cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Pushti Soldat | News & Reports

Biz yuzimizni ko'rsatmasligimiz mumkin, ammo sizdan haqiqatni yashirmaymiz. Murojaat uchun: @pushtisoldatbot

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
214
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-17 kunlar
-1430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

UzAuto Motors’ning birinchi chorakdagi sof foydasi 1,3 trillion so‘mni tashkil etdi. Bu roppa-rosa bir yil oldingiga nisbatan 374 foizga ko'pdir. Buning asosiy sababi shundaki, yalpi foyda 101% ga o'sdi, lekin xarajatlar atigi 2% ga o'sdi. O'z navbatida, bu daromad tannarxdan ko'proq oshgani sababli sodir bo'ldi (32% va 21%). Agar shunday davom etsa, 2024 yil kompaniya tarixidagi eng yaxshi yil bo'ladi. Men, albatta, UzAuto Motors’ni boshqa bozor sharoitlarida ham ko‘rishni istardim, lekin hozircha) @pushtisoldat
Hammasini ko'rsatish...
Zo'r hikoya ekan😂 @pushtisoldat
Hammasini ko'rsatish...
BYDlar omborxonasi @pushtisoldat
Hammasini ko'rsatish...
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев қисқа муддатли меҳнат таътилидан қайтди. @pushtisoldat
Hammasini ko'rsatish...
Вазирлик ва идоралар Янги Тошкентга кўчирилади Бу – “Иқтисодиётда давлат иштирокини қисқартиришнинг қўшимча чора-тадбирлари тўғрисида”ги президент қарорида белгиланди. Қарорга кўра, Янги Тошкент шаҳрини барпо этиш ишларини мувофиқлаштирувчи кенгаш (раиси – бош вазир Абдулла Арипов) республика ижро этувчи ҳокимият органларини Янги Тошкент шаҳри ҳудудига кўчириш, уларнинг маъмурий биноларидан самарали фойдаланиш ва уларни сотишдан тушадиган маблағларни ушбу ҳудудда маъмурий биноларни барпо этишга йўналтириш юзасидан 3 ой ичида таклиф киритиши лозим. @pushtisoldat
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Дэвид Кэмерон Мўғулистондан Лондонга қайтишда Тошкентда тўхтаб ўтибди. @pushtisoldat
Hammasini ko'rsatish...
Jamshid Xo‘jayev O‘zavtosanoatni tanqid qilib tashladi Bosh vazir o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev bugungi yig‘ilishda O‘zavtosanoat AJni jiddiy tanqid qilgan. Mahalliylashtirish sohasi bo‘yicha mas’ullar birortasi ishlamaganini aytgan Xo‘jayev O‘zavtosanoat raisining mahalliylashtirish bo‘yicha birinchi o‘rinbosari Abduvaqqos Rafiqovga, shuningdek, bir qator viloyat mansabdorlariga hayfsan jazosini bergan. Boshqa tanqidlarni eksklyuziv videoda ko‘rishingiz mumkin. @pushtisoldat
Hammasini ko'rsatish...
Endi internet tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi 2025 yil 1 yanvardan: ✍️internet tarmog‘ida tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini amalga oshirishga ruxsat etiladi; ✍️lotereya, internet tarmog‘ida o‘yinlar va bukmekerlikni tashkil etish faoliyatlari qonunchilikka muvofiq Istiqbolli loyihalar milliy agentligi (vakolatli organ) tomonidan beriladigan litsenziyalar asosida amalga oshiradi. ⚠️Litsenziyalar asosida tashkillashtirilgan lotereya, internet tarmog‘idagi o‘yinlar va bukmekerlik garovlarida faqat 18 yoshga to‘lgan O‘zbekiston rezidenti va norezidentlari qatnashishi mumkin. 💲 2025 yil 1 yanvardan 5 yil muddatga lotereya hamda internet tarmog‘ida o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini va bukmekerlik faoliyatini soliqqa tortishning quyidagilarni nazarda tutuvchi tartibi belgilanadi: 💰lotereya, internet tarmog‘ida o‘yinlarni tashkil etish faoliyatini yoki bukmekerlik faoliyatini amalga oshirayotgan yuridik shaxslar lotereya, internet tarmog‘ida o‘yinlarni tashkil etish faoliyatidan yoki bukmekerlik faoliyatidan olingan jami daromadidan to‘langan yutuqlar va qaytarilgan stavkalar chegirilgan holda 4 foiz stavkasida aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari hisoblanadi; 💵jismoniy shaxslarning Agentlik tomonidan berilgan litsenziyalar asosida o‘tkaziladigan lotereyalar hamda internet tarmog‘idagi o‘yinlardan va bukmekerlik garovidan olingan yutuqlar sifatidagi daromadlari daromad solig‘i to‘lashdan ozod etiladi. ⛔️ Lotereya va internet tarmog‘ida o‘yinlar, bukmekerlik faoliyati tashkilotchilarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga, terrorizmni moliyalashtirishga va ommaviy qirg‘in qurollarini tarqatishni moliyalashtirishga qarshi kurashish to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etishini monitoring va nazorat qilish funksiyalari Agentlik va Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan amalga oshiriladi. @pushtisoldat
Hammasini ko'rsatish...
U23 Osiyo chempionatining 1/4 finalida olimpiyachilarimiz Saudiya Arabistoni yoshlarini "yer tishlatishdi". Barakalla! Endi yarimfinalda olimpiyachilarimizga Indoneziya jamoasi raqiblik qilamdi. Oʻyin 29-aprel kuni soat 19:00 da boshlanadi. Indoneziyani yutsak, Parij-2024 olimpiadasi yoʻllanmasi naqd! Lekin bizning yigitlar albatta chempion ham boʻlishadi, inshaalloh. @pushtisoldat
Hammasini ko'rsatish...