cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

AndMI Xalqaro hamkorlik bo'limi

Andijon mashinasozlik instituti Xalqaro bo'limi telegram sahifasi

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
548
Obunachilar
-224 soatlar
-17 kunlar
-1130 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from NAT-TEST Andijon
🔊🔊 DIQQAT! Iltimos, oxirigacha o’qing! ✅ 2024-yilning 11-avgust yakshanba kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilgan NAT-TEST(Andijon shahridagi) imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish boshlanganini eʼlon qilamiz. 📌Arizalar elektron tarzda qabul qilinadi. ❓ Qanday qilib, deysizmi? Bu juda oson: 1) 3,5x4,5 o'lchamdagi fotosurat elektron shaklda; 2) Passport skaner qilingan holda,  .jpg formatda  @nattestmurojaat_bot manziliga yuboriladi. 3) CLICK yoki PayMe xizmati orqali  8600 3329 4310 3238 (ABDULHAMID AKBAROV nomida) raqamdagi plastik karta hisobiga 405.000 (CLICK yoki PayMe xizmati bilan birga) so'm miqdorida pul o'tkaziladi hamda pul o'tganligi haqida ma'lumot - sms skrinshot (screenshot) holatida @nattestmurojaat_bot profiliga yuboriladi. 4) Bundan tashqari qaysi daraja uchun test topshirishingiz va telefon raqamingizni ham yozib qoʻyasiz. 📌Yuqoridagi talablarga javob bermaydigan hujjatlar QABUL QILINMAYDI!!! 📃Eslatma: Barcha hujjatlar va kvitansiyani bir vaqtda yuborishingiz kerak! 📑 Hujjatlar 12-IYUL soat 16:00 gacha qabul qilinadi. Murojaat uchun: @nattestmurojaat_bot @nattest_andijon
Hammasini ko'rsatish...
👍 1 1
#Xushxabar Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik texnologiyasi, mashinasozlik ishlab chiqarishini jihozlash va avtomatlashtirish yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Joʻrayeva Yekaterina Maksimovna fan va taʼlim rivojiga qoʻshgan hissasi uchun “MDH mamlakatlari eng yaxshi tadqiqotchisi – 2024” koʻkrak-nishoni bilan taqdirlandi. U Qozogʻistonning “Bobek” milliy harakati tomonidan Mustaqil davlatlar hamdoʻstligi mamlakatlarining eng yosh izlanuvchi sifatida eʼtirof etildi. Shuningdek, tashkilotchilar uning ilmiy rahbari Materialshunoslik va yangi materiallar kafedrasi professori, texnika fanlari doktori Gulistan Orazimbetovani diplom hamda tashakkurnoma bilan taqdirlagan. Qayd etish lozim, Yekaterina institutning jamoat ishlarida, kimyo fani toʻgaragida, fan olimpiadalari, respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalar faol ishtirok etib keladi. Ayni paytda u ilmiy rahbari texnika fanlari doktori, professor Gulistan Orazimbetova rahbarligida “Mashinasozlikda rangli va koʻra metallarni va qotishmalarini qoʻllashning uziga xosligi” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormokda. Institut jamoasi Guliston Orazimbetova hamda Yekaterina Joʻrayevani ushbu muvaffaqiyati bilan tabriklab, kelgusi ishlarida omad tilab qoladi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1🔥 1👏 1
⚙️Sun’iy intellekt va dasturlash bo’yicha seminar! 🌐Andijon Yoshlar Texnoparkida tashkil etilgan Robototexnika kursi rahbari Nodirbek Ro‘ziyev Hindiston davlatida boʻlib oʻtayotgan 12 kunlik "Sun'iy intellekt va dasturlash" yoʻnalishi bo'yicha o'quv seminarida ishtirok etmoqda. Telegram | Instagram | Facebook
Hammasini ko'rsatish...
1
Photo unavailableShow in Telegram
Oʻzbekiston qaysi xalqaro reyting va indekslarda yuqoriladi? Misol uchun, Jahon iqtisodiy forumi tomonidan tayyorlangan Travel&Tourism Development Index 2024'ga koʻra, Oʻzbekiston 16 pogʻonaga koʻtarilib, 119 davlat orasida 78-oʻrinni egalladi. Bu bilan jahon turizm bozori uchun oʻz iqtisodiyotini faol rivojlantirgan davlatlar orasida yetakchilik qilmoqda.
Maʼlumot uchun: Oʻtgan 5 oyda Oʻzbekistonga qariyb 3 mln sayyoh kelgan
Boshqa reytinglardagi so'nggi natijalar #infografikada. Telegram📱Facebook📱Instagram📱
Hammasini ko'rsatish...
KOICA, Global Civic Sharing, and Yuksalish Host Second NGO School in Tashkent From June 25th to June 28th, KOICA, Global Civic Sharing, and Yuksalish successfully held the second NGO School as part of the project "Uzbekistan-based CSO Empowerment for Policy Competence and Partnerships in Central Asia." The event focused on “A Practical Course for Improved Understanding by Civil Society Organizations of the Sustainable Development Goals and the Application of Monitoring Methodology for Their Achievement.” Approximately 30 Civil Society Organizations (CSOs) from 14 regions of Uzbekistan participated enthusiastically in the sessions. The NGO School aimed to enhance the capacity of CSOs in understanding and applying the Sustainable Development Goals (SDGs) within their operations. Participants engaged in comprehensive training sessions and practical workshops designed to improve their policy competence and foster partnerships across Central Asia. By the conclusion of the NGO School, participants had gained valuable insights into effective monitoring methodologies, which are crucial for the achievement of the SDGs. KOICA Uzbekistan Office anticipates that the collaboration with Yuksalish and local CSOs will lead to impactful activities aligned with global standards and directions. ~~~ Toshkentda KOICA, Global Civic Sharing va Yuksalish “2-NTTlar maktabi” mashg’ulotini amalga oshirdi 25-iyundan 28-iyunga qadar Koreya Xalqaro hamkorlik Agentligi (KOICA), Koreyaning “Global Civic Sharing” (GCS) va Yuksalish umumilliy harakati hamkorlikda “O‘zbekistonda joylashgan Fuqarolik jamiyati tashkilotlarining (CSO) Markaziy Osiyoda siyosat sohasidagi salohiyat va hamkorliklarini kuchaytirish”, loyihasi doirasida ikkinchi 2-NNTlar maktabi mashg’ulotini muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Tadbirning asosiy yo’nalishi “Fuqarolik jamiyati tashkilotlarining - Barqaror rivojlanish maqsadlarini tushunish va ularga erishish yo’lidagi monitoring metodologiyasini qo‘llash bo‘yicha amaliy kurs” mavzusida bo’lib o’tdi. Sessiyalarda O‘zbekistonning 14 ta hududidan (Toshkent shaxri, Qoraqalpog’iston Respublikasi va 12 ta viloyat) 30 ga yaqin fuqarolik jamiyati tashkilotlari (FJT) vakillari ishtirok etdi. Nodavlat notijorat tashkilotlari (NTT) maktabi mashg’uloti orqali Barqaror rivojlanish maqsadlarini (BRM) tushunish va qo'llashda fuqarolik jamiyati tashkilotlarining salohiyatini oshirish ko’zda tutilgan. Ishtirokchilar Markaziy Osiyo boʻyicha siyosiy malakalarini oshirish va hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan keng qamrovli amaliy darslarda qatnashdilar. NTTlar maktabi orqali ishtirokchilar BRMga erishish uchun muhim bo‘lgan samarali monitoring metodologiyalari haqida qimmatli bilimlarga ega bo‘ldilar. KOICA O‘zbekiston vakolatxonasi bilan Yuksalish umuilliy harakati va mahalliy NTT lar o’rtasidagi hamkorlik xalqaro andoza hamda yo‘nalishlarga mos keladigan samarali faoliyatga olib kelishi kutilmoqda. Telegram | Facebook | Youtube
Hammasini ko'rsatish...
Institutga xorijlik talabalarni jalb qilish masalasi muhokama qilindi
Mutaxassis kadrlarning shakllanish muhitini yaxshilash hamda oliy taʼlim sifatini oshirish bugungi kunning asosiy muammolaridan biri hisoblanadi. Shu sababdan ham soʻnggi yillarda yurtimizda taʼlim tizimini kompleks rivojlantirish, malakali kadrlarni tayyorlash masalasi ustuvor ahamiyat kasb etmoqda. Global raqobat sharoitidagi yangi talablarga javob beruvchi, moslashuvchan taʼlim tizimini yaratishga qaratilgan tub islohotlar amalga oshirilmoqda. Bunda oliy oʻquv yurtlari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, oʻqitish tizimiga xalqaro andozalarni joriy etish, pedagogik jarayonni takomillashtirish, oʻqituvchilar tarkibi va faoliyat sifatini yaxshilash, xalqaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish va mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Andijon mashinasozlik instituti misolida oladigan boʻlsak, soʻnggi besh yil davomida yaratilgan imkoniyatlar natijasida institutning ilmiy salohiyati 18 foizdan 40 foizga yetkazildi, ilmiy laboratoriyalar zamonaviy jihozlar bilan taʼminlandi, avtomobillarga xizmat koʻrsatish markazi tashkil etildi. Natijada muassasaga nafaqat mahalliy, balki xorijlik talabalarni jalb qilish imkoniyati yaratildi. Yaratilgan sharoitlar bilan tanishish maqsadida Tunis Respublikasining “Educa conseil” konsalting markazi vakillari institutimizga tashrif buyurdi. Markazning bosh menejeri Skander Baxri hamda Sankt-Peterburgdagi ofisining mijozlar bilan ishlash boʻyicha menejeri Yuliya Krasikovalar institutda talabalar uchun yaratilgan barcha sharoit va imkoniyatlarni koʻzdan koʻchirdilar, professor-oʻqituvchilar bilan suhbatlashdilar. Shundan soʻng mehmonlar institut rektori, texnika fanlari doktori Umid Turdialiyev uchrashib, kelgusida institutga nafaqat Tunis, balki Afriqa qitʼasidagi mamlakatlardan ham yoshlarni yuborish imkoniyati mavjudligini bildirdilar. Uchrashuv davomida ikki tomonlama hamkorlik, tahsil olish istagida boʻlgan xorijlik talabalarning oʻqishi va yashashi boʻyicha masalalar muhokama qilindi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
2
Информационное_письмо_конференция_2024_3.pdf1.12 MB
Institutimiz oʻqituvchilari Rossiyaning yetakchi OTMlarida malaka oshirmoqdalar
Buyuk Pyotr nomidagi Sankt-Peterburg politexnika universiteti Rossiya Federatsiyasining iqtisodiyot va sanoat uchun ilgʻor texnologiyalarni yaratuvchi, eng kuchli ilmiy maktablar anʼanalariga asoslangan, koʻp tarmoqli ilmiy tadqiqotlar va jahon darajasidagi texnologiyalarni birlashtirgan yetakchi tadqiqot va taʼlim markazi hisoblanadi. Universitet tarkibiga 12 ta asosiy institutlar, qoʻshimcha taʼlim fakultetlari, filial, ilmiy-tadqiqot boʻlinmalari majmuasi, shu jumladan qoʻshma ilmiy-texnika instituti, ilmiy va oʻquv markazlari, bir qator ixtisoslashtirilgan ilmiy-ishlab chiqarish tuzilmalari kiradi. Bugungi kunda muassasada bakalavriatura boʻyicha 101 ta mutaxassislik boʻyicha muhandislar, iqtisodchilar, menejerlar, shuningdek, fan va texnikaning 51 ta yoʻnalishi boʻyicha magistrlar hamda 90 ta ilmiy mutaxassisliklar boʻyicha aspirantlar tayyorlanmoqda. Andijon mashinasozlik instituti bir necha yillardan buyon ushbu universitet bilan doimiy akademik hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, talabalar va professor-oʻqituvchilar almashinuvlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun, oʻtgan haftada institutimizning Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish kafedrasi mudiri Azamatjon Yusupov hamda kafedra assistenti Furqat Dumaxonovlar Sankt-Peterburg politexnika universitetida “Ilgʻor muhandislar maktabini tashkil etish va rivojlantirish” kursi boʻyicha malaka oshirdilar. Malaka oshirish davomida universitet rahbariyati va yetakchi mutaxassislari ishtirokida Andijon mashinasozlik instituti qoshida tashkil etilayotgan “Ilgʻor muhandislik maktabi” faoliyatini birgalikda amalga oshirish va rivojlantirish boʻyicha “yoʻl xarita”sini tuzish boʻyicha muzokaralar oʻtkazdilar. Hamkasblarimizning xizmat safari davom etmoqda. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 3
Ilgʻor muhandislik maktabini yaratish boʻyicha kelishuvlarga erishildi
Xabar berganimizdek, Andijon mashinasozlik instituti Mashinasozlik ishlab chiqarishini avtomatlashtirish kafedrasi mudiri Azamat Yusupov va ushbu kafedra assistenti Furqat Dumaxonov Rossiya Federatsiyasida xizmat safarida boʻlib turishibdi. Safar davomida Sankt-Peterburg politexnika universitetida “Raqamli muhandislik, ilgʻor muhandislik maktabini yaratish va rivojlantirish” mavzusidagi malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli yakunladilar. Malaka oshirish mobaynida Universitetning “Raqamli muhandislik. Ilgʻor muhandislik maktabi” rahbari Aleksey Borovkov hamda direksiya masʼul xodimlari bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv jarayonida hamkorlikda yoʻl xaritani tuzish boʻyicha muzokaralar olib borildi. Unga koʻra sanoat va ishlab chiqarish korxonalari bilan oliy taʼlimni uzviy integratsiyasi “Ilgʻor muhandislik maktablari” misolida koʻrib chiqildi. Shuningdek, professor-oʻqituvchilarimiz safar davomida mashinasozlik yoʻnalishi boʻyicha yetakchi hisoblangan Rostov-na-Donu shahridagi Don davlat texnika universitetida ham boʻldilar. Bu yerda muassasa qoshidagi Mashinasozlik modernizatsiya markazi, kvontanarium, robotlar va uchuvchisiz apparatlar laboratoriyasi, Reversiv muhandislik, Agro va akvasanoat markazlari, “Rosselmash” texnoparklari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur universitet bilan ham Andijon mashinasozlik instituti negizida “Ilgʻor muhandislik maktablari”ni tashkil etish va rivojlantirish, iqtidorli talabalar uchun amaliyotlar, professor-oʻqituvchilar va yosh tadqiqotchilar uchun malaka oshirish dasturlarini amalga oshirish boʻyicha kelishuvlarga erishildi. Shu jumladan yuqori texnologiyali kompaniyalarning “Ilgʻor muhandislik maktablari”ni tashkil etishdagi oʻrni muhokama qilindi. Rasmiy sahifalarimizga a'zo bo‘ling👇🏻 Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.