uz
Feedback
𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

𝐒𝐚𝐦𝐈𝐒𝐈 | 𝐋𝐈𝐕𝐄 🚩

Kanalga Telegram’da o‘tish

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti faoliyatiga oid yangiliklar, e'lonlar va boshqa ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar yoritilib boriladigan telegramdagi rasmiy sahifa! Aloqa uchun: @BotirErkinov

Ko'proq ko'rsatish
1 126
Obunachilar
-224 soatlar
+1067 kun
+23430 kun
Postlar arxiv
#Mustaqillik35
Mustaqil yurt — Yangi O'zbekiston, Renessansning mustahkam poydevori
📹Buxgalteriya hisobi fakulteti
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#Mushoira_kechasi Iqtisodiyot fakultetida “Mushoira kechasi” tashkil etildi Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisod
+3
#Mushoira_kechasi Iqtisodiyot fakultetida “Mushoira kechasi” tashkil etildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti iqtisodiyot fakulteti talabalari hamda “Mushoira” klubi a’zolari tashabbusi bilan “Mushoira kechasi” tashkil etildi. Tadbir davomida iqtisodiyot fakultetining ijodkor, she’riyat va kitobxonlikka qiziqadigan iqtidorli talabalari o‘zlarining she’riy kompozitsiyalari bilan ishtirok etib, ijod namunalarini namoyish etdilar.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#kitobxonlik Kechki ta'lim-2 fakulteti tyutori H.Azimova tashabbusi bilan "Samarqand kitob olami" do‘koniga ekskursiya uyusht
+1
#kitobxonlik Kechki ta'lim-2 fakulteti tyutori H.Azimova tashabbusi bilan "Samarqand kitob olami" do‘koniga ekskursiya uyushtirishdi. Mazkur tashrif davomida talabalar do‘konning boy kitob fondi bilan tanishish imkoniga ega bo‘lishdi. Shuningdek, ekskursiya davomida tyutorlar tomonidan kitob o‘qishning ahamiyati, o‘z ustida ishlash va intellektual salohiyatni rivojlantirish borasida qiziqarli suhbatlar o‘tkazildi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

Bank-moliya xizmatlari fakulteti tyutori M. Nasriddinova tomonidan yangi qabul qilingan 1-kurs talabalarini fakultetning faoliyati, tuzilmasi va mavjud imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirish maqsadida fakultet bo‘ylab tanishuv ekskursiyasi tashkil etildi. Ekskursiya davomida talabalarga fakultetdagi o‘quv auditoriyalari, kafedralar, kompyuter xonalari, kutubxona, ma’naviyat va ma’rifat xonalari hamda talabalar uchun yaratilgan boshqa sharoitlar ko‘rsatildi. Shuningdek, talabalarga o‘quv jarayonini tashkil etish tartibi, fakultet ichki qoidalari, professor-o‘qituvchilar faoliyati va talabalar uchun mavjud imkoniyatlar haqida ma’lumot berildi. Ekskursiya davomida 1-kurs talabalari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Mazkur tadbir talabalarning yangi muhitga moslashishi, fakultet hayoti bilan yaqindan tanishishi va ta’lim jarayoniga qiziqishini oshirishga xizmat qildi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#profilaktik_tadbir Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Talabalar xavfsizligi” oyligi doirasida talabalar xavfsizlig
+2
#profilaktik_tadbir Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Talabalar xavfsizligi” oyligi doirasida talabalar xavfsizligini ta’minlash, ular o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot-tushuntirish tadbirlari tashkil etildi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#davra_suhbati “Men tanlagan mutaxassislik — mening kelajagim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi Samarqand iqtisodiyot va se
+2
#davra_suhbati “Men tanlagan mutaxassislik — mening kelajagim” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakultetida talaba-yoshlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, tanlagan mutaxassisliklariga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida “Men tanlagan mutaxassislik — mening kelajagim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbir davomida talabalarga tanlagan mutaxassisliklarining mazmun-mohiyati, sohada yetarli bilim va ko‘nikmalarni egallashning ahamiyati, kelgusida kasbiy faoliyatni samarali tashkil etish hamda malakali mutaxassis sifatida shakllanish masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#Mustaqillik35 #Mustaqillik_darsi Iqtisodiyot fakultetida “Mustaqillik darsi” mashg‘ulotlari tashkil etildi Iqtisodiyot fakul
+3
#Mustaqillik35 #Mustaqillik_darsi Iqtisodiyot fakultetida “Mustaqillik darsi” mashg‘ulotlari tashkil etildi
Iqtisodiyot fakulteti dekan o'rinbosari tomonidan 2-bosqich talabalari uchun mustaqillik yillarida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma'naviy hayotining turli sohalarida amalga oshirilgan keng ko'lamli islohotlar, qo'lga kiritilgan yutuqlar hamda bugungi taraqqiyot jarayonlari haqida batafsil ma'lumot berildi. Tadbir davomida, xususan, ta'lim tizimida olib borilayotgan izchil islohotlar, oliy ta'lim bilan qamrov darajasining oshishi, oliy ta'lim muassasalari sonining ko'payishi, talabalar uchun zamonaviy va qulay ta'lim imkoniyatlarining yaratilishi, shuningdek, xalqaro hamkorlik aloqalarining kengayib borayotgani haqida atroflicha fikr yuritildi. Shuningdek, mustaqillik yillarining milliy davlatchiligimizni yanada mustahkamlash, mamlakatimizda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash, yosh avlodni Vatanga sadoqat, milliy g'urur va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash hamda yoshlarning yuksak ma'naviy fazilatlarini shakllantirishdagi muhim o'rni haqida fikr almashildi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#Davra_suhbati “Mustaqillikka erishilgandan keyingi yillarda amalga oshirilgan eng yirik islohotlar” mavzusida davra suhbati
+3
#Davra_suhbati “Mustaqillikka erishilgandan keyingi yillarda amalga oshirilgan eng yirik islohotlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti servis fakultetida “Mustaqillikka erishilgandan keyingi yillarda amalga oshirilgan eng yirik islohotlar” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida mamlakatimiz mustaqillikka erishgandan keyingi davrda ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ta’lim, madaniyat va boshqa sohalarda amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar, ularning mazmun-mohiyati hamda jamiyat taraqqiyotidagi ahamiyati haqida fikr almashildi. Shuningdek, keyingi yillarda amalga oshirilayotgan yangilanish va islohotlarning mazmuni, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar, ta’lim olish, kasb-hunar egallash, ilmiy va ijodiy faoliyat bilan shug‘ullanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar haqida atroflicha ma’lumot berildi. Tadbir davomida talabalarning mavzu yuzasidan fikr va mulohazalari tinglanib, ularning savollariga tegishli javoblar berildi. Davra suhbati yakunida yoshlarda Vatanga daxldorlik, milliy qadriyatlarga hurmat, fuqarolik mas’uliyati va mustaqillikning qadriga yetish tuyg‘ularini yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#Tyutor_faoliyati #Jadidchilik Qatag‘on qurbonlari xotirasi — milliy xotiramiz timsoli Menejment va marketing fakulteti tyuto
+3
#Tyutor_faoliyati #Jadidchilik Qatag‘on qurbonlari xotirasi — milliy xotiramiz timsoli Menejment va marketing fakulteti tyutori Sh. Tolibov tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida tarixiy xotirani asrash, vatanparvarlik va fuqarolik mas’uliyatini yuksaltirishga qaratilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbir davomida qatag‘on qurbonlarining hayoti va faoliyati, ularning yurt ozodligi, millat ravnaqi va ma’rifat yo‘lidagi xizmatlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Ularning og‘ir taqdirini o‘rganish va xotirasini e’zozlashning yosh avlod tarbiyasidagi ahamiyati ta’kidlandi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#davra_suhbati Kechki ta’lim-2 fakultetida “Yosh marketingchilar” davra suhbati o‘tkazildi Kechki ta’lim-2 fakultetida talaba
+3
#davra_suhbati Kechki ta’lim-2 fakultetida “Yosh marketingchilar” davra suhbati o‘tkazildi
Kechki ta’lim-2 fakultetida talabalarning marketing sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida “Yosh marketingchilar” davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida marketing kafedrasi katta o‘qituvchisi R.Jiyanmurodov tomonidan talabalarga marketingning asosiy yo‘nalishlari, zamonaviy marketing yondashuvlari hamda sohadagi muhim jihatlar haqida ma’lumotlar berildi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#kibersport Kibersport musobaqalarida ishtirok etish istagidagi talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi Samarqand iqtisodiyo
+3
#kibersport Kibersport musobaqalarida ishtirok etish istagidagi talabalar bilan davra suhbati o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ularni kibersport turlariga keng jalb qilish maqsadida o‘tkaziladigan kibersport musobaqalari haqida talabalar o‘rtasida davra suhbati tashkil etildi. Unda musobaqada ishtirok etish istagini bildirgan talabalar qatnashib, ularga musobaqaning o‘tkazilish tartibi, ishtirok etish shartlari, yo‘nalishlari hamda belgilangan talablar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, musobaqaga tayyorgarlik ko‘rish va unda munosib ishtirok etish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan fikr almashildi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#Profilaktik_tadbir Talabalarga odob-axloq kodeksi va ichki tartib-qoidalarning mazmun-mohiyati tushuntirildi Samarqand iqtis
+3
#Profilaktik_tadbir Talabalarga odob-axloq kodeksi va ichki tartib-qoidalarning mazmun-mohiyati tushuntirildi
Samarqand iqtisodiyot va servis instituti buxgalteriya hisobi fakultetida talabalarning odob-axloq madaniyatini yuksaltirish, ichki tartib-qoidalarga rioya etilishini ta’minlash hamda sog‘lom ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash maqsadida tushuntirish ishlari olib borildi. Tadbir davomida talabalarga institut odob-axloq kodeksi hamda ichki tartib-qoidalarining mazmun-mohiyati batafsil tushuntirilib, ta’lim jarayonida intizomga rioya qilish, ustoz va xodimlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, institut hududida o‘zini tutish madaniyati, shuningdek, talabalarning huquq va majburiyatlari haqida ma’lumot berildi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#Tyutor_faoliyati "Besh muhim tashabbus" doirasida shaxmat sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi Buxgalteriya hisobi fa
+3
#Tyutor_faoliyati "Besh muhim tashabbus" doirasida shaxmat sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi Buxgalteriya hisobi fakultetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning intellektual salohiyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirish maqsadida “Besh muhim tashabbus” doirasida shaxmat sport turi bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#Mustaqillik35 #Mustaqillik_darsi “Mustaqillik darslari” doirasida qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘
+3
#Mustaqillik35 #Mustaqillik_darsi “Mustaqillik darslari” doirasida qatag‘on qurbonlari xotirasiga bag‘ishlangan mashg‘ulot o‘tkazildi Servis fakulteti 1-bosqich talabalari uchun “Mustaqillik darslari” doirasida qatag‘on qurbonlari, xususan, jadidchilik harakati namoyandalarining hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan o‘quv mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida talabalarga qatag‘on yillarining murakkab tarixi, ushbu davrda ta’qib va tazyiqqa uchragan yurtdoshlarimiz, shuningdek, millat taraqqiyoti va ma’rifati yo‘lida faoliyat yuritgan jadidlarning ilmiy, ma’naviy va ma’rifiy merosi haqida ma’lumotlar berildi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#Birinchi_kurs_maktabi Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Birinchi kurs maktabi” haftaligi doirasida birinchi bosqi
+2
#Birinchi_kurs_maktabi Samarqand iqtisodiyot va servis institutida “Birinchi kurs maktabi” haftaligi doirasida birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuvlar davom etmoqda
Bank-moliya xizmatlari fakultetida 1-bosqich talabalari uchun "Birinchi kurs maktabi" doirasida navbatdagi uchrashuv o'tkazildi. Tadbir davomida fakultet tyutorlari tomonidan talabalarga "Oliy ta'lim tizimini modernizatsiyalash davr talabi: kredit modul tizimini qo'llash misolida" mavzusida tushuntirishlar berildi. Shuningdek, talabalarga oliy ta'lim muassasasining tuzilmasi, ya'ni rektorat, fakultet va dekanatlarning faoliyati hamda ularning asosiy vazifalari haqida ma'lumot berildi. Talabalar turli masalalar yuzasidan murojaat qilishi mumkin bo'lgan bo'limlar faoliyati bilan ham tanishtirildi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#Mustaqillik35 Menejment va marketing fakultetida tasviriy san’at tanlovi o‘tkazildi Samarqand iqtisodiyot va servis institut
+3
#Mustaqillik35 Menejment va marketing fakultetida tasviriy san’at tanlovi o‘tkazildi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida O’zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Mustaqillik – 35 yil” shiori ostida tasviriy san’at tanlovi tashkil etildi. Tanlovda talabalar o‘z ijodiy ishlari orqali Vatanimizning bugungi taraqqiyoti, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar hamda yurtimizning go‘zal manzaralarini aks ettirdilar.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#Mustaqillik35 Samarqand iqtisodiyot va servis institutida sport musobaqalari tashkil etilmoqda Batafsil 👈 🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟�
+3
#Mustaqillik35 Samarqand iqtisodiyot va servis institutida sport musobaqalari tashkil etilmoqda Batafsil 👈
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#Mustaqillik35 Samarqand iqtisodiyot va servis institutida voleybol musobaqasi tashkil etildi Samarqand iqtisodiyot va servis
+3
#Mustaqillik35 Samarqand iqtisodiyot va servis institutida voleybol musobaqasi tashkil etildi
Samarqand iqtisodiyot va servis institutida Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan hamda talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida voleybol musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada talaba-yoshlar faol ishtirok etib, sportga bo‘lgan qiziqishlarini namoyon etdilar.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#Tyutor_faoliyati Iqtisodiyot fakulteti tyutorlari o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari ishtirokida institut hududi bo'ylab
+3
#Tyutor_faoliyati Iqtisodiyot fakulteti tyutorlari o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari ishtirokida institut hududi bo'ylab tanishtiruv ekskursiyasini tashkil etdi.
Ekskursiya davomida talabalarga institut hududidagi bino va inshootlarning joylashuvi, o‘quv xonalari, fakultet va kafedralar faoliyati, talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda mavjud infratuzilma haqida batafsil ma’lumot berildi.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞

#Tyutor_faoliyati Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti tyutorlari o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan institutnin
+3
#Tyutor_faoliyati Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti tyutorlari o‘ziga biriktirilgan guruh talabalari bilan institutning sport zali hamda axborot-resurs markaziga ekskursiya tashkil etdi. Ekskursiya davomida talabalar sport zalida yaratilgan sharoitlar, axborot-resurs markazining imkoniyatlari hamda talabalar uchun mavjud qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar.
🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟🌟
𝐕𝐞𝐛-𝐬𝐚𝐲𝐭|🔹𝐅𝐚𝐜𝐞𝐛𝐨𝐨𝐤|🔹𝐓𝐞𝐥𝐞𝐠𝐫𝐚𝐦 🔹𝐒𝐢𝐞𝐬_𝐥𝐢𝐯𝐞|🔹𝐈𝐧𝐬𝐭𝐚𝐠𝐫𝐚𝐦|🔹𝐘𝐨𝐮 𝐓𝐮𝐛𝐞