cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 525
Obunachilar
-124 soatlar
-117 kunlar
+1630 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

❗️HAYDOVCHI MASTLIK HOLATI BO‘YICHA TEKSHIRUVDAN O‘TISHDAN BOSH TORTSA JAVOBGARLIKKA TORTILADI 📄 Qonunchilikka ko‘ra, haydovchi mastlik holati bo‘yicha tekshiruvdan bo‘yin tovlasa, 1 yilu 6 oydan 3 yilgacha bo‘lgan muddatga transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum qilinadi va 5 mln 100 ming so‘m miqdorida jarimaga tortiladi. ➖ Xuddi shunday huquqbuzarlik transport vositalarini boshqarish huquqi bo‘lmagan shaxs tomonidan sodir etilsa, 10 mln 200 ming so‘m miqdorida jarima yoki 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llaniladi. ❗️Mazkur huquqbuzarlikning moped, velosiped haydovchi, ulovli aravani boshqarib boruvchi shaxs tomonidan sodir etilishi 1 mln 20 ming so‘m miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Hammasini ko'rsatish...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

❗️IKKI VA UNDAN ORTIQ 12 YOSHGA TO‘LMAGAN BOLALARI BO‘LGAN OTA-ONALARGA QO‘SHIMCHA TA’TIL BERILADI 📄 Mehnat kodeksining 401-moddasiga asosan, ➖ o‘n ikki yoshga to‘lmagan ikki va undan ortiq bolaning yoki o‘n olti yoshga to‘lmagan nogironligi bo‘lgan bolaning ota-onasidan biriga har yili davomiyligi kamida to‘rt kalendar kun bo‘lgan haq to‘lanadigan qo‘shimcha ta’til beriladi. ✅ Ushbu ta’til yillik mehnat ta’tiliga qo‘shib berilishi yoki ish beruvchi bilan kelishib belgilanadigan davrda ushbu ta’tildan alohida (to‘liq yoxud qismlarga bo‘lib), lekin faqat tegishli ish yili davomida foydalanilishi mumkin. ❗️Ushbu ta’tilni keyingi ish yiliga ko‘chirishga yoki uni pulli kompensatsiya bilan almashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Hammasini ko'rsatish...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 4
❗️ISH BERUVCHI UCH ISH KUNIDA BERISHI SHART: 📃 Mehnat kodeksining 117-moddasiga asosan, ➖ ish beruvchi ish bilan bog‘liq, shuningdek quyidagi hujjatlarni xodim arizasiga ko‘ra 3 ish kunida berishi shart: 🟢 ishga qabul qilish, boshqa ishga o‘tkazish haqidagi buyruqlar ko‘chirma nusxalari; 🟢 mehnat daftarchasidan yoki elektron mehnat daftarchasidan ko‘chirma; 🟢 ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar; 🟢 hisoblangan hamda xodim tomonidan haqiqatan to‘langan soliqlar va yig‘imlar haqidagi ma’lumot; 🟢 ish beruvchida ishlash davri to‘g‘risidagi ma’lumotnomalar va boshqalar. ❗️Ushbu hujjatlarning ko‘chirma nusxalari tashkilot rahbarining yoki boshqa vakolatli shaxsning imzosi, shuningdek muhri bilan tasdiqlangan bo‘lishi kerak. ✅ Ish bilan bog‘liq hujjatlar va ularning ko‘chirma nusxalari xodimga bepul beriladi. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Hammasini ko'rsatish...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 2
❗️"YOSHLAR DAFTARI"GA KIRISH USULLARI 📄 Vazirlar Mahkamasining 312-son qarori bilan tasdiqlangan «Yoshlar daftari»ni yuritish orqali yoshlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tartibi to‘g‘risidagi Nizomga ko‘ra, ➖ ushbu Nizom talablari asosida "Yoshlar daftari"ga kiritilishi mumkin bo‘lgan toifadagi ariza beruvchilar elektron 👉 platforma 👈 orqali "Yoshlar daftari"ga kiritilishlari mumkin. ❗️Yoshlar mazkur platformaga 3 xil yo‘l bilan: 1) ➖ ariza beruvchining bevosita o‘zi tomonidan elektron platformaga tegishli ma’lumotlarni kiritish orqali; 2) ➖ ariza beruvchi tomonidan Yoshlar ishlari agentligining «1093» qisqa raqamli Call-markaziga murojaat qilish orqali; 3) ➖ yoshlar yetakchisining ko‘magida elektron platformaga ariza beruvchining tegishli ma’lumotlarini kiritish yo‘li bilan «Yoshlar daftari»ga kiritiladi. ✏️ Demak, "Yoshlar daftari"ga kirish uchun yuqoridagi platforma so‘zini ustiga bosib, shaxsiy ma’lumotlaringiz orqali daftarga kirish uchun o‘zingiz ariza yuborsangiz bo‘ladi. Agar o‘zingiz ariza yubora olmasangiz yoshlar yetakchisidan yordam olishingiz mumkin yoki «1093» Call-markaziga murojaat qilib daftarga kiritishlarini so‘rasangiz bo‘ladi. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Hammasini ko'rsatish...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 1
❗️"PRAVA" NECHA YOSHDAN BERILADI ? 📄 Vazirlar Mahkamasining 12,04,2022 yil kungi 172-son qaroriga asosan, ➖ transport vositasini boshqarish huquqiga ega bo‘lishi uchun o‘rganuvchi o‘quv muddati yakunida quyidagi yoshga to‘lgan bo‘lishi kerak: ✅ ➖"A" toifasi uchun — 16 yoshga; ✅ ➖"B" va "C" toifalari uchun — 18 yoshga; ✅ ➖"BE" va "CE" toifalari uchun — 19 yoshga; ✅ ➖"D" va "DE" toifalari hamda tramvay va trolleybuslar uchun 21 yoshga. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Hammasini ko'rsatish...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 5🔥 1
00:55
Video unavailableShow in Telegram
⚡️ 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun imtihonlar o'tkazilmaydi Bu haqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi brifingida ma’lum qilindi. 📋 Talabgorlar diplom balli va chet tili sertifikatlari asosida qat'iy saralanadi. Avval diplom ball, keyin chet tili sertifikati ustunligi ko'rib chiqiladi. 🗓 2024-2025-yilgi qabul jarayonida magistratura mutaxassisliklari uchun talabgorlar o'qish javoblari 20-avgustga qadar e'lon qilinadi. 📌 Eslatib o‘tamiz, hujjatlarni topshirish jarayoni vazirlikning rasmiy http://magistr.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi. ➡️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin. Kanalga ulanish 👇 @Fuqarolik_sud
Hammasini ko'rsatish...
10.63 MB
👍 1
#bilasizmi Sertifikatga ega bo‘lmagan o‘qituvchilar ham maktablarda chet tilidan dars bera oladi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining 2023 yil 28 noyabrdagi 27/9-183-son topshirig‘iga asosan 2025/2026 o‘quv yiliga qadar istisno tariqasida Vazirlar Mahkamasining 471-son qarori 1-ilovasi bilan tasdiqlangan hududlardagi davlat umumiy o‘rta ta’lim maktablariga xorijiy til o‘qituvchisi sifatida B2 va undan yuqori darajadagi chet tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lmagan mutaxassislar ham ishga qabul qilinishlari mumkin. Biroq 2025/2026 o‘quv yili uchun ishga qabul qilingan o‘qituvchilar shu davr mobaynida milliy yoki xalqaro baholash tizimlari bo‘yicha kamida B2 darajadagi sertifikatlarga ega bo‘lishlari lozim. ❗️Agar ular ushbu bir yillik vaqt mobaynida belgilangan sertifikatlarga ega bo‘lmasalar ular bilan tuzilgan mehnat shartnomasi mehnat qonunchiligiga asosan bekor qilnadi. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Hammasini ko'rsatish...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 1
#Bilasizmi ✅ “Ayollar daftari”ga 30 yoshdan oshgan quyidagi toifadagi xotin-qizlar kiritiladi: 🔹ijtimoiy himoyaga muhtoj ishsiz xotin-qizlar; 🔹tadbirkorlik qilish istagida bo'lgan ehtiyojmand xotin-qizlar; 🔹boquvchisi bo'lmagan ehtiyojmand xotin-qizlar; 🔹ijtimoiy yordamga muhtoj I va II guruh nogironligi bo'lgan, shuningdek, tezkor tibbiy muolajaga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar; 🔹uy-joyga muhtoj ehtiyojmand xotin-qizlar; 🔹qaramog'ida nogironligi bo'lgan farzandi mavjud ehtiyojmand xotin-qizlar. ⚠️ “Ayollar daftari”ga xotin-qizlar yashab turgan joyi bo'yicha kiritiladi, bunda xotin-qizlarning yashash joyi bo'yicha doimiy yoki vaqtincha ro'yxatda turmasligi "Ayollar daftari"ga kiritishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi. Kanalga ulanish👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Hammasini ko'rsatish...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 1
❗️IJARADA YASHAYDIGAN YOSH OILALARNING IJARA TO‘LOVI UCHUN HAR OYDA 1 020 000 SO‘MDAN SUBSIDIYA BERILADI.
📃 Vazirlar Mahkamasining 07.06.2022 yil kungi 312-son qarori bilan tasdiqlangan nizomga asosan, ➖ yoshlar daftariga kiritilgan yoshlarga bir-qator yengilliklar berilgan. ❗️Jumladan; ✅  Mazkur nizomga asosan «Yoshlar daftari» jamg‘armalari tashkil etilib, ushbu jamg‘armaning mablag‘lari xisobidan ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga har oyda bazaviy xisoblash miqdori (340 000 so‘m)ning 3 baravari (1 020 000 so‘m)dan oshmagan miqdorda 12 oygacha turar joy ijarasi uchun subsidiya ajratilishi belgilangan. Kanalga ulanish 👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Hammasini ko'rsatish...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 3
#Qonunchilikdagi_yangiliklar ❗️Maktabgacha ta'lim agentligi faoliyati tugatildi “Maktabgacha va maktab ta'limi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Farmoni (PF-98-son, 02.07.2024 y.) qabul qilindi 🔰 Farmonga ko'ra, Maktabgacha ta'lim agentligi (Agentlik) faoliyati tugatildi hamda Agentlikning tashkiliy tuzilmasidagi tashkilotlar Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tasarrufiga o'tkazildi. 🏢 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi zimmasiga quyidagi qo'shimcha funksiyalar yuklatildi, jumladan: 🔹ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda maktabgacha yoshdagi bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish; 🔹maktabgacha ta'lim va tarbiya jarayoniga zamonaviy innovatsion pedagogik texnologiyalarni, ta'lim va tarbiyaning samarali shakllari hamda usullarini joriy etish; 🔹maktabgacha ta'limning o'quv reja, dastur va o'quv-metodik majmualarini takomillashtirish, ularning umumiy o'rta ta'lim dasturlari bilan uzviyligini ta'minlash; 🔹davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari orasida sog'lom raqobat muhitini yaratish hisobiga barcha bolalarning maktabgacha ta'lim bilan bosqichma-bosqich qamrab olinishini ta'minlash. Kanalga ulanish👇 https://t.me/Fuqarolik_sud
Hammasini ko'rsatish...
SUD AMALIYOTI || HUQUQIY BLOG

Huquqshunoslik sohasiga oid ma'lumotlar va so'nggi yangiliklarni taqdim qilib boruvchi huquqiy kanal. Kanal № 0003105059-sonli guvohnoma asosida faoliyat yuritadi. Savollar va yuridik xizmatlar uchun: @Nishonov_Sardorbek_TDYU

👍 4
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.