cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qilingΒ», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

πŸ’Žπˆπ‹π†'πŽπ‘ππ„πŠ ππ€πŒπŽπ™πŽπ• π‘π€π’πŒπˆπ˜πŸ’Ž

_Assalamu aleykum va rahmatullohi va barokatuh Bu yerda shoir IlgΚ»orbek Namozovni sheΚΌrlari yoritib boriladi _mualliflik huquqi bilan himoyalangan!! _muallif ruxsatisiz foydalanilmasin!! πŸ‘‡Murojaat uchun πŸ‘‡ πŸ‘‰ @Ilgorbek_Namozov1 πŸ“ž +998338676869

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
282
Obunachilar
-124 soatlar
-67 kunlar
-330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Primyera Afsuslarda yonmaysanmi? Armon qo'lin tutar bo'lsam, Dardlar yo'lin kutar bo'lsam. Uzoqlarga ketar bo'lsam, Afsuslarda yonmaysanmi? Qanotimni qayirsalar, Oyog'imdan tayirsalar. Seni mendan ayirsalar, Afsuslarda yonmaysanmi? Muhabbatim bo'lib ermak, Xijronlarda yonsa yurak. Bizning manzil bo'lsa bo'lak, Afsuslarda yonmaysanmi? Soching silar begona yor, Yuragimda yig'lar bahor. Tuyg'ularim bo'lganda xor, Afsuslarda yonmaysanmi? Ishq bog'ida totib sharob, Qara gulim bo'ldim xarob. Baxtlar izlab topsang sarob, Afsuslarda yonmaysanmi? Armon qo'lin tutar bo'lsam, Dardlar yo'lin kutar bo'lsam. Uzoqlarga ketar bo'lsam, Afsuslarda yonmaysanmi? Muallif: Ilg'orbek Namozov ✍️ https://t.me/I_Namozov
Hammasini ko'rsatish...
πŸ’Žπˆπ‹π†'πŽπ‘ππ„πŠ ππ€πŒπŽπ™πŽπ• π‘π€π’πŒπˆπ˜πŸ’Ž

_Assalamu aleykum va rahmatullohi va barokatuh Bu yerda shoir IlgΚ»orbek Namozovni sheΚΌrlari yoritib boriladi _mualliflik huquqi bilan himoyalangan!! _muallif ruxsatisiz foydalanilmasin!! πŸ‘‡Murojaat uchun πŸ‘‡ πŸ‘‰ @Ilgorbek_Namozov1 πŸ“ž +998338676869

❀‍πŸ”₯ 3πŸ‘ 2⚑ 1πŸ”₯ 1πŸ’˜ 1
πŸ”ˆ #Premyera⭐️ G'iybatimni qilmang birodar... Keling sizga beray bir savol, Qay amalim kelyapti malol. Yashayinda men ham bemalol, G'iybatimni qilmang birodar... Otmang yetar ta'na toshlarin, Ko'rsatmayman ko'zim yoshlarin. Egmang bo'ldi yigit boshlarin, G'iybatimni qilmang birodar... Gohi otda yurdim piyoda, Kun ko'raylik yorug' dunyoda. Alloh o'zi qilar ziyoda, G'iybatimni qilmang birodar... Ko'kka yetar dildagi ohim, Shundoq ham ko'p o'zi gunohim. Ko'rib turar ahir Allohim, G'iybatimni qilmang birodar... Qarolmaysiz xatto ko'zimga, So'z demaysiz bir-bor o'zimga. Aytolmaysiz kelib yuzimga, G'iybatimni qilmang birodar... Muallif: Ilg'orbek Namozov ✍️ 🌐https://t.me/I_Namozov
Hammasini ko'rsatish...
πŸ’Žπˆπ‹π†'πŽπ‘ππ„πŠ ππ€πŒπŽπ™πŽπ• π‘π€π’πŒπˆπ˜πŸ’Ž

_Assalamu aleykum va rahmatullohi va barokatuh Bu yerda shoir IlgΚ»orbek Namozovni sheΚΌrlari yoritib boriladi _mualliflik huquqi bilan himoyalangan!! _muallif ruxsatisiz foydalanilmasin!! πŸ‘‡Murojaat uchun πŸ‘‡ πŸ‘‰ @Ilgorbek_Namozov1 πŸ“ž +998338676869

πŸ‘ 6πŸ”₯ 6⚑ 1❀ 1πŸ₯° 1😒 1πŸ’― 1
πŸ”ˆ #Premyera⭐️ SogΚ»inishdan oΚ»zga choram yoΚ»q Borolmayman yorim sen tomon, KoΚ»ksim teshar xijron degan oΚ»q. KoΚ»rmoqlikni istayman ammo, SogΚ»inishdan oΚ»zga choram yoΚ»q. Boldan totli so'zlaringni yor, Ohu misol ko'zlaringni yor. Sutdek oppoq yuzlaringni yor, SogΚ»inishdan oΚ»zga choram yoΚ»q. Armonlarning yo'llarin to'sib, Goho kulib gohida o'ksib. Sur'atlaring yuzimga bosib, SogΚ»inishdan oΚ»zga choram yoΚ»q. Har dam sening visoling o'ylab, Oqshom dardim yulduzga so'ylab. Sening kelar yo'llaring poylab, Sog'inishdan o'zga choram yo'q. Siypalaydi sochingni shamol, Xamon senda sendadir xayol. Sog'inishlar kelmaydi malol, SogΚ»inishdan oΚ»zga choram yoΚ»q. Borolmayman yorim sen tomon, KoΚ»ksim teshar xijron degan oΚ»q. KoΚ»rmoqlikni istayman ammo, SogΚ»inishdan oΚ»zga choram yoΚ»q. Muallif: Ilg'orbek Namozov ✍️ 🌐https://t.me/I_Namozov
Hammasini ko'rsatish...
πŸ’Žπˆπ‹π†'πŽπ‘ππ„πŠ ππ€πŒπŽπ™πŽπ• π‘π€π’πŒπˆπ˜πŸ’Ž

_Assalamu aleykum va rahmatullohi va barokatuh Bu yerda shoir IlgΚ»orbek Namozovni sheΚΌrlari yoritib boriladi _mualliflik huquqi bilan himoyalangan!! _muallif ruxsatisiz foydalanilmasin!! πŸ‘‡Murojaat uchun πŸ‘‡ πŸ‘‰ @Ilgorbek_Namozov1 πŸ“ž +998338676869

❀‍πŸ”₯ 2πŸ‘ 1❀ 1πŸ₯° 1😒 1😍 1πŸ˜‡ 1πŸ’˜ 1😘 1
πŸ”ˆ #Premyera⭐️ *** Sur'atlaring qo'llarimda, Tong otguncha ichib chiqdim. Seni deb yor ishq shahridan, Ishq libosin yechib chiqdim... Kuyar bo'lsam kuyib bo'ldim, Xijronlarning cho'g'larida. Qo'l ushlashib yurolmadik, Muhabbatning bog'larida... Ayrildik biz ikki tomon, Topolmayin biror chora. Stamlardan chekib ozor, Yurak bag'rim bo'ldi pora... Shum taqdir ham nishlarini, Qon ko'ksimga sanchib ketdi. Armon degan bir zulmkor, Orzularim yanchib ketdi... Ahdlashuvlar bo'ldi sarob, Sening tomon yetolmayman. Ketayapsan baxt uyiga, Umid uzib ketolmayman... Soching silar begona yor, Ko'changga ham yo'lolmayman. Ayro ketti yo'llarimiz, Endi yoring bo'lolmayman... Sur'atlaring qo'llarimda, Tong otguncha ichib chiqdim. Seni deb yor ishq shahridan, Ishq libosin yechib chiqdim... Muallif: Ilg'orbek Namozov ✍️ 🌐https://t.me/I_Namozov
Hammasini ko'rsatish...
πŸ’Žπˆπ‹π†'πŽπ‘ππ„πŠ ππ€πŒπŽπ™πŽπ• π‘π€π’πŒπˆπ˜πŸ’Ž

_Assalamu aleykum va rahmatullohi va barokatuh Bu yerda shoir IlgΚ»orbek Namozovni sheΚΌrlari yoritib boriladi _mualliflik huquqi bilan himoyalangan!! _muallif ruxsatisiz foydalanilmasin!! πŸ‘‡Murojaat uchun πŸ‘‡ πŸ‘‰ @Ilgorbek_Namozov1 πŸ“ž +998338676869

πŸ‘ 9😍 2❀‍πŸ”₯ 1❀ 1πŸ”₯ 1πŸ₯° 1πŸ‘ 1😒 1πŸ’˜ 1
πŸ”ˆ #Premyera⭐️ Onajon... Aytolmayman dilda dardlarim, Sitamlardan qiynalmoqda jon. So'zlaringiz bo'lsin tasalli, Bag'ringizga bosing onajon... Ishqning tig'i ko'ksimni tilar, So'zlarimga ko'nmas yori jon. Menga sizning mehringiz kerak, Bag'ringizga bosing onajon... Xayollarim kezar sargardon, Vujudimni bosar hayajon. Topolmadim sizdayin chin do'st, Bag'ringizga bosing onajon... Xushomadlar barisi bekor, O'zinggiz siz menga jonajon. Taftingizni sog'indim rosti, Bag'ringizga bosing onajon... Tiyolmayman ko'z yoshlarimni, Duoda siz men deb har qachon. Tavof qilib ko'nglinggiz olay, Bag'ringizga bosing onajon... Aytolmayman dilda dardlarim, Sitamlardan qiynalmoqda jon. So'zlaringiz bo'lsin tasalli, Bag'ringizga bosing onajon... Muallif: Ilg'orbek Namozov ✍️ 🌐https://t.me/I_Namozov
Hammasini ko'rsatish...
πŸ’Žπˆπ‹π†'πŽπ‘ππ„πŠ ππ€πŒπŽπ™πŽπ• π‘π€π’πŒπˆπ˜πŸ’Ž

_Assalamu aleykum va rahmatullohi va barokatuh Bu yerda shoir IlgΚ»orbek Namozovni sheΚΌrlari yoritib boriladi _mualliflik huquqi bilan himoyalangan!! _muallif ruxsatisiz foydalanilmasin!! πŸ‘‡Murojaat uchun πŸ‘‡ πŸ‘‰ @Ilgorbek_Namozov1 πŸ“ž +998338676869

πŸ”₯ 10❀‍πŸ”₯ 1❀ 1πŸ₯° 1😒 1😍 1πŸ˜‡ 1😘 1
πŸ”ˆ #Premyera⭐️ Soxta gulim... Yolg'on ekan qilgan ahding, Yarim bo'ldi qara baxting. Zoyi ketdi shuncha vaqting, Soxta gulim, soxta gulim... Muhabbatdan bo'lib judo, Ko'z yosh to'kib qilma nido. Senga ham bordir xudo, Soxta gulim, soxta gulim... Ishqqa qasam ichib qo'ydim, Ishq libosin yechib qo'ydim. Tuyg'ulardan kechib qo'ydim, Soxta gulim, soxta gulim... Yolg'onlaring aytib kelma, Sog'inganda daydib kelma. O'tinaman qaytib kelma, Soxta gulim, soxta gulim... Oshiq edim ko'zlaringga, Oydan go'zal yuzlaringga. Ishonmayman so'zlaringga, Soxta gulim, soxta gulim... Beayb ishqim chekdi jabr, Ko'ngil dardga bo'ldi qabr. Yuragimda to'ldi sabr, Soxta gulim, soxta gulim... Yolg'on ekan qilgan ahding, Yarim bo'ldi qara baxting. Zoyi ketdi shuncha vaqting, Soxta gulim, soxta gulim... Muallif: Ilg'orbek Namozov ✍️ 🌐https://t.me/I_Namozov
Hammasini ko'rsatish...
πŸ’Žπˆπ‹π†'πŽπ‘ππ„πŠ ππ€πŒπŽπ™πŽπ• π‘π€π’πŒπˆπ˜πŸ’Ž

_Assalamu aleykum va rahmatullohi va barokatuh Bu yerda shoir IlgΚ»orbek Namozovni sheΚΌrlari yoritib boriladi _mualliflik huquqi bilan himoyalangan!! _muallif ruxsatisiz foydalanilmasin!! πŸ‘‡Murojaat uchun πŸ‘‡ πŸ‘‰ @Ilgorbek_Namozov1 πŸ“ž +998338676869

πŸ‘ 8❀ 2πŸ”₯ 1πŸ₯° 1😒 1😍 1πŸ’” 1πŸ˜‡ 1
πŸ”ˆ #Premyera⭐️ Kelgin yuzim bosay kaftingga Ishq dardiga izlayman najot, Kelgin yuzim bosay kaftingga. Bu dunyoda ahir hech narsa, O'xshamaydi mehr taftingga. Kelgin gulim, kelgin yonimga, Yurakdagi dardlarim olgin. Va ohista tutib qo'limdan, Sen shunchaki yonimda qolgin. Ko'zlaringga ko'zlarim muhtoj, To'qnasharmi yana nigohlar. So'z demayin sukunatda man, Ko'kka yetar dildagi ohlar. Xasta qildi meni sensizlik, Ishq shahrida og'ir bemorman. Umid bilan vaslingni istab, Gulim qara oqshom bedorman. Xatto falak dardimga sherik, Xasratimdan to'kadi ko'z yosh. Tuyg'ularim sog'inchlar qiynar, Kundan kunga to'ladi bardosh. Ishq dardiga izlayman najot, Kelgin yuzim bosay kaftingga. Bu dunyoda ahir hech narsa, O'xshamaydi mehr taftingga. Muallif: Ilg'orbek Namozov ✍️ 🌐https://t.me/I_Namozov
Hammasini ko'rsatish...
πŸ’Žπˆπ‹π†'πŽπ‘ππ„πŠ ππ€πŒπŽπ™πŽπ• π‘π€π’πŒπˆπ˜πŸ’Ž

_Assalamu aleykum va rahmatullohi va barokatuh Bu yerda shoir IlgΚ»orbek Namozovni sheΚΌrlari yoritib boriladi _mualliflik huquqi bilan himoyalangan!! _muallif ruxsatisiz foydalanilmasin!! πŸ‘‡Murojaat uchun πŸ‘‡ πŸ‘‰ @Ilgorbek_Namozov1 πŸ“ž +998338676869

πŸ‘ 6❀‍πŸ”₯ 2⚑ 1❀ 1πŸ₯° 1😍 1πŸ’˜ 1😘 1
01:48
Video unavailableShow in Telegram
Men seni xudodan so'rab sevaman... ✍️ Ilg'orbek Namozov πŸŽ™ Nodira Azizova https://t.me/I_Namozov
Hammasini ko'rsatish...
19.21 MB
❀‍πŸ”₯ 7πŸ”₯ 2🀩 2😘 2πŸ₯° 1😍 1πŸ’˜ 1
πŸ”ˆ #Premyera⭐️ Yiroqlashib ketting gulim Ayriliqning qo'llarini, Behos kelib tutding gulim. Bilasanmi, bilmaysanmi? Yiroqlashib ketding gulim... Voslar kechib baxtlaringdan, Qay manzilga yetding gulim, Tuyg'ularim quchog'idan, Yiroqlashib ketding gulim... Armonlardan yongan dilni, Pora-pora etding gulim. Bizlar qilgan orzulardan, Yiroqlashib ketding gulim... Qarshingdagi mehrlarni, Begonadan kutding gulim. Muhabbatim taftlaridan, Yiroqlashib ketding gulim... Seni sevgan oshig'ingga, Parvo qilmay o'tding gulim. Xijronlarda yongan dildan, Yiroqlashib ketding gulim... Aytolmaysan bilarman lek, Ko'p azoblar yutding gulim. Ota-onang sha'nin o'ylab, Yiroqlashib ketding gulim... Ayriliqning qo'llarini, Behos kelib tutding gulim. Bilasanmi, bilmaysanmi? Yiroqlashib ketding gulim... Muallif: Ilg'orbek Namozov ✍️ https://t.me/I_Namozov
Hammasini ko'rsatish...
πŸ’Žπˆπ‹π†'πŽπ‘ππ„πŠ ππ€πŒπŽπ™πŽπ• π‘π€π’πŒπˆπ˜πŸ’Ž

_Assalamu aleykum va rahmatullohi va barokatuh Bu yerda shoir IlgΚ»orbek Namozovni sheΚΌrlari yoritib boriladi _mualliflik huquqi bilan himoyalangan!! _muallif ruxsatisiz foydalanilmasin!! πŸ‘‡Murojaat uchun πŸ‘‡ πŸ‘‰ @Ilgorbek_Namozov1 πŸ“ž +998338676869

πŸ”₯ 3😍 3❀‍πŸ”₯ 1❀ 1πŸ‘ 1😒 1πŸ’” 1πŸ˜‡ 1πŸ’˜ 1
πŸ”ˆ #Premyera⭐️ Kechiring siz onajon... Sochingizni qor qildim, Izlarimga zor qildim. Begonani yor qildim, Kechiring siz onajon... Yig'lab xatim yozyapman, Aqldan ham ozyapman. Dunyolarni buzyapman, Kechiring siz onajon... Ko'p dedimda ishlarim, Qo'nsa omad qushlarim. Behalovat tushlarim, Kechiring siz onajon... Olisda man dil yiroq, Qilmayman ham qo'ng'iroq. Gunohkor man lek biroq, Kechiring siz onajon... Armon ko'zim oldida, Umrimga chang soldida. Ishqdan ko'nglim qoldida, Kechiring siz onajon... Sochingizni qor qildim, Izlarimga zor qildim. Begonani yor qildim, Kechiring siz onajon... Muallif: Ilg'orbek Namozov ✍️ 🌐https://t.me/I_Namozov
Hammasini ko'rsatish...
πŸ’Žπˆπ‹π†'πŽπ‘ππ„πŠ ππ€πŒπŽπ™πŽπ• π‘π€π’πŒπˆπ˜πŸ’Ž

_Assalamu aleykum va rahmatullohi va barokatuh Bu yerda shoir IlgΚ»orbek Namozovni sheΚΌrlari yoritib boriladi _mualliflik huquqi bilan himoyalangan!! _muallif ruxsatisiz foydalanilmasin!! πŸ‘‡Murojaat uchun πŸ‘‡ πŸ‘‰ @Ilgorbek_Namozov1 πŸ“ž +998338676869

πŸ‘ 5πŸ”₯ 4❀ 2😒 2😭 2πŸ₯° 1😍 1πŸ˜‡ 1πŸ’˜ 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.