Redbyte
Kanalga Telegram’da o‘tish
Redbyte - O’zbek tilidagi dunyo kiberxavfsizlik yangiliklari va soha bo’yicha qiziqarli blog postlar bilan bo’lishadi! Sayt: https://redbyte.uz
Ko'proq ko'rsatish2 408
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-27 kun
-1930 kun
Postlar arxiv
2 408
Pliny The Prompter ChatGPT'ning buzilgan versiyasi hamma narsani qila olishini ommaga ko'rsatdi ☠️
💻 O'zini Pliny The Prompter deb atagan haker ijtimoiy tarmoqlarda ChatGPT'ning "GODMODE GPT" deb nomlangan buzilgan versiyasini yaratganini e'lon qildi. OpenAI'ning so'nggi yirik til modeli GPT-4o ning yangi versiyasi endi himoya cheklovlaridan xoli, dedi u.
🎤 "GPT-4o zanjirsiz! GPT'ning ushbu maxsus versiyasida o'rnatilgan jailbroken so'rovi mavjud bo'lib, u ko'pchilik himoya mexanizmlarini chetlab o'tib, barchaga sun'iy intellektni erkin ishlatish imkonini beradi - dedi u. Shuningdek, u qo'shimcha qildi: "iltimos, mas'uliyat bilan foydalaning va zavqlaning!"↔️ Pliny OpenAI mudofaa mexanizmlarini chetlab o'tgan so'rovlar skrinshotlari bilan bo'lishdi. Skrinshotlardan birida "GODMODE GPT" metamfetamin (giyohvandlik vositasi) tayyorlash bo'yicha maslahatlar berdi. Boshqa tomondan, u boshqa taqiqlangan vositalarni yaratish bo'yicha bosqichma-bosqich qo'llanmani taqdim etdi.
🛡
Biroq, yangilik e'lon qilinganidan ko'p o'tmay, OpenAI vakili Kolin Rays kompaniya bu narsadan xabardor ekanligini va tizimni buzganlik uchun choralar ko'rilganini aytdi.🖥 Shunday qilib, OpenAI'ning til modelining so'nggi versiyasi bo'lgan GPT-4o rasman buzildi.
👩💻
Ushbu hodisa shuni ko'rsatadiki, foydalanuvchilar OpenAI'ni himoya mexanizmlarini chetlab o'tishning yangi usullarini topishda davom etmoqdalar va kompaniya o'z modellarining xavfsizligini oshirish uchun jiddiy muammoga duch kelmoqda. Mushuk va sichqon o'yini Pliny kabi hakerlar OpenAI tizimlarini buzishni to'xtamaguncha davom etadi)Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿 Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
Ikki aka-uka 25 million dollarni o'g'irlaganlikda ayblanib hibsga olindi 💸
Batafsil o'qish uchun:
➡️ https://infosec-blog.uz/1465/
Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿
Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
Xitoylik hakerlar Ivanti Connect Secure'dagi zaifliklar orqali MITRE korporatsiyasiga kiberhujum amalga oshirishdi 🇨🇳
💻 MITRE korporatsiyasi o'zlarining notijorat tashkilotlariga kiberhujum haqida xabar berdi. Hakerlar soxta VMware virtual mashinalarini yaratish uchun Ivanti Connect Secure (ACS)’dagi nol kunlik zaiflikdan foydalanganlar.
☠️ Kiberjinoyatchilar vCenter serveriga kirishdi va VMware muhitida o'zlarining virtual mashinalarini yaratdilar. Hakerlar Python'ga asoslangan tunnel vositasini ishga tushirish uchun Vcenter Server Tomcat serveriga JSP veb-qobig'ini (BEEFLASH) o'rnatdilar, bu esa kiberjinoyatchilarga yaratilgan virtual mashinalar va ESXi gipervisor infratuzilmasi o'rtasida SSH ulanishlarini o'rnatishga imkon berdi.
Hujumning maqsadlari va usullari ✅ 🎯 Hujumning maqsadi o'z harakatlarini markazlashtirilgan boshqaruv interfeysidan (vCenter) yashirish va aniqlash xavfini minimallashtirish bilan birga doimiy kirishni saqlab qolish edi. Hujum tafsilotlari aprel oyida MITRE hujum ortida ikkita ICS zaifliklari ( CVE-2023-46805 va CVE-2024-21887) yordamida NERVE tadqiqot muhitiga kirib kelgan Xitoyning UNC5221 guruhi turganini aniqlaganida paydo bo'lgan edi. 🖕Ko'p faktorli autentifikatsiyani chetlab o'tib, kirish huquqini qo'lga kiritgandan so'ng, hakerlar VMware infratuzilmasini boshqarish uchun buzilgan administrator akkauntidan foydalanib, tarmoq bo'ylab harakatlanishdi. Hakerlar kirish ma'lumotlarini saqlash va o'g'irlash uchun bir nechta orqa eshiklar va veb-qobiqlarni joylashtirdilar. Ular orasida Brick STORE deb nomlangan Go tilidagi orqa eshik, shuningdek, BEEFLUSH va BUSHWALK veb-qobig'i bor edi, ular o'zboshimchalik bilan buyruqlarni bajarishga va boshqaruv serverlari bilan bog'lanishga imkon beradi.Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿 Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
+5
Foydalanish uchun eng xavfsiz 5 ta brauzerlar 🛡
📱 Xavfsiz veb-brauzerlar hozirgi raqamli olamda har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ammo qaysi brauzer eng yaxshi himoyani taklif qilishini qanday bilasiz?
✅ Biz sizlar uchun shu ro’yxatni tayyorladik. Urganib chiqing. Manfaatli bo’ladi degan umiddamiz.
Shuni yodda tutingki, ushbu xavfsiz brauzerlardan foydalanganda ham internetda xushyor bo’lish muhimdir 🤝🏻Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿 Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
Apple 4 yil davomida App Store’da $7 milliard miqdoridagi soxta xaridlarni blokladi 🍏
🍎Apple korporatsiyasining xabar berishicha, ularning firibgarlikka qarshi texnologiyasi to'rt yil ichida 7 milliard dollardan ortiq potentsial firibgarlik operatsiyalarini bloklagan. 2020 yildan 2023 yilgacha tizim 14 milliondan ortiq o'g'irlangan kartalarni topdi va 3,3 million akkauntni o'z platformasidagi operatsiyalarini blokladi.
✏️ 2023 yilgi statistika shuni ko'rsatadiki, Apple 1,8 milliard dollarlik shubhali operatsiyalarni to'xtatdi, bu 2022 yilda bloklangan 2 milliard dollardan bir oz kamroq. Hisobotda, shuningdek, 2023 yil davomida Apple o'zining App Store do'konida amalga oshirilgan xaridlar uchun 3,5 million o'g'irlangan kredit kartalaridan foydalanishning oldini olganligi va 1,1 milliondan ortiq akkauntlarga takroriy operatsiyalarni taqiqlaganligi qayd etilgan.🛡 Ilova xavfsizligi va maxfiylik siyosatiga rioya qilish nuqtai nazaridan, Apple o'tgan yili App Store maxfiylik, xavfsizlik va kontent standartlariga javob bermaydigan 1,7 milliondan ortiq ilova arizalarini rad etdi.
📱
Ular orasida 248,000 ta spam, taqlid yoki foydalanuvchilarni yo'ldan ozdirish toifasiga kiritilib, ilovalar rad etildi. Yashirin yoki hujjatsiz funktsiyalar mavjudligi sababli 38,000 ta arizalar rad etildi. 375,000 ta ilova esa turli xil maxfiylik standartlariga javob bermaganligi tufayli rad etildi, 47,000 ta ilova noqonuniy pirat do'kon dasturlari sifatida rad etildi, 40,000 ta ilova "o'lja va almashtirish" taktikasini qo'llaganligi sababli platformadan olib tashlandi yoki rad etildi va 98,000 ta "potentsial firibgar" ilovachalar deb topildi va oldindan blokirovka qilindi.👺 500 nafar mutaxassisdan iborat ilovalarni tekshirish guruhi 2023-yilda 6,9 million ilova arizasini ko'rib chiqdi va 1,7 million so'rovning rad etilishiga olib kelgan qonunbuzarliklarni aniqladi.
Bu sizga Play Market emas, bu App Store
va bu Apple!
📱Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿 Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
Birinchi kiberqurol Stuxnet ☠️
❕ "Uchinchi jahon urushida qanday qurol bilan jang qilishlarini bilmaymanu, lekin to'rtinchisida toshlar va tayoqlar ishlatiladi" deb etgan ekan Albert EynshteynInfosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿 Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
«Huawei» Dubayda kiberxavfsizlik bo'yicha davra suhbati o'tkazdi 📱
🇨🇳 Xitoyning "Huawei" kompaniyasi Dubayda bo'lib o'tgan SAMENA Leaders' Summit 2024 telekommunikatsiya sohasi rahbarlarining yillik yig'ilishida kiberxavfsizlik bo'yicha davra suhbati o'tkazdi.
🛡 "Raqamli asrda biznesni himoya qilish uchun kiber olamda telekommunikatsiyalarning barqarorligini yaratish" mavzusidagi davra suhbati "SAMENA" va "Saudi Telecom" telekommunikatsiyalar Kengashi (STC) bilan hamkorlikda bo'lib o'tdi, unda eng yaxshi aloqa operatorlari va kiberxavfsizlik bo'yicha mutaxassislar tartibga soluvchilar va qaror qabul qiluvchilari yigilishidi. 🛡Uchrashuvda so'zga chiqqan "Huawei" kompaniyasining Saudiya Arabistonidagi xavfsizlik bo'yicha direktori Muhammad Alosaimi "Huawei" kompaniyasining kiberxavfsizlik infratuzilmasini mustahkamlashga sodiqligini tasdiqladi. Uning so'zlariga ko'ra, "Huawei" operatorlar va hamkorlar bilan hamkorlikda butun dunyo bo'ylab raqamli infratuzilma qurilishini kuchaytirish, gullab-yashnayotgan ekotizimni yaratish va raqamli dunyo salohiyatini xavfsiz tarzda ochish niyatida.👍 Muhokamada ma'ruzachilar kiberchidamlilikning innovatsion aloqa operatorlari uchun ahamiyati, tezlashtirilgan texnologiyalar, jumladan, bulutli imkoniyatlar va sun'iy intellekt imkoniyatlari bilan integratsiyalashgan 5G va 5G-Advanced (5G-A) kabi telekommunikatsiya tarmoqlari nuqtai nazaridan dolzarb masalalarga e'tibor qaratdilar. Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿 Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
+7
7 ta qiziqarli milliard dollarlik kiberxavfsizlik bo'yicha podkastlar 💗
🎙Bu podkastlar sizga kiberhavfsizlik sohasini nafaqat tushunishni, balki ushbu sohani boshqatdan kashf qilishga yordam beradi. Hakerlik bu kinolardagi cho’p-chaklar emasligini va bu juda jiddiy va qiziqarli soha ekanligini anglashga yordam beradi.
ℹ️ Karusel postimizda kiberhavfsizlik sohasi vakillari va sohani o’rganmoqchi bo’lgan insonlar eshitishi kerak bo’lgan Top 7 podkastlarni taqdim etamiz.
🎙Ushbu podkastlar, bo’sh vaqtingizni maroqli o’tkazishingizga yordam beradi degan umiddamiz.Siz qaysi podcastlarni tavsiya qilgan bo’lardingiz? Izohlarda o’z fikringizni yozib qoldiring. 💬 Podkast havolalarini «50 ta 🔥» qoldirsaylar izohlarda tashab qo’yamiz 🤝🏻 Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿 Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
Uzoq amalga oshirilgan kiberhujum 💻
*Videolar davomiy bo’lishi uchun reaksiya qoldiring va do’stlaringizga ulashing 😉
Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿
Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
+6
7 ta qiziqarli milliard dollarlik kiberxavfsizlik bo'yicha podkastlar 💗
🎙Bu podkastlar sizga kiberhavfsizlik sohasini nafaqat tushunishni, balki ushbu sohani boshqatdan kashf qilishga yordam beradi. Hakerlik bu kinolardagi cho’p-chaklar emasligini va bu juda jiddiy va qiziqarli soha ekanligini anglashga yordam beradi.
ℹ️ Karusel postimizda kiberhavfsizlik sohasi vakillari va sohani o’rganmoqchi bo’lgan insonlar eshitishi kerak bo’lgan Top 7 podkastlarni taqdim etamiz.
🎙Ushbu podkastlar, bo’sh vaqtingizni maroqli o’tkazishingizga yordam beradi degan umiddamiz.Siz qaysi podcastlarni tavsiya qilgan bo’lardingiz? Izohlarda o’z fikringizni yozib qoldiring. 💬 Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿 Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
So’raganlar va «➕» qoldirganlar obunachilar diqqatiga! 🔴✅ Kevin Mitnik kitoblari tepadagi post’dagi izohlar bo’limiga tashlandi. Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿 Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
Yadro urushini boshlashi mumkin bo‘lgan Kevin Mitnik haqida ☢️
🛡 Bundan rosa 25 yil muqaddam hakerlar ichida eng birinchi va taniqlisi, amerikalik Kevin Mitnik hibsga olingan. Shu voqeadan so‘ng ilk hakerning shaxsiyati ochilgan, hakerlik esa trend sohaga aylanib qolgan.
🎃 Kevin Mitnik 1963-yilda Los-Anjelesda tug‘ilgan va bolaligidan boshlab texnik tizimlarni buzish bilan shug‘ullana boshladi. O‘sha paytda hali internet yo‘q edi, shuning uchun ham yosh Kevin, “mayda bezoriliklar” bilan shug‘ullandi.🍔Masalan, 12 yoshida avtobus chiptalarini soxtalashtirishning original usulini ixtiro qilib, shahar bo‘ylab bepul sayr qildi. Mitnik yaratgan metall chipli yana bir soxta kartochka esa shahardagi qimmat plyajlarga kirishga imkon berdi. Keyin bu iqtidorli yigit mahalliy McDonald’s Auto shoxobchasidagi ovozli aloqa tizimini boshqarib, gamburger, fri, muzqaymoq va boshqa mazali narsalarni bepul tanovul qilib yurdi.
☠️
16 yoshida Mitnik maktab kompyuter tarmog‘iga xakerlik hujumini amalga oshirdi. Bu unga maktabdagi baholarini tuzatish imkoniyatini berdi. Keyin u Digital Equipment Corporation tarmog‘iga hujum qilib, u yerda joylashgan dasturiy ta’minotni o‘g‘irladi.
🎖
Kevin Mitnik Janubiy Kaliforniya universitetiga o‘qishga kirib, qo‘shimcha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ldi. U oddiy kompyuterdan internetning avvalgi avlodi bo‘lgan Arpanet global tarmog‘iga kirdi, Los-Anjeles universitetidagi kompyuter orqali esa AQSh mudofaa vazirligining serverlariga yetib bordi. Bu ish fosh qilindi va yosh kiberjinoyatchi tezda topilib, hibsga olindi. Qilmishlari uchun Kevin Mitnik olti oyga yosh huquqbuzarlar axloq tuzatish markaziga yuborildi va universitetdan haydaldi.* Buni hammasi xamir uchidan patir. Bu inson kitoblarini ko’lga kiritmoqchi bo’lsangiz “➕” qoldiring. Biz sizlarga izohlarda kitoblarni tashab beramiz 🤝🏻 Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿 Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
Bizning missiyalarimiz 🎯
Keling shu video orqali bilib olamiz ✅
Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿
Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
AQSh Adliya vazirligi LockBit ma'murini ayblamoqda va uning topilganligi to'g'risidagi ma'lumot uchun 10 million dollar mukofot e'lon qildi 🟥
🇺🇸 2024-yil 7-may kuni AQSh Adliya vazirligi LockBit dasturchisi va ma'muriga nisbatan ismini oshkor qilgan holda ayblov e'lon qildi va huquqni muhofaza qilish organlariga uni hibsga olishga yordam beradigan, joylashuvi haqidagi ma'lumot uchun 10 million dollar mukofot taklif qilmoqda. AQShdagi barcha ayblovlar bo'yicha haker 185 yilgacha qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin.🇺🇸 Adliya vazirligi bayonotida aytilishicha, Voronejda yashovchi 31 yoshli Dmitriy Yuryevich Xoroshev LockBitni dunyodagi eng samarali va halokatli tovlamachilik xakerlik guruhlaridan biriga aylantirishga yordam bergan. Xoroshev 2019-yil sentabr oyida birinchi marta paydo bo'lganidan beri LockBit bilan shug'ullangan. Yillar davomida LockBitni ransomware hujumlari kamida 120 mamlakatda 2500 ta kompaniyaga ta'sir ko'rsatdi, Xoroshev va boshqa sheriklar kamida 500 million dollar zarar yetkazilganligi aytilmoqda.
💸
AQSh Adliya vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Lockbitdan
jabrlanganlar orasida
buyuk Britaniyaning tibbiy xizmat ko'rsatuvchi provayderi
Advanced
,
Accenture
konsalting firmasi,
Thales Group
xalqaro sanoat kompaniyasi, Germaniyaning
Continental
shinalari va avtomobil elektronikasi ishlab chiqaruvchisi bor.Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿 Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
O'g'rini qaroqchini o'ribti 🏴☠️😂
Sizlarda shunga o’xshash qanday voqealar bo’lgan? Izohlarda yozib qoldiring ✍🏻
Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿
Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
+6
Dunyodagi eng qimmat 5 ta kiberhujum 💻
Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿
Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
Birgina virus nimalarga sabab bo’lishi mumkin? 🦠
Keling shu video orqali bilib olamiz ✅
Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿
Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
IT kompaniyalarida kiberxavfsizlik bo'limi qanchalik muhim? 🛡
*Videolar davomiy bo’lishi uchun reaksiya qoldiring va do’stlaringizga ulashing 😉
Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿
Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
AQSh Milliy xavfsizlik agentligining sobiq xodimi Rossiyaga AQSh sirlarini sotishga uringani uchun 22 yilga qamaldi 🚨
ℹ️ Batafsil o'qish uchun:
➡️ https://infosec-blog.uz/1462/
Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿
Telegram | Instagram | Web-saytimiz
2 408
Eng ko'p qidiruvda bo'lgan haker Finlyandiyada 6 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi 🏴☠️
🥷 26 yoshli haker Yulius Aleksanteri Kivimyaki 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda mahalliy ommaviy axborot vositalari Xelsinkidagi "Vastaamo" xususiy psixoterapiya markazini buzish bo'yicha sud qaroriga asoslanib xabar berishdi.👺 Sud Kivimyakini odamlarning shaxsiy hayotiga tajovuz qiladigan 9200 dan ortiq ma'lumot tarqatishda, 20000 dan ortiq shantaj urinishlarida va 20 ta tovlamachilikda aybdor deb topdi. Bundan tashqari, Kivimaki 5000 dan ortiq zararni qoplash bo'yicha da'volarga duch keladi.
👮
Finlyandiya politsiyasining ma'lumotlariga ko'ra, 22000 ga yaqin qurbonlar har birlari 500 evrogacha bo'lgan tovlamachilik harakatlari haqida xabar berishgan. Kivimaki dastlab "Vastaamo"dan 40 BTC'ni talab qildi, ammo klinika darhol aloqaga chiqishni xohlamadi, shuning uchun u boshqa tomondan kirishga harakat qildi. Haker mijozlarga 200 evrodan 500 evrogacha bo'lgan turli xil summalarni talab qiladigan xatlarni yuborishni boshladi va buning evaziga psixologlar bilan mashg'ulotlar tafsilotlarini oshkor qilmaslikka va'da berdi.💻 "Vastaamo"ga hujum 2018 yilda boshlangan. Natijada nafaqat 33 000 ga yaqin bemorning nozik ma'lumotlari, balki firibgarlik uchun foydalangan moliyaviy ma'lumotlar ham o'g'irlangan. Muassasa hakerning talablarini qondirishdan bosh tortgandan so'ng, ba'zi bemorlarning ma'lumotlari DarkNet'ga joylashtirilgan. Infosec Blog - kiberxafvsizlik yangiliklari 🇺🇿 Telegram | Instagram | Web-saytimiz
