan narsa nima? Seni kelajakka maqsadlaringni bog'layotgan narsa nima? Seni o'z ustingda ishlab rivojlanishga undayotgan narsa nima? Umid... "Umid oxiri o'ladi... Noumid shayton..." Bolaligingda kim bo'lasan deb so'rashsa, Prezident bo'laman der eding. Ota onamni hajga olib boraman der eding. Limuzin olib beraman der eding. O'sha payt shubhang bormidi? Stiv Jobs haqida birinchi bor o'qiganingda, "men ham olamni o'zgartiraman" deb qaror qilgan eding. Orzu... Do'stim, bilaman Sen dunyoga foydasi tegadigan buyuk inson bo'lishni xohlaysan. Lekin, qattiq xohlamayapsan. Xohishing Seni uxlamasdan harakat qilishga, kitoblar o'qishga, urinib ko'rishga majbur qila olmayapti. Agar, bugun boshlamasang, orzularing yana necha yillar navbat kutarkin ?! Bora bora orzularing soni ham, sifati ham kamayib ketaveradi... Sen juda ko'p buyuklar tarixini o'rganding. Unutma tarixni nafaqat o'qishadi, uni yaratishadi ham. O'zini o'zgartira olgan, insonlar qalbiga yo'l topa olgan, tinmay mehnat qilgan Afsonalar o'z tarixini yozadi va qolganlar uni hayrat bilan o'qiydi ! 👉 @web_dasturlash_it_uzb – kanalini kuzatib boring!
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Muvaffaqiyat Kunlarning birida qurbaqalarning toʼdasidan ikki qurbaqa chuqurlikka tushib ketibdi. Barcha qurbaqalar chuqurlik tepasida jamlanib olib - «Boʼldi endi, shu yerda oʼlib ketasizlar.. hadib sakrayverishdan foyda yoʼq" der edilar. Uzoqqa bormay, ikki qurbaqaning biri qoʼrquv va qattiq tushkunlik oqibatida nobud boʼldi. Ikkinchi qurbaqa esa, tinmay sakrashda davom etar edi. Har safar sakraganda, ilgargisidan balandroq sakrar edi. Аmmo, yuqoridagi qurbaqalar hamon : "Boʼldi qil endi.! Foydasi yoʼq" deyaverar edilar. Koʼp oʼtmay, boyagi qurbaqa chuqurdan chiqishga muvaffaq boʼldi. Tepadagi qurbaqalar qattiq taajjubda edilar. Soʼng undan soʼrashdi: "Qanday buni uddalay olding ?!" U jim turardi. Keyin bilsalar, uning quloqlari eshitmas ekan. Har safar uni sakrashdan qaytarganlarida, qoʼllab-quvvatlamoqdalar deb oʼylab, bu mushkul ishni uddasidan chiqqan ekan. «Balki, eng zoʼri boʼlishingizga insonlarning Siz haqingizdagi gaplari toʼsqinlik qilayotgandir?» @web_dasturlash_it_uzb
Hammasini ko'rsatish...