193
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-17 kun
-430 kun
Postlar arxiv
193
So'zlaringizga ehtiyot bo'ling, u kimningdir boshida necha marta takrorlanishini hech qachon bilmaysiz..
193
Allohim, men kechirilishi muqarrar bir odamdek ish tutdim - gunohlar qarshisida titramadim, qo’rqmadim, xavotirga tushmadim. Bularning hammasi Seni tanimaganim uchundir. Allohim, menga O’zingni tanit. Kibrlanuvchilar va kimligini unutuvchilardan qilma. Haddimdan oshsam, jazoning muqarrar ekanligini eslaguvchilardan, tavbaga shoshiluvchilardan qil. Qahr-u g’azabingga uchrab jazolanishga hukm etiladigan, uzunligi ellik ming yilga teng bo’lgan qiyomat kunida abgor va sharmisor holda bo’ladiganlar safida turishdan panoh so’rayman.
Buyurganing ishlarda sobitqadam, azm-u qarorli bo’lishga intilyapman. Qalbimdagi kasalliklarni aniqlashga bel bog’ladim. Bu mashaqqatli yo’lda - kurash va jur’at yo’lida matonatli bo’lishimga yordam ber.
Gohida qanotsiz bo’lib qolaman. Bergan rizqingga qanoat qilmayman. Allohim, meni yaxshiliklar bilan to’xtat. Musibatlarda qoldirma. Meni musibat kelgandagina seni eslaydiganlar safidan chiqar. Ishqing bilan dardmand bo’lganlardan qil.
193
Sevimli duolardan:
Allohim, O’zingning muhabbatingni va Seni sevgan kishilarning muhabbatini hamda Sening muhabbatingga yetkazadigan amallarni so’rayman.
Allohim! Muhabbatingni menga nafsimdan ham, ahlimdan ham va muzdek (zilol) suvdan ham mahbubroq qilgin
193
утреннее сообщение означает не только «доброе утро», это также означает «я думаю о тебе, когда просыпаюсь».🌝
193
Турмуш қуриш тақдир, талоқ қилиш эса қарордир.
Хафалик тақдир, хурсанд бўлиш эса қарордир.
Ҳаётингда бир инсоннинг бўлиши тақдир, уни сақлаб қолиш ёки қўлдан бой бериш қарордир.
Тақдир бизнинг қўлимизда эмас, лекин қарор ўзимизнинг қўлимизда.
Тақдирни қўлга ололмаймиз, лекин қарор ўз қўлимизда...
