cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Bolalar yozuvchisi

Yozuvchi, adabiyotshunos (PhD) Sa’dullo Quronovning fantastik qarashlari 😊 Bog’lanish: @yozuvchigaXat_bot [email protected] https://quronov.uz https://www.facebook.com/squronov/

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
793
Obunachilar
-124 soatlar
-177 kunlar
-1730 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Savol? Qaysi asarlarni har bir o‘spirin o‘qishi kerak deb bilasiz? Masalan, menga 14 yoshimda Paulo Koeloning "Alkimyogar" asari juda kuchli ta’sir qilgan.
Hammasini ko'rsatish...
👍 9👏 2
Bolajonlar uchun ajoyib tuhfa! "Mutolaa" loyihasida doira Jyul Vernning "Suv ostida 80.000 kilometr", Erkin Malikning "Champo otli ilon", Muazzama Ibrohimovaning "Yangi Zilopiyadagi sarguzashtlar" kitoblari ilk bor ovozlashtirildi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 11
Photo unavailableShow in Telegram
#kitobtavsiya Barcha oʻqishi shart boʻlgan asarlar qaysi? – deyishsa, roʻyxatimda shu asar boʻladi. Qaysi oʻrinda boʻlishini bilmayman, ammo boʻladi. Tavsiya qilaman. Oʻquvchi boʻlsangiz – oʻqing. Farzandingiz, nabirangiz boʻlsa – oʻqing. Bu siz uchun. P.S. asar Mutolaa ilovasida bor. Ham matn, ham audio shaklda. @birgap
Hammasini ko'rsatish...
🥰 4👍 1
#taqriz Sa'dullo Quronov "Galaktikada bir kun: koinot javohiri" 2-qism Ushbu asarda "Galaktikada bir kun"  asari voqealari davom etadi. Bosh qahramon tinib-tinchimas   Ahmadning koinotdagi  ajoyib mo'jizalarga boy bo'lgan sarguzashtlari hech qaysi kitobxonni e'tiborsiz qoldirmaydi.  To'g'risini aytsam, asarni o'qib men ham koinotga safar qildim. " Ko'kkezar" ekipaji bilan xatarli voqealarni boshimdan o'tkazdim.  Hatto ba'zi yerlarida ta'sirlanib yig'ladim. Margol qarib, majolsiz bo'lib qolgani meni qattiq qayg'uga soldi. Chunki boshida Ahmad o'sha mahmadona Dumgom bilan hech qanday natijaga erishmasa kerak deb o'yladim. Asarning 1-qismidagi qahramonlarni rosa qumsadim... Mokini, Margolni... Lekin, taxminim xato bo'lib chiqdi. Ahmad, Dumgom,  Moki, To'g'rivoy, Mintik hammasini eplab, galaktikaning kelajakini qutqarib qolishadi! Ayniqsa, Ahmad Mokini topgani meni quvontirdi. "Ko'kkezar" ekipaji ko'p muammolarga duch keladi. Lekin ular o'z aqli, sabri bilan hamma muammolarini bartaraf etishadi. Va bu kitobxonlarga o'rnak bo'ladi. Uchinchi Galaktika Urushini uyushtirgan Magistik 23dan, Loutadan, Tangburdan nafratlandim. Lekin so'nggida ular g'olib bo'lmagani, yomonlik hech qachon g'olib bo'lmasligini anglatdi. Asar ajoyib sarguzashtlarga boy bo'lishi bilan birga ilmiy ma'lumotlar ham joy olgan: fizika, astrofizikaning nisbiylik nazariyasi, kvant mexanikasi, kvant chigalligi, umumiy maydon nazariyasi, torlar nazariyasi, atom fizikasi, gravitatsiya va hokozolar. Ahmad Meriya sayyorasiga borganida, qariya maxluq unga koinot javohiri moviy toshlar emas, aslida Ahmadning(umumiy manoda insonlarning) o'zi ekanligini, Inson- koinotdagi eng aziz mavjudot ekanligini, u bitmas-tuganmas energiya ekanligini, inson tanasidagi kuch har qanday kuchdan ustun ekanligini eslatadi. Eng mo'jizaviy qurilma aslida o'zingsan ,deydi... Ahmad Salmir sayyorasi hayoti xavf ostida qolganda, sayyorani qutqarib qolib,  g'araz niyatli maxluqlarga inson qo'lidan nimalar kelishini ko'rsatib qo'yadi. Ahmad uyiga qaytgach, "Ixtirochilar tanlovi" da qatnashadi. Va g'olib bo'la olmaydi. Lekin Ahmad nafaqat o'zi uchun, balki kitobxon va cheksiz galaktika uchun g'olib va qahramon edi. Muhimi, Ahmad o'zini nimalarga qodirligini bilib oladi. Mo'jizalarni olisdan emas, o'zidan qidirishi muhumligini o'rganadi. Ha, siz koinot mo'jizasisiz! Sa'dullo Quronovga bizday kitobxonlarga mo'jiza ekanligimizni eslatgani va mutolaa davomida  koinotga safar qildirib, ajabtovur voqealarni ko'rsatgani uchun rahmat. Nozimaxon Rustambekova @nozimaxons_world.
Hammasini ko'rsatish...
👍 8🥰 1
Repost from N/a
#taqriz Hojiakbar Shayxov – “Olmos jilosi” Agar yaxshiroq ahamiyat beradigan bo’lsak, ulkan xazinaga ega adabiyotimiz naqadar rang-barang ekanligini anglash qiyin emas. "Mutolaa" loyihasi ishga tushganidan so'ng, inson bunga yana bir bor amin bo'ladi. Hozirgi kunda butun dunyoda yana ilmiy-fantastikyo'nalishdagi asarlarga qiziqish qaytadan oshib bormoqda. Shu o’rinda, boy o'zbek adabiyotida ham bu janrga taalluqli va allaqachon klassikaga aylanib ulgurgan kitoblar bisyorligini ta’kidlash lozim. Bugungi taqrizimiz ulardan biri – Hojiakbar Shayxovning “Olmos jilosi” turkum hikoyalari haqida. "Olmos jilosi"ning o’ziga to'xtaladigan bo'lsak, u beshta bir-biridan mustaqil - "Alanga", "Rene jumbog'i", "Reya toshlari", "Qora tuynuk sari" va "Olmos jilosi" hikoyalarini o'z ichiga oladi. Ular bir-biridan mustaqil bo'lsa-da, barchasini yagona bosh qahramon, ya'ni Fazoviy Uchishlar akademiyasini yaqinda tamomlab, Kosmik Markazning Sotsial va Kriminal Tadqiqotlar institutiga ishga kelgan oliy darajali fazogir Olmos Azizov birlashtirib turadi. Olmos Azizov o’zida ideal fazogir, qat’iyatli-yu bilimli shaxs va samimiy insonni gavdalantiradi. Anglagangizdek, ushbu qissadagi voqealar insoniyatning yorqin olis kelajagida bo'lib o'tadi, u davrga kelib, inson qadami ko'pgina olis sayyoralarga yetgan va texnologik taraqqiyotning tasavvurga sig'mas yuqori cho'qqilarini zabt etgan edi. Hikoyalar sodda til bilan aytganda, Olmos Azizovning kosmik iztoparlik faoliyati haqida so'zlab beradi. Shu sababdan, hikoyalarni ketma-ketlikda o'qishni maslahat beraman, bu orqali siz taniqli fazogirimizning sarguzashtlarini to'la-to'kis bilib borasiz. Ilk hikoya "Alanga" hikoyasida biz Verga sayyorasi haqida, aniqrog’i u yerdagi yerliklar faoliyati haqida tanishamiz. Maxsus ekspeditsiya a’zolaridan ba’zilar noma’lum sabablarga ko’ra bangilik qila boshlashadi. Vergada o’simlik o’smasligini hisobga olsak, bu g’ayritabiiy “kasallik” Yerdagi asosiy tashkilotlarni xavotirga soladi. Olmos Azizovga ushbu dahshatli holatni o’rganish va holat sabablarini izlab topib, chora ko’rish topshiriladi. Undagi detektiv uslub va sodda til yosh kitobxonlar va o’smirlarni o’ziga qiziqtirishi aniq, zero muallif yangi sayyoralarni shunday ajoyib tasvirlaydiki, beixtiyor Olmos bilan birga sayr qilib yurgandek his qilasiz o’zingizni. “Rene jumbog’i” shu nomdagi aql bovar qilmaydigan darajadagi g’alati sayyoradagi voqealardan hikoya qiladi. Unga ko’ra, Buyuk Britaniyaning atoqli astronavti Bill Rene ikki sherigi – yosh fazogirlar Uolles va Vilson bilan birgalikda “Foton” yulduzkezar kemasida sayyoraning atmosferasiga kirishga muvaffaq bo‘ldi. Ekipaj qimmatli ilmiy ma’lumotlar to‘playotgani haqida nuqtaviy vakuum aloqa kanali orqali Yerga bir necha fursat xabar berib, keyin kutilmaganda aloqa uziladi va ekipaj izsiz g'oyib bo'ladi. Bu payt sovet fazogiri, Sovet Ittifoqi Qahramoni Azizov rahbarligidagi “Olmos” yulduzkezar kema ekipaji Serera sayyorasi tomon uchib borayotib SOS xabarini eshitib yordam oshiqishadi. Kutilmagan syujet burilishlari va ajoyib detektiv – bularni barchasini ushbu hikoya o’zida mujassam etgan. Turkumning so’nggi hikoyasi o’z nomi bilan “Olmos jilosi” deb nomlanadi. Tan olishim lozimki, turkumda menga eng ko’p yoqqan hikoya ham aynan shu bo’ldi. Unda Olmos Azizov Qora tuynukka qilgan safaridan keying voqealar haqida hikoya qilinadi. Vaqt uzra uzoq sayr qilgan fazogirimiz endi oxirgi missiyasini bajarishi kerak edi. Oʻzbek ilmiy-badiiy fantastikasining otalaridan biri hisoblanmish Hojiakbar Shayxovning "Olmos jilosi" hikoyalar turkumi 1983–yilda yozilgan. U hozirda yosh kitobxonlar orasida ommalasha boshlagan kosmik sarguzashtlar ruhida yozilgan asardir. Undagi voqealar ayniqsa, bolalarga tushunarli tilda yozilgani mutolaani yanada ravon va oson qiladi. Bilasiz, koinot va kosmik sarguzashtlar ‐ bu ilmiy-fantastikaning eng muhim qatlamlaridan biri hisoblanadi. "Olmos jilosi" esa aynan o'zbek-sovet adabiyotida yozilgan ajoyib asarligi esa uning qiymatini yanada oshiradi. Jasurbek Bozorboyev “Mutolaa” loyihasi uchun mutolaablogs
Hammasini ko'rsatish...
👍 3😁 1
Photo unavailableShow in Telegram
Farzandingiz kitob oʻqishni istamayotgan boʻlsa, unga audiokitob qoʻyib bering. Nikolay Nosov “Bilmasvoy…” asar juda mos keladi. Kitobni ovozi multfilmlar orqali bolalarga yaxshi tanish boʻlgan Nargiza Mirzayeva oʻqigan. Tavsiya qilaman. Ilovani yuklab olish uchun: • Play Market / App Store
Hammasini ko'rsatish...
👍 13
Photo unavailableShow in Telegram
Safar qiling, salomat boʻlasiz 😊 https://youtu.be/39IMk44RP1k?si=KzLL2PFFEvu-EgQX
Hammasini ko'rsatish...
Chimyon toʻgʻlarida

👍 13👏 3
​​“Mutolaa” ilovasi foydalanuvchilari soni 400 mingdan ortdi! Eʼlon qilinganiga 3 oy boʻlmasdan “Mutolaa” ilovasining foydalanuvchilari 400 mingdan oshdi. Ilovada oʻqilayotgan kitoblarning umumiy soni esa 751 mingdan ortdi. Bir kunda oʻqilayotgan kitoblar miqdori bo‘lsa oʻrtacha 15 ming atrofida.  Hozircha ilovada 1200 dan ortiq nomdagi kitob mavjud boʻlib, ular ichida “Uygʻonish” turkumidagi “Abu Ali ibn Sino” kitobi 24 843 ta oʻquvchi bilan birinchi oʻrinni band qilib turibdi. Keyingi oʻrinlarda: “Uygʻonish: Abu Rayhon Beruniy” (19 879 ta), “Dunyoning ishlari” qissasi (20 235 ta), “Dahshat” hikoyasi (12 772 ta), “Navoiy” romani (11 663 ta), “Temur tuzuklari” (11 406 ta), “Galaktikada bir kun” qissasi (11 107 ta), “Alkimyogar” qissasi (9 528 ta), “Oltin zanglamas” romani (6 770 ta), “Robinzon Kruzoning hayoti va ajoyib sarguzashtlari“ romani (6 490 ta), “Oʻtkan kunlar” romani (6 200 ta) eng koʻp oʻquvchilari bilan kuchli oʻntalikni egallab turibdi.     Raqamlardan ham koʻrish mumkin, xalqimizning kitobga, mutolaaga boʻlgan ehtiyoji juda katta. Demak, qilayotgan mehnatlarimiz besamar ketmaydi. Ilohim, boshlagan ishimiz xalqimiz uchun xayrli, manfaatli bo‘lsin, yuzimizni yorugʻ qilsin!
Hammasini ko'rsatish...

👍 13🥰 1
Repost from Mutolaa
Photo unavailableShow in Telegram
“Mutolaada 1 million kitobxonni birlashtirishni maqsad qilganmiz” - Sirojiddin Olimov “Mutolaa” loyihasi rahbari loyihamizning hozirgi kundagi faoliyati, reja va maqsadlari haqida fikr bildirdi. — Batafsil: https://t.me/olimov_sirojiddin/1632 Telegram | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 5