cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Marg‘ilon shahar axborot-kutubxona markazi📚

📌Bizning manzil: Margʻilon shahar, Yorqin MFY, Mustaqillik shoh koʻchasi 447A -uy Moʻljal: 3-bogʻcha yonida. Instagram.com/MargilonAKM 👈instagram sahifamiz Facebook.com/MargilonAKM 👈facebook sahifamiz Telegram.me/MargilonAKM 👈telegram sahifamiz

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 650
Obunachilar
-924 soatlar
-297 kunlar
-29430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni Bugun - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni. Bu kunni bayram sifatida nishonlash qarori 1925 yilda Jenevada bo‘lib o‘tgan bolalar farovonligi bo‘yicha butunjahon konferensiyasida e’lon qilingan.  Olam bolalar bilan go‘zal.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Фарғонада илк бор “Китобхон давлат хизматчиси” кўрик-танлови ўтказилди ◽️Танлов доирасида 50 дан ортиқ ташкилотларида кутубхоналар ташкил этилди, давлат хизматчилари ўртасида китоб мутолааси яхшиланди. Китобхонлик йўналишида турли маънавий-маърифий тадбирлар ташкил этилди. Вилоятда айни пайтда 7 минг нафардан зиёд давлат хизматчиси фаолият юритади. Табиийки, уларнинг маънавий дунёқараши, китобхонликка бўлган қизиқиши ҳам муҳим. Якуний натижаларга кўра, “Энг яхши китобхон раҳбар” номинациясида вилоят Иқтисодиёт ва молия бошқармаси бошлиғи Зафаржон Рўзалиев, “Энг бой кутубхонага эга давлат фуқаролик хизмати” номинациясида Агросаноат мажмуи устидан назорат қилиш инспекцияси вилоят бошқармаси ҳамда “Энг яхши китобхон давлат хизматчиси” номинациясида Қувасой шаҳар ҳокими маслаҳатчиси Ҳусниддин Хўжаназаров биринчи ўринга лойиқ кўрилди. Ғолиб ва совриндорлар тақдирланди. Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Kunning  kitoblar bilimlar kuni bo‘lsin  bolajon! Farzand dunyodagi eng aziz ne’mat. Uning beg‘ubor nigohi, topib aytgan gap-so‘zlari bizlarni zavq va hayratga hamnafas etadi, bag‘rimizni to‘ldiradi. Beg‘ubor bolajonning sho‘x kulgilari esa bir zumga g‘am-tashvishni aritadi, go‘yo.  1-iyun  - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bolajonlarga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida Marg‘ilon shahar axborot-kutubxona markazi hamda 3-Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti bilan hamkorlikda “Kunning kitoblar bilimlar kuni bo‘lsin bolajon” mavzusida teatrlashtirilgan musiqiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda Marg‘ilon shahar axborot-kutubxona markazi mutaxassislari tomonidan 1-iyun  - Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan kitob ko‘rgazmasi tashkil etildi. Tadbir ko‘tarinki ruhda qiziqarli bo‘lib o‘tdi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
#Kun_tarixi 📆 Bugun: 31.05.2024. Haftaning Juma kuni 🇺🇳 BMT (BST) — Butunjahon tamakidan voz kechish kuni. 🌏 Xalqaro tengsizlikka qarshi kurash kuni. 🗺 Tarixiy  voqealar: 🏛 1995 - Toshkent aviatsiya instituti tashkil etildi. ⚽️ 2002 - Yaponiya va Janubiy Koreyada futbol bo‘yicha jahon chempionatiga start berildi. 🎁 Bugun tug'ilganlar: 🫅🏻 1469 - Manuel I (1521) - Portugaliyaning Avisslar sulolasiga mansub beshinchi qiroli. 🧑🏻‍🏫 1911 - Moris Alle (2010) - Fransuz iqtisodchisi, Nobel mukofoti sohibi (1988). 🤵🏻‍♀️ 1913 - Mukarram Turgʻunboyeva (1978) - raqqosa, baletmeyster, oʻzbek ommaviy sahna raqsining asoschisi, Oʻzbekiston xalq artisti (1937). 🧑‍🔬 1931 - Jon Shriffer (2014) - amerikalik fizik, Nobel mukofoti sohibi (1972). 👩‍💼 1948 - Svetlana Alekseyevich - sovet va belorus yozuvchisi, jurnalist, Nobel mukofoti sohibasi (2015). 🤵🏻 1976 - Kolin Farrell - irlandiyalik kinoaktyor.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#Kitob_haqida_maqollar 📖O’qish – eng yaxshi ta’lim. 📖Yaxshi kitob – insonning birinchi do‘sti. 📖Non tanani oziqlantiradi, kitob esa ruhni oziqlantiradi. 📖Kitobsiz aql qanotsiz qushga o’xshaydi 📖Kim ko’p o’qisa, ko’p narsani biladi. 📖Kitob eng yaxshi do’st. 📖Kitob sahifalari kirpikka o’xshaydi – ko’zlar ochiladi. 📖Kitob kimga – o’yin -kulgi va kimga – ta’lim.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#Kun_tarixi 📆 Bugun: 30.05.2024. Haftaning Payshanba kuni 🌏 Butunjahon astma va allergiyaga qarshi kurash kuni. 🌏 Butunjahon sklerozga qarshi kurash kuni 🗺 Tarixiy  voqealar: 🌋 1941 - II Jahon urushi: Germaniya Krit orolini ishg’ol qildi. ✅ 1982 - Ispaniya NATO ning 16-a’zosi bo‘ldi. 🎁 Bugun tug'ilganlar: 👨‍🏫 1423 - Georg fon Purbax - Avstriyalik matematik, astronom. 🧑🏻‍🔬 1912 - Julius Akselrod (2004) - amerikalik bioximik va farmakolog, Nobel mukofoti sohibi (1970). 🧑🏻‍💼 1928 - Rizo Fozil (2016) - Qrim-tatar yozuvchisi va jurnalisti. 👨‍💼1934 - Aleksey Leonov - sovet kosmonavti, ochiq kosmosga chiqqan birinchi odam, ikki marta Sovet Ittifoqi qahramoni. ⚽️ 1947 - Yuriy Sarkisyan - futbol murabbiy, Oʻzbekistonning 5 marta eng yaxshi murabbiyi (1998, 1999, 2001, 2003, 2006). 🤵🏻‍♀️ 1971 - Idina Kim Menzel - amerikalik kinoaktrisa, qoʻshiqchi va qoʻshiqnavis.
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun 30 may Mirtemir (1910-1972) tug‘ilgan kun. 🔹O‘zbekiston xalq shoiri Mirtemir Tursun o‘g‘li 1910-yil 30-mayda Qozog‘iston respublikasi, Turkiston shahrining Iqon qishlog‘ida tug‘ildi. 🔹Uning birinchi she’ri 1926-yilda «Tanburim ovozi” nomi bilan «Yosh leninchi” ro‘znomasida bosiladi. 🔹Shoirning «Shu’lalar qo‘ynida” nomli birinchi kitobi esa 1928-yilda chop etilgan. 🔹Mirtemirning tarjimonlik san’ati ham tahsinga loyiqdir. 🔹 A.S.Pushkin she’rlarini, N.A.Nekrasovning «Rusiyada kim yaxshi yashaydi”, Sh. Rustavelining «YO‘lbars terisini yopingan pahlavon”, Berdaq asarlari va qirg‘iz xalq eposi «Manas”ni ham tarjima qilgan. 🔹 «Men seni...”, «Chag‘alay”, «Qirg‘iziston”, «Mahtumquli to‘yida”, «Onaginam”, «Qozog‘im”, «Qaydadir buloq” kabi she’rlari xalqlar do‘stligini kuylovchi eng yaxshi asarlardandir. 🔹1979-yilda Mirtemirga «Tog‘day tayanchim” she’riy to‘plami uchun Hamza nomidagi Respublika Davlat mukofoti berilgan.
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
02:03
Video unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 🔰Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi yangi 2024-2025-o‘quv yili uchun 7-, 8 va 9-sinflarga qabul e'lon qiladi! ✅Hujjatlar joriy yilning 1-20-iyun kunlarida ariza.piima.uz sayti sahifasi orqali onlayn qabul qilinadi. 1. O'quvchining tug‘ilganlik haqida guvohnomasi va ota-onasi (qonuniy vakili)ning fuqarolik pasporti ma'lumotlari; 2. O'quvchining fotosurati (oxirgi 2 oyda olingan); 3. Baholar tabeli nusxasi (direktor tomonidan tasdiqlangan). 📚 Kirish imtihonlari 3 bosqichda quyidagi fanlardan o'tkaziladi: ✅ I - ijodiy matn yaratish; ✅ II - ijodiy suhbat; ✅ III - 50 ta test. ▶️ ona tili va adabiyot fanidan 20 ta test; ▶️ ingliz tili fanidan 15 ta test; ▶️ intellektual qobiliyat darajasi (IQ)ni aniqlash bo'yicha 15 ta test. 📌Eslatma: talabgor o'quvchilar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar (portfolio) ham baholanadi. 📞Call-markaz - 1206 ☎️Telefonlar: +99891 124-52-10 +99891 158-59-38 +99891 666-00-22 🌐Ijod maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari👇 👉Tarmoqlarimiz👈
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
29-may – Birlashgan Millatlar Tashkilotining Tinchlikparvarlar kuni! Birlashgan Millatlar Tashkilotining Tinchlikparvarlar kuni har yili 29-may kuni tinchlik yoʻlida halok boʻlgan tinchlikparvarlarning hissasini sharaflash va hozirda butun dunyo boʻylab tinchlikparvarlik missiyalarida xizmat qilayotganlarning saʼy-harakatlarini eʼtirof etish maqsadida nishonlanadi. Bu kun birinchi marta 2002-yilda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi tomonidan ta'sis etilganidan keyin 2003-yilda nishonlangan. Birlashgan Millatlar Tashkilotining tinchlikparvar missiyalari butun dunyoda tinchlik, barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlashda muhim rol o'ynaydi. Ayni paytda 120 dan ortiq davlatdan 100 000 dan ortiq erkak va ayol BMT tinchlikparvar kuchlari sifatida ishlamoqda. Ularning mehnati xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlashda muhim ahamiyatga ega va ularning qurbonligi tan olinishi va hurmat qilinishi kerak.‌‌
Hammasini ko'rsatish...
#Kun_tarixi 📆 Bugun: 29.05.2024. Haftaning Chorshanba kuni 🇳🇵 Nepal - Respublika kuni. 🇰🇬 Qirg‘iziston - Qurolli kuchlar kuni. 🇷🇺 Rossiya - Avtomobilchilar kuni va Bojxona xizmati faxriylari kuni. 🗺 Tarixiy  voqealar: 🔰 1790 - Rod-Aylend koloniyalar ichida AQSh Konstitutsiyasini  tan oldi. 🖊 1942 - Bing Krosbi «White Christmas» bestsellerini yozdi. 🏆 1985 - Heysel  fojiasi: Yevropa Chempionlar Kubogi finalida - Belgiyaning "Heysel" stadionida Liverpul - Yuventus  musobaqasida  39 kishi halok bo'lgan va  350 kishi jarohatlangan. 🎁 Bugun tugʻilganlar: 🫅🏻 1630 - Karl II (1685) - Angliya va Shotlandiya qiroli (1660-1685). 🤵‍♂️ 1830 - Luiza Mishel (1905) - fransuz yozuvchisi va jamoat arbobi, Parij Kommunasi qahramoni. 🕴 1912 - Muxtor Ashrafiy - bastakor, ⚽️ 1981 - Andrey Arshavin - Rossiyalik taniqli futbolchi. 🤵🏻 1985 - Shohruhxon - O‘zbek estrada qo‘shiqchisi va aktyor.
Hammasini ko'rsatish...