cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Tarixchi kutubxonasiga

📚 Kanalda O’zbekiston va jahon tarixiga oid manbalar, adabiyotlar, ilmiy-tadqiqotlar bilan tanishishingiz mumkin. ❗ Kanaldan ma’lumotlar ko’chirilganda kanalga havola berilishi shart!

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 670
Obunachilar
+224 soatlar
+87 kunlar
+11530 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#manba Муҳаммад Али Балжувоний. Тарихи нофеий. Тожик тилидан таржима, сўз боши ва изоҳлар муаллифлари Шодмон Вохидов, Зоир Чориев. Тошкент: «Академия», 2001. 122 б. @tarixchi_kutubxonasiga
Hammasini ko'rsatish...
#manba_Муҳаммад_Али_Балжувоний_Тарихи_нофеий_Тожик_тилидан_таржима.pdf3.56 MB
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
#manba “Tarixi Nofeiy” (Foydali tarix) – uzoq vaqt ilmiy muomilaga kiritilmagan asardir. Bu manba XX asr boshlari Buxoro amirligiga oid muhim ma’lumotlarni beradi. Amirlikning davlat tizimi, idora usuli, 1918-1922 yillar davomida yuz bergan siyosiy vokealar guvoh tomonidan bayon etilgan. @tarixchi_kutubxonasiga
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
#maqola #tadqiqot Ushbu maqola atoqli olimalar, tarixchi-arxeologlar, mohir pedagoglar – uzoq yillar ToshDU (hozirgi O’zMU) Arxeologiya kafedrasida samarali mehnat qilgan Zamira Ismoilovna Usmanova va Svetlana Borisovna Luninalarning ilmiy faoliyati va hayot yo’llariga bag’ishlangan. Maqola olimalarning 90-yillik yubileyiga bag’ishlangan. @tarixchi_kutubxonasiga
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
#maqola #tadqiqot Ильясова C., Ильясов Дж. Две подруги – одна судьба. // Вестник МИЦАИ. Изд. МИЦАИ. Самарканд, 2022. Вып. 33. C.178-183. @tarixchi_kutubxonasiga
Hammasini ko'rsatish...
#maqola_#tadqiqot_Ильясова_C_,_Ильясов_Дж_Две_подруги_–_одна_судьба.pdf4.20 KB
Photo unavailableShow in Telegram
#maqola #tadqiqot Ushbu maqola ьфырргк olima, tarixchi-arxeolog va mohir pedagog – uzoq yillar ToshDU (hozirgi O’zMU) Arxeologiya kafedrasida samarali mehnat qilgan va uni boshqargan Zamira Ismoilovna Usmanovaning 80-yillik yubileyiga bag’ishlangan. Unda olimaning ilmiy faoliyati va hayot yo’li tadqiq etilgan. Shuningdek, olimaning ilmiy ishlar ro’yxati keltirilgan. @tarixchi_kutubxonasiga
Hammasini ko'rsatish...
#maqola #tadqiqot Ильясова C.Р., Баратова Л.С. К 80 летию Замиры Исмаиловны Усмановой // O’zbekiston arxeologiyasi. 2012. № 2 (5). С. 97-108. @tarixchi_kutubxonasiga
Hammasini ko'rsatish...
#maqola_#tadqiqot_Ильясова_C_Р_,_Баратова_Л_С_К_80_летию_Замиры.pdf3.95 KB
Photo unavailableShow in Telegram
#ta'ziya O’z ilmiy faoliyati davomida olima qalamiga mansub 150 ga yaqin ilmiy nashr chop etildi. Z.I. Usmonovaning 40 yildan ziyod pedagogik faoliyati natijasida tayyorlangan arxeolog kadrlar hozirda dunyoni ko’plab mamlakatlarida va ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlarida yetuk mutaxassis sifatida faoliyat yuritishmoqda. Ularning aksariyati mashhur olimlar, turli unvon va mukofotlar sohiblari sifatida nom qozonishgan. Ularning bu muvaffaqiyatida Zamira Ismoilovnaning o’rni beqiyosdir. Mashhur tarixchi olima, talabchan ustoz, samimiy do'st va mehribon ona Zamira Ismoilovna Usmonovaning porloq xotirasi uning do'stu birodarlari, hamkasblari va shogirdlari hamda farzandlari xotirasida mangu yashaydi. Ustozning oxiratlari obod, joylari jannatda bo'lsin. @tarixchi_kutubxonasiga
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#ta'ziya JTAKE (ЮТАКЭ) yo’nalishi bo’yicha - "Eski Marvning Erk-Qal'a yodgorligi tarixi" tarixiy va arxeologik jihatdan tadqiq etilgan. 1969 yilda ushbu mavzu bo'yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi, so'ngra dotsent ilmiy unvoni oldi. Z.I. Usmonova turli ilmiy konferensiya va simpoziumlarda ma’ruza va xabarlar bilan qatnashgan, shuningdek, O‘rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasi mudiri sifatida (1981-1992), Kavkazorti, O’rta Osiyo, Rossiya va Ukrainada bo'lib o'tgan arxeologik tadqiqotlar natijalariga bag‘ishlangan yillik hisobot konferensiyalarida qatnashgan. Zamira Ismoilovna 1996 yildan pensiyaga chiqanligiga qaramay to umrini oxirigacha shogirdlari – hamkasblari bilan aloqani uzmadi. Turli yillarda kafedrada magistrlar uchun turli kurslarni o’qishga jalb qilindi va ilmiy anjumanlarda qatnashib, ma’ruzalar bilan chiqishlar qildi. @tarixchi_kutubxonasiga
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#ta'ziya Kafedrada aspiranturani muvaffaqiyatli tamomlab (1955-1958) Z.I. Usmonova oʻqituvchi sifatida ishga qabul qilindi. Yillar davomida u quyidagi maxsus kurslarda dars berdi: Tarixchilar uchun "Arxeologiya asoslari". Arxeologlar uchun “SSSR arxeologiyasi”, “Qadimgi Sharq sanʼati”, “Dala tadqiqotlari metodologiyasi”, “Oʻrta Osiyoning kulolchilik ishlab chiqarishi”, “Oʻrta Osiyoda qadim zamonlardan buyon meʼmorchilikning rivojlanish tarixi”. Sharq fakulteti talabalari uchun “Eron va Afg‘oniston moddiy madaniyati tarixi ” va “Arab mamlakatlari san’ati” va h.k. Z. Usmonova JTAKE (ЮТАКЭ) va KATE (КАТЭ) yo’nalishida olib borilgan dala arxeologik amaliyotiga, shuningdek, Samarqand shahridagi talabalarning tarixiy-me’morchilik amaliyotiga rahbarlik qilgan. Z. Usmonova asosiy oʻqituvchilik faoliyati bilan bir qatorda ikkita mavzu boʻyicha ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shugʻullangan: kafedrada “Shahrisabz shahrining tarixiy topografiyasi” va “Kesh viloyati arxeologik yodgorliklari majmuasi”. @tarixchi_kutubxonasiga
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#ta’ziya Bugun O'zbekiston ilm-fani va ta’limi og'ir judolikka uchradi. Tarix fanlari nomzodi, dotsent, tarixchi-arxeolog va mohir pedagog Usmonova Zamira Ismoilovna 92 yoshida vafot etdi. Zamira Ismoilovna 1932-yil 10-avgustda Samarqand shahrida tug‘ilgan. Bolalik va maktab yillari Turkmanistonda o’tgan. 1948-yilda Ashxobod zilzilasidan so‘ng oilasi bilan Toshkentga ko‘chib o‘tgan va shu yerda 1950-yilda 39-son qizlar maktabini tamomlab, O’ODU (keyinchalik ToshDU, O‘zMU)ning tarix fakultetining prof. Mixail Evgenievich Masson rahbarligidagi O’rta Osiyo arxeologiyasi kafedrasiga o‘qishga kirdi. O‘qish davrida Z.I. Usmonova “Talabalar ilmiy to’garagi”ning (CHAK) faol a’zosi bo‘lgan, o‘qish davrida JTAKE (ЮТАКЭ)da arxeologik amaliyotda qatnashgan. Z.I. Usmonova arxeologiya kafedrasini tamomlagan birinchi o‘zbek qizi bo’lgan. Shu munosabat bilan prorektor D. Stolyarov “Siyosiy iqtisod” kafedrasiga mo’ljallangan aspirantura joyini Arxeologiya kafedrasiga maxsus Z. Usmonova uchun o‘tkazdi. @tarixchi_kutubxonasiga
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.