cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Azizbek Bro

Azizbek is not just a random guy, he is the one trying to make it one day) | You can never beat a man that battles himself every day | only self-improvement, and lifestyle contents ! Youtube: https://www.youtube.com/@turgunboyevx owner: @real_buddy

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
471
Obunachilar
-124 soatlar
-127 kunlar
-2830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

IELTS hikoyam: from zero to hero 1- qism 2- qism 3- qism 4- qism 5- qism 6- qism oxirgi qism. ulashish esdan chiqmasin 🦝 @azizbekbro
Hammasini ko'rsatish...
Azizbek Bro

IELTS hikoyam. 1-qism. 7-sinf edim. Bir sinfdoshim ingliz tili fanida har doim yangi so'zlarni yodlab kelardi, biz bilmagan lug'atlarga ham boy edi va eng zo'r baholarga o'qirdi. Bir kun o'tirib o'ylab qoldim. Agar shu bola shunday kuchli oya bilan bemalol muloqot qila olsa, nega men bunday qila olmasligim kerak deb(ichim kuygan to'g'risi, bolalikdan shunaqaman). Guruhimiz ustozidan so'radim, qanday qilib ingliz tilini tezroq o'rgansam bo'ladi deb. Qizil Murphy kitobini tavsiya qilishdi. Haligi kitobni oldim, erinmasdan o'rganib chiqdim, yangi so'zlarini yodladim. Tez orada zamonlarni bemalol tushunadigan bo'ldim. Keyin qo'limga essential 1 kitobini olib so'z yodlashni boshladim. Afsuski, 6-7 ta unitdan keyin judayam oson tuyulib ketib yodlame qo'ydim, haliyam uyda turgan bo'lsa kerak. 😂😂 @azizbekbro

3 3❤‍🔥 1💯 1
oxirgi qism. Shunde qilib eng ko'p vaqtimni wriringga, eng kamini readingga sarfladim, listening va speaking bu ikkalasini kino va video ko'rish orqali ikkita quyonni bittada urdim. Natija? Real exam topshirib chiqdim: Listening 8.0, Reading 7.5💔(vashe xafa bo'ganman, 8.5 kamida deb ishonchim komil edi), Writing 6.5(bunisi esa o'zi shu natijani kutganman, chunki shunga loyiq edi), Speaking 8.0 - bu esa vashe shok qip qo'ygan. O'zim 7.0 ga yarasha gapirdim shekilli deb chiqqandim, nu yo'q normalni javob berganligimni keyin bildim. Xullas kichik bir ich kuyarlikdan boshlanib, sevgida kuchaygan va oxiri yolg'izlikda toblangan ushbu xohish meni o'z peshonamga bitilgan ballga yetakladi: 7.5 ga Ex, o'sha davrlarni sog'indim...🫠💔 @azizbekbro
Hammasini ko'rsatish...
3🍓 2❤‍🔥 1 1 1
6- qism. Speakingdan kurs sotib oldim.(Uydagilar olimpiadagami deb pul berishgandi, o'shani borini speaking kursga sarfladim, uydagilarga aytmay) Hech qachon afsuslanmiman. Kurs juda ham zo'r edi, judayam ko'p tanish orttirdim(claire, you too buddy), weaknesslarimni anglab yetdim va o'z ustimda ishlashni boshladim. Writingga esa, oddiy: IELTS WITH SIMON degan kanallar bor, Simon tog'o yomonam zo'r essay yozishadde, shunga ulardi videolaridan ko'rib structure o'rgandim. O'zim essaylar yozdim, tekshirtirdim - 5.5-6.0 dan ko'tarilmadi. Writing bir gap bo'lar derdim o'zimga😅 Nu 2 hafta qolganda faqat writing o'qidim lekin. Birinchi mockimni topshirdim: 6.5(reading 7.5) chiqdi. Shokka tushdim. Mani maqsadim 8.0 edi. Hamma sectionla esa 6.0 bop yotibdi. Uyga borib qattiq yana o'qishni boshladim, kuniga 4 soat+ faqat kino, inglizcha videolar va darsliklar ko'rdim. 10+ varoq kitob o'qidim. O'zimga o'zim oynaga qarab gapirishni boshladim, yo'lda ketayotib gapirsam.bazila jinnimi bu deb ham qaraganlari yodimda, lekin barbir inglizcha gapiraverdim. Ikkinchi mock topshirdim: overall 7.0 chiqdi(Reading - 8.5). O'sha payt bo'ldi uje readingim eng kuchli ekan, qaytib shug'ullanmasam ham bo'ladi deb readingni to'xtatdim(lekin katta xato qilgandim) Writing 5.0 chiqqandi yuragim ezildi. 1.5 oy faqat writing o'qiyman deb reja qildim. Lekin bu ham xato edi. Barchasini bir vaqtda teng olib ketish kerak ekan. @azizbekbro
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 2
5- qism. 9-sinf Aprel-May oylari. Shu davrda real IELTS materiallari bilan ishlashni boshladim. Mani planim oddiy edi - 10-sinfdayoq IELTS olib qo'yish. Shunde qilib hamma present perfect simple o'tib yurgan paytlari men va bitta do'stim ham ielts tayyorgarlikni boshlab yuborgandik. Lekin birdan kursimiz tarqab ketdi, sabab bitiruvchilar cefrga tayyorlanaman deb intensiv kurslarga o'tib ketishdi va men esa o'zim, ustozsiz davom ettirishga majbur bo'ldim. Telegramdagi har bir mavjud IELTS kanallarga, guruhlarga, botlarga qo'shildim.(Garchi faqatgina 3-4 tasidan foydalangan bo'lsamda). Shoxrux Olimov degan ustoz bor. 40 minutda Reading 40/40 degan videolarini ko'rib qiziqib qoldim. 2-3 ta shunday videolarni ko'rdim va meni ham qo'limdan kelishiga ishonch hosil qildim. Youtube ochdim. Har bitta ingliz native speakerlarini videosiga like bosdim, obuna bo'ldim va kuzatdim. Sekin sekin polniy youtube feedim inglizcha kontentga to'ldi. Inglizcha kitoblar o'qidim. Atomic Habitsni esa 2 martadan o'qidim(chunki tushunarli va kerakli). Bolaligimda ko'rgan barcha kino, multfilm, seriallarni inglizcha ko'rib chiqdim. (Jumladan, Merlin, Panjara ortida, ..) O'zimga planlar tuzardim lekin har hafta almashtirardim. O'zi 50+ tacha kun tartibi tuzib har safar yana o'zgartirganman shekilli😅 @azizbekbro
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 2 2🍓 2
4-qism. Birdaniga, haligi yaxshi ko'rib qolgan qizimni o'qituvchisi bizga teacher bo'lib ishga kirishdi. Ko'zlarimga ishanolmadim. U payt grammatikam uje chiqib qolgandi, IELTS o'qiyman deb niyat qilib yurgandim va qandedir o'sha teacher kelib qolishgan va kurslariga yana birinchilardan bo'lib yozilganman. Judayam zo'r o'qituvchi edilar(hoziram), hech qachon asabiylashmas edilar, yomon gapirmas edilar, aytganlarini qilmasak ham tabassum bilan bizga dalda berishardi va o'sha dalda orqasidan ham borimizni berib o'qirdik. Shunde qilib upper-intermediate darajagacha general english o'qidik dastlab. Xonamiz sal talabga javob bermaydigan bo'lsada, judayam zo'r muhit bor edi❤️ Hazillar qilardik, domla judayam kuldirib dars o'tishardi biz shunchaki eshitib alla qabul qilgande miyyamizha quyulib qolardi. Eng zo'r davrlar 💔 @azizbekbro
Hammasini ko'rsatish...
🍓 4❤‍🔥 2 2
3- qism Bir qizni yaxshi ko'rib qoldim. Ha, 9-sinfga endi qadam qo'ygandim. "Eng prime" davrlarim endi boshlanyotgan edi. U qiz rus va ingliz tili o'qirdi. Inglizcha o'zimcha yozishmoqchi bo'lgandim, lekin u allaqachon IELTS o'qiyotgan edi va menga bir necha o'zim bilmagan iboralarni aytdi(like wassup, how about you bla bla) Man to'g'risi bularni bilmasdim😅. To'satdan men ham IELTS o'qigim kelib qoldi. Niyat ielts emas, u bilan birga o'qish edi. Lekin ilojisi bo'lmadi. Olimpiadalar boshlandi. Maktabda birinchi o'rin, tumanda 3-o'rin bilan viloyatga chiqqandim. Qattiq tayyorlangandim. Lekin afsus, faqat grammatika o'qiganim pand berdi, chunki IELTS materiallar ham tushgan edi. Bitta 9-sinf qiz ieltsim 7.5 o'quv markazda dars beraman degan payti duxim srazu tushgan. Yutqazganman. Qattiq tasir qilgan. Ko'zimdan yosh oqqani esimda. Haligi o'qituvchimiz yonimda edilar va menga hali hammasi oldinda, albatta seni qo'lingdan keladi deb dalda berishardi💔 @azizbekbro
Hammasini ko'rsatish...
5❤‍🔥 1🍓 1
2- qism. 8-sinf sentabrgacha uncha davomli bo'lolmadim, chunki rostanam ingliz tili o'rgansammikan degan shubxa bor edi. Lekin bir kun... Eshik ochilib bir o'qituvchi kirib keldi. O'rta yoshli, muomalasi juda ham zo'r, yosh bolalar bilan zo'r chiqishishni eplasharkan. Wow dedim. Darsda aktiv qatnashdim, mani maqtab qo'yishdi. Darslar tugashiga xonalariga qidirib chiqdim va kurs o'ta olasizmi dedim. Ularni shunchaki birinchi ish kunlari edi. Menga qarab, mani birinchi shogirdimsan endi, davay birga ishlimiz deyishdi. Menga grammarway kitobini berishdi. Grammatikani o'rgatishdi. O'sha yiliyoq Hippo olimpiadasiga qatnashib, viloyatda 2- yoki 3- o'rinni olib respublika bosqichiga chiqqandim. O'sha kun haliyam esimda. Kechasi 02:00. Xuddi kimdandir yashirinayotgandek adiyol tagiga o'ranib olgandim, boshida qo'rqdim natijalarni ko'rgani. Keyin bismillah dedimda, fileni ochdim. Maniyam ismim bor edi🥹🥹 Yugurib onamlarni oldilariga chiqdim, uyg'onib yig'lab yuborishdi, tabriklashdi va bag'rlariga bosishdi🫠 Ertasi kuni butun maktab xabar topdi. Domla judayam kuchli tabrik yo'lladi. Butun maktab o'qituvchilari oldida "birinchi oylardanoq natija chiqargan" degan unvon olishdi(bu judayam sharafli, ayniqsa bizning maktabda) O'sha payt, hali oldinda mani nimalar kutib turganini bilmasdim, shunchaki grammatika o'qishni davom ettim. @azizbekbro
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 4💯 4🍓 1
IELTS hikoyam. 1-qism. 7-sinf edim. Bir sinfdoshim ingliz tili fanida har doim yangi so'zlarni yodlab kelardi, biz bilmagan lug'atlarga ham boy edi va eng zo'r baholarga o'qirdi. Bir kun o'tirib o'ylab qoldim. Agar shu bola shunday kuchli oya bilan bemalol muloqot qila olsa, nega men bunday qila olmasligim kerak deb(ichim kuygan to'g'risi, bolalikdan shunaqaman). Guruhimiz ustozidan so'radim, qanday qilib ingliz tilini tezroq o'rgansam bo'ladi deb. Qizil Murphy kitobini tavsiya qilishdi. Haligi kitobni oldim, erinmasdan o'rganib chiqdim, yangi so'zlarini yodladim. Tez orada zamonlarni bemalol tushunadigan bo'ldim. Keyin qo'limga essential 1 kitobini olib so'z yodlashni boshladim. Afsuski, 6-7 ta unitdan keyin judayam oson tuyulib ketib yodlame qo'ydim, haliyam uyda turgan bo'lsa kerak. 😂😂 @azizbekbro
Hammasini ko'rsatish...
3 2🍓 1
bored asf
Hammasini ko'rsatish...
💔 4🍓 1
I know i deleted all my musics but i am just in love with NF style rn
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 4🍓 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.