cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Jizzax Oila va xotin-qizlar boshqarmasi

Reklama postlari
587
Obunachilar
-124 soatlar
-87 kunlar
-1830 kunlar
Postlar arxiv
#15_may_xalqaro_oila_kuni 🔹Oila – muqaddas va qutlug' dargoh. Inson shu dargohda tug'iladi va voyaga yetadi. Oilani jamiyatning kichik bir bo'g'iniga qiyoslash mumkin. Ma'lumki, oila – insonning tug'ilishidan to umri poyoniga qadar bo'lgan hayot mazmunini qamrab olgan, ta'lim-tarbiya, iymon-e'tiqodning asosiy poydevori shakllanadigan maskan. Mehr-oqibat rishtalarini, odamiylik mezonlarini, milliy qadriyatlarni e'zozlab-avaylaydigan, kelgusi avlodlarga to'kis yetib borishini ta'minlaydigan mo'tabar dargoh. Jizzax shahri Yoshlik mahallasi yoshlari o'rtasida mahalla xotin-qizlar faoli tashabbusi bilan 15-may "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan “Mening oilam” shiori ostida rasmlar tanlovi o'tkazildi. Tadbirda o'quvchilar tomonidan chizilgan oilalar mustahkamligi, uning sog'lom muhitini, baxtli bolalikni tarannum etgan rasmlari hakamlar tomonidan baholandi hamda g'olib o'quvchilar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.
Hammasini ko'rsatish...
2
#ASIAN_WOMENS_FORUM_2024 Xabaringiz bor 13-14-may kunlari Samarqandda "Osiyo xotin-qizlar forumi" tashkil etildi. Unda jizzaxlik faol ayollar ham ishtirok etishdi.
Hammasini ko'rsatish...
👍 4 2
11:06
Video unavailableShow in Telegram
#15_may_xalqaro_oila_kuni #Jizzax 15-may-"Xalqaro oila kuni" munosabati bilan Jizzaxda bir qancha tadbirlar tashkil etildi. ✅Jumladan, sport musobaqalari, "Ibratli oila" ko'rak nishonini topshirish marosimi, "Nafosat" ko'rik tanlovi hamda "Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi" tanlovlari tantanali tarzda bo'lib o'tdi.
Hammasini ko'rsatish...
maxsus 222 tg.mp486.18 MB
"Jizzax haqiqati" gazetasining 2024-yil 15-may kungi 38-sonida Oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan o'tkazilgan 15-may "Xalqaro oila kuni"ga bag'ishlab o'tkazilgan tadbir tafsilotlari.
Hammasini ko'rsatish...
Жиззах хакикати-15.05.2024. №38.pdf4.55 MB
👍 2
03:11
Video unavailableShow in Telegram
#15_Xalqaro_oila_kuni 🔹 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qarori 3-ilovasi 67-bandiga asosan mahalla xotin-qizlar faollari uchun o'quv-seminari tashkil etildi. Seminarni Oila va ilmiy-tadqiqot instituti vakillari olib bordi. O'quv seminarida mahalla faollarining tajribasi va malakasi yanada oshirildi. ✅Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati https://t.me/oilaxotinqizlar/7025
Hammasini ko'rsatish...
18.89 MB
01:08
Video unavailableShow in Telegram
"Xotin-qizlarning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy huquq hamda imkoniyatlarini kengaytirish masalalariga mintaqaviy yondashuv" mavzusidagi Osiyo xotin-qizlari forumida ishtirok etish uchun tashrif buyurgan xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari kutib olinmoqda. Senat.uz | Facebook | Instagram | Youtube | Virtual murojaat | Mediateka | Yoshlar parlamenti
Hammasini ko'rsatish...
Kutib olish 3 net.mp425.74 MB
👍 1
#15_Xalqaro_oila_kuni Sana munosabati bilan tashkil etilgan tadbirlarning eng asosiy qismi esa Jizzax shahridagi Yoshlar innovatsion markazida bir nechta tanlovlarning taqdirlash marosimi, "Nafosat" ko'rik tanlovi ishtirokchilarning liboslar namoyishiga ulanib ketdi. Bahorni yana qaytadan uyg'otgan dekaratsiya atrofida viloyatning ibratli, namunali oilalari hamda faol xotin-qizlar jam bo'lishdi. Oqshom chiroqlar bilan yorishib, avvalo "Ibratli oila" ko'krak nishoni o'z egalariga topshirilib, undan so'ng "Nafosat" ko'rik tanlovining viloyat bosqichi ishtirokchilarining liboslar namoyishi bo'lib o'tdi. Shuningdek, "Yangi O'zbekistonning ibratli oilasi" tanlovining g'oliblari aniqlanib, ular ham katta sahnada taqdirlandilar. Tadbir haqiqatan ajotib bo'ldi. Bir-biridan qiziqarli chiqishlar, kuy-qo'shiqlar namunali oilalar va xotin-qizlar uchun katta bir bayramga aylanib ketdi. ✅Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati
Hammasini ko'rsatish...
#15_Xalqaro_oila_kuni Shuningdek kun davomida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Oilalarni mustahkamlash va xotin-qizlarning faollligini oshirish bo'yicha qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi 2023-yil 21-dekabrdagi PQ-401-son qarori 3-ilovasi 67-bandiga mahalla xotin-qizlar faollari uchun o'quv-seminari tashkil etildi. Seminarni Oila va ilmiy-tadqiqot instituti vakillari olib bordi. O'quv seminarida mahalla faollarining tajribasi va malakasi yanada oshirildi.
Hammasini ko'rsatish...
#15_may_Xalqaro_oila_kuni Yuqorida ta'kidlaganimizdek, velomarafondan so'ng xotin-qizlar ishtirokida arqon tortish, strebool va gimnastrada sport turlari bo'yicha ham bellashdilar. Har bir sport turlarida faol ishtirok etib, g'loblikni qo'lgan kiritgan xotin-qizlar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. ✅Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati 🖌https://t.me/oilaxotinqizlar
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#15_may_Xalqaro_oila_kuni Sana munosabati bilan Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi bir nechta tadbirlarga start berdi. Jumladan 11-may kuni ertalabdan 500 nafardan ziyod ayollarni jamlagan holda xotin-qizlar ishtirokida velomarafon tashkil etildi. Unda ishtirokchilar 3 guruhga bo'lingan holda musobaqada faol ishtirok etdilar. 1-guruh 19-25 yoshgacha toifadagi xotin-qizlar; 2-guruh 25-35 yoshgacha toifadagi xotin-qizlar; 3-guruh 35 yoshdan yuqori bo'lgan xotin-qizlar velomarafonda qatnashdilar. Har uchchala toifadan 1-, 2-, 3-o'rin g'oliblari aniqlanib qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.
Hammasini ko'rsatish...
Ўзбекистон Республикаси Президентининг «Оила ва хотин-қизларни тизимли қўллаб-қувватлашга доир ишларни янада жадаллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида» 2022 йил 7 мартдаги ПФ-87-сон Фармони ижросини таъминлаш ҳамда фаровон ва барқарор оилаларнинг ҳаётий тажрибаларини оммалаштириш, оила институтини мустаҳкамлаш, оилавий қадриятларни сақлаш ва ривожлантиришга муносиб ҳисса қўшган оилаларни рағбатлантириш мақсадида Ўзбекистон Республикаси Вазирлар Маҳкамасининг 2023 йил 2 сентябрдаги «ИБРАТЛИ ОИЛА» кўкрак нишони тўғрисидаги Низомни тасдиқлаш ҳақидаги қарори имзоланди. 15 май куни, жаҳон миқёсида Халқаро оилалар куни (International Day of Families) нишонланади. Ушбу байрам БМТ Бош Ассамблеяси томонидан 1993 йил 20 сентябрдаги Халқаро оила йили тўғрисидаги резолюцияга мувофиқ 1994 йилнинг 15 майидан буён мунтазам равишда нишонланиб келади. 2024 йилнинг 15-май куни Жиззах вилоятида ушбу сана муносабати билан ўтказилган тадбирларда Жиззах шаҳар Оила ва хотин-қизлар бўлими жамоаси фаол иштирок этди. 2024 йил 30 апрелдаги "Ибратли оила " кўкрак нишонига тавсия этилган номзодларни кўриб чиқиш бўйича доимий комиссиянинг якуний хулосасига кўра Жиззах шаҳар Қалия маҳалла фуқаролар йиғинидаги Абдуллаев Рустам Жабборович ва Абдуллаева Мухаббат Нурматовналар оиласи "Ибратли оила" кўкрак нишони билан тақдирланди. ✍️Жиззах шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати Ҳокимлик расмий саҳифаларига аъзо бўлинг👇🏻 🌍jizzaxcity.uz | ✅Telegram Live | 💬Facebook | 📸Instagram #12май #хабар #новости #news #Жиззах #Джизак
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
Photo unavailableShow in Telegram
❗️Ayollar qachon 54 yoshdan imtiyozli nafaqaga chiqishlari mumkin? ✔️ Bugungi kunda davlatimiz tomonidan ayollarga turli imtiyozlar, imkoniyatlar berib kelinmoqda. Xususan, ayollarni ijtimoiy, moddiy qoʻllab-quvvatlash maqsadida pensiya taʼminotida ham imtiyozlar bor. ℹ️ Qonunchilikda ayollar umumiy belgilangan pensiya yoshi (55 yosh) ni 1 yilga qisqartirilgan holda pensiyaga chiqish imtiyozi berilgan. 🔵 Xoʻsh bu imtiyoz ayollarga qachon beriladi? 🌐 Batafsil: https://wcu.uz/oz/lists/view/681 💠 Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi axborot xizmati 🌐Veb sayt |🌐Facebook |🌐Instagram |🌐Youtube
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
#9_may_xotira_va_qadrlash_kuni Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi ham ushbu sanada xotira paradida ishtirok etdi. Motamsaro ona monumentiga gullar qo‘yishib, o‘tganlarni yodga olishdi. ✅Jizzax viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi matbuot xizmati 🖌https://t.me/oilaxotinqizlar
Hammasini ko'rsatish...
📣👍👍👍👍👍👍👍 #Navbatdagi_XALQARO_ĞALABA 🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Samarqand shahrida joriy yilning 1-6-may kunlari sportning "Penchak Silat" turi bo‘yicha Markaziy Osiyo chempionati  o'tkazildi. ✅ Ushbu musobaqada Oʻzbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Malayziya, Yaponiya, Rossiya, Singapur, Hindiston, Indoneziya, Filippin, Vetnam va AQSH davlatlaridan sportchi yoshlar gʻoliblik uchun bellashdilar. 🏆 Musobaqada Jizzax viloyati Zarbdor tumani Nurobod MFY da istiqomat qiluvchi Hamidova Sarvinoz Sarvar qizi ishtirok etib 🥇-o'rinni qo'lga kiritdi. Bundan tashqari musobaqada hakam sifatida ham ishtirok etib "Tashakkurnoma" bilan ham taqdirlandi. 🎗G'oliblikni qo'lga Hamidova Sarvinozni erishgan yutugʻi bilan Ota onasi hamda oila aʼzolarini tabriklaymiz va kelgusi musobaqalarda ham zafarlar tilab qolamiz. Web-site | Telegram | Facebook | Instagram | You tube 👉 https://t.me/Zarbdor24kanal 👈
Hammasini ko'rsatish...
2.88 MB
👍 1
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.