cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Мутолаа устида

°Китоблар, гуллар, эстетик расмлар°

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
569
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-97 kunlar
-3430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Shu iyun boshidan beri yangi hobby – yugurishni shakllantirish uchun harakat qilayotgandim. Bugun barcha darslar tugatilib, “bitiruv kecha”si boʻladi. Undan soʻng esa qatnashgan loyihamdan olgan natijalar hamda foydalarni yozib post joylasam kerak. Ungacha bu postni oʻqib chiqsangiz boʻladi. https://www.facebook.com/share/p/tozkw6Utv4ihtpRn/?mibextid=oFDknk @mutolaa_ustida
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 1 1🥰 1🕊 1
Photo unavailableShow in Telegram
Hayitlik Hayitga yaxshi sovgʻa boʻldi! @kuchsizlarningkuchi Katta rahmat!
Hammasini ko'rsatish...
10 1
Mendan eltuvchi har bir yo’l muqarrar tarzda yana “men”ga qaytardi — “Siddhartha” ⁉️Inson hayotini yashab oʻtar ekan, oʻzini baʼzi savollarga tutishni boshlaydi. - Nimaga dunyoga keldim? - Halovat nima? - Din nima? - Butun dunyoni bogʻlab turuvchi buyuk kuch nima? - Men oʻzi kimman? ⤵️ Bunday holat qanchadir davrni oʻz ichiga oladi, kimdadir 6 oy, yana kimdadir yillar. Ana shu payt insonning qaysi yoʻldan ketishi qaysidir maʼnoda aniq boʻladi. Kimdir eski qarashlariga qaytsa, yana kimdir esa umuman boshqa qarashga ega boʻlib chiqadi. Inson butun hayoti davomida esa oʻzi(men)ni izlash bilan oʻtkazadi. 🧠 Asar ham qahramoning oʻzini izlashdagi kechinmalarini tasvirlaydi. Uning hikoyasi har birimizning oʻzimizni topish yoʻlidagi sayohatimizni aks ettiradi va maʼnaviy oʻsishga bo'lgan ehtiyojimizni ifodalaydi. Meni qiynayotgan oʻy-fikrlar avval ham boshqalarni oʻylantirganligini asarda oʻqish — meni qaysidir maʼnoda xotirjam qildi. Siddhartha oʻzini topish uchun bir necha bosqichlarni boshdan kechiradi: asketizm (zuhd), shahvoniylik va nihoyat, daryo boʻyida ilhom olgan holda yuksalish. Siddharthaning bu yoʻldagi har bir tajribasi uning ichki dunyosini boyitadi va uni haqiqiy donolikka yaqinlashtiradi.
Men nihoyat bilib oldimki, bu dunyoda oʻrgatib boʻlmaydigan narsa bitta — bu maʼrifat.
📎 Ushbu iqtibos Siddharthaning haqiqiy donolikni izlash yoʻlidagi muhim tushunchasini ifodalaydi. U tushunadiki, maʼrifatni hech qanday oʻqituvchi yoki taʼlimot orqali oʻrganib boʻlmaydi, uni faqat shaxsiy tajriba orqali topish mumkin. Bu fikr romaning markaziy gʻoyalaridan biridir.
Oʻzingni topishning eng yaxshi yoʻli oʻzingni yoʻqotishdir.
Asarning butun bir falsafasi shu bir iqtibos ichiga kirgandek tuyuladi. Ya’ni u oʻzini topishdan oldin, oʻzini yoʻqotadi. Keyin esa hammasini tushunib yetadi. @mutolaa_ustida
Hammasini ko'rsatish...
Herman Hesse “Siddhartha”

❤‍🔥 8 3 2
Photo unavailableShow in Telegram
Shohobcha ❌ Shaxobcha ❌ Shoxobcha ✅ Biroz oldin quiz yuborgan edim, keyin oʻchib ketdi, shunga izohli lugʻatdan soʻzni oʻzini olib keldim. @mutolaa_ustida
Hammasini ko'rsatish...
5🥰 1
Qay biri toʻgʻri?Anonymous voting
  • Shohobcha
  • Shaxobcha
  • Shoxobcha
0 votes
😁 1
​​Wattpad – kitobxonlar va yozuvchilar uchun moʻljallangan platforma. Unga foydalanuvchilar oʻz maqolalari, hikoyalari, sheʼrlari, fanfiklari va romanlarini joylab borishlari mumkin. Bu yozuvchilarga o'z asarlari orqali mashhurlikka erishish va butun dunyo bo'ylab o'quvchilar bilan muloqot qilish imkonini beradi. Foydalanuvchilar boshqa yozuvchilar va o‘quvchilar bilan bog‘lanishlari hamda ularning ijodi haqida fikr-mulohazalarini berishlari mumkin. Wattpad katta va xilma-xil yozuvchilar va kitobxonlar hamjamiyatiga ega, bu uni adabiyot bilan shug'ullanish uchun jonli maydonga aylantiradi. Uning xususiyatlari: – Ilovada kitoblarni bemalol oʻqisangiz boʻladi; – Siz xohlagan kitoblardan iqtiboslar yigʻilib, bir kitobcha qilinganlarini ham topa olasiz; – Oʻqiyotgan, oʻqilgan, oʻqimoqchi boʻlgan kitoblaringizni topib profilingizdagi kutubxonangizga yigʻib qoʻysangiz boʻladi; – Ilovani oʻzidan messenger sifatida foydalanish; – Kitobni oʻzida, oʻqiyotgan joyingizda kitobga fikr(komment) bildira olasiz; – Ilovadagi kitoblarni shrifti, razmeri, orqa fondagi rangini oʻzgartirish; – Oʻqiyotgan kitobingizdagi kerakli joyini copy qilish orqali uni Twitter va Facebookʼga yubora olish. Ilova 2006-yildan beri keng foydalanib kelinadi. 2007-yilda unga 17 mingdan oshiq mobil telefonlarda oʻqish mumkin boʻlgan kitoblar yuklangan. 2014-yil statistikasiga qaraydigan boʻlsak, oyiga 40 mlndan oshiq foydalanuvchi saytga kiradi, kuniga 1000tadan oshiq hikoyalar joylanadi, kitobxonlar bir oyda 11mlrd daqiqa vaqtini aynan shu ilovada sarflashadi (hozirgi kunga kelib 20mlrd+). Oʻzim esa ilovadan naqd 4 yildan beri foydalanib kelar ekanman (skrinshotʼda oʻzimni eski profilim turibdi, afsuski kira olmadim unga). Tavsiya qilaman sizlarga. Kitob oʻqish qulay juda ham. Kitoblarni, adashmasam, asosan ingliz va rus tilida topsa boʻladi. Lekin dugonam turk tilida ham oʻqir edi unda. Ilovada premium holatini sotib olsa ham boʻladi, afzalligi reklama chiqmasligida boʻlsa kerak. Play market va Appstoreʼda bor. Maroqli foydalanish. @Mutolaa_ustida
Hammasini ko'rsatish...

11 3🕊 3❤‍🔥 1🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
Wattpad ilovasidan kimnidir xabari bormi? Men eski profilimni topib oldim, 4 yil oldin ochgan ekanman. Lekin parolini eslolmadim. Shu vaqtdan beri bilar ekanman, lekin asosan qisqa hikoyalar oʻqishga kirib turaman orada yangi akkauntʼdan. Kundizi shu ilova haqida batafsilroq yozaman. Post deyarli tayyor). Ungacha foydalanib turadiganlar oʻz profillaring boʻlsa, ulashing.
Hammasini ko'rsatish...
10
​​Dark academia | Zulmat akademiyasi Fransuz adabiyoti, klassik yunon san’ati, changga botgan kutubxonalar, romantik she’rlar, miltillagan shamlari bilan taxtali partalar, boʻyinbogʻ hamda tvid blazerlar – 2015-yil Tumblr'da paydo boʻlgan Zulmat akademiyasini toʻliq tasvirlaydi. Dastlab u ijtimoiy tarmoqlarda yoyilgan estetikaga nisbatan, adabiy guruhlar orasida keng tarqalgan boʻlsa-da, vaqt oʻtishi bilan esa haqiqiy hayotga koʻchishni boshladi. Bunga tik-tok kabi ilovalar yirik sababchi boʻlyapti. Dark academia – bu dunyoga mashhur universitetlar: Kembrij, Oksford, Xogvarts kabi oʻquv dargohlari arxitekturasi va kiyinish uslublariga asoslangan estetika va skulpturaga beriladigan ta’rif hisoblanadi. Zulmat akademiyasi klassik adabiyot oʻqishga hamda ta’lim olishni romantikalashtirishga koʻproq e’tibor qaratib, ushbu submadaniyatning yetakchilari asosan qiziquvchan, bilimga chanqoq va ularni oʻrab turgan dunyoni yaxshiroq anglashga intiladi. Oʻqishingiz mumkin boʻlgan dark academia atmosferasini beradigan kitoblar roʻyxati: 1. Donna Tart “The Secret History” 2. N.H.Kleinbaum “Dead poets society” 3. Oscar Wilde “The Picture of Dorian Gray” 4. Mary Shelley “Frankenstein” 5. William Shakespeare “Macbeth” 6. Madeline Miller “Circe” 7. Naomi Novik “Deadly education” Kinolar: 1. Dead poets society (1989) 2. Maurice (1987) 3. The Dreamers (2003) 4. Pride and prejudice (2005) 5. Enola Holmes 6. The Alienist 7. The Oxford murders(2008) 8. Easy Virtue 9. Kill your darslings (2013) @mutolaa_ustida
Hammasini ko'rsatish...

6 6
Repost from N/a
Falsafadan keyin adabiyotga shoʻngʻib ketaman shekilli. Lekin ikkisi bir daryoning ikki irmog'i goʻyo, kelib katta bir daryoni hosil qiladi, daryomiz kichik boʻlib qolmasligi uchun ikkisini ham birdek olib ketish lozimki, oxiri katta, azim daryomız borib ulugʻ ummonga quyiladi, bundan-da katta bir baxt yoʻq. Ikkisi ham bir narsani inson va u daxldor borliqni tushuntirish vositalari, falsafa ota boʻlsa, adabiyot ona goʻyo, unga yordamchi, uning kam-ko'stini toʻldiradi, tilning zeb-u zarlari bilan uning ifodalarini jilodor qiladi, go'zallashtiradi. Shu uchun ham koʻproq oʻqish kerak, vaqtni mumtoz adabiy meros ustida koʻproq sarflashga intilish kerak. Bugungi siyosiy voqelikni falsafiy koʻz ila anglash uchun adabiyot va til ulugʻ bir vosita boʻlib beradi.
Hammasini ko'rsatish...
9 5 4
Photo unavailableShow in Telegram
“Sarmoya Books”ни янги очилиш маросимига таклиф хати келибди. Борамизми? Манзил: Seoul Mun маркази. Вақт: 26 май, 17:00 @mutolaa_ustida
Hammasini ko'rsatish...
❤‍🔥 4 2
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.